Bahodir tabib — O‘zbek xalq ertagi
В середине разговора старик представился врачом из Мухаммадали.
Bahodir tabib – O'zbek xalq ertagi
Bor ekan-u, yo'q ekan, qadim-qadim zamonda, juda olis tomonda, baland tog'lar etagidagi kichkina bir kulbada Bahodir ismli bola bobosi va buvisi bilan yashar ekan. Bahodir yashaydigan shaharda vabo kasali keng tarqalgan bo'lib, otasi va onasi shu kasalga chalinib vafot etgan ekan. Buvasi uni erkalab, Bahodirtoy, deb chaqirarkan. Ammo bu baxtli kunlar ham uzoq davom etmabdi. Avvaliga buvisi, keyin buvasi qazo qilibdi. Bahodir bir o'zi qolibdi.
Kunlarning birida ko'chada bir qariya bilan uchrashib qolibdi. Qariyaning qo'lida tor ko'rib, uni uyiga mehmonga taklif qilibdi. Uy deyarli bo'sh bo'lib, katta sholchaning ustida ikkita ko'rpa va ikkita yostiq bor ekan. Tokchada eskirgan idish-tovoqlar, devorda dutor osig'liq turganmish. Dutor buvasiniki ekan. Demak, bola musiqani sevadi, o'ylabdi mehmon va unga kuy chalib beribdi. Bola kuyni diqqat bilan tinglabdi. Keyin o'zi shu kuyni dutorda ijro etibdi. Unga dutor chalishni buvasi o'rgatgan ekan. Mehmon bilan bola suhbatlashib, kuy chalib, tunni bedor o'tkazishibdi.
Qariya suhbat orasida o'zini, tabib Muhammadaliman, deb tanishtiribdi.
– Qishlog'ingga bir tabib kerak ekan. Kasallar ko'payib ketibdi. Agar rozi bo'lsang, senga davo sirlarini o'rgataman, qishloqdagi kasallarni davolaysan, – debdi, nonushtada.
– Roziman, – javob beribdi, bola xursand bo'lib. – Qishlog'imizda tabib bo'lmagani uchun ko'p odam dardiga davo topolmay dunyodan o'tib ketgan ekan. Otam meni katta bo'lganimda shifokor bo'lishimni vasiyat qilgan ekan. Buvam aytib bergandilar.
– Unda eshit: sening yoningga shifo uchun kelgan odamlarni ajratmaysan, hech narsa ta'ma qilmaysan. Uyingning eshigini hech qachon tambalamaysan.
Tabib unga olti oy tibbiyotdan saboq beribdi. Bahodirtoy tabiblikni ancha o'zlashtirib olibdi. Katta tabib kichik tabibga tez-tez kelib xabar olib turishga va'da berib ortiga qaytibdi.
Bola shu kundan boshlab tabiblikka kirishibdi. Tog' yonbag'rida va hatto tog' tepasida o'sadigan giyohlarni yig'ibdi. Daraxtlarning mevasi-yu, bargi, o't-o'lanlar, ularning ildizlarigacha kavlab, shifobaxsh dori, malhamlar tayyorlabdi. Bir kuni qo'shnisi kirib tez-tez isitmasi chiqayotganidan shikoyat qilibdi. Bola uning qo'liga malham tutqazarkan, "buni tanangizga surtasiz, yana har kuni uch mahal ikkitadan olma yeysiz," – deb tayinlabdi. Ikki-uch kun o'tib qo'shnisi sog'ayibdi. Buni eshitgan boshqa bemor qo'shnilar ham uning yoniga dardlariga davo istab kela boshlabdi. Qarabsizki, yosh tabibning ishi kundan-kunga ko'payibdi. U har tong ustozi o'gitiga amal qilib toqqa chiqib ketar, o'simlik va giyohlar, daraxtlar mevasi, bargi va ba'zilarining ildizini kavlab olib kelib, ulardan shifobaxsh dorilar tayyorlarkan. Tushdan keyin esa kasallarni qabul qiladigan bo'libdi.
