Bolani to g ri maqtash qanday
Shuning uchun, xotirjam va mamnun bo’lish juda muhimdir. Buning uchun siz qadr-qimmat bilan yashashingiz, maqsadlaringizga erishishingiz, o’zingizni anglashingiz kerak, shunda keksalik quvonch keltiradi. Shaxsiyatni rivojlantirish bosqichlarini turli mezonlarga ko’ra ko’rib chiqish mumkin, ammo faqat bitta narsa muhim – har doim rivojlanish va oldinga siljish uchun imkoniyat bor.
Skolioz (Mutaxassis bilan suhbat)
Qaddi-qomatni (osanka) to‘g‘ri tarbiyalash, mustahkamlash va rivojlantirish bu uzoq davom etadigan jarayon. Bolalarning qaddi-qomatini to‘g‘ri shakllantirishni yoshlikdan boshlash va buni har bir bolalar muassasasida – maktab, kollej, universitet va ayniqsa oilada e’tiborni hech qachon pasaytirmaslik kerak, – deydi Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish instituti bolalar ortopediyasi bo‘limi boshlig‘i, professor Ahror JO‘RAYEV, «Ozbekistonda soglikni saqlash» gazetasi muxbiriga.
– Qaddi-qomat» (osanka) deganda nimani tushunamiz va u qachon rivojlanadi?
– «Qaddi-qomat» (osanka) – odamning vertikal holatini belgilaydi. Har kungi turmush tarzi ham odamning qaddi-qomati o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin, uning kayfiyati yaxshi yoki yomonligi, o‘z ko‘rinishini tutish holatlari, o‘ta charchoqlik shular jumlasiga kiradi.
Kelishgan va raso qaddi-qomat nomuvofiq hayotiy jarayonda yomonlashishi mumkin, bunday holat bola maktabda birinchi yil o‘qish paytida kuzatiladi. 7 yoshlarda bolaning muskul boylam birlashmasi o‘tirishning fiziologik holatiga moslashib boradi. Umurtqa pog‘onasiga birikkan muskul va boylamlarning ta’sirida uning funksiyasi o‘zgarib turadi. Bu 390-400 ta katta-kichik muskul faoliyatiga bog‘liq. Bu muskullar odam tanasini normal ushlab turishdan tashqari qarama-qarshi kuchlarni (aktigravitatsion kuchi) bir-biriga mutanosib qilishdan iborat. Agar muskullar yaxshi rivojlangan bo‘lsa, ularning harakati bir-biriga mutanosib (sinxron) bo‘ladi. Bu o‘z navbatida umurtqa pog‘onasi qiyshaymasdan to‘g‘ri rivojlanishiga yordam beradi.
Qaddi-qomatning rivojlanishi murakkab jarayon bo‘lib ota-onalar, shifokorlar, pedagoglar, tarbiyachilardan doimiy e’tiborni talab qiladi. Kelishgan, chiroyli qaddi-qomat, avvalambor, bosh va umurtqa pog‘onasi to‘g‘ri joylashishi, kurak va yelkaning simmetrik holati, belning bir xil uchburchagi, dumba burmasining joylashuvi, umurtqa do‘mboq o‘sigining vertikal holati, umurtqaning fiziologik burilishlari hamda qo‘l-oyoqlarning bir xil uzunligi va oyoq panjasining bir xil holatidir.
Umurtqa pog‘onasida harakatli va harakatsiz bo‘limlar farqlanadi. Bo‘yin qismi (7 umurtqadan iborat), ko‘krak (12 umurtqa) va bel (5 umurtqadan) – bular harakatli bo‘limdir. Dumg‘aza qismi esa harakatsiz turadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning umurtqa pog‘onasi to‘ppa-to‘g‘ri holatda bo‘lib, o‘sish va rivojlanish jarayonida uning qismlarida fiziologik egrilik yuzaga keladi. Chaqaloqning muskul sistemasi rivojlanishi bilan u boshini tutib tura oladi va natijada umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismida fiziologik egrilik qabariq yoyi oldinga qaragan bo‘ladi. Qachonki, bola o‘tirishni o‘rganganidan keyin umurtqasining ko‘krak sohasida egrilik hosil bo‘ladi. Bu yoyning qabariq yoyi esa orqaga qaragan bo‘ladi. Asta-sekin bel sohasida ham qabariq yoy hosil bo‘lib, u oldinga qaragan bo‘ladi. Fiziologik egrilik 6-7 yoshlarga borib aniq farqlanadi. Umuman suyaklarning o‘sishi 18-20 yoshlarga borib to‘xtaydi va hamma fiziologik egriliklar bu vaqtga kelib silliqlanadi. Chunki insonning muskul – boylam birikmalari, tog‘ay sohasi qavatlari juda ham harakatchan va egiluvchan holatga yetadi. Eng muhimi, umurtqa pog‘onasining to‘g‘ri rivojlanishiga normal sharoit yaratish kelishgan qaddi-qomatiga imkon yaratadi.
Umurtqaning fiziologik egriliklari noto‘g‘ri rivojlanishi natijasida o‘quvchining qaddi-qomati qiyshiq bo‘lib qoladi va bolaning sog‘lom o‘sishiga ta’sir etadi. Fiziologik egriliklar umurtqa pog‘onasining egiluvchan xususiyatlarini oshiradi va odam ichki a’zolarini tashqi muhit shikastlanishlaridan asraydi.
