Press "Enter" to skip to content

Hamjihatlik – tinchlik va osoyishtalikni saqlashning garovi

Shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan mamlakatimizda aholining tinch va osoyishta hayotini ta`minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlashda har bir fuqaroning daxldorlik tuyg`usini oshirish dolzarb ahamiyatga ega. Zero, tinchlik va barqarorlik bor joyda qut-baraka bo`ladi.

Qolaversa, jahonning ayrim mintaqalarida notinchliklar, xavf-xatar va tahdidlar, eng avvalo, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, noqonuniy migrasiya, odam savdosi, yot g`oyalar tarqalishining tobora kuchayib borayotgan bir paytda, mamlakatimizning har bir hududi va mahallasida bunday salbiy illatlarning oldini olish huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bir qatorda, jamoatchilik zimmasiga ham yangi vazifalarni qo`ymoqda.

Buning uchun aholi, ayniqsa yoshlarning ongida jinoyatga qo`l urmaslik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, Vatanga sadoqatli bo`lish, atrofdagi insonlarga hurmatda bo`lish kabi fazilatlarini singdirish orqali ularning dunyoqarashida vatanparvarlik hamda “Mening mahallamda jinoyat sodir etilmasligi kerak” tuyg`ularini mustahkamlashda davlat va nodavlat tashkilotlar, fuqarolar yig`inlari hamda keng jamoatchilikning hamjihatligini, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishni taqozo etadi.

Ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini tizimli va samarali amalga oshirish – davr talabi

Albatta, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda ichki ishlar organlari va ularning samarali faoliyati hal qiluvchi o`rinni egallaydi. Ayni paytda, shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr talablari barcha sohalar singari, ichki ishlar organlari xodimlaridan ham tinimsiz o`qib-o`rganishni,
o`z ustida ishlashni, bilim va saviyasini, malakalarini doimo oshirib borishni taqozo qiladi.

Bu borada Davlatimiz Rahbarining 2017 yil 16 avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi hamda
2018 yil 23 avgustdagi “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorlari soha xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ayni kunlarda IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan Andijon va Sirdaryo viloyatlaridagi tumanlar va shaharlar ichki ishlar organlarining tashkiliy bo`lim (bo`linma)lar boshliqlari, jinoyat-qidiruv bo`limlari tezkor vakillari, tergov bo`linmalarining tergovchi va surishtiruvchilari, xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmalari tahlil va muvofiqlashtirish bo`linmalari xodimlari uchun malaka oshirish sayyor o`quv yig`inlari o`tkazilmoqda.

O`quv yig`inlarida Davlatimiz Rahbari tomonidan ilgari surilgan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid dolzarb vazifalarga, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga, sohaga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hamda idoraviy-huquqiy hujjatlarning talablari bilan tanishtirishga va ular asosida xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “O`z Vatanini, ona xalqini ravnaq toptirish uchun o`zini ayamasdan mehnat qilish: bu – jasorat va mardlik, bu – ona yurtga muhabbat va sadoqat, bu – to`g`ri tarbiya va amaliy namuna” ekanligi misollar orqali tushuntirib berilmoqda.

– Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tomonidan tashkil etilgan navbatdagi sayyor o`quv yig`ini kasbiy bilimlarimizni yanada mustahkamlab olish uchun imkoniyatdir, – deydi Andijon viloyati Jalaquduq tumani IIB Jinoyat qidiruv bo`linmasi katta tezkor vakili, mayor Sardor O`rinboev. – O`tkazilayotgan o`quv mashg`ulotlarida sohaga oid milliy qonunchilikdagi yangiliklarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini, ularni amalga oshirish mexanizmlarini, davlat va nodavlat tashkilotlar, fuqarolar yig`inlari bilan o`zaro hamkorlikni to`g`ri tashkil etish yo`llarini o`rganmoqdamiz.

Ayni paytda, mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda, ayniqsa voyaga etmaganlar va yoshlar o`rtasida, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda “hududlar tajribasi”ni, xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatidagi ijobiy tajribalarni soha xodimlariga etkazishga ham alohida e`tibor qaratilmoqda.

– Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan darslarning zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o`qitishning interfaol usullaridan foydalangan holda o`tkazilayotganligi mashg`ulotlarning qiziqarli o`tishini ta`minlamoqda, – deydi Sirdaryo viloyati Xovos tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi katta tergovchisi, katta leytenant Sirojiddin Qo`ziev. – Endilikda oldimizda turgan asosiy vazifa sayyor o`quv yig`inlari mobaynida olgan bilimlarimiz kelgusidagi xizmat faoliyatimizni samarali tashkil etishda qo`l keladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Biz ma`naviyat va ma`rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma`naviyati bor inson Vatanni albatta yaxshi ko`radi. Vijdon, ma`naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir.” deb ta`kidladilar.

Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimizda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”, “Jaholatga qarshi – ma`rifat” degan ustuvor g`oyalarni ijtimoiy hayotda qaror toptirishda yoshlarni vatanparvar, mard va jasur, sadoqatli va halol etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Ushbu ustuvor vazifaning mohiyatidan kelib chiqib Institut professor-o`qituvchilari joylarda o`tkazilayotgan sayyor o`quv yig`inlari doirasida ta`lim muassasalarida ma`naviy-ma`rifiy uchrashuvlar va huquqiy targ`ibot tadbirlarini ham uyushtirishmoqda.

