6-sinf uchun jismoniy tarbiya fanidan dts talablari asosida uzviylashtirilgan taqim-mavzuviy ish rejaga ilova
– darslar mavzularining uzviyligi va didaktik jihozlanishiga erishish;
Jismoniy tarbiya, Ijtimoiy fanlar
Jismonan baquvvat, sog‘lom, irodali va ruhan tetik farzandlarni kamolga yetkazishda jismoniy tarbiya fanining ahamiyati nihoyatda katta. Dars jarayonidagi nazariy bilimlar o‘g‘il-qizlarni ruhiy kamolotga yetaklab, ma’nan chiniqtiradi, ziyrakligi va zukkoligini yanada oshiradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar shaxsiy va ovqatlanish gigiyenasi, kun tartibini rejalashtirish, ertalabki badantarbiya mashqlarining ahamiyati haqidagi bilimlarga ega bo‘ladilar.
Amaliy mashg‘ulotlardagi jismoniy mashqlar esa o‘quvchini toblaydi, harakat imkoniyatlarini kengaytiradi. Yugurish, sakrash, uloqtirish mashqlari orqali bolaning jismoniy sifatlari rivojlanib, sport anjomlaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasi shakllanadi. Ta’lim jarayonida ushbu jihatlarning to‘liq namoyon bo‘lishi xalqaro nufuzli sport musobaqalarining bo‘lajak g‘oliblarini tayyorlashda asqotadi. Demak, jismoniy tarbiya darslarini qiziqarli, mazmunli tashkil etish uchun har bir o‘qituvchi yanada mas’uliyatli, yangilikka intiluvchan, ilg‘or metodlarni qo‘llash mahoratiga ega bo‘lishi zarur. Bu esa pedagoglarimizning zamonaviy innovatsiya va metodlarni o‘zlashtirgan holda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlanishini talab etadi.
Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining samaradorligi sport anjomlarining yetarliligi va sifati bilan bog‘liqdir. Shunday ekan, fan o‘qituvchisi kelgusi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida dastlab maktabdagi sport inventarlarining to‘liqligi hamda yaroqliligini ko‘zdan kechirib olishi, ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan ularning ta’minoti bo‘yicha choralar ko‘rishi lozim. Shuningdek, jismoniy tarbiya fanidan ko‘zlangan maqsadga erishishning asosiy omili — darsni to‘g‘ri tashkil etish bilan ham bog‘liq. Buning uchun o‘qituvchi quyidagilarga e’tibor qaratishi kerak:
Tayyorlov qismi — (10–12 daqiqa) o‘quvchilarni saflash, sog‘lig‘ini bilish jarayoni. Bu vaqtda navbatchining axboroti tinglanadi. O‘quvchilarning shaxsiy gigiyenasi tekshiriladi. Yangi mavzuga oid texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirilib, umumiy rivojlantiruvchi mashqlar — saf, yurish va yugurish mashqlari bajariladi.
Asosiy qism (20–25 daqiqa)da rejadagi mavzu bo‘yicha sport turining rivojlantiruvchi mashqlari bajariladi. Bu vaqtda o‘quvchilarning boshqa mavzu yoki o‘yinlar bilan chalg‘ishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Yakuniy qism — (3–5 daqiqa) dars tugashi jarayonidagi saflanish davri. Bu vaqtda o‘quvchilar nafas rostlashi, diqqatni jamlashiga e’tibor qaratiladi. Shu asnoda mashqlarni to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar rag‘batlantirilsa, darsda faolligi sezilmagan bolalarning kamchiliklari ko‘rsatib o‘tiladi. So‘ng uyga vazifa beriladi.
Jismoniy tarbiya darslari asosan amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘lgani uchun o‘qitishda “Musobaqa”, “Ko‘rsatmali”, “O‘yin” kabi innovatsion pedagogik texnologiya va metodlardan keng foydalanish tavsiya etiladi. Masalan:
“Musobaqa” usuli. Ushbu usulda sinfdagi o‘quvchilarni jamoalarga bo‘lib, ular o‘rtasida spartakiadalar (quvnoq startlar, harakatli, milliy va sport o‘yinlari ko‘rinishida) tashkil etiladi. Bu usul o‘quvchilarning harakat tizimlarini rivojlantirib, g‘oliblik uchun kurashish ishtiyoqini oshiradi. Musobaqa tarzida tashkil etilgan mashg‘ulot o‘quvchilarda ilg‘or bo‘lish, mashq va topshiriqlarni kimo‘zarga bajarish istagini namoyon etishi bilan qiziqarlilikni ta’minlaydi.
“Ko‘rsatmali” usuli murakkabroq sport turi elementini o‘rgatish darslarida qo‘llaniladi. Bunda o‘qituvchi biror o‘quvchi yordamida (yoki mustaqil ravishda) mashq elementini ko‘rsatib berish orqali mavzu mohiyatini yetkazadi.
