Press "Enter" to skip to content

Xashorotlar haqida she’rlar to‘plami

Бабочки добрее человека….

Xashorotlar haqida she’rlar to‘plami

Bolalar uchun xashorotlar haqidagi she’rlarni qabul qiling.

  1. CHIGIRTKA — Aziz Abdurazzoq
  2. NINACHI — Shukur Sa’dulla
  3. KAPALAK — Zafar Diyor
  4. KAPALAKLAR — Muhammad Yusuf
  5. O‘RGIMCHAK — Shuhrat HAKIMOV,
  6. PASHSHA VA BOLARI
  7. ASALARI
  8. CHUVALCHANGGA — Nurulloh Oston
  9. CHUMOLIJON — Murod Rahmon,

CHIGIRTKA — Aziz Abdurazzoq

— Hoy, chigirtka, chigirtka,

Sen ham ekin yeysanmi?

Hoy, chigirtka, chigirtka,

Ekmay tekin yeysanmi?

— Men ham ekin yeyman, ha,

Lekin tekin yemayman.

Yesam halol deyman, ha,

Sira tekin demayman.

Ekin yesam o‘rniga

Qo‘shiq aytib beraman.

Alla aytib turaman.

NINACHI — Shukur Sa’dulla

Bog‘da uchar ninachi,

Gulni quchar ninachi.

Biram chiroyli, qarang,

Shisha kabi ko‘zi bor,

Yum-yumaliq yuzi bor.

Bog‘ni kezib yuradi,

Guldan sharbat so‘radi.

Yozganda ikki qanot,

Xuddi ko‘kda samalyot.

Juda beozor o‘zi,

Attangki, gung, yo‘q so‘zi.

Sen — quvonchim, ninachi.

Bog‘imizda uchib yur,

Gullarimni quchib yur!

KAPALAK — Zafar Diyor

Hoy, kapalak, kapalak,

Muncha shoshib uchasan,

To‘xta, so‘zlayin andak.

Uchrataman har kuni

Seni har kun bog‘chamda,

So‘rib gullar sharbatin

Borib ushlay deganda

Shoshib darhol uchasan.

Sira tutqich bermasdan

Guldan gulga ko‘chasan.

Mendan aslo qochmagin,

Do‘st bilaman o‘zimga.

Oh, yoqadi ko‘zimga.

Uch, uchaver, uchaver,

Go‘zal bog‘cham — gulshanda.

Sira ozor bermayman

Sevgim, fikrim bor senda.

Do‘st bo‘laylik ikkimiz,

To‘xta, so‘zlayin andak!

KAPALAKLAR — Muhammad Yusuf

Tug‘ilgandan men sho‘rlikning bag‘rim qon,

Bir jismda talashadi ikki jon

Jon talashsam, tepada charx urgan ul,

Kapalaklar odamlardan mehribon….

Oqqushlarim, oq yomg‘irda ucharlar,

Saharlardan shudring-sharob icharlar,

Tanlamayin qabrlarni qucharlar,

Kapalaklar odamlardan mehribon….

Gulga qo‘nsa, qanotlari botmaydi,

Ojizlarim birovga tosh otmaydi,

Bir kun yashar, bir-birini sotmaydi,

Kapalaklar odamlardan mehribon….

Bir qarasang, na kulbasi, uyi yo‘q,

Na tovushi, na qo‘shig‘i, na kuyi yo‘q,

Kapalakning kambag‘ali, biyi yo‘q,

Kapalaklar odamlardan mehribon….

Kapalakning Ka’basidir hur dala,

Dalasida mehr to‘la, nur to‘la,

Baxtsiz bo‘lsa, bari baxtsiz bir yo‘la,

Kapalaklar odamlardan mehribon….

Oydin oqshom yodga tushding, o malak,

Seni o‘ylab bo‘ldi yana qon yurak,

Sevaman deb aldamaydi kapalak.

Kapalaklar odamlardan mehribon.

Muhammadga ishongan ey, mo‘minlar,

O‘lsam so‘zim eslab, o‘yga cho‘minglar,

Kapalakning qanotiga ko‘minglar,

Kapalaklar odamlardan mehribon…

O‘RGIMCHAK — Shuhrat HAKIMOV,

Makon etib burchakni,

Ajoyib to‘r to‘qiyman.

Pashshani tutmoq uchun

Ov darsini o‘qiyman.

Qo‘nmasin surbet chivin.

Sog‘lom bo‘lay desang,

Bolakay, tezroq yuvin!

PASHSHA VA BOLARI

Qaysidir bir zamonda,

Bitta pashsha bor ekan.

U izgʼib xar tomonda,

Ifloslikka zor ekan.

