Bolani qanday qilib kitob o’qishga qiziqtirish mumkin
Psixolog Alfi Kon “Mukofot bilan jazolash” kitobida nafaqat ota-onalarni, balki o‘qituvchilarni ham turli imtiyozlarni qo‘llashdan ogohlantiradi. Ba’zi ota-onalar farzandi yaxshi o‘qishi uchun hayvonot bog‘iga olib borishni va’da qilishadi, boshqalari qimmatbaho gadjyetlarni xarid qilishadi va hatto pul ham berishadi. Muammo shundaki, bu usul ish bermaydi: o‘quvchi shunday o‘qishda davom etaveradi, boz ustiga, va’da qilingan narsaga erisha olmagani uchun yaqinlaridan xafa ham bo‘ladi!
O‘qishni istamaydigan bolalar bilan qanday yo‘l tutish lozim?
Tan olish kerak, maktab ko‘ngilochar muassasa emas. Bolalar bog‘chasidan farqli ravishda bu yerda bolani ovqatni oxirigacha yeb qo‘yganligi yoki uxlagani uchun maqtashmaydi ham. Bolalar maktabga bilim olish uchun boradi va bu jarayon ko‘chada o‘ynash yoki multfilm tomosha qilish kabi maroqli emas.
Agar farzandingiz o‘qishni istamasligini ma’lum qilsa, buning sabablarini aniqlab, muammo yechimini topishga harakat qilishingiz lozim. Axir bola uchun hech narsaning qizig‘i bo‘lmasligi mumkin emas. Uning maktabdan tashqari biror qiziqarli mashg‘ulotini aniqlang va uni maktab fanlari bilan bog‘lang.
Masalan, o‘g‘il bola kompyuter o‘yinlariga qiziqsa, uni dasturlashga qiziqtirish, modaga qiziqqan qizlarni esa o‘z “modalar jurnali”ni yaratishga qiziqtirish mumkin. Bu orqali qizlarda tasviriy san’atga, qolaversa, savodxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish mumkin. Axir jurnallarda bexato yozish talab etiladi.
O‘qishni istamaslikning yana bir sababi ma’lumotlarni o‘zlashtirishdagi qiyinchilik bo‘lishi mumkin. Agar bola darslarda gap nima haqida borayotganligini tushunmasa, u zerikish, noqulaylikni his qiladi. Shu sababdan ma’lum bir fanni ham yoqtirmay qoladi!
Bu vaziyatni uning o‘qituvchisi bilan muhokama qilib ko‘ring. Qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun repetitor xizmatidan foydalanishingiz ham mumkin.
O‘quv jarayoniga qiziqishning yo‘qolishiga buning aksi — bilimlarning juda oson o‘zlashtirilishi ham sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, birinchi sinfga o‘qishni bilib borgan bolalar tengdoshlarining harf o‘rganishidan zerikishi mumkin. U qiziqishini butunlay yo‘qotmasligi uchun turli foydali mashg‘ulotlar, klub va to‘garaklarga yo‘naltirish lozim.
Asosiy qoidaga amal qiling — hech qachon bolani kamsitmang! Agar bola o‘qishni istamasa bu uni dangasa, bilmasvoy kabi so‘zlar bilan kamsitishga asos bo‘la olmaydi.
Bolaning o‘ziga xos jihatlarini e’tiborga olib, uni qo‘llab-quvvatlabgina o‘qishga bo‘lgan qiziqishini qaytarish mumkin.
Bolani qanday qilib kitob o’qishga qiziqtirish mumkin
Farzand bu Аlloh tomonidan berilgan bir ne’matdir. Uni tarbiyalash, ilmga qiziqtirish esa ota-onalarning asosiy vazifalaridan biridir. Shu sababli bugun bolani kitob oʼqishga qiziqtirish haqida soʼz yuritamiz.
Bola baribir tushunmaydi demang. Chunki boshida ular koʼrib oʼrganishadi va kun kelib natijasini oʼzingiz koʼrasiz. Xatto bazi onalar xomiladorlik vaqtida koʼp kitob oʼqigani, audio kitoblar eshitgani sababli, tugʼulgan farzandi ham kitobga mehr bilan ulgʼayganini takidlashadi.
Farzandingizni kitob mutolaasiga oʼrgatish uchun tavsiyalar:
1. Bola oʼqishni oʼrganguniga qadar doimo bolani quchogʼingizga olib, kitobni birga oʼqishga xarakat qiling.
2. Аsta-sekin bola kitobga qiziqib, oʼqishni bilmasa ham kitoblarni varoqlashni, suratlarini tomosha qilishni boshlaydi.
3. Kitoblarni doʼkondan birgalikda borib xarid qiling. Bu usul bolada kitobga qiziqish va muxabbatni oʼygʼotishiga yanada katta yordam beradi.
