Press "Enter" to skip to content

Daraxtlar haqida qiziqarli malumotlar

Rokfeller Kaliforniyaning, Xumboldt shahrida joylashgan. Daraxtning balandligi 112, 61 metrni tashkil qiladi, ammo olimlar hali ham aniq diametrini o’lchay olmaganlar.

Top-10: Dunyodagi eng baland daraxtlar

Bizning ro'yxatimizdagi o'ninchi o'rinni Amerikada joylashgan Mendosino daraxti egallagan. Uning balandligi 112,21 metrga yetadi. Ulkan daraxtning diametri 4,20 metrni tashkil qiladi. Daraxt yomon shikastlandi, bunga sabab esa uning mashhurligi tufayli juda ko'p sonli sayyohlar tashrifi edi.

Paradoks

Yana bir baland daraxt Paradoksdir. Daraxtning balandligi 112,57 metr va diametri 3,9 metrga teng. Paradoks juda chiroyli va qadimgi daraxt bo'lib, uni tabiat qo'riqchilari diqqat bilan kuzatadilar va himoya qiladilar.

Rokfeller

Rokfeller Kaliforniyaning, Xumboldt shahrida joylashgan. Daraxtning balandligi 112, 61 metrni tashkil qiladi, ammo olimlar hali ham aniq diametrini o'lchay olmaganlar.

Lauralin

Yana bir ajoyib baland bo'yli daraxt AQShning Xumboldt shahrida joylashgan. Lauralin112,63 metr balandlikka yetadi, daraxtning diametri 4,55 metrga teng.

Orion

Orion daraxti ham Kaliforniyada joylashgan. Uning balandligi 112,64 m va diametri 4,34 metrni tashkil qiladi. Daraxtga yulduz Orion nomi berilgan.

Milliy geografiya jamiyati

Bizning ro'yxatimizda beshinchi o'rinni Milliy geografik jamiyatining g'ayrioddiy nomi bo'lgan daraxt egallaydi. Uzun daraxtning bo'yi112,72 m ga yetadi va diametri 4,40 metrdan oshmaydi. U 1994 yildan 1995 yilgacha dunyoning eng baland daraxti hisobga olingan.

Gigant stratosfera

Sayyohlar oqimi unga ziyon keltirmasligi uchun ushbu gigantning aniq joylashuvi oshkor qilinmaydi. Stratosfera giganti 113,12 m ga yetadi, diametri 5,19 metrga teng. Har o'n yilda daraxt deyarli bir santimetrga o'sadi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, 2010 yilda Strososfera gigantining balandligi 112,35 metrni tashkil qilgan.

Ikar

Eng baland uchta daraxt qatoriga 113,15 metrgacha bo’y cho’zgan bahaybat Ikar daraxti kiradi. Hozirda uning diametri 3,79 metrdan oshmaydi. Ikar kashfiyotchi turistlar tomonidan 2005 yilda Kaliforniyada kashf etilgan.

Gelios

Gelios ham Kaliforniyada joylashgan. U Ikardan biroz balandroq. Balandligi 114,59 metrga yetadi va diametri deyarli besh metrga – 4,97 m teng.

Giperion

Giperion bu sayyoradagi eng baland daraxt bo'lib, u 115,62 metr balandlikka yetadi. Daraxt bu o'lchamigacha sakkiz yuz yil ichida o'sdi. Giperion sirt maydoni besh yuz kvadrat metrdan oshadi va diametri 4,85 metrni tashkil etadi. Gigant daraxt Kaliforniya shtatidagi Redvud Krikning Tributaryasida joylashgan. Aniq joyi yashiringan, chunki turistlarning katta oqimi Yerdagi eng baland daraxtga zarar yetkazishi mumkin.

Daraxtlar haqida qiziqarli malumotlar

Daraxtlar hayotimizning bir qismi. Ular bizni kislorod, yemish, uylar, issiqlik va qurilish materiallari bilan ta’minlaydi. Yer yuzida barcha tirik o’simliklarning to’rtdan bir qismini o’zi ichiga olgan holda tahminan 100 000 ga yaqin ko’rinishdagi daraxt turlari mavjud. Dunyo bo’ylab milliardlab daraxtlarning ichida boshqalarga mutlaqo o’xshamas namoyondalari ham bor.