Xar yon gʼoʼngʼillab uchib,

Bor narsaga qoʼnarkan.

Uni mikrob tashuvchi,

Desa toʼgʼri boʼlarkan.

Oʼsha pashsha bir kuni,

«Chaqib olmasin meni»

Deb qochibdi nariga.

Soʼng debdi bolariga:

Chidaming zoʼr bariga,

Ishlaysan kech kirguncha.

Nimaga menga oʼxshab,

Tekin ovqat yemaysan.

Uyimga qadam tashlab,

Mexmon boʼlay demaysan.

Bolari der: xoy, pashsha,

Bunday dema ikkinchi.

Qadaming oʼylab tashla,

Yana shunday deginchi!

Sen bilan gaplashgani,

Men emasman bekorchi.

Tez koʼzimdan yoʼqolchi!

Bu gapning taʼsirida,

Xaykaldek qotib qoldi.

Quyonday qochib qoldi!

ASALARI

Qoʼnib sharbat yigʼadi.

Zaxmat chekib kuni,

Shirin asal qiladi.

Buning uchun bol ari,

Bizga juda foydadir.

Shu bois doim ular,

Gullar chaman joydadir.

CHUVALCHANGGA — Nurulloh Oston

Yomgʻir yogʻar xoʻp ezib,
Chiq chuvalchang yer qazib.
Choʻzil koʻchada yayrab,
Baqalar bersin sayrab.
Qoʻrqma endi sovuqdan,
Ehtiyot boʻl tovuqdan!

CHUMOLIJON — Murod Rahmon,

Mehnatingga qoyil qolaman,
G‘ayratingdan o‘rnak olaman.
Sendek ixcham, epchil bo‘laman,
Nimjon emas, bo‘laman chaqqon,
Chumolijon, ey, chumolijon!
Aslida sen jonzot qiroli –
Tinmaysan hech dehqon misoli.
Do‘stlashaylik, kel, ey chumoli,
Menga yoqib qolding sen chunon,
Chumolijon, ey, chumolijon!
Qachon ko‘rsam, ahil-u inoq,
Hashar qilib yasharlar har choq.
Odamlarga o‘xshaydi ko‘proq,
Goh kuzatib, goh kutar mehmon –
Chumolijon, ey, chumolijon!

 

Xashorotlar haqida she’rlar to‘plami

Yomgʻir yogʻar xoʻp ezib,
Chiq chuvalchang yer qazib.
Choʻzil koʻchada yayrab,
Baqalar bersin sayrab.
Qoʻrqma endi sovuqdan,
Ehtiyot boʻl tovuqdan!

CHUMOLIJON – Murod Rahmon,

Mehnatingga qoyil qolaman,
G‘ayratingdan o‘rnak olaman.
Sendek ixcham, epchil bo‘laman,
Nimjon emas, bo‘laman chaqqon,
Chumolijon, ey, chumolijon!
Aslida sen jonzot qiroli –
Tinmaysan hech dehqon misoli.
Do‘stlashaylik, kel, ey chumoli,
Menga yoqib qolding sen chunon,
Chumolijon, ey, chumolijon!
Qachon ko‘rsam, ahil-u inoq,
Hashar qilib yasharlar har choq.
Odamlarga o‘xshaydi ko‘proq,
Goh kuzatib, goh kutar mehmon –
Chumolijon, ey, chumolijon!

Oxshash xabarlar:

Hashorotlar haqida she’rlar

Bolalar uchun hashorotlar haqidagi qiziqarli she’rlar to’plami.

Chigirtka

Aziz Abdurazzoq she’ri

She'rni ochish / Yopish

— Hoy, chigirtka, chigirtka,
Sen ham ekin yeysanmi?
Hoy, chigirtka, chigirtka,
Ekmay tekin yeysanmi?
— Men ham ekin yeyman, ha,
Lekin tekin yemayman.
Yesam halol deyman, ha,
Sira tekin demayman.
Ekin yesam o‘rniga
Qo‘shiq aytib beraman.
Yotganingda o‘rningga,
Alla aytib turaman.

Ninachi

Shukur Sa’dulla she’ri

She'rni ochish / Yopish

Bog‘da uchar ninachi,
Gulni quchar ninachi.
Biram chiroyli, qarang,
Qanotlari rang-barang.
Shisha kabi ko‘zi bor,
Yum-yumaliq yuzi bor.
Bog‘ni kezib yuradi,
Guldan sharbat so‘radi.
Yozganda ikki qanot,
Xuddi ko‘kda samalyot.
Juda beozor o‘zi,
Attangki, gung, yo‘q so‘zi.
Ovunchog‘im ninachi,
Sen — quvonchim, ninachi.
Bog‘imizda uchib yur,
Gullarimni quchib yur!