Bolani o‘qishga qanday qiziqtirish mumkin?
Bolani o‘qishga qiziqtirishda nima uchun mukofotlar bilan rag‘batlantirish ish bermaydi, uning o‘rniga qanday yo‘l tutish kerakligini bilmoqchi bo‘lsangiz, “Layfxaker”ning quyidagi tavsiyalari siz uchun.
Ichki va tashqi motivatsiyani tanlaymiz
Ichki motivatsiya haqida kamdan-kam bosh qotiramiz. Bizning samimiy xohish-istaklarimiz, holatimizni tushuntirish uchun birgina so‘z yetarli – “istayman”. Bolalar o‘zlariga yoqadigan guruhning qo‘shig‘ini bajonidil tinglashadi, o‘z qo‘llari bilan biror narsa yasashadi yoki sarguzasht romanlar o‘qishadi, chunki ularga shunday qilish yoqadi.
Tashqi motivatsiya har xil bo‘ladi – cho‘ntak pullaridan tortib, to maktabdagi baholargacha. Buni bir gap bilan izohlash mumkin: “Mana bunday qilsang, buni qo‘lga kiritasan”.
Psixolog Alfi Kon “Mukofot bilan jazolash” kitobida nafaqat ota-onalarni, balki o‘qituvchilarni ham turli imtiyozlarni qo‘llashdan ogohlantiradi. Ba’zi ota-onalar farzandi yaxshi o‘qishi uchun hayvonot bog‘iga olib borishni va’da qilishadi, boshqalari qimmatbaho gadjyetlarni xarid qilishadi va hatto pul ham berishadi. Muammo shundaki, bu usul ish bermaydi: o‘quvchi shunday o‘qishda davom etaveradi, boz ustiga, va’da qilingan narsaga erisha olmagani uchun yaqinlaridan xafa ham bo‘ladi!
Foto: Layfxaker
O‘qituvchilar ko‘rinishidan olijanob usullar bilan ishtiyoqni oshirishga harakat qilishadi: turli maqomlar (oyning eng yaxshi o‘quvchisi) joriy qilishadi, yaxshi o‘qiydiganlar uchun imtiyozlar yaratishadi. Ko‘pincha shunday bo‘ladi: oyning eng yaxshi o‘quvchisi asosan bir o‘quvchi bo‘ladi, imtiyozlar esa odatda tarkibi o‘zgarmaydigan o‘quvchilar doirasiga beriladi. Qolgan o‘quvchilar esa o‘zlarini omadsizdek his qilishadi.
Nima uchun tashqi motivatsiyani oshirish ish bermaydi?
Biz “Mana bunday qilsang, buni qo‘lga kiritasan”, degan paytimizda bola dastlab va’dani ishtiyoq bilan qabul qiladi. Shu bilan birga, unda o‘zini o‘zi himoyalash instinkti ham ishga tushadi.
Bola muammoni hal qilishning ijodiy usulini emas, eng ishonchli va qisqa yo‘lini izlay boshlaydi.
U o‘ziga o‘zi savol beradi: “Tavakkal qilib, nazorat ishini o‘zim yozishimga ne hojat? Yaxshisi, a’lochilardan ko‘chirib olaman, shunisi ishonchliroq”. Qarabsizki, maqsadlar o‘zgarishi ro‘y beradi: bilim olish uchun o‘qish emas, mukofot olish uchun o‘qish.
Tashqi motivatsiya zo‘r ishlashi mumkin, faqat ichkisi bilan birga. U o‘z-o‘zidan oldinga harakatlanmaydi, shunchaki “ishni uddalash”, tezroq xohlagan narsasiga erishishga majbur qiladi.
O‘qishga bo‘lgan qiziqishga nima ta’sir qiladi?
Kon motivatsiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi uch omilni ajratadi:
1. Kichik yoshdagi bolalar o‘qishga tayyor va ular buning uchun hech narsa talab qilishmaydi. Ularda ichki motivatsiya kuchli rivojlangan bo‘ladi: ular o‘zlariga qiziq bo‘lgani uchun ham o‘qib o‘rganishadi.
2. Ichki motivatsiyani saqlab qola olgan bolalar samarali o‘qishadi. Qolganlarni esa uddalay olmaydi deb hisoblashadi, biroq bunday emas. Ba’zi maktab o‘quvchilari faqat past baho olishsa-da, boshqa sohalarda o‘zlarini ijobiy namoyon etishadi. Masalan, sevimli xonandasining o‘nlab qo‘shiqlarini yoddan bilishadi (matematikada esa ko‘paytirish jadvalini eslay olishmaydi). Yoki fantastikani berilib o‘qishadi (klassikaga esa qo‘l tekkzishmaydi). Ularga shu qiziq. Ichki motivatsiyaning mohiyati ham shundadir.