– Bolalarda qaddi-qomatning to‘g‘riligini qanday tekshirish mumkin?
– E’tibor bilan qaraganda, bu oson. Bolani yechintirib turgan holatda yonbosh tarafdan qarab tekshiriladi (1,5-2,0 metr o‘zingizdan uzoqroqda, xona issiq va yorug‘ bo‘lishi maqsadga muvofiqdir). Tekshirish paytida, albatta, boshni tutib turish, oldinga yoki orqaga egilganligi, ko‘krak qafasi formasi, qorin chizig‘i, tizza bo‘g‘imi bukilmasi, umurtqaning bo‘yin, ko‘krak va bel egriligi rivojlanganiga e’tibor qilish kerak.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Umurtqa pog‘onasi – tanamiz ustuni
Bolaning shifokorga qarab turgan holatidagi tekshiruvda, albatta uning yelka sohasi bir xil ekanligiga e’tibor qilish zarur. Uning ko‘krak qafasi chap yoki o‘ng yarmi oldinga chiqqanligi yoki chiqmaganligi, tizza bo‘g‘imi bukmasi qay darajada ekanligi, umurtqaning bo‘yin bel sohasi qabarig‘i oldinga, ko‘krak qismida esa qabariqning orqaga qaraganligini ko‘rish mumkin. Bola orqa bilan turgan holatda tekshirilganda uning yelkasi, ko‘kragining pastki burchagi bir xilligi va umurtqadan bir xil uzoqlikda ekanligi e’tirof etiladi. Keyin esa umurtqaning dumboq o‘sig‘i ustidan barmoqlar yurgizib tekshiriladi. Shunda ular bir xil ekanligini ko‘rish mumkin.
Keyin bola oldinga 900 egiltirib tekshiriladi (tizza bukilmaydi, qo‘lini osiltirib turadi). Bolaning ko‘krak sohalari ikki yarmi ham bir xilligi, chap kurak yoki o‘ng kurak sohasining bo‘rtib chiqishini ko‘rish mumkin. Bunday holat bukrilik deyiladi.
– Qaddi-qomatning qanday nuqsonlari bor?
– Qaddi-qomatning orqa – sohasi yumaloq – bel turi mavjud. Bu tur bolaning tez rivojlanishi paytida muskul-boylam sistemasi kuchsizligi natijasida kuzatiladi. Gavdaning orqa qismida ko‘krak sohasida umurtqa tekis holda ko‘rinadi. Kurak qanotsimon shaklda, yelka sohasi osilgan, bosh oldinga egilgan, qorin esa oldinga chiqqan holatda ko‘rinadi (qorin muskuli yaxshi rivojlanmaganligi tufayli qorin otopiyasi vujudga keladi). Bunday nuqsonlar ko‘pincha 9-13 yoshli qiz bolalarda uchraydi.
Qaddi-qomatning orqa sohasi tekis – bel turi farqlanib, bu nuqsonda umurtqaning hamma fiziologik egriliklari silliq, tekis bo‘ladi va umurtqaning egiluvchanlik xususiyati kamayishiga sabab bo‘ladi.
Yana qaddi-qomatning orqa sohasida yumaloq-bukilgan turi mavjud bo‘lib, bunda hamma fiziologik egriliklar yanada ko‘proq egiladi. Qaddi-qomatning tekis-bukilgan bel turi mavjud, bunda faqat bel sohasida bukilish ko‘proq bo‘lib, ko‘krak va bo‘yin sohasi egriliklari tekislanadi.
Umurtqa pog‘onasi va ko‘krak qafasidagi bu nuqsonlar bir butun organizm funksiyalari buzilishidir. Bunday nuqsonli bolalar va o‘quvchilar parishonxotir, lanj, asabiy, jahldor bo‘ladi. Ular bronxit, o‘pka yallig‘lanishi va sil kasalligiga moyilroqdir.
Ba’zan to‘g‘ri rivojlangan bolalarning umurtqa pog‘onasida u yoki bu yon tarafga qiyshayish holati uchraydi. Bu skolioz deyiladi.
Skolioz
Bolalardagi qaddi-qomatning nuqsonlaridan biri skolioz kasalligidir. Bu kasallik umurtqaning o‘ng yoki chap yon tarafga qiyshayishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu faqat umurtqa pog‘onasi kasalligi emas, balki bir butun organizmda chuqur o‘zgarishlar bo‘lishi bilan farqlanadi. Bu kasallik sekin rivojlanadi, bezovta qilmagani uchun kech aniqlanadi. Shuning uchun ham uni davolash nihoyatda qiyin kechadi, bu kasallikni ba’zan bartaraf etish mumkin emas. Bola bu kasallikda tez charchaydi, ko‘proq o‘tirgan va yurgan payti umurtqa pog‘onasida og‘riq sezadi.
Skolioz kasalligi bor bolalar tekshirilgan paytda umurtqa pog‘onasida qiyshiqlik holati kuzatiladi. Bu umurtqaning dumboq o‘sig‘i chap yoki o‘ng tarafga og‘ganligi bilan izohlanadi. Qiyshaygan tarafda kurak yuqoriga ko‘tarilgan bo‘ladi.