Shu qishloq oqsoqoli qizining yuziga dog' tushib, tabiblar uni davolay olmayotgan ekan.
– Sening jigaring og'ribdi. Uni davolash uchun anjirning xomidan har kuni to'yguningcha yeysan va men uning bargidan tayyorlab beradigan malhamni har kech yotishdan avval yuzingga surtasan, – debdi Bahodir, uni ko'zdan kechirgach.
– Pishganini yemayman-ku, xomini qanday yeyman, – debdi qiz chiroyli jilmayib.
– Taning sog', yuzing chiroyli bo'lishini istasang, aytganlarimni bajarasan, – debdi yosh tabib qat'iy.
Bir oy deganda qizning yuzidagi dog'dan nom-nishon qolmabdi.
Yosh tabibga ixlosi oshgan qizning dadasi o'g'li haqida ham gap ochibdi. U tog'dan yiqilgach, oyog'i ishlamay, yotib qolgan ekan.
Bola musiqaning ham kishilar salomatligiga yaxshi ta'sir qilishini bilgani uchun va'da qilgan kuni qo'lida dutor ko'tarib kelibdi. Qizga sho'x-sho'x kuylar chalib beribdi. Shu vaqt sirli voqea sodir bo'libdi. Ichkarida yotgan qizning akasi ular oldiga o'z oyog'i bilan yurib kelibdi va yosh tabibdan kuyni yana bir marta chalib berishini so'rabdi. Eshitib bo'lgach, yig'lab takror-takror chaldiribdi. Shunda yosh tabib yigitdan musiqaga bunchalik mehr qo'yganligi sababini so'rabdi.
– Men tez-tez tog' cho'qqisiga chiqib turardim. Kunlarning birida cho'qqida burgut hujum qilib qoldi. Men o'zimni arang chetga oldim. Qush uchib ketdi. Shu payt bir kuy yangradi, qarasam ro'paramda 12 yoshlardagi bir qiz dutor chalib turibdi. Qiz kuyni chalib tugatishi bilan boyagi burgut yana paydo bo'ldi. Men undan qochaman, deb pastga dumalab ketdim. Qo'l-oyoqlarim sindi. Keyin bilsam, qiz burgutning tutquni ekan. Maqsadim, o'sha qizni qutqarish, ammo oyoqlarim pand berdi, – debdi u xo'rsinib.
Yosh tabib yigitni davolashga kirishibdi. Ular aka-ukadek inoq bo'lib ketishibdi. Kun ketini kunlar quvlab, oradan oylar o'tibdi.
Bir kuni Bahodir dori-darmon tayyorlash uchun kerak bo'ladigan mevalar, o't-o'lanlar yig'ish niyatida tog' cho'qqisiga ko'tarilayotganda, yigit tepasida ulkan burgut aylana boshlabdi. Qo'rqib ketgan tabib yonginasidagi g'orga yashirinibdi. Qaysi ko'z bilan ko'rsinki, g'orda do'sti hikoya qilgan qiz o'tirganmish. Salom-alikdan so'ng bilsa, qiz burgut ta'qibidan qochib, shu g'orga yashirinib olgan ekan.
Burgut ko'zdan yo'qolgach, yosh tabib qizni pastga – tog' yonbag'riga olib tushib, do'stiga topshiribdi. Oqsoqolning o'g'li qizni ota-onasi huzuriga qaytaribdi.
Shunday kunlarning birida katta tabib qishloqqa tashrif buyuribdi. Ustoz va shogird uzoq suhbat qurishibdi. Ustoz chakmonini yechib, shogirdiga, endi sen chinakam tabib bo'lding, deb oq fotiha beribdi.
Bahodir tabib qishloq oqsoqoli qiziga uylanibdi. Qishloqda kattagina shifoxona quribdi. Buni qarangki, shifoxonada yotishga bemor topilmay qolibdi.
Chunki yosh tabib hamqishloqlarini dorivor giyohlar bilan oshno qilib qo'ygan ekan-da.