Zero, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev ta`kidlaganidek, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma`naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo`ladi.

Xususan, Ichki ishlar vazirligiga qarashli Andijon va Sirdaryo akademik liseylarida “Yoshlarda yuksak ma`naviyat va qonun ustuvorligi asosida yashash, el-yurtga sadoqat, adolat, halollik va jasorat fazilatlarini kamol toptirish” mavzusida o`tkazilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda bo`lg`usi ichki ishlar organlari xodimlarida mazkur olijanob fazilatlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati haqida so`z yuritildi.

– Yoshlar qalbiga yo`l topa bilish, ularni kelajagimizning munosib vorislari bo`lib etishlariga yo`l-yo`riq ko`rsatish, o`z Vataniga bo`lgan mehr-muhabbatni mustahkamlash, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma`rifatni tarqatish har birimizning kundalik vazifasiga aylanmog`i lozim, – deydi Institut boshlig`i, yuridik fanlar doktori, professor Nuriddin Normatov.
– Shu boisdan o`tkazilayotgan ushbu ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda akademik lisey o`quvchilari eng avvalo, ichki ishlar organlari xodimlari uchun muhim bo`lgan fazilatlar – adolat, odillik, halollik, sadoqat, so`z va amal birligi, xalqqa xizmat qilish kabi ezgu tushunchalarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga harakat qilmoqdamiz.

– Bugun IIV Malaka oshirish institutining etuk olimlari va professor-o`qituvchilari tomonidan o`tkazilgan uchrashuv bizlar uchun katta saboq bo`ldi,
– deydi Sirdaryo akademik liseyning 2-bosqich o`quvchisi Mohichehra Xursanova. – Ayniqsa, biz bo`lg`usi ichki ishlar organlari xodimlari qanday fazilatlarga ega bo`lishlarimiz lozimligi haqida bildirilgan fikr-mulohazalar va tavsiyalar bizda katta taassurot qoldirdi. Shu kabi uchrashuvlar, ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar tez-tez tashkil etilsa, biz uchun foydali bo`lar edi.

– Men ta`lim olayotgan Ichki ishlar vazirligiga qarashli Andijon akademik liseyida o`tkazilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirda poytaxtimizdan kelgan mutaxassislar davlatimiz tomonidan biz yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus hamda kitobga mehr qo`yishning ahamiyati haqida tushunchalar berilganligi biz uchun muhim yo`l-yo`riq bo`ldi, – deydi mazkur liseyning 2-kurs o`quvchisi Fayzullo Xabibullaev. – Biz bilan ushbu uchrashuvni o`tkazganliklari uchun IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilariga minnatdorchilik bildiramiz. Chunki, mazkur tadbirlar biz yoshlarni o`z ustimizda ko`p ishlashga, intilishga va izlanishga chorlaydi. Zero, bunday insoniy fazilatlar ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatining asosiy mezoni sifatida inson, uning huquq va manfaatlarini ta`minlashda hamda himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Institut professor-o`qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o`quv yig`inlari, akademik liseylar va umumta`lim maktablarida targ`ibot tadbirlari va ma`naviy-ma`rifiy uchrashuvlar joylarda davom etmoqda.

O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Yaxshilik va yomonlik haqida maqollar

Ushbu sahifada Yaxshilik va yomonlik haqida maqollar keltirilgan.

Аjalga davo yoʼq,
Yomonga — balo.

Аsl odam hech oʼlmas.

Аslning xatosi boʼlmas,
Yomonning oshnasi boʼlmas.

Аchchiqni achchiq kesar.

Bast etgan oʼzar,
Qasd etgan toʼzar.

Baxtiyor boʼlsa zamon,
Noshukur boʼlma — yomon.

Baxshi bor joyda yaxshi bor.

Bezoridan hamma bezor.

Bekorchidan bezib qoch,
Chaqimchidan — koʼchib.

Beli ogʼrimagan bel boʼlmas,
Birovning xizmatin bilmas.

Beqoʼnimga qoʼnim yoʼq,
Yomon odamga — oʼlim.

Bir ilon bir uy odamni tinchitmas.

Bir kalning hiylasi
Qirq kishini charchatar.

Bir kishi ariq qazar,
Ming kishi suv ichar.

Bir kun tuz ichgan joyga
Qirq kun salom ber.

Bir koʼngil imorati —
Ming Makka ziyorati.

Bir soʼzlining yuzi — yorugʼ,
Munofiqning yuzi — choriq.

Bir tulki yetti boʼrini yetaklar.

Bir yaxshi bilan bir yomon kelishar,
Ikki yomon kelishmas.

Bir qorin moyni bir qumaloq buzar.

Birniki — mingga,
Mingniki — tumanga.

Birning kasofati yuzga,
Yuzniki — mingga.

Birov tuzar, birov buzar.

Birov oʼlmay, birov kun koʼrmas.