1 — G‘aroyib daraxtlardan biri non daraxti

Eng g‘aroyib daraxtlardan biri — non daraxti. U tropik mamlakatlarda o‘sadi, biroq uning vatani Yangi Gvineya va Okeaniya hududi sanaladi. U haqida bor-yo‘g‘i XVII asrda ingliz dengizchilari sabab bilishgan. Dengizchilar mahalliy aholi g‘aroyib daraxt mevasini non o‘rnida yeyishini hayrat bilan kuzatishgan. Ana o‘shanda matroslar o‘simlikning ko‘chatini olib ketib, o‘z o‘lkalarida ham ekishgan. Biroq bundan yaxshi natija chiqmadi. XVIII asrda uni Yamaykada o‘stirishga muvaffaq bo‘lishdi. Mazkur o‘simlik mevalari qullarni boqishdagi asosiy mahsulotga aylandi.

Non daraxtining poyasi va shoxlari yo‘g‘on. U juda tez o‘sadi va balandligi 25 metrga ham yetishi mumkin. Mevalarining uzunligi 30-35 santimetrga, vazni esa 4-5 kilogrammga teng. Tashqi ko‘rinish jihatidan qovunga o‘xshab ketadi. Non daraxti bir necha oylar davomida suvsizlikka chidashi va Tselsiy bo‘yicha 40 daraja issiq haroratni ham ko‘tarishi mumkin.

Qiziqarli jihati, bu g‘aroyib daraxt yiliga 9 oy davomida meva beradi. Yetmish yil davomida har yili bitta daraxtdan 600-700 ta meva olinadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, non daraxti mevalari kulinariyada ham qo‘llaniladi: u qovuriladi, qaynatiladi, un kabi yanchiladi va xomligicha iste’mol qilinadi. Ta’miga ko‘ra kartoshkani yodga soladi.

Shunga qaramay, ular juda tez ayniydi. Shuning uchun uni qisqa vaqt ichida yeb tugatishga to‘g‘ri keladi. Biroq u quritilsa, ancha uzoq saqlanadi.

Daraxtning qolgan qismlari xo‘jalikda keng qo‘llaniladi: barglari bilan uy hayvonlari boqiladi, urug‘i esa qovuriladi.

2 — Banyan: Maxabodxi daraxti

Banyan daraxtining nomi banyanlar, ya’ni hind savdogarlari sharafiga qo’yilgan. Bu savdogarlar o’z maxsulotlarini shu daraxtning tagida o’tirgan holda sotib o’tirishgan. Banyan daraxti to’g’risida hech qachon eshitmagan bo’lsangiz ham uning tanisangiz kerak. Bu o’ta ulkan daraxtning shaklini boshqa hech bir narsabilan adashtirib bo’lmaydi: u havodagi ildizlari yerga osilib tushadigan dabdabali qubba shaklida.

Banyanning eng mashhur turlaridan biri muqaddasi fikus yoki Bo daraxti – bu Shri Lankadagi Anuradxapurada Maxabodxi daraxtidir. Aytishlaricha, bu daraxt Budda eramizdan avval 6 asrda ma’rifatga erishgan paytida soya sochib turgan daraxtning qaamchasidan o’stirilgan emish. Eramizdan avval 288 yilda ekilgan bo’lib, uhozirgi kundagi inson o’z qo’llari bilan ekkan va ekilishining sanasi ma’lum bo’lgan dunyodagi eng qadimiy daraxt hisoblanadi.

