Press "Enter" to skip to content

Ahmoq kishilarning 5 odati

Hammada ham biror narsa ko‘ngildagidek chiqmasligi va reja bo‘yicha bormasligi mumkin. Aqlli odam xotirjam tus oladi va muammoni qanday yechish haqida o‘ylab ko‘radi. Ahmoq esa o‘zining barcha muammolarida istalgan kishi va narsani ayblaydi: liftni egallab olgan qo‘shnilarni, yomon ob-havoni, olomonni. Bunday kishida muammolari uchun mas'uliyatni o‘z bo‘yniga olish istagi yo‘q. O‘ziga achinish uning uchun ancha oson.

“Aqliy hujum” metodining mazmun va mohiyati

Aqliy hujum metodidan ham lektsiya, ham amaliy darslarda foydalanish qulay. Bu metod bir zumda auditoriyadagi barcha o‘quvchi-talabalarni qamrab olib ularni aktiv holatga keltiradi.

Yaxlit mavzu, uning bir qismi yoki tanlab olingan muammo yo‘zasidan o‘quvchi-talabalarga beriladigan savollar majmuasi o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan bo‘lishi ishda yaxshi natija beradi.

Aqliy hujum metodi qo‘yilgan muammo yechimiga bog‘liq ravishda 5-10 daqiqa davom etishi mumkin. Bunda o‘quvchi-talabalarning berayotgan javoblariga na o‘qituvchining va na boshqalarning aralashuviga, har qanday fikr bildirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi va natijalar baholanmaydi, ballar qo‘yilmaydi. Bu qoida ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan avtomatik tarzda buziladi, ya‘ni talaba-o‘quvchi bildirgan noto‘g‘ri fikrga tezda o‘z munosabatini bildirib to‘g‘rilaydi. Bu vaziyat talaba-o‘quvchilarni fikrlashdan to‘xtatadi, darsda foydalanilayotgan aqliy hujum metodiga putur yetkazadi. Maqsad: noto‘g‘ri bo‘lsada o‘quvchi-talabaning o‘z fikrini bildirishiga erishishdan iborat. O‘qituvchi umumlashtirishdan so‘ng bildirilgan fikrlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi har bir talabaga ma‘lum bo‘ladi.

Talabalarning fikr yuritishlari o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri yo‘lga solib turiladi va rag‘batlantirilib boriladi. Vaqti-vaqti bilan fikrlar umumlashtirib turiladi.

Muammoning yechimi bo‘yicha fikrlar shakllanib bo‘lgach u oxirgi marta umumlashtiriladi va aniq fikrga kelinadi. Shundan keyin talabalar o‘zlarining takliflarini o‘zlari solishtirib, to‘g‘ri va xato fikrlarini anglab yetishadilar va o‘zlarini o‘zlari baholaydilar. Ammo o‘qituvchining ularga baho yoki tanbeh berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Egallangan bilimlarni yanada mustahkamlash va talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida uyga vazifa berish va uy

vazifasini bajarishga tayyorlash bo‘yicha o‘qituvchi trenerning amalga oshirishi lozim bo‘lgan jarayonlar

TARTIBI:Talabaning egallangan bilimlarni yanada mustahkamlash va ularda mustaqil ishlash ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida uyga vazifa beriladi.

1. Uyga beriladigan vazifa aniq bo‘lishi lozim. Bunda:

-adabiyotlar aniq ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq.

2. Bajarish shakli ham aniq bo‘lishi taqozo etiladi:

-birorta tadbir ishlab chiqish;

-boshqaruv qarorlarini qabul qilish va h.k.

3. Oldindan talabalar nima uchun baho olishini bilishlari kerak. Shu tufayli ularning bajargan ishlari qanday baholanishini ham aytib o‘tish maqsadga muvofiqdir.

