Alisher Navoiy haqida 7 ta qiziqarli fakt
17 — Turkiy tilni qayta tiriltirgani Navoiyning ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas», — deb yozsa, Husayn Boyqaro «Mir Alisher turk tilining o‘lik jasadig‘a Masih nafasi ila jon ato etdi» deb ta’kidlagan.
Alisher Navoiy hayoti va ijodi. Tarjimai hol. Asarlari haqida
Alisher Navoiy (1441-1501) — buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy tahallusi ostida chig‘atoy (eki o‘zbek tili) hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyoti hisoblanmish o‘zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi. Umuman olganda, butun turkiy xalqlari orasida u kabi yirik shaxs yo‘qdir.
Navoiy yoshligidan Xurosonning (Transoksaniya) bo‘lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan (1469-1506) do‘st bo‘lgan. 10-12 yoshidan she’rlar yozishni boshlagan. Navoiyning zamondoshi bo‘lmish tarixchi Xondamir (1473(76) -1534) qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur o‘zbek shoiri Lutfiy (1369-1465) qarigan chog‘larida bolakay Navoiy bilan ko‘rishadi va uning she’riy iqtidorini yuqori baholaydi.
Hayoti davomida Navoiy musulmon Sharqining turli mamlakatlarida bo‘ladi, o‘z davrining taniqli shaxslari bilan ko‘rishadi. O‘zining she’riy mahoratini oshiradi. 1464-1465 yillar Navoiy ijodining shinavandalari uning ilk she’riy to‘plamini (devonlari) tayyorlashadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, o’sha davrlardayoq Navoiy mashhur shoir bo‘lib ulgurgan. 1469 yilgacha temuriylar o‘rtasidagi o‘zaro ichki nizolar tufayli Navoiy o‘zining ona shahri Hirotdan uzoqda yashashga majbur bo‘lgan.
Taxt
Alisher Navoiy
1469 yil temuriy Husayn Boyqaro Hirotni egallaydi va Xuroson hukmdori bo‘ladi. Shu vaqtdan e’tiboran, Navoiy hayotining yangi bosqichi boshlanadi. U mamlakatning siyosiy hayotida faol ishtirok etadi. Shu yili Xuroson hukmdori Navoiyni davlat muhrdori etib tayinlaydi, 1472 yil vazir bo‘ladi. Egallagan mansabi orqali u mamlakatning madaniy va ilmiy taraqqiyotida katta yordam ko‘rsatadi. Katta mulk egasiga aylanadi.
1480 yil Hirot shahrida va boshqa viloyatlarda o‘z hisobidan bir nechta madrasa, 40 ta rabot (yo‘lovchilar uchun bekat), 17 ta masjid, 10 ta so‘fiylar turarjoyi (xonaqoh), 9 ta hammom, 9 ta ko‘prik va boshqalarni qurdiradi. Biroq, saroy amaldorlariga Navoiyning bu kabi faoliyati yoqmaydi va turli fitnalar orqali Husayn Boyqaro bilan munosabatlarini buzishadi.
Shunday qilib, Navoiy egallab turgan mansabidan ozod etilib, 1487 yil Astrobod shahriga hukmdor sifatida yuboriladi. Bu yerda u ikki yil xizmat qiladi. Mazkur muddat nihoyasiga yetgachgina, X. Boyqaro unga Hirotga qaytib, hokimiyatda mansabga ega bo‘lishiga ruhsat beradi. Lekin Navoiy bu taklifni rad etadi. Rad javobiga qaramay, Boyqaro sultonning yaqin kishisi lavozimini (“mukarrabi xazrati sultani”) taklif etadi. Bunday lavozimda Navoiy barcha davlat ishlari bilan bog‘liq ishlarda qaror qabul qilish huquqiga ega edi.