“O‘yin” usuli orqali harakatli, milliy va sport o‘yinlari texnik elementlarini bajarishda o‘quvchilarning bevosita ishtiroki ta’minlanadi. O‘yinning mazmuni, shartlari va qoidalari tushuntiriladi. Bu usul bir qator afzalliklarga ega. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mashg‘ulotga jalb etish, darsga qiziqtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarga biror murakkab mashqni o‘rgatishda, shu usuldan foydalanish orqali maqsadga erishish mumkin.
Xalqimizning milliy o‘yinlari, muayyan hududlardagina saqlangan o‘yinlarni ommalashtirish, ularni targ‘ib etish, mashg‘ulotlarda qo‘llash ham jismoniy tarbiya darslarini mazmunan boyitadi. Jumladan, “Otib qochar”, “Qotdi”, “Ot- arava”, “Ot o‘yini”, “Qidirib top”, “Janbil”, “Danak”, “Yong‘oq o‘yini”, “Momo-momo”, “Xo‘roz-xo‘roz”, “Bekki tosh”, “Tepa kurash”, “Cho‘p ot”, “Taqir-tuqir qayrag‘och”, “Oltin darvoza”, “To‘g‘nog‘ich”, “Do‘ppi yashir”, “Chavandoz”, “Qo‘riqchi”, “Dahanaki jang”, “Chumchuq tushdi boshimga”, “Qo‘shiqning boshi”, “Do‘ppi tishlar”, “Davraga kir”, “Chig‘iriq”, “Chortak”, “Arqon o‘yin”, “Tosh o‘yin” kabi o‘yinlar bolajonlarning chaqqonlik, ziyraklik xislatlarini rivojlantiradi.
Quyida keng tarqalgan milliy o‘yinlardan misol keltiramiz.
“G‘isht urish” o‘yini. Bunda 4 dan ortiq o‘quvchi ishtirok etadi. O‘yinda g‘ishtning ostiga o‘quvchilar o‘zlariga tegishli zarqog‘ozlardan bittadan qo‘yadi. G‘ishtning oldida turib, navbatma-navbat qo‘llaridagi toshni uloqtiradilar. Kimning toshi uzoqqa yetib borsa, o‘sha ishtirokchi toshi joylashgan joyda turib, birinchi bo‘lib g‘ishtni nishonga oladi. G‘ishtni urib yiqitgan g‘olib zarqog‘ozlarga ega bo‘ladi. O‘yin shu tariqa davom etadi. O‘yinning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, o‘quvchilarda murosa, bir-birining qarorini hurmat qilish, merganlik, aniq mo‘ljalga olish, saxiylik, chaqqonlik kabi fazilatlar shakllanadi.
“Chiziq bo‘ylab” o‘yini. Yerga dor kabi chiziq chiziladi. Ishtirokchi chiziq ustida turadi. Ko‘zlari boylanadi. U mayda qadamlar bilan chiziq ustida yurishi kerak. Agar o‘quvchi chiziq ustidan oxirigacha adashmay yurib borsa, o‘yinda g‘olib hisoblanadi.
O‘yin o‘quvchilarda diqqatni bir joyga jamlash, kutilmagan vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmaslik, mo‘ljalni aniq ola bilish, tana muvozanatini maromida ushlash, mutanosib harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Xalqimizning bolalarni ziyraklik, chaqqonlikka o‘rgatuvchi milliy o‘yinlari bisyor. O‘qituvchining pedagogik mahorati, kasbiy malakasi hamda xalq o‘yinlaridan nechog‘lik xabardorligi mashg‘ulotlarning yanada qizg‘in o‘tishida seziladi. Demak, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik asnosida xalq o‘yinlari borasida ham izlanish olib borish zarur.
Avgust kengashlarida o‘tgan o‘quv yilida jismoniy tarbiya fanini o‘qitish borasida uchragan muammo va murakkab mavzularni muhokama qilish zarur. Bu jarayonda amaliyotchi o‘qituvchilar tomonidan o‘qitish va bilimdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan istiqbolli — keyingi o‘quv yilida samaradorlikka xizmat qiladigan takliflar bildiriladi.
Anjumanlarning sho‘ba yig‘ilishlarida muhokama qilish uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1) O‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot va 2015-2016-o‘quv yiliga mo‘ljallangan vazifalar;
2) Yangi takomillashgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar hamda tavsiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish masalalari;
3) Mavjud sport seksiyalari ishini takomillashtirish, ulardan oqilona va samarali foydalanish usullarini tatbiq etish;
4) Sport jihozlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish masalasi;
5) “Umid nihollari” sport o‘yinlariga iqtidorli sportchi-o‘quvchilarni tayyorlab borish va maktablarda hududiy sport bellashuvlari, musobaqalar tashkil etish.
Ijtimoiy fanlar tc “Ijtimoiy fanlar”
Tarix, davlat va huquq asoslari, iqtisodiy bilim asoslari, milliy istiqlol g‘oyasi kabi fanlar( keyingi o‘rinlarda ijtimoiy fanlar )ning o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasida o‘ziga xos o‘rni bor. Xususan, o‘quvchilarni yurtga sadoqat, ona Vatanga muhabbat, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, mustaqillikni asrash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida o‘stirishda ushbu fanlar muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar bu fanlarni mukammal egallasa, o‘zligini anglaydi, faol fuqarolik pozitsiyasi shakllanadi, turli muammo va kutilmagan vaziyatlarda oqilona yo‘l tutish ko‘nikmalari shakllanadi.