Birovga kesak otsang,
U senga tosh otadi.

Birovga choh qazima, oʼzing tusharsan.

Birovning aybiga koʼz-quloq boʼlma.

Birovning soʼzi yaxshi,
Birovning — oʼzi.

Boboning tol ekkani —
Oʼziga nom ekkani.

Bola bezori — kishi ozori.

Bu dunyo oʼtar-ketar,
Yuzi qoralik qolar.

Vijdonsiz kishidan oʼpkalama.

Gina — adovatning qoʼshnisi.

Gul tikanin zahri yomon,
Qizmondaning qahri yomon.

Gunohi — meniki, savobi — sizniki.

Guruchning kurmagi bor,
Yomonning toʼqmogʼi bor.

Goʼringdan suv chiqmasin,
Uyingdan — quv.

Davlat bitsa yomonga,
Oʼzin sanar xoqonga.

Daryoga yaxshilik qilsang,
Аjrini biyobondan topasan.

Dili qora — till qora.

Dili qoraning qilmishi — qiyiqlik.

Dod qoldirma, ot qoldir.

Dogʼ ostida dogʼ qolmas.

Dunyo yorugʼ boʼlsin desang,
Uyingga chiroq yoq.

Dutorsiz baxshi boʼlmas,
Yomonsiz — yaxshi.

Dushmaningni asal bilan boʼgʼ.

Dushmanni musht bilan urma,
Osh bilan ur.

Yer toʼydirar, oʼt kuydirar.

Yer qattiq boʼlsa, hoʼkiz hoʼkizdan koʼrar.

Yovdan yaxshilik chiqmas.

Yovdan yaxshilik yuqmas.

Yomon aygʼirda yol boʼlmas,
Oʼlarmonda hoi boʼlmas.

Yomon arava yoʼl buzar,
Yomon xotin — uy.

Yomon arida bol boʼlmas,
Suvsiz yerda — tol.

Yomon atalib tirik yurguncha,
Yaxshi atalib oʼlgan yaxshi.

Yomon atlas bilan ham yomon.

Yomon baliq suv loyqatar.

Yomon baxil boʼlar,
Yaxshi — anil.

Yomon bilan yer qoʼshni ham boʼlma
Goʼr qoʼshni ham boʼlma.

Yomon bilan yotma,
Erta turib aytma.

Yomon bilan yoʼldosh boʼlma,
Nodon bilan — sirdosh.

Yomon bilan yoʼldosh boʼlsang,
Yomondan burun oʼlasan.

Yaxshi bilan sirdosh boʼlsang,
Yaxshilik bilan unasan.

Yomon bilan soʼz olishguncha,
Koʼcha alish.

Yomon bilan yurguncha,
Yolgʼiz yurgin oʼlguncha.

Yomon bilan yurdim, qoldim uyatga,
Yaxshi bilan yurdim, yetdim niyatga.

Yomon bilan yursang, yomon boiasan,
Yaxshi bilan yursang, omon boiasan.

Yomon bola koʼzidan,
Bilinadi soʼzidan.

Yomon buzoq yopigʼin yer.

Yomon buqa oʼz boshiga oʼt yer.

Yomon gap yer tagida uch yil yotar.

Yomon yovga boʼlishar.

Yomon yovdan qochar.

Yomon yomon bilan.
Yaxshi zamon bilan.

Yomon yoniga yon olma,
Yon olsang ham, yor olma.

Yomon ilon tegirmon boshida aylanar.

Yomon it kunduzi hurar.

Yomon «yilgʼin» desang, «qirgʼin» der.

Yomon yoʼldan yurgan tuya choʼkar.

Yomon yoʼldosh boʼlmas,
Yoʼldosh boisa ham sirdosh boʼlmas.

Yomon kelsa — buzar,
Yaxshi kelsa — tuzar.

Yomon kun yaxshi boʼlar,
Yomon odam yaxshi boʼlmas.

Yomon — kunchi, yaxshi — sinchi.

Yomon kuchuk boʼsagʼada hurar.

Yomon koʼz tosh yoradi,
Yomon doʼst — bosh.

Yomon koʼrgan kishingga
Yomon koʼrgan molingni ber.

Yomon koʼrishni bilmagan,
Yaxshi koʼrishni ham bilmas.

Yomon moʼridan achchiq tutun chiqar,
Yomon uydan — sassiq gap.

Yomon odam yoʼldoshini qaritar.

Yomon odam til bilan kuydirar.

Yomon odam tuqqanini yomonlar.

Yomon odam toʼymas,
Yomonligini qoʼymas.

Yomon osilar,
Yuvvosh bosilar.

Yomon ot yoldor boʼlar.

Yomon ot oxur buzar,
Yomon it egasini uzar.

Yomon ot suvliq tishlar.

Yomon ot toʼrva teshar.

Yomon otga yoi bitmas.

Yomon otga yoi bitsa,
Yoniga tursuq boylatmas.

Yomon erga mol bitsa,
Yoniga qoʼshni yoiatmas,
Yoiatsa ham tindirmas.

Yomon oting chiqquncha,
Totli joning chiqsin.

Yomon otni yogʼ bosar.