 

3 — O‘ta g‘aroyib Sut daraxti

Bu daraxt — o‘ta g‘aroyib. Uni «brosium» yoki «sigir daraxti» deb ham ataladi. Bugun uni Janubiy va Markaziy Amerikada, shuningdek Osiyo mamlakatlarida ham uchratish mumkin. U ko‘pincha 30 metrgacha o‘sadi. Daraxt nomining o‘ziyoq suyuqlik ishlab chiqarishini anglatadi. Aynan shuning uchun ham mazkur daraxt yetishtiriladi. Boshqa o‘simliklardan farqli ravishda uning suti zaharli emas, aksincha foydali hamda ta’mi yoqimli.

Tashqi jihatdan ushbu suyuqlik oddiy sutni yodga soladi. Biroq u quyuqroq va o‘ziga xos yoqimli hidga ega. Oldindan qaynatib olinsa, hatto jazirama issiqda ham sut bir haftagacha achimaydi. Sut daraxti haqida bilgan ilk yevropaliklar ispan istilochilari edi. Uyga kelib, sog‘ish mumkin bo‘lgan ajoyib daraxt haqida so‘zlab berishgan. Daraxtning tanasi kesiladi, uning tagiga esa idish qo‘yiladi. Bir martada 3-4 litr sut yig‘ish mumkin.

Mahalliy aborigenlar bunday sharbatni biz qo‘y yoki echki sutini ichgandek iste’mol qilishadi. Bundan tashqari, undan sham va saqich ishlab chiqarish uchun mum olish mumkin.

4 — Fikus daraxti, Filippinlar

5 — Sham daraxti

Sham daraxti yoki parmentera yeyish uchun yaroqli. U mevalarining noodatiy shakli sabab shunday ataladi. Tashqi ko‘rinish jihatidan shamga o‘xshashidan tashqari uning tarkibida yaxshi yonish imkonini beradigan yog‘ ham bor. Sham daraxti tropik junglilarda o‘sadi. Odamlar undan tibbiy maqsadlarda foydalanishni o‘rganishgan.

6 — Tenere daraxti

Tenere daraxti bu ro’yxatga kiritilishining boisi shundaki u endi umuman yo’q. Afrika qit’asi, Nigeriyada, Saxara sahrosida 300 yildan buyon o’sib kelayotgan yolg’iz akas daraxti yaqin atrofdagi 400 kilometr radiusidagi yakkayu yagona daraxt edi. U shafqatsiz sahro yutib ketgan ulkan o’rmondan qolgan yakkayu yagona daraxt edi.

Olimlar uning yonida chuqur kavlab ko’rishganida, uning ildizi 36 metrgacha va undan ham chuqurroq joyga yetib borishidan xabar topgan edilar. 1973 yilda Tenere daraxtini kayf holatdagi haydovchi o’zi boshqarib ketayotgan yuk mashinasi bilan daraxtni urib yuborgan. Shuning uchun ham bu yerda Yolg’iz umr kechirgan Tenere daraxtining xotirasiga metalldan yodgorlik o’rnatilgan.

7 — Glitsiniya daraxtlari, Yaponiya

8 — Keshyu Piranji daraxti

Bu Braziliyaning Natal shahri yonida joylashgan mashhur 177-yoshli keshyu yong’og’i daraxtidir. U deyarli 2 gektar erniegallagan. U 1888 yilda daraxtning genetik mutatsiyasi bo’lganidan bexabar baliqchi tomonidan ekilgan. Keshyu daraxtining oddiy turidan Piranji keshyu daraxtining farqi – uning shoxi yerga tekkan joyidan ildiz otib o’sishni davom ettirib ketaveradi. Bugungi kunda bu daraxt turistlar uchun juda ajoyib diqqatga sazovor joy bo’lib xizmat qiladi.

Agar siz dunyodagi eng yirik daraxtning yoniga yaqinlashsangiz, o’zingizni go’yo o’rmonga kirib borayotganday his etasiz. Aslida esa buning hammasi atigi bir daraxt. Uning kattaligi 8400 kvadrat metrga yetadi. Bu daraxt oddiy keshyu daraxtidan 80 barobar kattaroq, bitta futbol maydonidan ham ko’proq joyni egallaydi va yiliga 80000 donaga yaqin hosil beradi.