Ushbu fanlarga oid darsliklar yangi o‘quv yilida qator yangiliklar bilan o‘quvchilar qo‘liga yetib bormoqda. Jumladan, joriy yilda 1-, 4-sinflarning “Odobnoma” kitobi, 5—6-sinf “Vatan tuyg‘usi”, 7-, 8-, 9-sinflar uchun “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda 5-sinf “Tarixdan hikoyalar” darsliklarining yangi avlodi yaratildi. Darsliklar zamon talablari asosida takomillashtirildi.
5-sinf “Tarixdan hikoyalar” (U.Jo‘rayev, Q.Usmonov, A.Nurqulov va boshqalar) darsligidagi statistikaga oid ma’lumotlar yangilandi. Darslik mavzulariga Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yili Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “ O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati ” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan ma’ruzasi mazmuni singdirildi. Shuningdek, darslikdan Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq mavzular, O‘zbekistonning bugungi kundagi tashqi siyosati strategiyasining mazmuni singdirilgan matnlar ham o‘rin oldi.
Milliy istiqlol g‘oyasi turkumidagi fanlarga oid darsliklar ham yuqorida tilga olingan ma’ruza mazmuni bilan boyitildi. Darsliklar dizayni va illustratsiyalari yangilandi.
O‘qituvchining izlanuvchanligi, darslarga ijodiy yondashishi — o‘qitish samaradorligiga erishishning muhim omili. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi fanlarni o‘qitishda muallimdan izlanuvchanlik, o‘quvchilarni qiziqtiruvchi metodlardan unumli foydalanish talab etiladi. O‘qitish sifat va samaradorligini oshirish uchun quyidagi usullar tavsiya etiladi:
Og‘zaki bayon qilish usuli. Bunda hikoya, monolog, dialog, suhbat, syujetli hikoya, analitik syujet metodlarining uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratgan holda badiiy va tarixiy adabiyotlardan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jarayonda o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyati ham shakllanadi, rivojlanadi.
Dars jarayonida har bir sinfning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning mustaqil ijodiy ishlashini tashkil qilish usuli. Bunda tarixga oid manbalar — adabiyotlar, hujjatlar, ko‘rgazmali vositalardan foydalaniladi. Shuningdek, ko‘rgazmalilikka tayangan metodlar, shartli-grafik illustrativ ko‘rgazmalilik, suratlar tahlili, rasm ishlash, kontur xaritani to‘ldirish, amaliy mashg‘ulotlarda qirqish, model va maketlar tayyorlash, mehnat qurollarini tayyorlash, tarixni o‘rganishda tadqiqotchilik metodlaridan foydalanish darslarning mazmunli o‘tishini ta’minlaydi.
Bu borada tarix fani o‘qituvchilariga amaliy-metodik yordamni tashkil etish maqsadida 8—9-sinflar uchun “O‘zbekiston tarixi”ni o‘qitish yuzasidan A.Zamonov muallifligida metodik majmua tayyorlandi.
Darslik bilim berishning asosiy manbai bo‘lib xizmat qilar ekan, undan samarali foydalanishda o‘qituvchiga katta mas’uliyat yuklanadi. Jumladan, ijtimoiy fanlarni o‘qitishda ham darsliklarning asosiy vazifalari quyidagilar ekanligini unutmaslik lozim. Darslik:
– fan bo‘yicha bilimlar tizimi;
– o‘quvchilar bilim va malakalarini integratsiyalash, majburiy o‘quv materiali yig‘indisi;
– bilimlarni nazorat qiluvchi;
– fanni mustaqil o‘rganish vositasi;
– shaxs shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi hamda tarbiyalovchilik vazifasini amalga oshiradi. Shuning uchun o‘qituvchi mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarda darslik bilan muntazam ishlash ko‘nikmasini ham shakllantirib borishi zarur.
O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda quyidagilarga e’tiborli bo‘lishi lozim:
– dars turlari va tuzilishini aniqlab olish;
– dars — o‘quv va tarbiyaviy ishning asosiy tashkiliy shakli ekanligiga e’tibor qaratish;
– zamonaviy dars, unga qo‘yiladigan talablarni bilish va unutmaslik;
– darslar mavzularining uzviyligi va didaktik jihozlanishiga erishish;
– ta’lim-tarbiya jarayonining maxsus shakllari, dars samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligini yodda tutish.
O‘qituvchining shaxsiy xususiyatlari — kiyinishi, o‘zini tutishi, nutq madaniyati, gap ohangi va boshqa omillar ham darsga ta’sir ko‘rsatadi. Agar bu jihatlar o‘qituvchining dars berish kasbiy mahorati, tarbiyachilik faoliyati, baholash mezonlari bilan uyg‘unlashsa, ta’lim sifat va samaradorligi yanada ortadi.