Yomon otni maqtagan yoʼlda qolar.

Yomon otni minguncha,
Yayov yurgin oʼlguncha.

Yomon sigir yozda tugʼar.

Yomon soyga suv tushsa,
Kechuv bermas kecharga.

Yomon tekkanga tegar,
Tegmaganga kesak otar.

Yomon tirtiq qilar,
Butunni yirtiq qilar.

Yomon tuzalsa, zamon tuzalar.

Yomon farzand ota-onani yerga qaratar,
Yaxshi farzand ota-onani elga oralatar.

Yomon farzand poygaga tushirar,
Yaxshi farzand toʼrga oʼtqazar.

Yomon xotin — dardsiz kasal.

Yomon xotin yomon kunda qochar,
Yaxshi kunda kulib, bagʼrin ochar.

Yomon xotin kimniki — olaqopniki,
Olaqoping boʼlmasa, allakimniki.

Yomon erkak toʼy buzar,
Yomon xotin — uy.

Yomon etagingni yirtsa,
Etagingni kesib qoch.

Yomon eshak ip uzar,
Yomon xotin uy buzar.

Yomon yurgan yoʼlda choʼkar.

Yomon yaxshi boʼlmas,
Eshak — baxshi.

Yomon yashar, yaxshi qaqshar.

Yomon — oʼz gʼamida,
Yaxshi — el gʼamida.

Yomon oʼzini bilmas,
Oʼzgani koʼzga ilmas.

Yomon oʼldi desa, ishon,
Yomonligini qoʼydi desa, ishonma.

Yomon oʼrdak avval uchar.

Yomon oshga oʼrtoq,
Boshga — toʼqmoq.

Yomon oʼtganning oʼrogʼini olar,
Ketganning — ketmonini.

Yomon qiliqdan — koʼzga yosh,
Yaxshi qihqdan — ogʼizga osh.

Yomon hoʼkiz shamiyon sindirar.

Yomon hoʼkizga shox bitsa, suzib oʼldirar,
Yomon odamga mol bitsa, urib oʼldirar.

Yomonga aytsang siringni,
Mingta qilar biringni.

Yomonga bosh boʼlguncha,
Yaxshiga yoʼldosh boʼl.

Yomonga gapirsang — bir balo,
Gapirmasang — ikki balo.

Yomonga goʼr qoʼshni qilma,
Igʼvogarga — yon qoʼshni.

Yomonga yomon boʼl,
Yaxshiga — tomon.

Yomonga yondashgan yiqilmay qolmas,
Oxiri bir chuqurga tiqilmay qolmas.

Yomonga yondashma,
Yaxshidan adashma.

Yomonga yogʼ yoqmas,
Echkiga — quymoq.

Yomonga yogʼ yarashmas,
Kalga — sarimsoq.

Yomonga ishing tushmasin,
Qulonga — qushing.

Yomonga yoʼliqsang, «yov keldi» qilar.

Yomonga kun ham qorongʼi, tun — ham.

Yomonga osh berguncha,
Yaxshiga bosh ber.

Yomonga osh tortguncha,
Boshiga besh tort.

Yomonga sir aytma, yurtga yoyar.

Yomonga choʼp botar,
Yaxshiga — soʼz.

Yomonga el boʼlguncha,
Yagʼir otga bel boʼl.

Yomonga yurt qolmasin,
Oʼgʼriga — mol.

Yomonga yaqinlashsang, balosi yuqar,
Qozonga yaqinlashsang — qorasi.

Yomonga oʼlim yoʼq,
Yaxshiga — yurim.

Yomonga qiz tugul, tuz ham berma.

Yomonga hazil qilsang, yoqangni yirtar.

Yomonda or boʼlmas,
Yaxshi xor boʼlmas.

Yomondan dogʼ qolar,
Yaxshidan — bogʼ.

Yomondan yo qochib qutul,
Yo — tonib.

Yomondan — yorti qoshiq.
Yomondan jar boʼyi qoch.

Yomondan it yaxshi,
Sirkadan bit yaxshi.

Yomondan toʼn kiysang,
Toʼyda «toʼnim ber» deydi.

Yomondan yaxshi tuvadi,
Yomonning yuzini yuvadi.

Yomondan qarz olsang, ham yoʼlda qistaydi,
Ham — goʼrda.

Yomondan qarz etma,
Qarz etsang ham, xarj etma.

Yomondan qarzdor boʼlsang,
Koʼp ichida yoqangdan olar.

Yomondan qorovul boʼlsa, yov yetti boʼlar.

Yomondan qoch, yaxshiga yondosh.

Yomondan hayvon yaxshi,
Bostirmadan — ayvon.

Yomonlarga boshchi boʼlguncha,
Yaxshilarga qoʼshchi boʼl.

Yomonlik itning ham qoʼlidan keladi.

Yomonlikni oldingda tut,
Yaxshilik kelsa — iqboling.

Yomonni ishga emas, oshga chaqir.

Yomonni tanqid qil,
Yaxshiga — taqlid.

Yomonni yuborsang, bildirib kelar,
Yaxshini yuborsang — tindirib.

Yomonning balosiga,
Qayga boray davosiga.