Shu vaqtdan Navoiy hayotining yangi bosqichi boshlanadi va u ko‘proq ijod bilan shug‘ullanadi. U yaratgan asarlarining katta qismi aynan shu davrga tegishli. Navoiy temuriylarning so‘nggi hukmronlik yillarida (1370-1506) yashab ijod qilgan. Shuning uchun uning asarlarida jamoat ruhi, davrga xos muhim muammolar ustundir. 1490-1501 yillar Navoiy eng nafis, ijtimoiy-falsafiy va ilmiy asarlarini yaratgan.
Asarlari
Alisher Navoiyning ijodi ulkan. Olti dostonining hajmi 60 000 ga yaqin misrani tashkil etadi. 1483-1485 yillar Navoiy o‘z ichiga besh dostonni olgan “Hamsa” asarini yaratgan: “Hayrat ul-Abror” (“Yaxshi kishilariing hayratlanishi”), “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” (“Yetti sayyora”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”).
Navoiyning “Hamsa”si mazkur janrda yaratilgan turkiy tildagi birinchi asar hisoblanadi. U — turkiy tilida ham bu kabi yirik ko‘lamdagi asar yaratilishi mumkinligini isbotlab berdi. Haqiqatan ham, Navoiy chig‘atoy tilida (eski o‘zbek tili) ham fors-tojik adabiyoti bilan bir darajada turuvchi asar yaratish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan. Va u o‘zining besh hazinasi orqali buning uddasidan chiqqan.
Navoiy musulmon Sharqining, deyarli barcha janrlarida o‘z qalamini sinab ko‘radi va o‘z ovozi, o‘z uslubi borligini ko‘rsata oladi. Sharq adabiyotida “Layli va Majnun” mavzusida 120 dan ziyod doston yaratilgan. Navoiy ham shaxsiy yondashuvi ila ushbu mavzuda doston yozadi. Dostonda Layli va Majnun o‘rtasidagi sevgi bayon qilinadi. O‘z ifodasida Navoiy odamiylik va so‘fiylik sevgisini sharhlashga harakat qilgan. O‘zining so‘fiylik qarashlarini Navoiy, shuningdek, “Farxod va Shirin”, “Hayrat ul-Abror” dostonlarida ham ifodalagan. Uning dostonlarida so‘fiylik mavzusi umumfalsafiy darajaga ko‘tarilgan.
Mazkur dostonlarda, bir vaqtning o’zida shoirning insonparvarlik dunyo qarashlari orqali dunyoning dolzarb muammolari qo‘yiladi. “Hamsa”dagi boshqa ikki dostonida — “Sab’ai sayyor” (“Yetti sayyora”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”) hukmdor bilan bog‘liq muammolar (Qayumov A. Saddi Iskandariy. Toshkent, 1980 yil, o‘zbek tilida) yetakchi o‘ringa chiqadi.
Hamsa
Ma’lum bo‘lishicha, Navoiy temuriylar saroyiga yaqin bo‘lib, do‘sti va podshoh Husayn Boyqaroga ta’sir ko‘rsata olgan. Shu sababli, Navoiy bu dostonlarida H. Boyqaroga qaratilgan g‘oyalarni ifodalab o‘tgan: dunyoning va shoh taxtining o‘zgaruvchanligi; hukmdorning o‘z xalqi oldidagi majburiyatlari… Hamsanafislik an’analariga nisbatan, Navoiy o‘zining ijtimoiy va siyosiy qat’iyati va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Abd ar-Rahmon Jomiy (1414-1492) Navoiyning “Hamsa”sini o‘qib, unga juda yuqori baho bergan.
Alisher Navoiy Xamsasi
O‘zining ijtimoiy va badiiy mohiyatiga binoan, Navoiyning “Hamsa”si O‘rta Osiyoda yuqori o‘ringa ega bo‘lgan. U ko‘p marotaba qayta ko‘chirilgan. Hozirgi kunda “Hamsa” yoki uning dostonlarining katta ro‘yhati mavjud. Birgina Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti fondining o‘zida XV-XX asrlarda qayta ko‘chirilgan 166 ta qo‘lyozma bo‘lib, ular to‘liq “Hamsa” asari yoki uning alohida dostonlarini tashkil etadi. Shulardan 84 tasi to‘liq doston ko‘rinishidadir. Navoiy “Hamsa”sining miqdori va keng tarqalishi uni O‘rta Osiyo intellektual hayotida alohida o‘rin egallaganligini ko‘rsatadi.
Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs bo‘la turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo‘shgan; ilm, fan, san’at rivojiga homiylik qilgan№ tinchlik va totuvlik doimo hukmron surishiga doim harakat qilgan.Navoiy forsiy tilida yozilgan o‘z she’rlarini “Devoni Foniy” nomi ostida jamlagan. U fors shoirlari bilan ham bellashmoqchi bo‘lgan. To‘plam shaklida chiqarilgan g‘azallarini o‘zini hisoblasak, ular 3150 donani tashkil etadi. Navoiy yozgan she’rlarining miqdoriga ko‘ra peshqadam, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, Navoiy fors tilidagi qasidalarini jamlab, “Sittai zaruriya” (“Olti zaruriyat”) va “Fusuli arbaa” (“Yilning to‘rt fasli”) nomli ikki to‘plam yaratadi.
She’riyati
Navoiy o‘z she’riyati orqali o‘zbek (chig‘atoy) adabiyotini yangi darajaga olib chiqdi. Navoiyning nazmi mavzusining kengligi hamda janrining xilma-xilligi bo‘yicha undan oldingi o‘zbek adabiyotini ortda qoldiradi. U nazmda dostonlardagi kabi dunyoviy va diniy, so‘fiylikning dolzarb masalalarini ifoda qilgan. Navoiyning diniy asarlari ham nashr qilingan: “Arbain” (“Qirq ruboiy”), “Munadjat” (“Allohga iltijo”).
So‘fiy prozaik asari “Nasaim al-muhabbat” (“Muhabbat shabadasi”)ning to‘liqroq matni nashr qilingan bo‘lib, unda 750 ta so‘fiy shayhlar haqida ma’lumot keltirilgan. Navoiy ilmiy asarlar ham yaratgan. Ular qatoriga fors va turkiy tillar qiyosi keltirilgan asarlarni kiritish mumkin: “Muhokamat al-lug‘atayn” (“Ikki til bahsi”); aruz nazariyasiga oid (she’r yozish hajmi) — “Mezon al-avzan” (“Hajm mezoni”), muammo janri nazariyasiga oid — (jumboq) “Mufradat”.
Bundan tashqari, u tarixiy mavzularda risolalar yaratgan: “Tarixi muluki Adjam” (“Eron shohlari tarixi”), “Tarixi anbiya va xukama” (“Payg‘ambarlar va donolar tarixi”). Badiiy maktublarini “Munshaat” to‘plamiga jamlagan. Uning shoh asarlari: Abd Ar-Rahmon Jomiy hayoti haqida — “Xamsat al-mutaxayyirin”, 1494, “Xalati Sayyid Xasan Ardasher” (“Sayyid Xasan Ardasher hayoti”), “Xalati Pahlavon Muhammad” (“Pahlavon Muhammad hayoti”)lardan iborat.
Alisher Navoiyning so‘nggi asari “Mahbub ul-qulub” (1500). Unda shoirning so‘nggi ijtimoiy va siyosiy qarashlari yoritilgan.
Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs bo‘la turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo‘shgan; ilm, fan, san’at rivojiga homiylik qilgan; tinchlik va totuvlik hukmron surishiga doim harakat qilgan.
Ko‘rib turganimizdek, Navoiy merosi mavzu va janrlari bo‘yicha turlidir. Uning asarlari XV asrdan hozirgi kungacha o‘zbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda. Asrlar davomida uning asarlari taqlid va ilhom manbai bo‘lib hisoblanib kelgan.
Alisher Navoiy haqida 7 ta qiziqarli fakt
Alisher Navoiy o‘z zamonasining buyuk shaxsi, bugungi kunning esa beqiyos siymosi sanaladi. Kaktakto buyuk alloma haqidagi qiziq faktlarni taqdim etdi.