Ta’lim jarayoniga interfaol usullarni joriy etishda o‘quvchilarning o‘zaro hamda o‘qituvchi bilan faol muloqoti yuzaga keladi. Bunday vaziyatni yuzaga keltirish uchun muallim guruhlarda ishlashning «Muayyan pozitsiyani egallash», «Muammolar daraxti”, “Matritsa”, “Zanjir” kabi va boshqa ommalashgan, interfaol usullardan foydalanishi tavsiya etiladi.
Jumladan, “Muammolar daraxti” usulida yaxlit bir muammo olinadi. Masalan, guruhlarda o‘quvchilarning bo‘sh o‘zlashtirishi yoki DTS talablari bajarilmasligi masalasi ko‘riladi. Jarayonda ushbu muammoning kelib chiqish omillariga e’tibor qaratiladi. Bunda muammolarning sababini aniqlash maqsadida nima uchun? nimaga? nega unday bo‘ldi? sababi nimada?, kim sababchi? kabi savollar o‘rtaga tashlanadi. Har bir savolning javobi ko‘rsatilib, tahlil qilinadi. So‘ng zarur qaror qabul qilinadi.
Alohida-alohida ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarning bog‘liqlik tomoni “Zanjir” usuli orqali bir-biriga ulab chiqiladi. Ularning yechimlari tahlil etilib, umumlashtiriladi.
O‘quvchilar o‘rtasida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish, ijtimoiy muammoga bag‘ishlangan (odam savdosi, ommaviy
madaniyat, kiyinish madaniyati kabi) seminarlar tashkil qilish, referatlar (ilmiy ishlar) yozish ham o‘g‘il-qizlarda mustaqil fikrlash, vaziyatga o‘z munosabatini bildirish ko‘nikmasini shakllantiradi.
Shulardan kelib chiqib, an’anaviy avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlarini tashkil etishda quyidagi masalalarga to‘xtalish tavsiya etiladi:
– o‘quvchilarda kompetentlilikni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartlarining tajriba-sinov ishlari natijalari va kelgusidagi vazifalar;
– 2015-2016-o‘quv yilida nashr etilgan darsliklar va ulardagi yangiliklar bilan o‘qituvchilarning tanishib, darslarga tayyorlanib borishi;
– mustaqillik darslarini mazmunli tashkil etish;
– mustaqillik darslarida o‘quvchi-yoshlarga hozirgi tinch, osoyishta kunlarning qadriga yetish, keksalarni hurmat qilish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish o‘zbek xalqiga xos azaliy fazilat ekani xususida tushunchalar berish. Ushbu jihatlar jamiyatning o‘ziga xos yuksak ma’naviy va madaniy belgisi sifatida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani haqida tushunchalar berib, “Sen muqaddassan, Vatan!”, “Vatan yagonadir, Vatan bittadir!”, “Ona yurt o‘g‘lonlari”, “Milliy g‘oya, mafkura va yoshlar”, “Qudratli davlat farzandlarimiz!”, “O‘zbekiston kelajagi bizning qo‘limizda!”, “Seni ardoqlaymiz, aziz Vatanim!” mavzularida mustaqillik darslarini tashkil etish;
– dars samaradorligini oshirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, uning usullari, maqsad va vazifalarini aniq belgilash;
– o‘qitish samaradorligiga erishishning muhim omillaridan biri — pedagogik jamoalar o‘rtasida muntazam dars tahlilini yo‘lga qo‘yish;
– o‘quvchi-yoshlarda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
– umumta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mavzuga taalluqli asar va ma’ruzalari mazmunini ochib berish;
– ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha joylardagi tayanch maktablarda “Kim edigu, kim bo‘ldik” mavzusida tarbiyaviy soatlarni tashkil etish;
– o‘quvchilar bilimini baholashda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligini o‘rganish;
– o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda yechimini aniqlash;
– o‘quvchilar ongida yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, xalq farovonligi kabi tamoyillarni shakllantirishda ijtimoiy fanlarning ahamiyati;
– o‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirishda tarixiy, badiiy adabiyotlarning o‘rni;
– taqdimot darslarini tashkil qilish va ularning samaradorligi;
– o‘quvchilarda hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishda ijtimoiy fanlarning o‘rni;
– o‘quvchilarda faol fuqarolik pozitsiyasi hamda kommunikativlikni shakllantirishda ijtimoiy fanlarning hissasi;
– tarix va iqtisodiy bilim asoslari fanlarini o‘qitishda matematik savodxonlikning o‘rni;
– dars jarayonida zamonaviy AKTdan foydalanishning metodik asoslari (amaliyot va tajriba).
Respublika ta’lim markazi
6-sinf uchun jismoniy tarbiya fanidan dts talablari asosida uzviylashtirilgan taqim-mavzuviy ish rejaga ilova
Viloyat – maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.
Dastur – 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
Ushbu metodik tavsiyalarda Xalq ta’limi tizimda faoliyat yuritayotgan 31204 nafar o‘qituvchilarga DTS talablari bo‘yicha namunaviy dars ishlanmalari, belgilangan tayanch kompetentsiyalar hamda o‘quv-dasturlariga kiritilgan o‘zgarishlar va fanlar kesimida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarning minimal talablari aks ettirilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil, 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining Davlat Ta’lim Standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 187-sonli qarori ishlab chqildi.