Yomonning bir qiligʼi ortiq,
Ustiga yoqasi yirtiq.

Yomonning bolasi yoʼlda yotib ot hurkitar.

Yomonning boʼzini olguncha,
Yaxshining soʼzini ol.

Yomonning davlati — yaxshining ofati.

Yomonning dasturxonidan
Yaxshining ustixoni yaxshi.

Yomonning doʼsti koʼp,
Piyozning — poʼsti.

Yomonning janozasidan
Yaxshining hikoyasi foydali.

Yomonning jagʼi tinmas.

Yomonning jagʼiga ilon tuxum qoʼyar.

Yomonning joni — aziz.

Yomonning zarari tegar keng yoʼlda,
Yaxshining foydasi tegar tor yoʼlda.

Yomonning kuchi yapaloqqa yetar.

Yomonning koʼzi yurak ogʼritar.

Yomonning niyati — buzuq,
Yaxshining niyati — tuzuk.

Yomonning oyogʼi — sakkiz,
Bin tegmasa, bin tegar.

Yomonning oti bilan uloq olguncha,
Yaxshining eshagida otquloq ol.

Yomonning otidan yaxshining soʼzi yaxshi.

Yomonning ogʼziga — yamoq,
Yaxshining ogʼziga — qaymoq.

Yomonning yarasi bitmas.

Yomonning yaxshisi bor.

Yomonning yaxshisi boʼlguncha,
Yaxshining yomoni boʼl.

Yomonning qilmishi yomonlik,
Yaxshiga berrnas omonlik.

Yomonning qulogʼiga yaxshi oʼgit kirmasa,
Yomon oʼgit kirar.

Yordam bergin, Kimsan, deb soʼrama.

Yoqma — pisharsan, qazima — tusharsan.

Zamon yomon emas,
Zamonga boqmagan yomon.

Zamon senga boqmasa,
Sen zamonga boq.

Zamon seni oʼqitar,
Johilliging yoʼq etar.

Zamon tuzalsa, yomon tuzalar.

Zahar zaharni kesar.

Ikki yomon qoʼshilsa,
Keng dunyoga siy(gʼ)ishmas.

Ikki yaxshi qoʼshilsa,
Birini biri qiymas.

Ikki yaxshi uyada bitar,
Ikki yomon — qiyada.

Ikki yaxshi erikmas,
Ikki yomon birikmas.

Ikki yaxshi qasd boʼlmas,
Ikki yomon — doʼst.

Ilon boʼlib yashagandan,
Yilqi boʼlib kishnagan yaxshi.

Ilon goh-goh chaqar,
Yomon doim chaqar.

Ilon zahri — tishida,
Yomon zahri — tilida.

Ilon ilonning quyrugʼini bosmas.

Ilon ishi — zahar solmoq.

Ilon poʼstini tashlagani bilan qiligʼini tashlamas.

lion poʼstini tashlasa ham — ilon.

Ilon oʼz zahridan oʼlmas.

Ilon oʼlsa ham, zahri tishida qolar.

Ilonga suv bersang ham, zahar tomar.

Ilonni tushda koʼrsang — ganj,
Oʼngda koʼrsang—yanch.

Ilonning oʼlgisi kelsa, izda yotar.

Indamasni it qopar.

Inson — gavhari Qobul.

It akillasa, ogʼziga ur.

It arazlar, egasi bilmas.

It achchigʼini turnadan olar,
Bit achchigʼini — burgadan.

It vovullagani bilan togʼ qulamas.
It yeganidan boʼri yegani yaxshi.

It itligini etar,
Toʼn etagini yirtar.

It oyga qarab hurar.

It otasini tanimas.

It ochiq qolgan qozonni yalar.

It ogʼzidan suyak olib boʼlmas.

It sarqitini yoʼlbars yemas.

It tumshugʼini tiqqan yerga
Suv ichgali sher kelmas.

It tuqqanini tanimas.

It toʼyi janjalsiz oʼtmas.

It egasini tanimas,
Mushuk — bekasini.

It qilganni itorchi qilmas.

It hurar, karvon oʼtar.

Itdan yorugʼlik chiqmas,
Bitdan — chorigʼlik.

Itdan qolganini mushuk yemas.

Iting yomon boʼlsa, otib qutulasan,
Oting yomon boʼlsa, sotib qutulasan,
Qoʼshning yomon boʼlsa, koʼchib qutulasan,
Ering yomon boʼlsa, ketib qutulasan,
Feʼling yomon boʼlsa, oʼlib qutulasan.

Itning irrilagani — salomlashgani.

Itning ishi — yirtmoq.

Itning ishi — uzmoq,
Yomonning ishi — buzmoq.

Itning oshnasi boʼlmas.

Igʼvogar igʼvo tarqatar,
Iflos gʼavgʼo tarqatar.

Igʼvogarga oq sut ham qora.

Igʼvogarning oʼzi yomon,
Oʼzidan soʼzi yomon.

Yirtqichni uyasida yanch.

Yoʼq muttahamdan bor muttaham yomon.

Kaltak oʼqtalganga choʼqmor koʼtar.