Navoiy ikki taxallus ostida ijod qilgan. U Navoiy taxallusi ostida turkiy tilda ijod qilgan bo‘lsa, forsiy tildagi ijodi Foniy taxallusi bilan tanilgan.
Alisher Navoiy ijodkor ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi Abu Said shoir bo‘lgan. Ikkinchi bobosi Muhammad Ali esa musiqachi va xattot sifatida tanilgan.
Alisher Navoiy turkiy tilni forsiy tili bilan birga ijodga olib kirgan. Unga qadar hech kim turkiy tilda ijod qilmagan.
Buyuk Sulaymon Navoiy ijodini yuqori baholagan va o‘z kutubxonasida uning qo‘lyozmalarini va asarlarini saqlagan.
2009-yilda Merkuriydagi krater Alisher Navoiy sharafiga nomlangan.
Dunyoda Alisher Navoiyga qo‘yilgan bir nechta yodgorlik mavjud: Moskva, Navoiy, O‘sh, Toshkent, Samarqand, Boku, Tokio, Shanxay. Vashingtonda ham Navoiyga yodgorlik o‘rnatish rejalashtirilgan.
Alisher Navoiy Naqshbandiyning so‘fiylik tariqatida bo‘lgan. Uning so‘fiylik falsafiy-estetik qarashlari “Lison ut-Tayr” asarida aks etgan.
Alisher Navoiy haqida qiziqarli malumotlar
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441 yilning 9 fevralida Hirotning Bog‘i Davlatxona mavzeyida, temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan davlat xizmatchisi G‘iyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan.
Tarixchi Mirxond «Ravzatus-safo» asarida yozishicha, Amir Alisherning bobosi Amir Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh bo‘lgan. Quyida e’tiboringizga Alisher Navoiy hayotiga taalluqli qiziqarli fakt va ma’lumotlarni taqdim etamiz.
1 — Navoiy o‘zi barpo etgan madrasalarning mudarrislari, talabalari, hatto oshpaz va farroshiga ham sersaxovatlik bilan maosh to‘lab yurgan. Eng ilmli talabalarga shaxsan Navoiyning o‘zi oyiga 24 oltin pul va yiliga besh qop oshlik bergan. O‘sha vaqtda talabaning bir oylik nafaqasiga 5ta semiz qo‘y olish mumkin bo‘lgan.
2 — Navoiy hazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yoddan bilganlar.
3 — Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi. Shoirning forsiy she’rlar to‘plami «Devoni Foniy» deb nomlangan.
4 — Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi. Keyinchalik bu ikki ulug‘ shoir o‘rtasidagi ustoz va shogirdlik munosabatlari yanada mustahkamlanib, ijodiy hamkorlikka aylanadi.
5 — Samarqand Navoiyning hayoti va ijodida muhim ahamiyat kasb etadi. Alisher 1464 yilda Samarqandga keladi va bu yerda madrasada tahsil olib, ilm-fan, adabiyot va san’at bilan tanishadi.
6 — Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan.
7 — Navoiy asarlarida Farhod – komil inson timsolidir. U bolaligidan ilmga chanqoq bo‘ladi va bir marta o‘qigani sira yodidan chiqmaydi. Farhod o‘n yoshga yetganda hamma ilmlarni egallab bo‘ladi.
8 — Navoiyning sevgilisi sifatida tasvirlanadigan «Guli» ismi faqat xalq og‘zaki ijodida, Navoiy haqidagi rivoyat va afsonalarda uchraydi xolos. Guli nomi Navoiyning hayoti haqida ma’lumot beruvchi yozma manbalarning hech birida uchramaydi.
9 — Alisher Navoiy o‘smirlik yillarida o‘zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq she’rlarini yod bilgan.
Alisher Navoiyning bobolari shoir, musiqachi va xatot bo’lgan
10 — Alisher Navoiy ijodkor ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi Abu Said shoir bo‘lgan. Ikkinchi bobosi Muhammad Ali esa musiqachi va xattot sifatida tanilgan.