To'lqin MUHIDDIN
Bahodir tabib — O‘zbek xalq ertagi
Bor ekan-u, yo‘q ekan, qadim-qadim zamonda, juda olis tomonda, baland tog‘lar etagidagi kichkina bir kulbada Bahodir ismli bola bobosi va buvisi bilan yashar ekan. Bahodir yashaydigan shaharda vabo kasali keng tarqalgan bo‘lib, otasi va onasi shu kasalga chalinib vafot etgan ekan. Buvasi uni erkalab, Bahodirtoy, deb chaqirarkan. Ammo bu baxtli kunlar ham uzoq davom etmabdi. Avvaliga buvisi, keyin buvasi qazo qilibdi. Bahodir bir o‘zi qolibdi.
Kunlarning birida ko‘chada bir qariya bilan uchrashib qolibdi. Qariyaning qo‘lida tor ko‘rib, uni uyiga mehmonga taklif qilibdi. Uy deyarli bo‘sh bo‘lib, katta sholchaning ustida ikkita ko‘rpa va ikkita yostiq bor ekan. Tokchada eskirgan idish-tovoqlar, devorda dutor osig‘liq turganmish. Dutor buvasiniki ekan. Demak, bola musiqani sevadi, o‘ylabdi mehmon va unga kuy chalib beribdi. Bola kuyni diqqat bilan tinglabdi. Keyin o‘zi shu kuyni dutorda ijro etibdi. Unga dutor chalishni buvasi o‘rgatgan ekan. Mehmon bilan bola suhbatlashib, kuy chalib, tunni bedor o‘tkazishibdi.
Qariya suhbat orasida o‘zini, tabib Muhammadaliman, deb tanishtiribdi.
– Qishlog‘ingga bir tabib kerak ekan. Kasallar ko‘payib ketibdi. Agar rozi bo‘lsang, senga davo sirlarini o‘rgataman, qishloqdagi kasallarni davolaysan, – debdi, nonushtada.
– Roziman, – javob beribdi, bola xursand bo‘lib. – Qishlog‘imizda tabib bo‘lmagani uchun ko‘p odam dardiga davo topolmay dunyodan o‘tib ketgan ekan. Otam meni katta bo‘lganimda shifokor bo‘lishimni vasiyat qilgan ekan. Buvam aytib bergandilar.
– Unda eshit: sening yoningga shifo uchun kelgan odamlarni ajratmaysan, hech narsa ta’ma qilmaysan. Uyingning eshigini hech qachon tambalamaysan.
Tabib unga olti oy tibbiyotdan saboq beribdi. Bahodirtoy tabiblikni ancha o‘zlashtirib olibdi. Katta tabib kichik tabibga tez-tez kelib xabar olib turishga va’da berib ortiga qaytibdi.
Bola shu kundan boshlab tabiblikka kirishibdi. Tog‘ yonbag‘rida va hatto tog‘ tepasida o‘sadigan giyohlarni yig‘ibdi. Daraxtlarning mevasi-yu, bargi, o‘t-o‘lanlar, ularning ildizlarigacha kavlab, shifobaxsh dori, malhamlar tayyorlabdi. Bir kuni qo‘shnisi kirib tez-tez isitmasi chiqayotganidan shikoyat qilibdi. Bola uning qo‘liga malham tutqazarkan, “buni tanangizga surtasiz, yana har kuni uch mahal ikkitadan olma yeysiz,” – deb tayinlabdi. Ikki-uch kun o‘tib qo‘shnisi sog‘ayibdi. Buni eshitgan boshqa bemor qo‘shnilar ham uning yoniga dardlariga davo istab kela boshlabdi. Qarabsizki, yosh tabibning ishi kundan-kunga ko‘payibdi. U har tong ustozi o‘gitiga amal qilib toqqa chiqib ketar, o‘simlik va giyohlar, daraxtlar mevasi, bargi va ba’zilarining ildizini kavlab olib kelib, ulardan shifobaxsh dorilar tayyorlarkan. Tushdan keyin esa kasallarni qabul qiladigan bo‘libdi.
Shu qishloq oqsoqoli qizining yuziga dog‘ tushib, tabiblar uni davolay olmayotgan ekan.