Vazir (arab. – yuk koʻtaruvchi) – oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
Respublika (lot. respublica, res – ish va publicus – ijtimoiy, umumxalq) – davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalari Davlat ta’lim standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat: umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi: bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati. Baholash tizimi — davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat.
Mezon (arab. – tarozi) – 1) zodiak yulduzlar turkumi (Libra). Ung yorugʻ yulduzi 2,6 vizual yulduz kattaligida Ilon, Ilon eltuvchi, Aqrab, Sunbula yulduz turkumlari orasida joylashgan. Oʻzbekistonda qish oxiri, bahor va yoz boshlarida koʻrinadi;
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida umumta’lim fanlarini o‘rganish bosqichlari O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida davlat ta’lim standartlariga asoslangan holda umumta’lim fanlarini o‘rganish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: Standart darajalari Darajalarning nomlanishi A1 Umumta’lim fanlarini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi A1 Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi A2 Umumta’lim fanlarini o‘rganishning tayanch darajasi A2 Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi B1 Umumta’lim fanlarini o‘rganishning umumiy darajasi B1 Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi Tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalar O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Mustaqillik – davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Asar (arab. – iz, qodsiq) – 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Texnika (techne – mahorat, sanʼat) – moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi. Shuningdek, har bir umumta’lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. Darslik — davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri. 6-SINF (68 soat, haftasiga 2 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Kommunikativ kompetensiya: mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, darslikdagi turli ko‘rinishga ega ma’lumotlardan foydalanish. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: jismoniy tarbiya faniga oid adabiyotlardan foydalana olish, ommaviy axborot vositalari hamda internet-saytlardan jismoniy tarbiyaga oid bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish va ulardan foydalanish. O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: kun tartibi hamda gigienik qoidalarga amal qila olish; jismoniy tarbiyaga oid manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay olish; umumrivojlantiruvchi va gimnastika mashqlarini bajarish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: o‘z oilasi, mahallasi, Vatan oldidagi burchini bilish; guruhlarda ishlay olish; o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilishi; jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish, muomala madaniyatga ega bo‘lish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lishni; orasta kiyinish, axloqiy madaniy me’yorlarga amal qilish. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatdagi turli formula, model, chizma va diagrammalarni o‘qiy olish, sanoq, tezlik, epchillik, umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish. 1-4-mavzular. Umumrivojlantiruvchi mashqlar (4 soat). Buyumlarsiz va buyumlar bilan quyi sinflarda o‘zlashtirilgan mashqlarni takrorlash hamda takomillashtirish. Juft-juft bo‘lib buyumlarsiz va buyumlar bilan mashqlar bajarish. Gimnastika devori yordamida mashqlar bajarish. Mustaqil ravishda 6-8 ta umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish. Jismoniy sifatlardan tezkorlik va kuchni rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish, mashqdan so‘ng nafasni to‘g‘ri olish va chiqarish. Belda gardishni 1 daqiqa davomida aylantirish, arg‘amchida 30 soniya davomida sakrash. 5-6-mavzular.Tayanib sakrash (2 soat). Qiz bolalar – dastlabki holat, uzunasiga o‘rnatilgan (balandligi 90 sm) gimnastika “kozyoli”ga yugurib kelib sakrab, ustiga tayanib tizzalarda turish va cho‘qqaygan holda qo‘llar bilan siltanib kerishib yumshoq sakrab tushish; eniga o‘rnatilgan gimnastika “kozyoli”dan oyoqlarni bukib sakrab o‘tish. O‘g‘il bolalar – balandligi 110 sm uzunasiga qo‘yilgan gimnastika “kozyoli”dan oyoqlarni kerib va bukib sakrash; gimnastika “kozyoli”dan oyoqlarni kerib sakrab 900 ga burilib tushish. 7-mavzu. Tirmashib chiqish (1 soat). Gimnastika narvoniga navbatma-navbat har xil usullar bilan tirmashib chiqish; gimnastika narvoniga chiqishda bir qo‘lda buyumlar (to‘p, tayoqcha) bilan tirmashib chiqish va tushish mashqlari; gimnastika narvonida yonbosh va orqa bilan bilan aralash ushlash usuli bilan osilib turish. O‘g‘il bolalar – 3 m, qiz bolalar – 2 m arqonga uch harakat usulda tirmashib chiqish va tushish.