11 — Navoiy huvillab yotgan Guzurgoh dashtini 4-5 yil ichida obod maskanga, serhosil yerga, ko‘rkam qishloqqa aylantirgan. Buni ko‘rgan Husayn Boyqaro hayratdan yoqa ushlagan.
12 — Navoiy me’ros sifatida otasidan qolgan o‘ziga tegishli sarmoyani tadbirkorlik bilan ishlatib, qisqa muddatda boyib ketgan. U, asosan, bog‘u-rog‘lar yaratgan, dehqonchilik ishlariga e’tibor qaratgan. Navoiy hazratlariga tegishli barcha yerlar 500 jeribni tashkil etgan. Olingan daromadlar madaniy-ma’rifiy inshoatlar, obod manzillar barpo etishga, xayriya ishlariga, ilmga sarflangan.
13 — Alisher Navoiy «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni olgan. Unvon Navoiyga davlatning barcha ishlariga aralashish huquqini bergan.
14 — 7 yoshli Nizomiddin Mir Alisher buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan.
15 — Navoiy bir gal Husayn Boyqaroning davlat xazinasida xarajatlar ko‘payib ketgan paytda, soliqlar xalqdan yig‘ilsa, ahli muslimga jabr bo‘lur, deya o‘z hisobidan 25000 dinorni to‘lab yuborgan.
16 — Navoiyning otasidan qolgan me’ros, o‘ziga davlat amaldori sifatida ajratilgan molu mulk va yerlardan keladigan daromad kuniga 18000 shohruhiy dinorni tashkil etgan.
17 — Turkiy tilni qayta tiriltirgani Navoiyning ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas», — deb yozsa, Husayn Boyqaro «Mir Alisher turk tilining o‘lik jasadig‘a Masih nafasi ila jon ato etdi» deb ta’kidlagan.
Низамиддин Мир Алишер Навои родился 9 февраля 1441 года в районе Садового казенного дома Герата, близкого к роду Тимуридов, в семье государственного служащего Гиёсиддина Баходира. Историк Мирханд пишет в «Равзатус-сафо», что дед Амира Алишера был няней у Умаршайха, сына Амира Темура. Ниже представляем вашему вниманию интересные факты и информацию о жизни Алишера Навои. Факты об Алишере Навои 1 — Навои щедро платил учителям, ученикам и даже поварам и уборщикам построенных им медресе. Сам Навои лично выдавал наиболее образованным ученикам по 24 золотых в месяц и по пять пакетов супа в год. В то время на ежемесячную пенсию студента можно было получить 5 тучных овец. 2 — В 7 лет Хазрат Навои выучил наизусть Мантикут-тайр Фаридиддина Аттара. 3 — Алишер Навои называет свои стихи на турецком языке Навои, а свои стихи на персидском языке Фоний. Сборник персидских стихов поэта называется «Девони фоний». 4 — Навои знакомится с Абдурахмоном Джами в возрасте 18-19 лет. Джами ценит его и как ребенка, и как ученика. Позже отношения учитель-ученик между этими двумя великими поэтами еще больше укрепились и переросли в творческое сотрудничество. Сборник стихов об Алишере Навои 5 — Самарканд играет важную роль в жизни и деятельности Навои. Алишер приехал в Самарканд в 1464 году, где учился в медресе и познакомился с наукой, литературой и искусством. 6 — Навои построил на свои средства более 300 объектов в Герате и по всему Хорасану. Информация об Алишере Навои 7 — В творчестве Навои Фарход — символ совершенного мужчины. Он с детства жаждал знаний и никогда не забудет прочитанного. Когда Фарход достигает десятилетнего возраста, он может овладеть всеми науками. 8 — Имя «Гули», описываемое как возлюбленная Навои, встречается только в фольклоре, легендах и мифах о Навои. Имя Гули не фигурирует ни в одном из письменных источников, содержащих сведения о жизни Навои. 9 — Алишер Навои в подростковом возрасте выучил наизусть более 50 000 стихотворений любимых поэтов. Предки Алишера Навои были поэтами, музыкантами и каллиграфами. 10 — Алишер Навои родился в семье творческой интеллигенции. Его дед Абу Саид был поэтом. Его второй дед, Мухаммед Али, был известен как музыкант и каллиграф. 11 — За 4-5 лет Навои превратил пустынную Гузургохскую степь в благодатное место, плодородную землю, красивое село. Увидев это, Хусейн Бойкаро в изумлении взялся за воротник. 