Kurak umurtqa pog‘onasiga yaqinroq bo‘lib qoladi.
2) S simon turlari uchraydi.
Kasallik og‘ir-yengilligiga qarab 4 darajaga bo‘linadi.
1-darajali skolioz – yengil turi bo‘lib, tekshirilgan payti umurtqa qiyshiqligi bola gorizontal holda yotganda yo‘qoladi.
2-darajali skolioz – bola tekis joyda yotgan payti xam qiyshiqlik yo‘qolmaydi. Ko‘krak va bel sohasida qiyshiqlik natijasida muskul o‘rami yoki burtmasini aniqlash mumkin.
3-darajali skolioz – esa qiyshiqlik bir xil holatda, stabillashgan qiyshiqlik kuzatiladi. Bunday skoliozda bukrilik (rebernыy gorb) paydo bo‘ladi. Tos qiyshayishi natijasida oyoqning funksional kaltaligi paydo bo‘ladi. Bola yon tarafga egilib, o‘sha kaltalikni yo‘qotishga harakat qiladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Otit – o‘rta quloqning yallig‘lanishi
4-darajali skolioz – eng og‘ir formasi bo‘lib, bolaning ichki a’zolarida patologik o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Bolani tashqaridan kuzatsangiz, unda bukrilik holatini sezasiz. Oyoq sohalarida falajlik, nevralgiya, parez qayd qilinadi. Kasallikni davolamasa, uning xuruji natijasida umurtqaning o‘z o‘qi atrofida aylanib ketishi natijasida yana ham murakkab deformatsiyalovchi asoratlarga olib keladi. Bunday nuqsonlar o‘z-o‘zidan bolaning ichki a’zolari o‘rnidan siljishiga sabab bo‘ladi va ularning funksiyasi buzilishiga olib keladi. O‘pka, yurak-qon sistemasi ishi buziladi. Surunkali havo yetishmagandek bo‘ladi. Agar o‘z vaqtida skolioz kasalligining boshlang‘ich darajalarida yordam berilmasa, kelajakda bola nogiron bo‘lib qoladi.
Umurtqa pog‘onasining qiyshayishi ba’zan ota-onalar yoki shifokorlar tomonidan favqulodda aniqlanadi. Asosan, skolioz kasalligi qiz bolalarda o‘g‘il bolalarga qaraganda uch barobar ko‘proq uchraydi. Ba’zan tengdosh, maktabdosh, sinfdosh bolalar tomonidan bunday nuqsonlilar mazax qilinishi oqibatida odamovi, tez xafa bo‘ladigan, jahldor, ommaga qo‘shilmay yakkalanib qolishi mumkin.
– Qanday sabablar qaddi-qomat buzilishiga olib keladi?
– Qaddi-qomat buzilishiga olib keluvchi omillar talaygina. Raxit , kamqonlik , surunkali nafas yo‘llari yallig‘lanishi, yuqumli kasalliklar shular jumlasidandir.
Bolalar sog‘lig‘i va qaddi-qomati buzilishida eng avvalo, yaxshi ovqatlanmaslik, ochiq havoda sayr qilmaslik, yetarli uxlamaslik, suzish, gimnastika bilan shug‘ullanmaslik, maktabda bolalarga mos kelmaydigan parta bunday nuqsonlar rivojlanishiga olib keladi.
Skolioz kasalligi 7 yoshdan 15 yoshgacha uchraydi. Uning profilaktikasida bolaning qaddi-qomatiga chaqaloqlik davridan e’tibor qaratish birlamchi rol o‘ynaydi.
– Bolalarning qaddi-qomatini qanday to‘g‘ri rivojlantirish kerak? Skolioz kasalligining oldini olish mumkinmi?
– Ota-onalar bolasining qaddi-qomatida nuqson bo‘lmasligi uchun u tug‘ilganidan boshlab qayg‘urishi zarur. Bolalarni 6 oygacha o‘tirg‘izmaslik va undan keyingi vaqtga kelib o‘zi o‘tirmaguncha kutish kerakligini ota-ona unutmasligi lozim, 3 oylikdan boshlab bolani tez-tez qoringa yotqizish maqsadga muvofiqdir. 9 oygacha bolani oyoqqa qo‘yishga shoshilmaslik tavsiya etiladi. Ko‘p mamlakatlarda Yaponiya, Xitoy, xususan O‘rta Osiyo xalqlarida bolalarni opichlab, oyog‘ini qurbaqa holatida olib yurish keng tarqalgan.
Bolani bir qo‘lidan yetaklab yurish tavsiya etilmaydi, iloji boricha o‘zi yurishi kerak, aks holda umurtqa pog‘onasiga og‘irlik tushib ba’zi nuqsonlarni keltirib chikarishi mumkin. Bolalarga uqalash, silash, gimnastika mashqlari qildirish tavsiya etiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘proq ochiq havoda sayr qilishi va harakat qilib, har xil o‘yinlar bilan shug‘ullanishi kerak. Agar bolada raxit kasalligi aniqlansa, ota-ona darhol bolalar shifokoriga murojaat qilishi va maslahat olishi zarur.