Ketarga kelsa — el yomon,
Koʼcharga kelsa — yer yomon.

Kimki boʼlsa dilozor,
Undan el-u yurt bezor.

Kishi aybiga etak yop.

Kishi boʼlgan kishining
Kishi bilan ishi bor.

Kishi boʼlmagan kishining
Kishi bilan nima ishi bor.

Kul qoldirma, gul qoldir.

Kulganga kula boqma,
Betiga kuya yoqma.

Running yomoni ketar,
Odamning yomoni ketmas.

Koʼzga — koʼkanak,
Oyoqqa — tikanak.

Koʼngil torhgi — xorlik.

Koʼngilning olasi — xudoning balosi.

Koʼngli qoradan pes yaxshi.

Koʼngli qoraning yuzi qora.

Koʼcha bezori — ona bezori.

Laʼnat yogʼdiruvchi boʼlma,
Rahmat eshituvchi boʼl.

Magʼiz achchiq boʼlsa, poʼstiga ham urar.

Mahsining poshnasi boʼlmas,
Nojinsining — oshnasi.

Mevaning yaxshisini qurt yeydi.

Mitaning yomoni tegirmondan butun chiqar.

Mol boqsang, ogʼzi-burning — moy,
Boʼri boqsang, ogʼzi-burning — loy.

Musht ursang, shapaloq kut.

Obod qilgan obod boʼlar.

Odam boʼlish — oson,
Odamiy boʼlish — qiyin.

Odam boʼlmoq asta-asta,
Hayvon boʼlmoq bir pasda.

Odam zahrini odam olar.

Odam odamdan qutular,
Yomon feʼlidan qutulmas.

Odam odamning dardini olar.

Odam — odamning koʼzgusi.

Odam tugʼilib yomon boʼlmas,
Ulgʼayib yomon boʼlar.

Odamning gʼalamisiga dunyo bir pul.

Oyogʼi iflos toʼr bulgʼar,
Oʼzi iflos el bulgʼar.

Olmadan bodom boʼlmas,
Tegi past odam boʼlmas.

Oltin olma, duo ol,
Duo oltin emasmi.

Oltin olma, olqish ol,
Olqish oltin emasmi.

Olqish olgan omondir,
Qargʼish olgan yomondir.

Omon boʼlsang, osh yersan,
Yomon yursang, tosh yersan.

Omon yursang, oting oʼzar,
Yomon yursang, baxting toʼzar.

Oriq degan yomon toy,
Yozga chiqib ot boʼlar.

Yomonlikni koʼp qilsa,
Yaxshi kishi yot boʼlar.

Ostonadan ayvon yaxshi,
Vijdonsizdan hayvon yaxshi.

Ota bolasi boʼlma,
Odam bolasi boʼl.

Ota-onasini tanimagan tangrisini tanimas.

Otangni oʼldirganga onangni ber.

Otangni oʼldirganga yaxshilik qil.

Otning yomoni — ola,
Xotinning yomoni — balo.

Otning yomoni oxur buzar.

Otning yomoni toy bilan oʼynar,
Eshakning yomoni ot bilan oʼynar.

Otning oʼlimi — itning bayrami.

Oxir zamon boʼlsa,
Togʼa jiyan bilan qozilashar.

Oq degan — olqish,
Qora degan — qargʼish.

Oq it, qora it, bari — bir it.

Oqkoʼngillikning oti ham ozmas,
Toʼni ham toʼzmas.

Rahbarning yaxshisi undirar,
Yomoni soʼldirar.

Rizq ham azaliy,
Yomon ham azaliy.

Savobi oshkoradan
Gunohi pinhona afzal.

Savobning tagi — teshik.

Savobning eshigi — koʼp.

Saroy qurib, shahar buzma.

Suvning ishi — oʼpirmoq,
Oʼtning ishi — kuydirmoq.

Suzadigan sigirga muguz bitmas.

Suzagʼon sigir shoxidan ayrilar.

Taqir yerdan chang chiqarma,
Yoʼq yerdan jang chiqarma.

Tentak tosh terar,
Qotil — bosh.

Tentak choʼqmor yigʼar.

Tepib oʼtma, suyab oʼt.

Tikan boʼlib oyoqqa qadalguncha,
Gul boʼlib koʼkrakka sanchil.

Tilagi yaxshi kamol topar,
Tilagi yomon — zavol.

Tosh bilan urganni osh bilan ur.

Tosh otganga osh ot.

Tuzgan ham odam,
Buzgan ham odam.

Tuyaning boʼyni yomon,
Yomonning oʼyini yomon.

Tugʼiladigan bolaga toʼgʼanoq boʼlma.

Toʼyda koʼrsa, toʼnimni ber,
Uyda koʼrsa, unimni ber.

Toʼriq koʼz chiqarar.

Uyi buzuq oʼngalur,
Oʼyi buzuq oʼngalmas.

Urushqoq xoʼroz semirmas.

Ustalik joy bitar,
Qassoblik joy yitar.

Xayr qil oʼladigandek,
Imorat qur oʼlmaydigandek.

Xayrli ishning kechi yoʼq.

Xayrli ishning xayrixohi koʼp.