12 — Навои за короткое время разбогател, используя в качестве наследства отцовский капитал. В основном он создавал сады и занимался сельским хозяйством. Все земли, принадлежавшие Хазрату Навои, составляли 500 джерибов. Вырученные средства пошли на строительство культурно-просветительских объектов, жилья, благотворительность и науку. Информация о Навоийском бизнесе 13 — Алишер Навои получил титул «мукарраби хазрати султоний» («самый близкий человек к султану»). Титул давал Навои право вмешиваться во все государственные дела. 14 — 7-летний Низамиддин Мир Алишер выучил наизусть более шести тысяч хадисов нашего великого мухаддиса Бухари. Коллекция рубаев Алишера Навои 15 — Навои однажды заплатил за свой счет 25000 динаров, заявив, что если взимать налоги с народа, то мусульмане пострадают, если в государственную казну Хусейна Бойкаро будут увеличены налоги. 16 — наследство Навои от отца, доходы от имущества и земель, отведенных ему как государственному чиновнику, составляли 18 000 царских динаров в день. 17 — Возрождение тюркского языка было большим мужеством Навои для нашей духовности. Захириддин Мухаммад Бабур писал: «Они читали стихи на турецком языке, но никто не говорил много и хорошо». Хусейн Бойкаро писал: « 18 — Были и навоийские лавки, которые располагались на самых оживленных рынках. Сам хазрат Навои следил за точностью каменных весов в этих ларьках, чтобы не нарушать права покупателя, не класть лишних денег на ввозимый товар, кроме командировочных расходов. Алишер Навои был суфием 19 — Алишер Навои состоял в суфийском ордене Накшбанди. Его философско-эстетические взгляды на суфизм нашли отражение в произведении «Лисон ут-Тайр». 20 — Великий Сулейман Навои высоко ценил его труд и хранил его рукописи и произведения в своей библиотеке. 21 — Страсть к науке проснулась у Навои рано, и в четыре года он пошел в школу. 22 — Навои совершил три паломничества. Но по разным причинам ему не посчастливилось отправиться в паломничество. Коллекция газелей Алишера Навои Мир Алишер Навои писал газели с 7-8 лет. 23 — Мир Алишер начал писать стихи в возрасте 7-8 лет. 24 — Памятников Алишеру Навои в мире несколько: Москва, Навои, Ош, Ташкент, Самарканд, Баку, Токио, Шанхай. Памятник Навои также планируется установить в Вашингтоне. Навои писал на турецком и персидском языках. 25 — Алишер Навои ввел тюркский язык наряду с персидским. До этого никто не писал по-турецки. 26 — Алишер Навои создал произведения в 16 литературных жанрах. Первый «Хамсани» Навои написал на турецком языке за 2 года. Это произведение переведено на 64 языка мира и насчитывает более 51 000 стихов. Лирическое наследие поэта сосредоточено в четырех девонах (1491-1498 гг.) под названием «Хазойнул-маоний» общим объемом более 50 000 стихов. 27 — На состояние, оставленное отцом, Навои, все накопленное им богатство, построил более 300 зданий для народа. 28 — Навои построил двор вдоль библейской реки в Герате. Его площадь составляла 30 акров (0,25 акра). В гостинице могут разместиться более 100 человек. 29 — В возрасте пятнадцати или шестнадцати лет Алишер Навои стал известен как «двуязычный» поэт, писавший как на турецком, так и на персидском языках. Факты о Захириддине Мухаммаде Бабуре 30 — Навои создан под двумя псевдонимами. Он писал на турецком языке под псевдонимом Навои, а его работа на персидском языке известна как Фоний. У Алишера Навои было два прозвища В 31-1469 г., по случаю восшествия на престол своего друга Хусейна Бойкаро, Навои написал 90-байтную поэму «Хилалия» («полумесяц» — новолуние). 32 — В 2009 году кратер на Меркурии был назван в честь Алишера Навои. 33 — Алишер Навои умер 3 января 1501 года. На его похоронах шел проливной дождь. Историк Хандамир описал это как «оплакивала даже природа».