Bolani ona suti bilan boqish maqsadga muvofiqdir. Ertaroq bolalarga meva va poliz mahsulotlari, sharbat berish, quyosh vannasini qabul qilish, uzoq vaqt ochiq havoda sayr qildirish mumkin. 6 oydan 1,5 yoshgacha bolalarga xamir mahsulotlari va taomlarini bermaslik kerak. 6 oygacha ona suti, meva sharbati, poliz mahsulotlaridan qaynatma bo‘tqa yoki yog‘siz go‘sht va baliqlardan qaynatmalar berish mumkin. Bular hammasi o‘sayotgan organizmni kerakli mineral tuz va vitaminlar bilan ta’minlaydi.
Qaddi-qomat profilaktikasi uchun albatta, 2-3 yoshdan boshlab kompleks gimnastika mashqlariga e’tibor berish kerak. 3 yoshdan boshlab chanada yoki chang‘i uchishni o‘rgatish foydadan holi bo‘lmaydi.
Eng asosiy masala – bolaning poyabzaliga qaratilishi zarur. Oyoq kiyimlari katta ham, kichik ham bo‘lmasligi kerak. Agar yassi oyoqlilik mavjud bo‘lsa, albatta stelka-supinator bilan poyabzal kiyish tavsiya etiladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Psixosomatik sindromlar
Bola stulda dars qilayotgan payti bir oyog‘ini tagiga qo‘yib o‘tirmasligi kerak, chunki bunda tana mutanosibligi buziladi va umurtqa pog‘onasi noto‘g‘ri rivojlana boshlaydi. Bolaning yon boshlab kitob mutolaa qilishi taqiqlanadi.
Stolga yotqizilgan payti bolalar hech qachon bir tirsakni tushirib, bir tomoniga qiyshayib turishi kerak emas. Bu umurtqa qiyshayishiga sababdir. O‘qishda, yozishda bola stulga suyangan holda qo‘l va ko‘kragini oldinga qo‘yib o‘tirishi lozim.
O‘tirg‘ich balandligi boldirning uzunligiga teng bo‘lishi shart, bolaning kuragi o‘tirg‘ichga suyangan holda o‘tirish tavsiya etiladi. Yorug‘lik faqat chap tarafdan tushib turishi shart. Kitob va daftarga egilmasdan masofani saqlab o‘tirish talab etiladi. Bu masofa shunday: tirsakni stolga qo‘ygan holda qo‘l barmoqlari uchi ko‘zning tashqi burchagiga olib kelinadi. Ana shunday surat o‘quvchining ko‘z oldida doska yoniga ilib qo‘yilishi zarur.
– Qaddi-qomat nuqsonlari va skolioz kasalligini qanday davolash kerak?
– Agar ota-onalar bola qaddi-qomati to‘g‘ri rivojlanishiga yaxshi e’tibor qilmasa, kelajakda ular tanasi, umurtqa pog‘onasida ayrim nuqsonlar paydo bo‘ladiki, keyinchalik ularni bartaraf etish muammo darajasiga ko‘tariladi.
Ana shunday nuqsonlarni bartaraf etish biz shifokor-ortopedlar bolalar shifokori, pedagoglar, tarbiyachilar oldidagi muhim vazifalardan biridir.
Agar umurtqa sohasida biron-bir nuqson va qiyshiqlik aniqlansa, albatta ularga yordam berish choralarini topmoq zarur.
Bunday paytda muhim rejalar ishlab chiqiladi:
- bola karavotidagi ko‘rpacha tagiga albatta fanerdan yasalgan taxtacha qo‘yish zarur va bolani orqasi yoki qorni bilan yotqizishga o‘rgatish kerak;
- stol va stulda bolaning yoshi va bo‘yiga mos tushadiganini tanlash hamda ba’zan uyda darslarni qorniga yotib bajarishni tashkil etish;
- yaxshi ovqatlantirishni ta’minlash;
- sumkani orqaga osib yuradigani bilan almashtirish;
- bolaning ko‘ruv va eshitish holatini shifokorga tekshirtirish;
- kunlik rejimni nazorat qilish, sayr etish, yetarli uyqu har doim bir xil vaqtda bo‘lishini ta’minlash;
- maktabda sinf rahbari va shifokor bilan tez-tez muloqotda bo‘lish;
- bolaning partada to‘g‘ri o‘tirishini nazorat qilish;
- bola og‘irroq narsani ko‘tarmasligi kerak, hatto kichkina ukasini ham ko‘tarishi mumkin emasligini uqtirish;
- ertalabki badantarbiyani har kuni bajarish;
- shifokor-ortoped ko‘rinishi va uning ko‘rsatmasiga binoan davolash gimnastikasi bilan shug‘ulanishini tashkil etish;
- suv sporti, chang‘i uchish foydali ekanligini tushuntirish kerak.