Chayonning kasbi — chaqish.

Chala dovruqqa chol yiqilar.

Shaytonning ozdirgani — oʼziniki.

Shakar pashshasiz boʼlmas,
Аrpa — kesaksiz.

Sharob uzumdan rang olar,
Odam odamdan rangtolar.

Shaharning qaʼlasi — qoʼrgʼon,
Odamning yomoni — gap urgan.

Egovni egov yeydi,
Zaharni zahar yeydi.

Ezgulikning kechi yoʼq.

Ey til, yaxshilikni bil.
El yaxshilikni unutmas.

Elchiga oʼlim yoʼq.

Elchining kechikkaniga suyun.

Enang qilsa zoʼrlikni,
Bolang tortar xoʼrlikni.

Er yigit elga tortar,
Yomon yukin elga ortar.

Erga bersang oshingni,
Erlar silar boshingni.

Itga bersang oshingni,
Itlar gʼajir boshingni.

Eskisiz yangi boʼlmas,
Yomonsiz yaxshi boʼlmas.

Echki egiz tugʼib qoʼydan oshmas,
It egiz tugʼib eldan oshmas.

Echkini ham oʼz oyogʼidan osarlar,
Qoʼyni ham.

Echkining yogʼi boʼlmas,
Yaxshining — dogʼi.

Eshak siypaganni bilmas,
Yomon — siylaganni.

Yalangʼoch igna kiyintiradi.

Yangilik yaratar bir kishi,
Bahramand boʼlar har kishi.

Yanisa, pichoq kesar,
Yalinsa, yaxshi kechar.

Yaramas oʼtdan yaramas tutun chiqar.

Yaramas yarogʼ yigʼar.

Yaxshi aytar:
Yoʼl qoʼydim,
Yomon aytar:
Men yengdim.

Yaxshi bilan yoʼldosh boʼlsang,
Yetarsan yiroqqa.
Yomon bilan yoʼldosh boʼlsang,
Tusharsan tuzoqqa.

Yaxshi bilan yoʼldosh boʼlsang,
Ishing bitar.
Yomon bilan yoʼldosh boʼlsang,
Boshing ketar.

Yaxshi bilan yoʼldosh boʼlsang,
Holva bilan shakar.
Yomon bilan yoʼldosh boʼlsang,
Obroʼying toʼkar.

Yaxshi bilan yurdim,
Yoʼlimni topdim.
Yomon bilan yurdim,
Goʼrimni topdim.

Yaxshi bilan yursang,
Yetarsan murodga.
Yomon bilan yursang,
Qolarsan uyatga.

Yaxshi bilan yursang,
Kunda bozor.
Yomon bilan yursang,
Koʼngling ozar.

Yaxshi bilib soʼzlar,
Yomon tilib soʼzlar.

Yaxshi bir tavba qiladi,
Yomon — yuz.

Yaxshi bitirar,
Yomon yitirar.

Yaxshi boshlaydi yoʼlga,
Yomon tushirar qoʼlga.

Yaxshi — bogʼ-u boʼston,
Yomon — qora qozon.

Yaxshi boʼlsang, bolday boʼl,
Yomon boʼlsang, uvday boʼl.

Yaxshi boʼlsang, yaqin koʼp.

Yaxshi boʼlsang, yasharsan,
Nasibangni osharsan.

Yaxshi boʼlsang, oʼzarsan,
Yomon boʼlsang, toʼzarsan.

Yaxshi yonida yomon ham oʼngishadi.

Yaxshi joningga oʼrtoq,
Yomon — noningga.

Yaxshi it oʼligini koʼrsatmas.

Yaxshi ishga jarchi boʼlsang, jirkanma.

Yaxshi yigit bilan yaxshi ot — koʼpniki.

Yaxshi kishi — tegchil,
Yomon kishi — kekchil.

Yaxshi odam oʼynab-kuhb kecbirar,
Yomon odam qon-u zardob ichirar.

Yaxshi ot erniki, er — elniki.

Yaxshi otga oʼgʼirlik koʼp,
Yaxshi xotinga — zoʼrlik.

Yaxshi otga qamchi kerakmas,
Yaxshi qizga — sovchi.

Yaxshi otdan yiqilsa, yomon — tabachi,
Yomon otdan yiqilsa, yaxshi — hudaychi.

Yaxshi oshini yer,
Yomon — boshini.

Yaxshi suydirar, yomon soʼndirar.

Yaxshi turmas, yomon oʼlmas.

Yaxshi uydan yaxshi tutun chiqar.

Yaxshi xislat — goʼzal fazilat.

Yaxshi xunuk libos bilan ham yaxshi.

Yaxshi chechakka bolari qoʼnar.

Yaxshi — sharofatli,
Yomon — kasofatli.

Yaxshi — el gʼamida,
Yomon — oʼz gʼamida.

Yaxshi yurgan yerida,
Tinchlik solar eliga.

Yomon yurgan yerida,
Oʼt qoʼyadi eliga.

Yaxshi yaxshiga yondashtirar,
Yomon yoʼldan adashtirar.

Yaxshi oʼzini yomonning yonida tanitar.