3. Imtiyozlar ichki motivatsiyani yo‘qqa chiqaradi
Psixologlar Kerol Eyms va Kerol Duek ota-onalar hamda o‘qituvchilar qandaydir imtiyozga urg‘u berishganda bolalarning qiziqishi darhol so‘nishini aniqlashdi.
Foto: Layfxaker
Nimadan boshlash kerak?
O‘qishga motivatsiyani qaytarish — uzoq jarayon va buning muvaffaqiyati asosan ota-onaga bog‘liq. Kattalar eng avvalo uch narsa haqida bosh qotirishlari kerak: mazmun, hamkorlik va tanlov erkinligi.
1. Mazmun. Bola talabimizni bajarmaganida biz uning xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatish usullarini qidiramiz. Yaxshisi, talabingiz qanchalik to‘g‘ri ekani haqida o‘ylab ko‘ring. Farzandingiz fizikadan faqat “4” va “5” olmasa, buning hech qanday qo‘rqinchli joyi yo‘q. Bolalar “shovqin qilmaslik” borasidagi talabimizni “quloqsiz” ekanliklari uchun emas, o‘z yoshlarining psixologik xususiyatlari sababli rad etishadi.
2. Hamkorlik. Afsuski, bola bilan muloqot qilish kontekstida bu so‘z ko‘p ota-onalar uchun notanish. Biroq farzandlaringiz qancha katta bo‘lganlari sari, ularni shuncha ko‘p hamkorlikka jalb qilishingiz kerak. Muhokama qilish, tushuntirish berish, birga rejalar tuzish kerak. Bola bilan katta odamdek suhbatlashishga harakat qilib ko‘ring. 15 yoshli bolaning kosmonavt bo‘lish orzusiga bee’tibor bo‘lish kerak emas. Nima uchun buning ilojsiz ekanini xotirjam o‘tirib tushuntiring. Ehtimol, o‘g‘lingiz sizning so‘zlaringiz orasidan o‘sish uchun ichki motivatsiya topa olar.
3. Tanlov erkinligi. Bola o‘zini jarayonning bir bo‘lagidek his qilishi kerak, shunda u muammo yechimini topishga mas’uliyat bilan yondashadi. Farzandingiz o‘zini yomon tuta boshlasa, undan buning sabablarini so‘rang. Siz “shundoq ham gap nimadaligini bilaman” deyishingiz mumkin, shunday bo‘lsa-da, urinib ko‘ring. Ehtimol, uning javobi sizni ajablantirar.
Ichki motivatsiyani izlaymiz
Bolaning ichki holatini to‘g‘irlash oson emas, shunga qaramay, bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar o‘z mevasini berishi mumkin.
1. Farzandingizni qabul qilishni o‘rganing. Masalan, qizingizning yangi imdji sizga yoqmasligi mumkin, lekin siz uni qabul qilishingiz kerak. Boshqacha aytganda, gap erkalatish emas, tushunish haqida bormoqda.
2. Samimiy suhbatlashing. Agar farzandingiz bilan qalban yetarlicha yaqin bo‘lsangiz, dastlab u bilan shunchaki suhbatlashing. Uning nimalarga qiziqishi hamda o‘qishda qanday muammolar yuzaga kelayotgani haqida so‘rang. Vaziyatdan chiqish yo‘lini birga toping.
3. Bolaga hayotdagi maqsadi borasida bir to‘xtamga kelishga yordam bering. Ko‘pincha ichki motivatsiya bo‘lmaydi, chunki bola bu formulalar, oxiri yo‘q qoidalar va teoremalarning nima uchun kerakligini tushunmaydi. Farzandingiz maktabni tugatganidan keyin nima bilan shug‘ullanishi istashi borasida bir to‘xtamga kelishi muhim. Buni tushunishga ota-ona bilan uzoq suhbatlar, professional yo‘nalish bo‘yicha maslahatlar va o‘smirlar uchun kitoblar yordam beradi.
4. O‘quv jarayonini bolaning qiziqishlari ustiga quring. O‘qishda bolaning samimiy qiziqishlari (ichki motivatsiyasi)ni maktabdagi darslar bilan birlashtirishga harakat qilish kerak. Bu jarayon individual va ota-onalar tomonidan katta e’tibor talab qiladi. Masalan, ingliz tilini sevimli filmingiz yordamida o‘rganishingiz mumkin. Kompyuter o‘yinlarini juda yaxshi ko‘ruvchi o‘smirni esa dasturlash va u bilan bog‘liq bilimlar qiziqtirishi kerak.
Boladan ichki motivatsiyani tortib chiqarish — eng muhim vazifalardan biri. Zukko, dono, farzandining hayotiga samimiy qiziqadigan ota-ona uchun esa bu muammo emas.