Press "Enter" to skip to content

Gazli ichimliklar salomatlik uchun xavfli

Energetik ichimliklar

Gazli ichimliklarning foydasi bormi?

Gazli ichimliklar choy yoki kofe kabi ommalashgan, chunki ular zerikarli ichimliklarga muqobil vazifasini bajaradi. Bugungi kunda didga mos gazlangan ichimlikni topish oson. Ammo uning xavfsiz yoki xavfli ekanligi borasida bahslar tinmaydi. Bu haqda quyida so‘z yuritamiz.

Gazli ichimliklarning foydasi bormi?

Shakar bilan boyitilmagan gazli ichimliklar organizm uchun xavfsizdir. Gazli suvning foydasi shundaki, u chanqoqni juda yaxshi qondiradi. Gazlangan suvning organizm uchun foydasi, ayniqsa, shifokorlarga yaxshi ma’lum. Bunday ichimliklar me’da shirasining kislotaliligini oshirish zarur bo‘lgan hollarda bemorlarga buyuriladi.

Shuningdek, suvda gazning mavjudligi foydali mikroelementlarning uzoqroq turishiga imkon beradi, shu bilan birga zararli bakteriyalarni rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Gazlangan ichimliklar orasida tabiiy gazlangan mineral suv foydali, deb tan olingan. Bunday suvlar tarkibida suyaklar, mushaklar, tish emalining yaxlitligini saqlaydigan maksimal darajada foydali elementlar mavjud.

Gazli ichimliklarning qanday zararlari mavjud?

Suvga qo‘shilgan gaz o‘z-o‘zidan inson organizmiga zarar yetkazmaydi. Ammo pufakchalar oshqozonning kislotaliligini oshiradi, shuning uchun och qoringa mineral suv yoki gazli ichimlik ichish paytida shish paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bugungi kunda ishlab chiqaruvchilar turli xil shakarli ichimliklarni taklif qilishadi. Shakar qo‘shilgan gazli suvning zararlari:

ichimliklar semirishga olib keladi;

tish emaliga zarar yetkazadi;

diabet rivojlanishi xavfini oshiradi.

Bunday ichimliklar organizm uchun energiya qiymatiga ega emas, shuning uchun ularni ko‘p ichish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, har bir inson gazlangan ichimlik uning organizmiga zarar yetkazish-yetkazmasligini bilishi kerak, chunki har bir organizm o‘z fiziologik xususiyatlariga ega.

Gazli ichimliklar salomatlik uchun xavfli

Yaqinlarining va o‘zining salomatligi uchun o‘zini posbon deb bilgan, oila boshliqlari! Oilangiz sihati siz uchun muhim ekan, xonadoningizga gazli ichimliklar kirishiga imkon qadar yo‘l qo‘ymang! Afsuski, bunday ichimliklarning inson tanasiga bir qancha zararlari bo‘lishini bilaturib, ko‘pchilik ularni iste’mol qilishdan o‘zlarini tiyolmaydilar, xususan yoz mavsumida. Shifokorlar esa gazli ichimliklardan iloji boricha uzoqlashishni, hech bo‘lmaganda me’yorida iste’mol qilishni maslahat beradilar.

Dietolog shifokor Rabob Munjid gazli ichimliklar iste’mol qilish xatarlari va uning inson jismiga ta’siri xususida quyidagilarni bayon etadi:

* Gazli ichimliklarni iste’mol qilish oshqozonni hazm jarayonida zarur bo‘lgan so‘lak fermentlaridan mahrum qiladi.
* Uning tarkibida kafein miqdori yuqoriligi tufayli yurak urishi tezlashadi.
* Gazli ichimlik tarkibidagi yuqori miqdordagi fosfor tuzlari suyak emirilishini keltirib chiqaradi.
* Haddan tashqari iste’mol qilish xotira susayishi va jigar zararlanishiga olib keladi.
* Gazli ichimliklar iste’mol qilishdan inson tanasiga hech qanday foyda yo‘q, balki uning tarkibida salomatlikka xavf soluvchi sun’iy ranglar hamda saqlovchi moddalar mavjud.
* Gazli ichimlik suyak uchun zarur bo‘lgan kalsiy moddasining so‘rilishiga sabab bo‘ladi.
* Uning tarkibida shakar miqdori yuqoriligi hamda fiziologik kaloriyalar sabab vazn orttirib, semizlikni yuzaga keltiradi.
* Tarkibidagi kafein inson tanasidagi temir moddasining so‘rilib ketishini ta’minlaydi, natijada kamqonlik kasali kelib chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ularni har kuni ichasiz: gazli ichimliklardan ham xavfliroq 5 xil ichimlik