18 — Navoiyga tegishli savdo rastalari ham bo‘lgan, ular eng gavjum bozorlarda joylashgan. Ushbu savdo rastalarida toshu tarozining to‘g‘riligi, xaridor haqiga xiyonat qilmaslik, olib kelingan molga yo‘l xarajatlaridan tashqari ortiqcha pul qo‘ymaslikni shaxsan Navoiy hazratlarining o‘zlari nazorat qilib turganlar.
19 — Alisher Navoiy Naqshbandiyning so‘fiylik tariqatida bo‘lgan. Uning so‘fiylik falsafiy-estetik qarashlari «Lison ut-Tayr» asarida aks etgan.
20 — Buyuk Sulaymon Navoiy ijodini yuqori baholagan va o‘z kutubxonasida uning qo‘lyozmalarini va asarlarini saqlagan.
21 — Navoiyning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi erta uyg‘onib, 4 yoshida maktabda ta’lim ola boshlagan.
22 — Navoiy 3 marta haj ziyoratiga otlangan. Lekin turli sabablar bilan unga hajga borish nasib qilmagan.
Mir Alisher Navoiy g’azallarini 7-8 yoshidan boshlab yozgan
23 — Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g‘azallar yoza boshlagan.
24 — Dunyoda Alisher Navoiyga qo‘yilgan bir nechta yodgorlik mavjud: Moskva, Navoiy, O‘sh, Toshkent, Samarqand, Boku, Tokio, Shanxay. Vashingtonda ham Navoiyga yodgorlik o‘rnatish rejalashtirilgan.
25 — Alisher Navoiy turkiy tilni forsiy tili bilan birga ijodga olib kirgan. Unga qadar hech kim turkiy tilda ijod qilmagan.
26 — Alisher Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Navoiy turkiy tilidagi ilk «Xamsani» 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tilga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq «Xazoyinul-maoniy» nomli to‘rt devon (1491—1498)ga jamlangan.
27 — Navoiy otasidan qolgan mol-mulkni, to‘plagan jami boyliklarini xalq uchun 300dan ziyod inshoat barpo etishga sarflagan.
28 — Navoiy Hirotdagi Injil anhori bo‘yiga hovli qurdirgan. Uning maydoni 30 jerib (0,25 sotix)dan iborat bo‘lgan. Mehmonxonada 100 dan ziyod odamga dasturxon yozsa bo‘lar ekan.
29 — Alisher Navoiy o‘n besh-o‘n olti yoshlarida ham turkiy, ham forsiyda ijod qiladigan «ikki tilli» shoir sifatida tanilgan.
30 — Navoiy ikki taxallus ostida ijod qilgan. U Navoiy taxallusi ostida turkiy tilda ijod qilgan bo‘lsa, forsiy tildagi ijodi Foniy taxallusi bilan tanilgan.
31 — 1469 yili Navoiy do‘sti Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan 90 baytdan iborat «Hiloliya» qasidasini yozadi («hilol» – yangi chiqqan oy).
32 — 2009-yilda Merkuriydagi krater Alisher Navoiy sharafiga nomlangan.
33 — Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etdi. Uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan edi. Buni tarixchi Xondamir «hatto tabiat ham motam tutdi» deya ta’riflagan.
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
Zo‘r omad tilayman, bu malumotlar menga juda katta yordam berdi!