  1. «Aqliy hujum» metodidan foydalanilganda ta‘lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi. Shu jumladan, ta‘lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta‘lim oluvchilarda o‘z fikrini faqat og´zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish maxorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko´nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baxolanmasligi ta‘lim oluvchilarda turli g´oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta‘lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. «Aqliy hujum» metodi ta‘lim beruvchi tomonidan quyilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:
  2. Ta‘lim oluvchilarning boshlang´ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib quyilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
  3. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan boglash yangi mavzuga utish qismida amalga oshiriladi.
  1. Bildirilgan fikr-g´oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
  2. Bildirilgan fikr qanday fikr-g´oyalar, ular xatto to´g´ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi.
  3. Har bir ta‘lim oluvchi qatnashishi shart.
  1. Ta‘lim oluvchilarda savol tashlanadi va ulardan ushbu savol bo´yicha o‘z javoblari (fikr, goya va mulohaza) bildirishlari so‘raladi.
  2. Ta‘lim oluvchilar savol bo´yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirishadi.
  3. Ta‘lim oluvchilarning fikr- g´oyalari (magnitofondan, videotasmadan rangli qog‘ozlarda yoki doskada) to´planadi.
  4. Fikr-g´oyalar ma‘lum belgilar bo´yicha guruhlanadi.

Ko‘rish usuli –asarni badiiy his qilish uchun katta ahamiyatga ega. Bu esa “tog‘ manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiyani tahlil qilayotganda yanada yaqqolroq ko‘rinadi. Rangtasvirning vazifasi ikki o‘lchamli yassilikda uch o‘lchamli xaqqoniylikni (rеallikni) yaratish o‘ta mushkul bo‘lib, u bir tomonlama matеmatik еchimga ega emasdir.
Chuqurlikka yunalgan chiziqlarlarning kеsishuvini va ularning paralеlligini birlashtirib bo‘lmaydi. Rassomning oldida turgan tanlov imkoniyati ushbu tanlovdan ancha kеngdir. Rangtasvirda ko‘llanayotgan shartlilikning aniq (konkrеt) usullarini tanlash bu madaniyat uchun xos bo‘lgan dunyoni ko‘rish usullariga bog‘liq.

Kompozitsiyada to‘g‘ri pеrspеktivadan foydalangan holda, yorug‘ havoyi muhitini yaratish, nur – soya o‘yinlari va hakozolar asosida qurilgan kompozitsiyaning akadеmik usullaridan foydalanilgan.

Kompozitsiyaning bir qismidagi omilardan biri ta’sir etish intеnsivligi, kompozitsiyaning qarama – qarshi tomonidagi boshqa omillarning faollashuvi evaziga mutanosiblashadi. Bunda ijodkor kompozitsion usul, kompozitsion printsip va kompozitsion vositalar dеb nomlangan bir qator qoidalarga asoslanadi.

“Yozgi etyud” mavzusida ishlangan kompozitsiya misolida manzara janrida kompozitsiya ishlashni pеdagogik zaruriyat sifatida o‘rganildi;

“Yozgi etyud ” mavzusida kompozitsiya ishlashda buyuk rassomlar ijodiy mеrosidan foydalanishga erishildi;

“Yozgi etyud ” mavzusida ishlangan kompozitsiya orqali o‘zbеk millatiga xos milliy urf-odat va an’analarning tutgan o‘rnini va ahamiyatini ko‘rsatildi;

“Yozgi etyud ” mavzusida ishlangan kompozitsiyani dars jarayonlarida o‘rgatishda yangi pеdagogik tеxnologiyaning samarali usullari va vositalaridan foydalanildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. Karimov I.A. O‘zbekiston milliy istiqlol, siyosat, mafkura. «O‘zbekiston» nashriyoti. T.,1993.
  2. Karimov I.А. Milliy mafkura haqida.– T.,2000.
  3. Karimov I.А. Ma’naviy yuksalish yo‘lida. – T.,1998.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi «O‘zbekiston» nashriyoti. T.,1991.
  5. O‘zbekiston Respublikasining qonuni «Ta’lim to‘g‘risidagi», «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi to‘g‘risida» «O‘zbekiston» nashriyoti. T.,1998.
  6. Atamuradov S., Xusanov S., Rametov J. Ma’naviyat asoslari.– T.,2000.
  7. Erkaev A. Ma’naviyat – Millat nishoni. – T.,1997.
  8. Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari.T.1998.
  9. Abdurahmonov G.M. Rangtasvir va kompozitsiya.- Toshkent, 1995.
  10. Boymetov B. “Qalamtasvir”. Darslik 1 – qism. Toshkent, 2006.
  11. Boymetov B. “Qalamtasvir asoslari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 1999.
  12. Tolipov N., Abdirasilov S., Oripova N. Rangtasvir (1-qism). T., 2002.
  13. Tolipov N., Abdirasilov S., Oripova N. Rangtasvir (2-qism). T., 2003.
  14. Abdirasilov S.,Tolipov N. “Rangtasvir” Toshkent , 2005.
  15. Tolipov N., Abdirasilov S., Oripova N. Rangtasvir. T., 2006.