9 — Kamalaksimon Ekvalipt daraxti, Gavayi

10 — Vollemiya

O’zining yagonaligi va go’zallgigiga qaramay Vollemiyaning qiziqarli jihatlari uning tashqi ko’rinishi emas tarixida yashiringan. Avtraliyada o’suvchi Vollemiya xaqiqiy dinozavr davrlari o’simligi hisoblanadi. Qazilma ishlarida Vollemiya daraxtining topilgan eng qadimiy qoldiqlari bunday daraxt tahminan 200 million yillar avval mavjud bo’lganidan xabardor qilgan. Biroq 1944 yilda olimlar to’satdan tirik Vollemiya daraxtiga duch kelganlarida ular hang-mang bo’lib qolgan.

Bu ignabargli daraxtlarning aniq joylashgan yeri tirishqoqlik bilan ommadan yashirib kelingan. Bundan maqsad tabiatda atigi 100 donadan ham kamroq qolgan daraxtlarni himoya qilish bo’lgan. Bu daraxtni tamomila yer yuzidan yo’q bo’lib ketishini oldini olish uchun 2006 yilda keng omma Volemiyaning ko’chatlarini sotib olib o’stirishni rag’batlantiruvchi maxsus dastur ishlab chiqilgan. Natijada bugungi kunda Vollemiyani dunyoning turli joylaridagi botanik bog’larida ko’rish mumkin.

11 — Kiparislar, Kaddo ko’li

12 — Hayot daraxti

Bahrayndagi hayot daraxti – bu dunyodagi eng yolg’iz daraxt. Meskit daraxti Bahrayn cho’lining eng yuqori cho’qqisida, boshqa cho’l daraxtlaridan yuzlab kilometrlar uzoqlikda joylashgan. Uning ildizlari tuproqning suvli qatlamlarga yetishi uchun bir necha o’nlab kilometrlargacha cho’zilib ketgan deb hisoblanadi. Daraxtning aniq yoshi noma’lum,biroq, chamasi 400 yoshda deb tahmin qilib kelinadi.

Biroq, hayot daraxtining siri uning sezilarli darajadagi yirikligi yoki juda go’zal shaklida emas. Eng qizig’i u Bahraynning eng baland nuqtasi – suv yoki namlikning umuman asari ham bo’lmagan o’ta unumsiz cho’ldagi tepalikda joylashgan. Hech narsa tirik qola olmaydiganday tuyuladigan joyda bu daraxt hayotning o’zini aks ettirib turganday. Odamlar bu yerga ommaviy tashrif buyuradilar, chunki mahalliy aholi bu daraxtni Jannat bog’ining o’rnida o’sadi deb hisoblaydi.

13 — Kolchanli daraxt, Namibiya

14 — Tule daraxti

Tule daraxti – bu Meksikaning Oaxaka shahrida joylashgan Meksika Taksodiumi turidagi juda yirik daraxt. Bu daraxt poyasining qulochi 58 metrga, diametri esa 11,5 metrga teng. Aytishlaricha Tule daraxti shu qadar yo’g’onki, siz uni emas u sizni quchoqlar emish. Bu daraxtning yoshi o’rtacha 2000 yoshda deb hisoblanadi. Bir vaqtlar niyati buzuqlar bu yerda aslida 3 ta daraxt niqob ostida yashiringan deb qat’iy fikr bildirar edi.

Ammo, DNKning puxta analizi aslida bu bir dona ajoyib o’ziga xos daraxt ekanligini tasdiqladi.1994 yilda bu daraxt xavf ostida qolgan edi: uning barglari kasalmand sariq tusga kirib shox-shabbalar orasida qurib qolgan shoxlar uchrardi. Daraxt asta-sekin o’la boshlagandi. Daraxt uchun “shifokorlar” chaqirtirilganida Tule daraxti jabrlanishining sababchisi bo’lgan muammo – bu oddiy tashnalik bo’lib chiqdi. Daraxt shunchaki chanqagan ekan. Uni suv yordamida davolash kerak ekanligi aniqladi. Daraxtni sug’orib parvarishlash jarayonlaridan keyin u hayotga qaytdi, albatta.