Yaxshi qand yedirar,
Yomon — pand.

Yaxshiga gul — soya.

Yaxshiga yetishtir,
Yomondan ketishtir.

Yaxshiga yov yarashmas,
Yomonga — dov.

Yaxshiga yondash,
Yomondan adash.

Yaxshiga iyarsang — oziq,
Yomonga iyarsang — yoziq*.

Yaxshiga el dil ochar,
Yomondan turmay qochar.

Yaxshiga qora yuqmas,
Yomonga el boqmas.

Yaxshida gina boʼlmas,
Yomondan gina ketmas.

Yaxshida yarogʼ boʼlmas.

Yaxshidan yomon tugʼilsa,
Eli topilmas.

Yomondan yaxshi tugʼilsa,
Tengi topilmas.

Yaxshidan yomon chiqdi, deb kuyinma,
Yomondan yaxshi chiqdi, deb suyunma.

Yaxshidan — nazar,
Yomondan — hazar.

Yaxshidan ot qoladi,
Yomondan — dod.

Yaxshidan — yaroq,
Yomondan — tayoq.

Yaxshilar topib soʼzlar,
Yomonlar qopib soʼzlar.

Yaxshilarga xizmat qilsang,
Ham aytadi, ham qaytadi.

Yaxshilik ikki jahonni orttirar.

Yaxshilik koʼzga koʼrinmas,
Yomonlik koʼmib qoʼyilmas.

Yaxshilik nur keltirar,
Yomonlik — zulmat.

Yaxshilik toʼiga eltar,
Yomonlik — goʼiga.

Yaxshilik eksa, esonlik oʼrar.

Yaxshilik — yuzda,
Yomonlik — koʼzda.

Yaxshilik qil, daryoga tashla,
Baliq bilar,
Baliq bilmasa, xoliq bilar.

Yaxshilik qil, uyingga aytma.

Yaxshilik qil, umidvor boʼl,
Yomonlik qil, xabardor boʼl.

Yaxshilik qilmasang, yomonlik ham qilma.

Yaxshilik qilsang, yashir,
Yaxshilik koʼrsang, oshir.

Yaxshilikni daryoga qil, biyobondan top.

Yaxshilikni erdan soʼra,
Er bilmasa, eldan soʼra.

Yaxshini yetim dema
Yomonni — oʼzim.

Yaxshini koʼrib fikr qil,
Yomonni koʼrib shukur qil.

Yaxshini soʼksang, suyagidan oʼtar,
Yomonni ursang, terisidan oʼtar.

Yaxshining beli singuncha,
Yomonning koʼzi koʼr boʼlsin.

Yaxshining bolasi toʼrga tortar,
Yomonning bolasi — eshikka.

Yaxshining gapi — moy,
Yomonning gapi — loy.

Yaxshining ishi — jannat,
Yomonning ishi — kasofat.

Yaxshining nasihatiga kirmagan,
Yomonning yoʼliga yurar.

Yaxshining tilagi ham yaxshi,
Yomonning niyati ham yomon.

Yaxshining yaxshiga ortar himmati,
Yomonning yaxshiga ortar illati.

Yaxshining qoʼli singuncha,
Yomonning beli sinsin.

Oʼzing yaxshi — olam yaxshi.

Oʼzingga ravo koʼrmaganni
Oʼzgaga ham ravo koʼrma.

Oʼlganda goʼring keng boʼlsin,
Tiriklikda — feʼling.

Oʼt tosh yorar,
Tosh bosh yorar.

Oʼtganlardan ibrat ol,
Kelajakka ibrat boʼl.

Oʼtib ketguncha, ekib ket.

Oʼtni oʼt bilan oʼchirib boʼlmas.

Oʼchakishgan it qopmay qoʼymas.

Qalb qozoni qaynamas,
Qaynasa ham quyulmas.

Qalbning yuzi qora.

Qasd qilgan past boʼlar.

Qashqirning oʼyi — yomonlik,
Qoʼyning oʼyi — omonlik.

Qilich tutgan qilichdan oʼlar.

Qozonga yondashsang, qorasi yuqar,
Yomonga yondashsang, yarasi yuqar.

Qoramiq donasi boʼlguncha,
Bugʼdoyning somoni boʼl.

Qochib ketguncha, sochib ket.

Qoshiq bilan osh berib,
Sopi bilan koʼz chiqarma.

Qoqilsa, suya,
Yiqusa, koʼtar.

Quduqni kim qazir,
Suvini kimlar ichar.

Quyrugʼini bossang, sichqon ham chiyillaydi.

Qush koʼnglini ogʼritma.

Qoʼyini birov qarar,
Sutini kimlar ichar.

Qoʼlingdan kelsa, qoʼlingdan ber,
Qoʼlingdan kelmasa, yoʼlingdan ber.

Gʼaraz marazdan yomon.

Havas qilgan yetar,
Hasad qilgan yitar.

Har zogʼ,
Har zogʼda ming dogʼ.

Har kirn oʼz qilmishidan topar.

Har kimning amali oʼz oyogʼidan.

Hoʼkizning shoxi eshakda boʼlsa,
Tirik zotni qoʼymasdi.