Bugungi kunda Prezidentimiz farmonlari bilan respublikamiz miqyosida bolalar sportini rivojlantirish yo‘lga qo‘yilgan. Bolalarga qaysi sport turiga mos ekanligini aniqlash (albatta shifokor ko‘rigidan o‘tkazilgandan keyin), ayniqsa, qaddi-qomati nuqsonli bolalarga sport turlarini rejim asosida tashkil etish biz shifokor-ortopedlar, bolalar shifokori, maktab shifokorlari, pedagoglar va tarbiyachilar oldidagi muhim vazifadir. Yuqorida zikr etilgan barcha tavsiyalar hayotga tatbiq etilgandagina bolalarning sog‘lom rivojlanishi va o‘sishini ta’minlaymiz.
Skolioz – organizmning umumiy og‘ir kasalligi bo‘lib, ota-onalardan, pedagog, tarbiyachi va shifokorlardan 5-6 yil mobaynida sabr-toqat bilan kompleks davolashni talab qiladi.
Hurmatli ota-onalar! Bolalaringiz qaddi-qomatiga e’tibor bering. Ular o‘sish va rivojlanish paytida qaddi-qomat buzilishi fojiaga olib kelishini unutmang. Har doim esda tuting! Kasallikni davolashdan ko‘ra uning oldini olish osonroqdir!
Bolani to’g’ri maqtash qanday?
“Sabzi va tayoq” usuli uzoq vaqtdan beri bolalarning tarbiyasi uchun ishlatilgan. Lekin har doim ham kattalar ham maqtovga sazovor bo’lishi kerakligini anglamaydilar, aks holda u faqat yomonlashishi mumkin. Shuning uchun, maqolada biz yosh avlodni nima uchun va qanday qilib maqtash usullaridan biri deb maqtaymiz.
Rag’batlantirish usullari
Turli xil usullarni qo’llash kerak bo’lgan vaziyatga bog’liq holda qo’llanilishi kerak, chunki siz doimo bir xil usulni qo’llaysiz, u ishlashni to’xtatadi.
Nima uchun bolalarni maqtashingiz kerak?
Bolaning o’ziga ishonish, o’ziga ishonch hosil qilish, his-tuyg’ularini qaytarib olish va umr bo’yi unga muhtoj bo’lgan optimizmni to’ldirish uchun maqtov kerak. Shuningdek, bolaning yashirin qobiliyatini qayd etish, ularni rivojlanishiga undaydi. Bu amalga oshirilgan ishlarni takrorlashni, to’g’ri natijaga erishish istagini uyg’otadi. Biroq natijada maqtanishning juda ko’p ishlatilishi bolalarda tashabbusning etishmasligi, ishni tugatishni istamasliklari, agar istalgan natija ishlamayotganini ko’rsatsa, hosil bo’lishiga olib keladi. Shuning uchun ham shunday bo’lsa ham, bolani maqtashingiz mumkin.
Axir ko’pincha ota-onalaridan ijobiy his-tuyg’ulardan mahrum bo’lgan yoki ularni noloyiq qabul qiladigan bolalar turli shakllarda namoyon bo’lgan egocentrizmdan azob chekishadi.
Bolani to’g’ri maqtash qanday?
Sizning maqtovingiz farzandingizning tarbiyasiga zarar bermasligini ta’minlash uchun quyidagi tavsiyalarni bajarish kerak:
- Muborak, ironiya va murakkab og’zaki inqiloblarsiz samimiy, jiddiy bo’lishi kerak.
- Faqat kerak bo’lsa, maqtov, ya’ni. uning tabiiy qobilyatlariga yoki qanday yaxshi ish qilishni biladigan narsalarga emas, balki agar u kuch sarf qiladigan bo’lsa, nima sodir bo’lganiga bog’liq.
- Hamdlar bilan solishtirish uchun joy yo’q – u bolaning ruhiga zarar etkazadi va umuman biror narsa qilish istagini kamaytiradi.
- Hamdu sanolar juda bo’lmasligi kerak, aks holda bola uni qadrlashni to’xtatadi, unga bog’liq bo’lib qoladi va buning uchun mukofot bo’lishni to’xtatadi. Ammo umumiy maqtovni to’xtatish ham zararli hisoblanadi – siz bolada kamchilik majmuasini rivojlantira olasiz.
- Bolaning harakatini maqtash, unga erishgan narsa emas, balki butun inson emas – shuning uchun etarli darajada in’ikos hosil bo’ladi. O’zining yuksak hurmati va haddan tashqari o’z-o’zini hurmat qilish o’rniga o’zi emas.
Esingizda bo’lsa, katta yoshlilar uchun narsalarni to’g’ri hal qilish yoki axlatni olib tashlash kabi oddiy narsalar oddiy deb hisoblansin, kichik bolalar uchun esa bu katta yutuqdir, shuning uchun hatto bunday harakatlar uchun ham maqtovga loyiq, balki kamtarlik bilan.
Yuqorida sanab o’tilgan tavsiyalarni inobatga olgan holda, maqtovlar yordamida siz o’zingizni ishonchli, muvaffaqiyatli odamlar bilan tarbiyalashingiz mumkin. Va bolani jazolash ham to’g’ri ekanligini unutmang.
Shaxsni shakllantirish jarayoni: asosiy xususiyatlari, shartlari va muammolari
Maqolada sizga shaxsni shakllantirish jarayoni haqida hikoya qilinadi. Inson butun hayotini yaxshilayotganiga qaramay, bir xil sharoitda har xil omillar ta’sirida har xil rivojlanadi, bu haqda biz keyinroq bilib olamiz. Shu sababli, bolaligingizda bolangizning eng yaxshi shaxsiy fazilatlari uchun asos yaratish muhimdir.