15 — Madagaskar orolidagi Baobab daraxtlari

16 — Pando – ansolsimon tog’terak

Amerika Qo’shma Shtatlarining Yuta shtatitda joylashgan Pando yoki Qaltiraydigan Gigant Yuta shtatining 100 akr (25 gektar) joyiga tarqalgan tog’teraklarning quyuq koloniyasini namoyon qiladi. Bu koloniyaning deyarli hamma darahtlari bir xil, ya’ni ular biri-birining klonlardir. Bu hududdagi har bir daraxt ulkan yerosti ildizlar tizimining qismi bo’lib yagona bir organizmdan o’sib keladi.

Pando 47000 poyadan iborat, uning umumiy og’irligi esa 6600 tonnaga teng. Bu uni dunyodagi eng vazni og’ir organizm sifatida tanitadi. Ayrim alohida o’zaklarning yoshi 130 da bo’lishiga qaramay, butun organizmning yoshi tahminan 80 000 yil atrofida.

17 — Sokotra orolidagi butilkasimon daraxtlar

18 — «General Sherman» ulkan sekvoya

Kaliforniyadagi Sierra-Nevadada o’sadigan ulkan sekvoyya daraxtlari hajmi jihatidan eng katta daraxtlar hisoblanadi. Ular orasidagi eng kattasi Milliy bog’dagi “General Sherman”daraxtidir. Uning balandigi 83 metrga yetadi, hajmi 1486 kub metr, og’irligi esa 6000 tonna. Tahmin qilinishicha daraxtning yoshi 2300 dan 2700 gacha va har yili u oddiy 18 metrli daraxt ega bo’lgan hajmga ko’payadi. Uxaqiqiy tabiat durdonasi va Yer yuzidagi eng ulkan tirik organizmdir.

19 — Sokotra orolidagi, drakon daraxti

20 — Ajdar daraxti

Kanara orollarining biri – Tenerifeda, Ikod-de-los-Vinosda ajdar daraxti turining mislsiz va o’ziga xos vakili umr kechiradi. U tahminan 650 bilan 1500 ning o’rtasidagi yoshda deb hisoblanadi, ammo mutaxassis ekspertlar aniq xulosa chiqarishga juda qiynaladilar, chunki uning bir dona ham poyasi yo’q. U tepaga o’sishi bilan biri-biriga ulangan kichik o’zakchalardan iborat bo’lsa kerak.

U barglardan bo’lgan quyuq soyabonga ega va po’stlog’i yoki bargi kesilganida ajratiladigan yelim tufayli o’z nomini olgan. Aholi buni ajdarning qurib qolgan qoni deb xisoblaydi va qadimiy zamonlardan turli kasalliklarni davolash uchun undan foydalanadi.

21 — Suv ostidagi yosh mangrova daraxtlari

22 — Yaponiyadagi klyon daraxti

23 — Baobabb

Baobabning vatani Madagaskar oroli hisoblanadi, ammo u Afrikada va Avtsraliyada ham tarqalgan. Baobab daraxtlari Afrika qit’asidagi hayotning eng qadimiy shakllaridan biridir. Bugungi kunga qadar turgan daraxtlarning ko’pchiligi rim imperiyasi davridan bo’yon o’sib kelayotganiga bemalol kafolat bera olish mumkin. Nimaga deysizmi? Chunki baobab hayotining davomiyligi – o’rtacha 5000 yil.

Ajoyib baobab yoki “maymunlar non daraxti” 30 metr balandlikkacha va 11 metr kenglikkacha o’sishi mumkin. Yilning asosiy qismida ular barglarsiz qoladi. Baobabning o’ziga xosligi ularning “qorinli” tanasi. Bu tana ularda suv ombori vazifasini bajaradi. Babobab daraxti qurg’oqchilikning o’ta og’ir sharoitlarini kechib o’tishi uchun o’zining ichida 120000 litrgacha suvni sig’dira oladi. Ayrim daraxtlarning tanalari shu darajada kattaki, ularning ichida odamlar ham yashaydilar.