 

ILLYUSTRATSIYALAR

N.Karaxan “Oltin kuz”.

O‘.Tansiqboyev ”Qayroqqum suv ombori”

N.Karaxan “Arpa yechimi”.

O‘.Tansiqboyev “Tog‘ yo‘li”.

O‘.Tansiqboyev “Jonajon o‘lka”.

O.Qozoqov “Tog‘ manzarasi”.

O.Qozoqov “Kuz manzarasi”.

S.Qosimova “Kuz”.

S.Qosimova “Tog’da bahor”.

A.K.Savrasov. Grachlar uchib keldi.

F.A.Vasilyev.Qishloq.

I.I.Levitan.Birinchi yashillik.

I.K.Ayvazovskiy. To’qqiznchi val.

1 “Хаlq ta’limi” jurnali 1992 yil, 10-12 son 1-bet.

2 I.Каrimov «O’zbekiston ХХI аsr bo’sag’asida: xavsizlikka taxdid, barqarorlik sharlari va taraqqiyot kafolatlari». Т. «O’zbekiston», 1997.

Ahmoq kishilarning 5 odati

Har bir kishi o‘z aqliy darajasiga ega. Biroq shaxsiy qobiliyatlarga mustaqil tarzda baho berish juda murakkab, axir o‘zimizni umuman o‘zgacha hisoblaymiz. Ko‘pchilik o‘zini chindan ham aqlli sanaydi. Boshidagi fikrlar esa mantiqan to‘g‘ri bo‘lib ko‘rinadi. Biroq darajangiz qanchalik yuqori ekanini qanday bilish mumkin? Aqlli kishilarni ahmoqlaridan ajratib turuvchi 5 ta belgi bor. Hozir ana o‘sha belgilar haqida so‘z yuritamiz.

1-belgi: Xatolarida o‘zgalarni ayblash

Hammada ham biror narsa ko‘ngildagidek chiqmasligi va reja bo‘yicha bormasligi mumkin. Aqlli odam xotirjam tus oladi va muammoni qanday yechish haqida o‘ylab ko‘radi. Ahmoq esa o‘zining barcha muammolarida istalgan kishi va narsani ayblaydi: liftni egallab olgan qo‘shnilarni, yomon ob-havoni, olomonni. Bunday kishida muammolari uchun mas'uliyatni o‘z bo‘yniga olish istagi yo‘q. O‘ziga achinish uning uchun ancha oson.

2-belgi: O‘zini doimo haq deb bilish

Shaxsiy argumentlarni keltirib, fikrni ilgari surishning hech qanday salbiy jihati yo‘q. Aqlli kishi mojarolarni yoqtirmaydi, biroq suhbatdoshni tinglash va masalaga boshqa ko‘z bilan qarashga ham qarshi emas. Ahmoq odam uchun esa bahsni yakunlash juda mushkul. U suhbatdoshi ayrim vaqtlarda haqiqatan ham to‘g‘ri aytayotgan bo‘lsa-da, o‘z fikrida qat'iy turishga odatlangan. Uning uchun vaziyatdan g‘olib sifatida chiqish juda muhim, ahmoq kishi o‘z mulohazalarini yagona to‘g‘ri fikr deb sanaydi.