Harakat – borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
Nazorat ishi (1 soat) 8-9-mavzular. Osilishlar (2 soat). Gimnastika narvonida oyoqlar bilan osilib turishdan, oyoqlar bilan depsinib, kerishishdan osilishga o‘tish; qo‘shpoya poyalaridan oyoqlarni kerib oshirgan holda qo‘llarga tayanib tik turish. O‘g‘il bolalar – baland turnikka osilish, bir oyoq bilan siltanib va ikkinchisi bilan depsinib aylanib ko‘tarilish, qiz bolalar – past turnikka osilish, cho‘qqayib osilish. 10-mavzu. Tayanishlar (1 soat). Polda, gimnastika o‘rindig‘iga qo‘llar bilan tayangan holda bukish va yozish. 11-12-mavzular.Akrobatika (2 soat). Cho‘qqayib tayanib o‘tirgan holda, oyoqlarda depsinib oldinga umboloq oshish.30-40 sm balandlikdagi to‘siq ustidan umboloq oshib o‘tish; orqaga umboloq oshib yarim shpagatga tushish. 13-14-mavzular. Muvozanat saqlash mashqlari.(2 soat). Yakka cho‘p ustida oyoq uchlarida yurish va yugurishlar, “polka” qadamlar bilan oldinga siljishlar; gimnastika ko‘prikchasida turib, qo‘llar yakkacho‘p ustida, sakrab, yakka cho‘p ustida tayanib cho‘qqayishga chiqib olish (o‘qituvchi yordamida); yakka cho‘p ustida qo‘llarni har xil holatda tutib, “qaldirg‘och” hosil qilish. 70-80 sm balandlikdagi yakka cho‘p ustida o‘ng yoki chap oyoqda muvozanat saqlash; yakka cho‘p ustida 30-35° burchak yo‘nalishda yugurib kelib, sakrab tayanib cho‘qqayishga chiqish, turib oldinga “polka” qadamlar bilan siljish, chap oyoqda “qaldirg‘och” hosil qilish, o‘ng oyoq bilan oldinga siltanib, chapga burilish va oyoqlarni juftlab, yuqoriga sakrab, kerishib tushish mashqlari; yakka cho‘pdan yumshoq sakrab tushish va muvozanat saqlab qolish. Nazorat ishi (1 soat) 15-mavzu. Estafetali quvnoq o‘yinlar. (1 soat). O‘rgatilgan akrobatika mashqlari, sakrash, yurish, to‘siqlardan o‘tish, arg‘amchi, gardishlarda, gimnastik o‘rindiqlari, to‘plar bilan iborat estafetali quvnoq o‘yinlar o‘ynash. 16-mavzu. Yurish (1 soat). O‘qituvchi ko‘rsatmasiga asosan yo‘nalishni o‘zgartirib yurish; to‘siqlar ustidan oshib yurish; sportcha yurishning harakat elementlarini o‘rgatish. 17-18-mavzular.Yugurish (2 soat). Past startdan maksimal tezlikdan 30, 60 m masofalarga yugurish. 30-60 m masofalarga estafetali yugurish; balandligi 30-40 sm bo‘lgan to‘siqlardan oshib yugurish. Bir me’yorda 6 daqiqa davomida yengil yugurish; 4×10 mokisimon yugurish; yuqori stardan 800-1000 m ga yugurish; yuqori startdan tepalikka va tepalikdan pastga yugurib tushish. 19-mavzu.Sakrash qoidalari (1 soat). 20-mavzu.Bir va ikki oyoqlab chapga, o‘nga, orqaga burilib sakrash. (1 soat). 21-mavzu.Uzunlikka “oyoq bukish usuli”da sakrash.(1 soat). 22-mavzu.Balandlikka “xatlab o‘tish usuli”da sakrash.(1 soat). Nazorat ishi (1 soat) 23-25-mavzular.Uloqtirish.(3 soat). Tennis koptogini turgan joydan uloqtirish. Tennis koptogini yugurib kelib bosh ortidan yelkadan 4-6 qadam tashlab uloqtirish. Tennis koptogini mo‘ljalga uloqtirish. To‘ldirma to‘p (2 kg) ikki qo‘llab yon tomon bilan turib irg‘itish. 26-mavzu.Kross tayyorgarlik (1 soat). Joydagi tabiiy to‘siqlarni hatlab, sakrab, bosib qadamlab oshib o‘tish; to‘siq ustidan sakrab tushish. O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar: Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish kompetensiyasi: buyumlarsiz va buyumlar mashqlarni bajara oladi; juft-juft bo‘lib buyumlarsiz va buyumlar bilan mashqlarni bajara oladi; gimnastika devori yordamida mashqlar bajara oladi; gimnastika narvoniga navbatma-navbat har xil usullar bilan tirmashib chiqish mashqlarini bajara oladi. Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi: gimnastika mashqlarini bajarishda me’yorlarini bajarishda qomat buzilishi va shikastlanishining oldini olish choralarini biladi va ularga amal qiladi; sakrash qoidalarini biladi, bir va ikki oyoqlab chapga, o‘nga, orqaga burilib sakrash mashqlarini bajara oladi; sakrashning “oyoqni bukib”, “xatlab sakrash” usullarini biladi; sakrash usullarini bajarishda me’yorlarni biladi va ularga amal qiladi. Nazorat ishi(1 soat) 27-31-mavzular. Basketbol. (5 soat). To‘pni yerga urib yo‘nalish va tezlikni o‘zgartirib yugurish. To‘pni bir qo‘l bilan yelkadan, joyida turib qadam tashlab va joyni o‘zgartirib uloqtirish. To‘pni o‘rganilgan usul bilan harakatda halqaga tashlash; to‘pni shitga tekkizib halqaga tashlash (o‘ng va chap tomonlardan). O‘rganilgan basketbol elementlarini qo‘llab ikki tomonlama mini-basketbol o‘ynash. To‘p bilan harakatlangan holda tezlikni oshirib (10 m masofaga) yugurish. 32-36-mavzular.Voleybol (5 soat). Voleybol o‘yinida turish holatini va joylarni o‘zgartirish qoidalarini o‘rgatish. Katta qadamlab chapga, o‘ngga, orqaga, oldinga tezlik bilan yurish qoidalarini o‘rgatish,to‘pni yuqoridan uzatish malakasini mustahkamlash. Pastdan kelgan to‘pni ikki qo‘lda qaytarishni o‘rgatish, voleybol setkasi ustidan, 4-6 m masofada turib, pastdan to‘g‘riga to‘pni bir qo‘lda ushlab, ikkinchi qo‘l bilan urib o‘tkazishni o‘rgatish. Nazorat ishi (1 soat) 37-41-mavzular.Gandbol (5 soat). Himoyada yakkama-yakka harakat qilish. To‘pni darvozaga pastdan, yuqoridan uloqtirishda to‘siq hosil qilish. Kuchni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni bajarish. 