Har kuni ichadigan ichimliklarimiz orasida gazli va spirtli ichimliklardan ham xavfliroq bo‘lgan ichimlik turlari mavjud. Yaqinda Ben-Gurion universiteti olimlari insonlar uchun eng zararli ichimliklar reytingini tuzdi. Wday nashri zararli ichimliklar va ularni ichish qanday oqibatlarga olib kelishi haqida ma’lumot berdi.

Issiq choy

Choy ichishning qanday zararli tomoni bor, deb o‘ylashingiz mumkin. Masalan, xitoyliklar choyni deyarli to‘xtovsiz ichadi, biroq bu yerda zarar choyning haroratida. Biz issiq narsani yaxshi ko‘ramiz. Barcha issiq ichimliklar (nafaqat choy, balki qaynoq qahva, issiq sho‘rva ichishni ham yoqtiramiz) qizilo‘ngachga yomon ta’sir ko‘rsatadi, bu esa mikrotravma va mikroyallig‘lanishga olib keladi.

Vaqt o‘tishi bilan bu sezilmaydigan muammolar onkologik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shunday ekan, choyni sovitib ichishga harakat qiling.

Sutli kokteyl

Bu turdagi sovuq ichimliklar issiq ichimliklar bilan birdek muammolarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, sutli kokteyllar miyaga eng yoqimsiz ta’sir ko‘rsatadi.

Fitnes-trenerlar sutli kokteyllar yaxshi foyda keltirishiga ishonadi, bu ichimlik vazn orttirishga yordam beradi. Haqiqatan ham vazn orttirishni istasangiz, sog‘lig‘ingiz uchun sutli kokteyllarni biroz ilitib iching.

Achchiq qahva

Qahva me’yorida ichilsa, foydali: u uyg‘onishga, tetiklanishga va metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi. Biroq qahva juda achchiq bo‘lsa, u vazospazmga olib kelishi mumkin — bosim keskin ortadi, keyin esa keskin tushadi. Natijada inson o‘zini yomon his qiladi.

Yallig‘langan arteriyalar spazmlardan charchagan miya kabi, bunday tajribadan so‘ng yomon ta’sirni o‘tkazishi mumkin. Agar qahvaga shakar qo‘shilgan bo‘lsa, organizmga yanada ko‘proq zarar yetadi.

Energetik ichimliklar

Yaqinda g‘arb ommaviy axborot vositalaridan biri dahshatli voqea haqida yozdi: yosh yigit, oila boshlig‘i, ikki farzandning otasi shu qadar ko‘p ishlaganidan energetik ichimliklarsiz yo‘lda uxlab qolgan. Oxiri esa juda yomon yakunlangan: u hozirda nogiron, shifokorlar yigit miyasining bir qismini olib tashlashga majbur bo‘ldi. Stimulyatorlarning og‘ir dozasi tufayli yigit insultga uchradi.

O‘zingizni o‘rtacha dozada energetik ichimliklar ichyapman, deb ovutmang. Energetik ichimliklar foydali emas, ya’ni ularning xavflilik darajasi yuqori. Shu bilan birga, bu ichimliklar insonni o‘ziga qaram qilib qo‘yishini unutmaslik kerak.

Qadoqlangan sharbat

Bir quti sharbatda koladagidan ham ko‘proq shakar bo‘lishi mumkin. Ya’ni shirinliklar diabet, tishdagi muammolarni, ortiqcha vazn va boshqa turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Bunday ichimliklarda vitamin va minerallar deyarli yo‘q, biroq ularda shakardan ham zararli bo‘lgan shirinlashtirgichlar bo‘lishi mumkin.