Odamlar tug’ilmaydi, lekin bo’lishadi
Shaxsiyat – bu jamiyatda rivojlanib, muloqot orqali boshqa shaxslar bilan munosabatlarga kirishadigan, ongli va o’zini tuta oladigan, vaziyatning murakkabligi va oqibatlarini tushunadigan odam.
Ota-onalar uchun bolalarning shaxsini shakllantirish jarayoni haqida bilish muhimdir. Chunki bola shakllanishining dastlabki bosqichi ijtimoiy rivojlanishning boshlang’ich nuqtasi bo’ladi. Aynan shu daqiqada bola bilan boshqa ta’lim munosabatlarini o’rnatish, jismoniy va aqliy rivojlanish uchun maqbul sharoitlar yaratish zarur.
Shunday qilib, bolaning shaxsini shakllantirish jarayoni haqida
Keling, buni bosqichma-bosqich ko’rib chiqaylik:
- Chaqaloq hayotining birinchi yilidan keyin siz ba’zi bir me’yorlarga (ijtimoiy, axloqiy) ishonch bilan bog’lanishingiz mumkin, ammo hech qanday holatda bir zumda bajarilishini talab qilmang.
- Bir yoshdan (birinchi yoshdagi inqiroz) hayotning ikki yiligacha ko’plab bolalar itoatsizlikni namoyish etadilar. O’z-o’zini anglash paydo bo’ladi va shu bilan hamdardlik qobiliyati paydo bo’ladi.
- Bir yarim yildan ikki yilgacha xatti-harakatlar normalarini o’rganish amalga oshiriladi.
- Ikki yildan so’ng siz uni axloqiy me’yorlar bilan faolroq tanishtirishingiz mumkin va uch yildan keyin ularga rioya qilishni talab qilishingiz mumkin.
Endi axloq normalarini assimilyatsiya qilish haqida to’xtalamiz. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan rivojlanish davrini taxminan uch bosqichga bo’lish mumkin. Shunday qilib:
Maktabgacha yoshdagi bolalar allaqachon o’zlarining xatti-harakatlari va xatti-harakatlarini (xulq-atvorini), muayyan axloqiy me’yorlarni mustaqil ravishda tushunishga, o’zlarini va atrofdagilarni baholashga qodir. Ular allaqachon ma’lum axloqiy g’oyalarga ega va o’zlarini boshqarishga qodir. Uning tarbiyasida ishtirok etadigan ota-onalar va kattalar bolaning qadr-qimmatini va o’z qadr-qimmatini shakllantirishda katta rol o’ynaydi.
Bolaning rivojlanishiga nima ta’sir qilishini bilib oling
Shubhasiz, bolaning shaxsini shakllantirish jarayonida etakchi rolni ota-onalar egallaydi, ammo tashqaridan ta’sirni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. Shunday qilib, bu:
Rivojlanishning og’ishlarini taniy bilish muhimdir. Bu, masalan, bolaning tashvishida o’zini namoyon qilishi mumkin. Xavotir va qo’rquv ota-onalarni ogohlantirishi kerak.
Ota-onalarga eslatma
Bu erda bir nechta foydali maslahatlar:
5 yoshdan 12 yoshgacha axloqiy g’oyalar o’zgaradi. Axloqiy realizmdan (bola yaxshi va yomon tushunchalarini aniq ajratib turadi) relyativizmga o’tmoqda (kattaroq bolalar boshqa axloq me’yorlari asosida kattalarning fikrini e’tiborsiz qoldirishi mumkin). Endi kattalar shaxsini shakllantirish jarayonini batafsil ko’rib chiqamiz.
Shaxs rivojlanishining yosh bosqichlari
Shunday qilib, quyidagi bosqichlarni ko’rib chiqing:
Shuning uchun, xotirjam va mamnun bo’lish juda muhimdir. Buning uchun siz qadr-qimmat bilan yashashingiz, maqsadlaringizga erishishingiz, o’zingizni anglashingiz kerak, shunda keksalik quvonch keltiradi. Shaxsiyatni rivojlantirish bosqichlarini turli mezonlarga ko’ra ko’rib chiqish mumkin, ammo faqat bitta narsa muhim – har doim rivojlanish va oldinga siljish uchun imkoniyat bor.
Keling, ijtimoiylashuv haqida gapiraylik
Ijtimoiylashuv – bu shaxsni shakllantirish jarayoni. U bilan shaxs jamiyatga kiradi, ijtimoiy normalarni, tajribani, qadriyatlarni, ideallarni va rollarni o’zlashtiradi. Shaxs shakllanishining maqsadli jarayoni sharoitida, shuningdek, har qanday tartibga solinmagan hayotiy vaziyatlarda, turli omillar ta’siri ostida ijtimoiylashishi mumkin. Va shaxsning barqaror xususiyatlarini shakllantirish jarayoni sotsializatsiya deb ataladi.