– Sening jigaring og‘ribdi. Uni davolash uchun anjirning xomidan har kuni to‘yguningcha yeysan va men uning bargidan tayyorlab beradigan malhamni har kech yotishdan avval yuzingga surtasan, – debdi Bahodir, uni ko‘zdan kechirgach.
– Pishganini yemayman-ku, xomini qanday yeyman, – debdi qiz chiroyli jilmayib.
– Taning sog‘, yuzing chiroyli bo‘lishini istasang, aytganlarimni bajarasan, – debdi yosh tabib qat’iy.
Bir oy deganda qizning yuzidagi dog‘dan nom-nishon qolmabdi.
Yosh tabibga ixlosi oshgan qizning dadasi o‘g‘li haqida ham gap ochibdi. U tog‘dan yiqilgach, oyog‘i ishlamay, yotib qolgan ekan.
Bola musiqaning ham kishilar salomatligiga yaxshi ta’sir qilishini bilgani uchun va’da qilgan kuni qo‘lida dutor ko‘tarib kelibdi. Qizga sho‘x-sho‘x kuylar chalib beribdi. Shu vaqt sirli voqea sodir bo‘libdi. Ichkarida yotgan qizning akasi ular oldiga o‘z oyog‘i bilan yurib kelibdi va yosh tabibdan kuyni yana bir marta chalib berishini so‘rabdi. Eshitib bo‘lgach, yig‘lab takror-takror chaldiribdi. Shunda yosh tabib yigitdan musiqaga bunchalik mehr qo‘yganligi sababini so‘rabdi.
– Men tez-tez tog‘ cho‘qqisiga chiqib turardim. Kunlarning birida cho‘qqida burgut hujum qilib qoldi. Men o‘zimni arang chetga oldim. Qush uchib ketdi. Shu payt bir kuy yangradi, qarasam ro‘paramda 12 yoshlardagi bir qiz dutor chalib turibdi. Qiz kuyni chalib tugatishi bilan boyagi burgut yana paydo bo‘ldi. Men undan qochaman, deb pastga dumalab ketdim. Qo‘l-oyoqlarim sindi. Keyin bilsam, qiz burgutning tutquni ekan. Maqsadim, o‘sha qizni qutqarish, ammo oyoqlarim pand berdi, – debdi u xo‘rsinib.
Yosh tabib yigitni davolashga kirishibdi. Ular aka-ukadek inoq bo‘lib ketishibdi. Kun ketini kunlar quvlab, oradan oylar o‘tibdi.
Bir kuni Bahodir dori-darmon tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan mevalar, o‘t-o‘lanlar yig‘ish niyatida tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilayotganda, yigit tepasida ulkan burgut aylana boshlabdi. Qo‘rqib ketgan tabib yonginasidagi g‘orga yashirinibdi. Qaysi ko‘z bilan ko‘rsinki, g‘orda do‘sti hikoya qilgan qiz o‘tirganmish. Salom-alikdan so‘ng bilsa, qiz burgut ta’qibidan qochib, shu g‘orga yashirinib olgan ekan.
Burgut ko‘zdan yo‘qolgach, yosh tabib qizni pastga – tog‘ yonbag‘riga olib tushib, do‘stiga topshiribdi. Oqsoqolning o‘g‘li qizni ota-onasi huzuriga qaytaribdi.
Shunday kunlarning birida katta tabib qishloqqa tashrif buyuribdi. Ustoz va shogird uzoq suhbat qurishibdi. Ustoz chakmonini yechib, shogirdiga, endi sen chinakam tabib bo‘lding, deb oq fotiha beribdi.
Bahodir tabib qishloq oqsoqoli qiziga uylanibdi. Qishloqda kattagina shifoxona quribdi. Buni qarangki, shifoxonada yotishga bemor topilmay qolibdi.
Chunki yosh tabib hamqishloqlarini dorivor giyohlar bilan oshno qilib qo‘ygan ekan-da.
To‘lqin MUHIDDIN
Bahodir tabib