Sadoqat assalomu alayko’m! Malumotlarni sizga foydasi tekkanligidan mamnunmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.
Bobomiz Alisher Navoiy haqida judaham qiziqarli malumotlar bo’libdi, bundanda yaxshi maqolalarni kutib qolamiz.
Bobokalonimiz so’z mulkining sultoni Alish Navoiy haqida juda ajoyib malumotlar va faktlar keltirilgan ekan.
Assalomu alayko’m. Manga bu ma’lumotlar ham juuda ham yoqdi. Kottakon rahmat.
Bu juda qiziqarli malumotlar ekan, bobokalonimiz Alisher Navoiy haqidagi bu malumotlar menga juda foydali bo’ldi.
Gap yo’q, zo’r menga yoqdi. Faoliyatlaringizga omad tilayman.
Bobokalonimiz haqidagi ushbu qiziqarli malumotlar manga juda yoqdi, rahmat hammaga!
Moxidilxon :
Menga bu ma’lumotlar juda kerak edi, o’zimga keragidan ko’proq bilmaganlarimni o’rgandim. Yana xam ko’proq bilish uchun bu kanalga Yana qaytaman, raxmat xammaga.
Alisher Navoiy bobomiz haqida juda qiziqarli faktlar ekan bilmaganlarimni bilib oldim.
Men Alisher Navoiy bobomizning hayotiga juda qiziqaman. Bu ma’lumotlar juda ajoib ekan. Yana bo’lishini istardim.
Nega bu ma’lumotlarni ko’chirib bo’lmayapti?
Jinnimisiz qandoq qilib ko’chirib bo’lmaydi, bo’ladiku! qo’lizga daftar bilan ruchka oling ko’rsataman. ❤
Alisher Navoiy bobomiz haqida juda ko’p ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Assalomu alayko’m barchaga. Bu malumatlar menga juda yoqdi, bu malumatlarni bari aynan menga kerakli ekan.
Qoyil qoldim, rosa ham menga zarur bo’lgan malumotlar ekan.
Menga bu ma’lumotlar judayam yoqdi. Endi Alisher Navoiy haqida yanada ko’proq ma’lumotlarni bilib oldim.
Ravshanbek :
Hammani fikriga qo’shilaman, lekin Alisher Navoiy qachon olamdan oʻtgani yozilmabti.
Raxmat katta, lekin Alisher Navoiy haqida rivoyat topa olmadim, yoki hikoyami…
Men Alisher Navoiy haqida ko’p malumot bilib oldim.
Muhammadali :
Malumotlariz zo’r ekan, Alisher Navoiy 1501 yili vafot etkan!
Raxmat bilmaganimni bilib oldim, juda ham zo’r ma’lumotlar bor ekan, kattakon raxmat.
Raxmat judayam zo’r ma’lumotlar ekan, bilib oldim
Salomaleko’m raxmat bu ma’lumotlar bilan menga yordam berdinggiz, raxmat katta omad silarga.
Assalomu aleykum. Sizlarga kattakon rahmat. Juda kerakli ma’lumotlar berilgan ekan. Barchasini bilib oldim. Yana bir bor rahmat.
Bu ma’lumotlar juda zo’r ekan. Ma’lumotlar uchun katta rahmat.
Dars qilishimda katta yordam berdi raxmat.
Menga bobomiz Alisher Navoiy haqidagi qiziqarli faktlar juda ham yoqdi. Ijodingizga Omad bundan ham ko’proq malumotlar qo’shilishini kutib qolaman.
Menga Navoiyning tutingan singlisi bor yoki yo’qligi haqida ma’lumot bo’lsa aytsangiz oldindan rahmat.
Zo’r malumotlar bor ekan, manga juda yoqdi, silagayam tavsiya qilaman.
Men ham shuncha malumot olaman deb o’ylamagandim to’g’risi, juda yaxshi sayt ekan, sizlarga kattakon raxmat.
So‘nggi yuklangan mavzular
Ko‘p o‘qilgan mavzular
Bo‘limlardan birini tanlang