Ijtimoiylashuv bosqichlari
Shaxsni shakllantirishga quyidagilar kiradi:
- Moslashish. Shaxs tug’ilishdan o’spirin yoshigacha jamiyatda o’rnatilgan normalar va qoidalar, usullar, harakatlarni o’zlashtirmoqda. Moslashadi va taqlid qiladi.
- Shaxsiylashtirish. Davr o’spirinlikdan erta o’spirinlikgacha davom etadi. Inson ajralib turish yo’llarini izlaydi, ijtimoiy xulq-atvor normalarini tanqid qiladi.
- Integratsiya. Qobiliyatlarni eng yaxshi ro’yobga chiqarishga intiladi.
Inson o’z kunlarining oxirigacha shaxs sifatida rivojlanadi. Jamiyatda yashab, u o’ziga xos xulq-atvor usullarini belgilaydigan barqaror shaxsiyat xususiyatlarini (xarakterini) egallaydi.
Xarakter qachon boshlanadi?
Shaxsning umumiy barqaror xususiyatlarini shakllantirish jarayoni chaqaloq hayotining birinchi kunlaridan boshlanadi. Ushbu bosqichda ota-onalar bilan emotsional aloqa bola uchun juda muhimdir, buning natijasida barcha psixologik jarayonlar (bilim, hissiy-irodali) va xususiyatlar (xarakter) rivojlanadi. Shuning uchun, sevgi va muhabbat uning uchun juda muhimdir.
Erta va maktabgacha yoshda bola kattalarni taqlid qilish orqali dunyoni o’rganadi. Shu munosabat bilan xarakter nafaqat tug’ma xususiyatlar asosida, balki o’rganish (o’yin orqali) orqali shakllanadi, so’ngra natijani hissiy jihatdan mustahkamlash (maqtash, tasdiqlash). Bolaning umumiy barqaror shaxsiy xususiyatlarini shakllantirish jarayoni ijtimoiy muhitda o’tishi kerak. Bu asosiy shart.
Asosiy xarakterli xususiyatlar maktabgacha yoshda paydo bo’ladi. Shu sababli, ota-onalarning vazifasi bolaga imkon qadar ochiq, halol, mehribon va adolatli bo’lishdir. Axir, bola o’zlarini tutish modellarini sinab ko’rgan kattalarni nusxa ko’chiradi.
Bolalik davrida qo’yilgan birinchi xususiyatlar
Bu mehr-oqibat, ta’sirchanlik, aniqlik, mehnatsevarlik, jamoatchilik va boshqalar. Bu erda siz shaxsning barqaror xususiyatlarini shakllantirish jarayoni chaqaloq uchun ajralmas va hayotiy ahamiyatga ega ekanligini tushunishingiz kerak. Bolaga yordam berish kerak, chunki xarakterning ijobiy xususiyatlari bilan bir qatorda u salbiy xususiyatlarni meros qilib olishi mumkin, masalan, dangasalik, dangasalik, yakkalanish, befarqlik, xudbinlik, befarqlik va boshqalar. Shaxsiyatning umumiy xususiyatlarini shakllantirish jarayoni o’rganish deyiladi.
O’z-o’zini hurmat qilishning paydo bo’lishi
Boshlang’ich maktab yoshida uchraydi. Bu erda shaxsning barqaror xususiyatlarini shakllantirish jarayoni davom etmoqda. Bola yangi xarakter xususiyatlarini egallaydi va ilgari emlanganlarni sozlash mumkin. Bunday holda mashg’ulotlar darajasi va shartlari muhim ahamiyatga ega.
Qattiq irodali xususiyatlar
O’smirlik davrida shakllangan. Bu erda xarakterning shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan faol axloqiy va axloqiy rivojlanish kuzatiladi. Erta yoshlik davrida xarakterning shakllanishiga quyidagilar ta’sir qiladi.
Jismoniy rivojlanishning ushbu bosqichida asosiy xarakter xususiyatlari allaqachon shakllangan bo’lib, ularni faqat tuzatish, almashtirish va qisman o’zgartirish mumkin. Shaxsning umumiy barqaror xususiyatlarini shakllantirish jarayoni sotsializatsiya deb ataladi. Inson o’zini butun hayoti davomida tarbiyalaydi. Shaxs xarakteri xarakterining rivojlanishining qaysi bosqichida bo’lishidan qat’i nazar, jarayonga quyidagilar ta’sir qiladi.
Shaxsiyatning ijtimoiy shakllanish jarayoni voyaga etganida to’xtamaydi. U shunchaki ongli ravishda yangi, yuqori darajaga ko’tariladi. Kasbiy sohada, oilada muvaffaqiyatli natijaga erishish uchun zarur bo’lgan ratsional xususiyatlar birlashtiriladi va boshqalar olinadi. Bular chidamlilik, qat’iyatlilik, qat’iyatlilik, chidamlilik, qat’iyatlilik va boshqalar kabi xususiyatlardir. Shaxs o’z fe’l-atvorini o’zi o’zgartirishi mumkin, asosiysi istak bo’lishi va aytilgan harakatlar va so’zlar uchun javobgar bo’lishi kerak.
Pedagogikada shaxsni rivojlantirish
Fanning asosiy tushunchalariga quyidagilar kiradi.