Adansoniya Grandide turidagi baobablarning eng go’zal to’plami Madagaskar orolidagi Morondava hududining baobab-avenyusida joylashgan. Ayrim baobablar butilka, ko’za, bosh suyak va xatto choynak shakliga ega bo’lishi mumkin.

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

Yaxshi ma’mot ekan Maqola ajoyib, gap soʻz boʻlishi mumkin emas, Juda ham kerakli va qiziqarli narsalar bor ekan. Daraxt haqidagi maqolaga gap bo’lishi mumkin emas. So‘nggi yuklangan mavzular Ko‘p o‘qilgan mavzular Bo‘limlardan birini tanlang

Dunyodagi eng baland daraxtlar haqida qiziqarli ma’lumotlar

Bizning ro’yxatimizdagi o’ninchi o’rinni Amerikada joylashgan Mendosino daraxti egallagan. Uning balandligi 112,21 metrga yetadi. Ulkan daraxtning diametri 4,20 metrni tashkil qiladi. Daraxt yomon shikastlandi, bunga sabab esa uning mashhurligi tufayli juda ko’p sonli sayyohlar tashrifi edi.

Yana bir baland daraxt Paradoksdir. Daraxtning balandligi 112,57 metr va diametri 3,9 metrga teng. Paradoks juda chiroyli va qadimgi daraxt bo’lib, uni tabiat qo’riqchilari diqqat bilan kuzatadilar va himoya qiladilar.

Rokfeller Kaliforniyaning, Xumboldt shahrida joylashgan. Daraxtning balandligi 112, 61 metrni tashkil qiladi, ammo olimlar hali ham aniq diametrini o’lchay olmaganlar.

Yana bir ajoyib baland bo’yli daraxt AQShning Xumboldt shahrida joylashgan. Lauralin112,63 metr balandlikka yetadi, daraxtning diametri 4,55 metrga teng.

Orion daraxti ham Kaliforniyada joylashgan. Uning balandligi 112,64 m va diametri 4,34 metrni tashkil qiladi. Daraxtga yulduz Orion nomi berilgan.

Milliy geografiya jamiyati

Bizning ro’yxatimizda beshinchi o’rinni Milliy geografik jamiyatining g’ayrioddiy nomi bo’lgan daraxt egallaydi. Uzun daraxtning bo’yi112,72 m ga yetadi va diametri 4,40 metrdan oshmaydi. U 1994 yildan 1995 yilgacha dunyoning eng baland daraxti hisobga olingan.

Sayyohlar oqimi unga ziyon keltirmasligi uchun ushbu gigantning aniq joylashuvi oshkor qilinmaydi. Stratosfera giganti 113,12 m ga yetadi, diametri 5,19 metrga teng. Har o’n yilda daraxt deyarli bir santimetrga o’sadi. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, 2010 yilda Strososfera gigantining balandligi 112,35 metrni tashkil qilgan.

Eng baland uchta daraxt qatoriga 113,15 metrgacha bo’y cho’zgan bahaybat Ikar daraxti kiradi. Hozirda uning diametri 3,79 metrdan oshmaydi. Ikar kashfiyotchi turistlar tomonidan 2005 yilda Kaliforniyada kashf etilgan.

Gelios ham Kaliforniyada joylashgan. U Ikardan biroz balandroq. Balandligi 114,59 metrga yetadi va diametri deyarli besh metrga — 4,97 m teng.

Giperion bu sayyoradagi eng baland daraxt bo’lib, u 115,62 metr balandlikka yetadi. Daraxt bu o’lchamigacha sakkiz yuz yil ichida o’sdi. Giperion sirt maydoni besh yuz kvadrat metrdan oshadi va diametri 4,85 metrni tashkil etadi. Gigant daraxt Kaliforniya shtatidagi Redvud Krikning Tributaryasida joylashgan. Aniq joyi yashiringan, chunki turistlarning katta oqimi Yerdagi eng baland daraxtga zarar yetkazishi mumkin.