42-47-mavzular. Futbol. (6 soat). Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish (futbol) jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilish asoslarini bilish. To‘pni olib yurish va to‘pni oyoq yuzasining ichki tomoni bilan tepish. To‘pni tepish texnikasini bajarish. Darvozabon o‘yini, o‘yin jarayonida “bo‘sh o‘rinni tanlash” taktik harakati. Nazorat ishi (1 soat) 48-50-mavzular. Shaxmat saboqlari.(3 soat). Shaxmat taxtasi, shaxmat donalarining harakati, o‘yin qoidalari. Donalarning yurish qoidalari, o‘yinning boshlang‘ich qismi. Yolg‘iz shoxni mot qilish, farzin bilan mot qilish, rux bilan mot qilish, ikki fil bilan mot qilish, ikki ot bilan mot qilish. 51-mavzu. Kurash qoidalari.
Kurash – sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan.
(1 soat). 52-mavzu.Kurashda qulay holatni egallash. (1 soat). 53-mavzu.Kurash elementlari bo‘lgan harakatli o‘yinlar. (1 soat). 54-mavzu.Kurash usullari. (1 soat). 55-mavzu.Orqadan chalish. (1 soat). 56-57-mavzular.Oldindan chalish. (2 soat). 58-59-mavzular.Oyoqlarni yonidan qoqib yiqitish.(2 soat). 60-61-mavzular. Suzish.(1 soat). Brass usulini o‘rganish uchun maxsus suzish mashqlari; yengil narsalarni suv sathida ushlay bilish; suvdagi o‘yinlar: “Qutqaruvchilar”, “Sho‘ng‘ib quvlashmachoq”. O‘quvchilarda shakllantirilgan fanga oid kompetensiyalar: Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi: sport o‘yinlarining texnika va taktika qoidalarini biladi, sport o‘yinlarida hujum va himoya taktikalariga oid mashqlarni bajara oladi; xujum va himoya taktikalarini bajarish jarayonidaxavfsizlik qoidalariga amal qiladi; futbolda to‘pga beriladigan zarbalarni bilib oladi, darvoza burchaklari, darvozagaberiladigan zarbalar bajara oladi, to‘pni oyoq yuzi va tashqi yoni bilan olib yurishni bajaradi; kurash turlarini biladi, kurash usullarini bajarishdan avval tana a’zolarini chigal yozdi mashqlarini bajara oladi. Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi: kurash mashqlarini bajarishda xavfsizlik qoidalariga amal qiladi. Nazorat ishi (1 soat) Mavzularni o‘rganish uchun – 61 soat Nazorat ishlari uchun – 7 soat Jami- 68 soat
6 Sinf Tarbiya Darsligini O Qitish Tarbiya Darslari Maktabda
6 Sinf Tarbiya Darsligini O Qitish Tarbiya Darslari Maktabda . Greetings and welcome , a platform where 6 Sinf Tarbiya Darsligini O Qitish Tarbiya Darslari Maktabda is the main focus of our attention. Our goal is to provide an in-depth and comprehensive exploration of this fascinating subject, to shed light on the aspects that make it so captivating, and to bring together a community of like-minded individuals who share a passion for 6 Sinf Tarbiya Darsligini O Qitish Tarbiya Darslari Maktabda. Whether you’re here to learn something new, exchange ideas, or simply be entertained, we’ve got you covered. Get ready for an exciting journey filled with knowledge and inspiration, and let’s start exploring 6 Sinf Tarbiya Darsligini O Qitish Tarbiya Darslari Maktabda together. Web02 12 2022 kimyo 8 sinf ish kitobining gabrielyan bepul yuklab 5 sinf ingliz tili 3-04-2022online maktab – 6 sinf darsliklari ona tili- 9 sinf matematika javoblar 2022 admin- 2 sinf ona tili- boshlangich sinflar uchun ona tilidan afn – kz- 6 sinf tarbiya darsligini oqitish tarbiya darslari maktabda- 2 sinf uchun ingliz tilidan test- –
6 Sinf Tarbiya Darsligini O Qitish Tarbiya Darslari Maktabda
Webonlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi asosidagi ushbu videoroliklar oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. videoroliklar orqali 1 9 sinf “tarbiya” darsliklari t. Web235956. umumiy o’rta ta’lim maktablarining 2 sinf o’quvchilari uchun darslik. yuklab olish. batafsil. Web“onlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi asosidagi ushbu videoroliklar oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. videoroliklar orqali 1 9 sinf “tarbiya” darsliklari toʻgʻrisidagi maʼlumot hamda har bir darslikdagi bitta mavzuni oʻqitish metodikasi namuna sifatida yoritib beriladi. Webonlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi asosidagi ushbu videoroliklar oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. videoroliklar orqali 1 9 sinf “tarbiya” darsliklari t. Web6 sinf “tarbiya” darsligini o`qitish | “tarbiya” darslari maktabda . online maktab, online darslar, 8 sinf 19 fevral vorislar 20 qism uzbek tilida o’zbekiston o’z harbiy sanoat majmuasini bunyod etadi 2 sinf matematika darshak 2022 obligate: o’zbek tilida, tarjima, so’zning ma’nosi, sinonimlari 3 sinf test 3 sinf test “o’zbek tilining imlo lug’ati” kitobining ….