3-belgi: Shaxsiy qobiliyatlarni yuqori baholash

Ahmoq kishilar orasida Danning Kryuger effekti tarqalgan. Past malaka va qobiliyatga ega kishilar o‘zlarini aslidan ko‘ra ancha aqlli sanaydilar. Albatta, ayrim vaqtlarda aqliy salohiyatlarini namoyish etishni istaydilar. Biroq mazkur vaziyat uchun mos bo‘lmaydi. Bu kabi kishilar o‘zlarini o‘zgalardan ancha yaxshi hisoblaydilar va bu haqida doimiy ravishda eslatishga harakat qilishadi.

4-belgi: So‘zlarni noo‘rin qo‘llash

Suhbat chog‘ida hech narsa kontekstga mutlaqo mos bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma'noli so‘zlardan foydalanishdek obro‘ni to‘kmasa kerak. Birorta aqlli jumlani qo‘shishdan avval uni qay o‘rinda qo‘llash mumkinligini chindan ham bilishingizni yodga olish kerak. Aqlli ko‘rinish uchun o‘ziga notanish bo‘lgan atamalar bilan o‘ynashayotgan suhbatdosh faqat taajjubga sabab bo‘lishi mumkin, xolos.

5-belgi: Xolis emaslik

Ahmoqlar vaqtlarini behuda sarflab, o‘zgalarning hayoti va tamoyillarini muhokama qilishni xush ko‘rishadi. O‘zgalarning fikri va maslahatini qabul qilolmaganliklari, dunyoga o‘zgacha nazar tashlashga tayyor emasliklari sabab o‘zgalarni muhokama qiladilar.

Aqlni yuksaltirish mumkin. Biroq muhimi — kamchiliklarni ko‘rish va ularni to‘g‘rilashga harakat qilishni o‘rganish.

Nima deb o‘ylaysiz, yana qaysi jihatlar ahmoq kishini oshkor etadi?

Aqliy salohiyatingizni susaytiruvchi 5 odat

1.Bilmaganlarimizni «Google»dan so`rash. Albatta, sizni o`ylantirgan, qiziqtirgan va ayni paytda javobi zarur savolni shundoqqina internetga yozib, javobini zumda topish oson. Biroq ruhshunoslarning tadqiqotiga ko`ra, tez sur`atda internetdan olingan ma`lumot xotiramizga o`rnashib ham ulgurmas ekan. Shunday ekan, shoshmang, yaxshisi, bilimlaringizni uyg`otishga yoki kitob orqali izlab topishga harakat qiling.

2. Joningiz og`rib tursa ham ishlash! Fidoyilikmi bu yo ishga o`ta mukkasidan ketish — farqi yo`q. Avvalo, betoblikda ishda unum bo`lmaydi, zavqi hissi-ku begonalashadi va nimadir o`rgana olmaysiz. Kasalliklarni tik oyoqda engish ham salomatlikka, ham hayotiy quvvatga zarar. Anglaganingizdek, davolanib, keyin ishga chiqish darkor!

3. Muloqotdan qochish. Siz juda ishchansiz, hamkasblar bilan mundoq fikr almashish, gaplashishga vaqt sarflash — jinoyatdek gapmi? Bu bilan ishim tez, oson va vaqtida bitadi deb o`ylaysiz. Yangilishasiz, bora-bora o`z qobig`ingizga o`ralib qolasiz. Muloqot dunyoqarashni kengaytiradi, unutmang.

4. Hadeb telefonga qarayverish, internetga mo`ralayverish diqqatni jamlay olmaslik, qilayotgan ishingizga mehr bilan yondashmaslik, kam-kamdan, ammo ko`p vaqtni havoga sovurishga olib keladi. O`zingiz uchun tartib o`rnating, ya`ni vaqtni har bir narsaga alohida taqsimlang.

5. Yog`li va yarimtayyor eguliklar dangasalikka olib keladi. Xotirani sustlashtirishi, aqliy faoliyatga salbiy ta`sir ko`rsatishi, uyqu chaqirishi mehnat unumdorligini paysatirmay qolmaydi. Ish orasida mevalar eyishga odatlaning, yong`oqni ermak qiling, yog`li taomlar jonu dilingiz bo`lsa, ko`proq yog`li baliq go`shtini iste`mol qilishingiz mumkin.