Ota-ona – bu qasddan xarakter xususiyatlarini rivojlantirishning ataylab qilingan jarayoni. Qabul qilingan fazilatlar madaniyat, yaxshi naslchilik, intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanish darajasini belgilaydi. Shunday qilib, keling, pedagogik jarayonda shaxsni shakllantirish to’g’risida gaplashamiz.
Ilm-fan ta’lim va ta’lim orqali insonni ijtimoiylashuvining eng yaxshi sharoitlarini o’rganish va aniqlashga yordam beradi.
Ta’lim – bu fazilatlar, munosabat va e’tiqodlar tizimining paydo bo’lishiga yo’naltirilgan faoliyat; sotsializatsiya tizimlarini boshqaruvchi mexanizm. Dunyoqarash, odob-axloq, mansublik, xulq-atvor va shaxsiyat xususiyatlari, harakatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Vazifa bolalarning tabiiy moyilligi va iste’dodlarini aniqlash, ularni individual xususiyatlar, imkoniyatlar va qobiliyatlarga muvofiq ravishda rivojlantirishdir. Shaxsni tarbiyalash quyidagi shakllanishlar asosida yuzaga keladi.
Shaxsni shakllantirishning eng muhim sharti – bu faoliyat, bu jarayonda shaxsning o’zi va uning dunyoni anglashi har tomonlama rivojlanadi. Bu o’spirin va bolalarda o’yin, o’qish va mehnat orqali namoyon bo’ladi.
Fokus jihatidan ular jismoniy, bilim, hunarmandchilik, texnik va boshqa faoliyat turlarini ajratib ko’rsatadilar. Ular orasida aloqa alohida o’rin tutadi. Va shunday bo’lishi mumkin:
Faoliyatning barcha ko’rinishlari yagona manba – ehtiyojlarga ega. Ta’lim ishining maqsadi tashabbuskor, ijodiy shaxsni shakllantirishga erishilganda erishilgan hisoblanadi. Inson yashaydigan muhit uning dunyoqarashining o’zgarishiga, yangi munosabatlarning paydo bo’lishiga hissa qo’shadi, bu esa keyingi o’zgarishlarga olib keladi.
Shaxsni shakllantirish ijtimoiylashuv jarayoni va natijalarini, shuningdek ta’lim va o’zini o’zi takomillashtirishni o’z ichiga oladi. Shakllanish shaxsning barqaror xususiyatlari tizimining paydo bo’lishi va o’zlashtirilishini anglatadi. O’z-o’zini rivojlantirishning cheksiz uzluksiz jarayoni shartli ravishda quyidagi bosqichlar bilan ifodalanishi mumkin:
Oxirgi bosqich o’z-o’zini rivojlantirishni yoki degradatsiyani yanada rivojlantirishni nazarda tutadi. Endi biz ota-onalarga bolada shaxsni tarbiyalash bo’yicha ba’zi tavsiyalar beramiz. Quyidagi printsiplarga rioya qilish kerak:
- Farzandlikka olish. Siz bolangizni qanday bo’lsa, shunday qabul qilishingiz kerak, qayta tuzishga urinmang va boshqa bolalar bilan taqqoslamang.Masalan, go’dak xotirjam bo’lsa, uni dinamik sportga jo’natishingiz va uni sevilmaydigan ish bilan shug’ullanishga majbur qilishingiz shart emas. U individualdir va uning fe’l-atvori ko’p jihatdan temperamentga bog’liq bo’ladi.
- Sabr. Yosh inqirozi davrida ko’plab bolalar itoatsiz, injiq va o’jar bo’lishadi. Bu erda asosiy narsa – chaqaloqni to’g’ri yo’nalishda nozik, xotirjamlik bilan, tajovuzsiz boshqarish. Ta’lim texnikasi yumshoq va ko’zga tashlanmaydigan bo’lishi kerak. Ba’zida bu fazilatlar vaqtinchalik bo’lib, vaqt o’tishi bilan o’tib ketadi.
- Shaxsiy misol. Erta bolalik davrida bolalar ota-onalarining xatti-harakatlarini nusxalashadi. Shu sababli, oilada yaxshi, samimiy munosabatlarni namoyish etish nafaqat so’z bilan, balki amalda ham arziydi.
- Qulay atmosfera. Bola o’zini xotirjam va oson his qilishi kerak. Faqat sog’lom hissiy va psixologik muhit shaxsni shakllantirishga imkon beradi.
- Mustaqillikning rivojlanishi. Bu juda muhim. Farzandingizga tanlov huquqini bering. U bilan har qanday qo’shma tadbirlarda ishtirok eting, o’zini namoyon qilish uchun imkoniyat yaratib bering, chaqaloqqa o’zi yoqtirgan narsani qilishiga imkon bering. Tugatish uchun kichik topshiriqlar bering va maqtang.
Haqiqiy shaxsni shakllantirish uchun bolani mehr va g’amxo’rlikda tarbiyalash kerak. Unga baqirmang, jismoniy og’riq keltirmang, chunki dialog yordamida siz har qanday muammoni hal qilishingiz mumkin, asosiysi chaqaloqni qadrlash va hurmat qilishdir, shunda u sizdan yaqinlashmaydi, balki sizning do’stingizga aylanadi.