6 Sinf Tarbiya Fani O Quv Dasturi
Webjan 10, 2023 · name last modified size; parent directory 1 tom.pdf: 2023 01 10 10:52 : 59m: 1 sinf tarbiya darsligini o qitish tarbiya darslari mak iewpnpa6kuk.mp4. Web02 12 2022 kimyo 8 sinf ish kitobining gabrielyan bepul yuklab 5 sinf ingliz tili 3.04.2022(online maktab) . 6 sinf darsliklari ona tili. 9 sinf matematika javoblar 2022 admin. 2 sinf ona tili. boshlangich sinflar uchun ona tilidan afn . kz. 6 sinf “tarbiya” darsligini o`qitish | “tarbiya” darslari maktabda. 2 sinf uchun ingliz tilidan test. …. Webaug 1, 2022 · informatika 9 sinf javoblari . 8 sinf davlat va huquq asoslari kitobi 2022. testuz tm 2 3 sinf matematika telegram analytics. logitech g hub windows 7 11 sinf rus tili imtihon savollari. 6 sinf “tarbiya” darsligini o`qitish | “tarbiya” darslari maktabda. imtihon javoblari 7 sinf 2022 rus tili. kimyo 9 sinf kitobi.
6 Sinf Tarbiya Fani O Quv Dasturi
3 Sinf Tarbiya Darsligini O Qitish Tarbiya Darslari Maktabda
The following is a listing of about 6 Sinf Tarbiya Darsligini O Qitish Tarbiya Darslari Maktabda best After just inserting syntax you could 1 Article into as many 100% Readable editions as you like that any of us explain to and demonstrate Writing articles is a lot of fun to you personally. We all acquire good a great deal of Cool articles 6 Sinf Tarbiya Darsligini O Qitish Tarbiya Darslari Maktabda beautiful image nevertheless we all simply exhibit the particular images we believe include the finest about.
Your about 6 Sinf Tarbiya Darsligini O Qitish Tarbiya Darslari Maktabda should be only pertaining to beautiful test when you just like the article make sure you pick the initial articles. Assistance this admin by means of purchasing the authentic sentences 6 Sinf Tarbiya Darsligini O Qitish Tarbiya Darslari Maktabda therefore the reader can offer the top reading as well as go on doing the job Here at looking for offer all kinds of residential and commercial services. you have to make your search to receive your free quotation hope you are okay have a nice day.
6 Sinf “tarbiya” Darsligini O`qitish | “tarbiya” Darslari Maktabda Qanday Oʻtiladi?
onlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi asosidagi ushbu videoroliklar oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. videoroliklar orqali 1 9 sinf onlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi asosidagi ushbu videoroliklar oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. videoroliklar orqali 1 9 sinf onlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi asosidagi ushbu videoroliklar oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. videoroliklar orqali 1 9 sinf onlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi asosidagi ushbu videoroliklar oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. videoroliklar orqali 1 9 sinf onlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi asosidagi ushbu videoroliklar oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. videoroliklar orqali 1 9 sinf onlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi asosidagi ushbu videoroliklar oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. videoroliklar orqali 1 9 sinf onlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi asosidagi ushbu videoroliklar oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. videoroliklar orqali 1 9 sinf onlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi asosidagi ushbu videoroliklar oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. videoroliklar orqali 1 9 sinf onlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi asosidagi ushbu videoroliklar oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. videoroliklar orqali 1 9 sinf onlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi asosidagi ushbu videoroliklar oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. videoroliklar orqali 1 9 sinf 1 4 sinflar uchun tarbiya fani doirasida tayyorlangan animatsion videodarslarning 8 mavzusi muvafaqqiyat.