Kapalak

Zafar Diyor she’ri

She'rni ochish / Yopish

Hoy, kapalak, kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Muncha shoshib uchasan,
To‘xta, so‘zlayin andak.
Uchrataman har kuni
Seni har kun bog‘chamda,
So‘rib gullar sharbatin
O‘ltirasan olchamda.
Borib ushlay deganda
Shoshib darhol uchasan.
Sira tutqich bermasdan
Guldan gulga ko‘chasan.
Mendan aslo qochmagin,
Do‘st bilaman o‘zimga.
Pildir-pildir uchishing,
Oh, yoqadi ko‘zimga.
Uch, uchaver, uchaver,
Go‘zal bog‘cham — gulshanda.
Sira ozor bermayman
Sevgim, fikrim bor senda.
Kapalakjon, kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Do‘st bo‘laylik ikkimiz,
To‘xta, so‘zlayin andak!

Kapalaklar

Muhammad Yusuf she’ri

She'rni ochish / Yopish

Tug’ilgandan men sho’rlikning bag’rim qon,
Bir jismda talashadi ikki jon
Jon talashsam, tepada charx urgan ul,
Kapalaklar odamlardan mehribon….

Oqqushlarim, oq yomg’irda ucharlar,
Saharlardan shudring-sharob icharlar,
Tanlamayin qabrlarni qucharlar,
Kapalaklar odamlardan mehribon….

Gulga qo’nsa, qanotlari botmaydi,
Ojizlarim birovga tosh otmaydi,
Bir kun yashar, bir-birini sotmaydi,
Kapalaklar odamlardan mehribon….

Bir qarasang, na kulbasi, uyi yo’q,
Na tovushi, na qo’shig’i, na kuyi yo’q,
Kapalakning kambag’ali, biyi yo’q,
Kapalaklar odamlardan mehribon….

Kapalakning Ka’basidir hur dala,
Dalasida mehr to’la, nur to’la,
Baxtsiz bo’lsa, bari baxtsiz bir yo’la,
Kapalaklar odamlardan mehribon….

Oydin oqshom yodga tushding, o malak,
Seni o’ylab bo’ldi yana qon yurak,
Sevaman deb aldamaydi kapalak.
Kapalaklar odamlardan mehribon.

Muhammadga ishongan ey, mo’minlar,
O’lsam so’zim eslab, o’yga cho’minglar,
Kapalakning qanotiga ko’minglar,
Kapalaklar odamlardan mehribon…

O‘rgimchak

Shuhrat HAKIMOV she’ri

She'rni ochish / Yopish

Makon etib burchakni,
Ajoyib to‘r to‘qiyman.
Pashshani tutmoq uchun
Ov darsini o‘qiyman.
Toki dasturxoningga
Qo‘nmasin surbet chivin.
Sog‘lom bo‘lay desang,
Bolakay, tezroq yuvin!

Pashsha va bolari

She'rni ochish / Yopish

Qaysidir bir zamonda,
Bitta pashsha bor ekan.
U izgʼib xar tomonda,
Ifloslikka zor ekan.
Xar yon gʼoʼngʼillab uchib,
Bor narsaga qoʼnarkan.
Uni mikrob tashuvchi,
Desa toʼgʼri boʼlarkan.
Oʼsha pashsha bir kuni,
Yoʼliqib bolariga,
«Chaqib olmasin meni»
Deb qochibdi nariga.
Soʼng debdi bolariga:
Kuyib-pishding namuncha?
Chidaming zoʼr bariga,
Ishlaysan kech kirguncha.
Nimaga menga oʼxshab,
Tekin ovqat yemaysan.
Uyimga qadam tashlab,
Mexmon boʼlay demaysan.
Bolari der: xoy, pashsha,
Bunday dema ikkinchi.
Qadaming oʼylab tashla,
Yana shunday deginchi!
Sen bilan gaplashgani,
Men emasman bekorchi.
Zararkunanda, qani
Tez koʼzimdan yoʼqolchi!
Bu gapning taʼsirida,
Xaykaldek qotib qoldi.
Obroʼsini borida,
Quyonday qochib qoldi!

Asalari

She'rni ochish / Yopish

Asalari gullarga,
Qoʼnib sharbat yigʼadi.
Zaxmat chekib kuni,
Shirin asal qiladi.
Buning uchun bol ari,
Bizga juda foydadir.
Shu bois doim ular,
Gullar chaman joydadir.

Chuvalchangga

Nurulloh Oston she’ri

She'rni ochish / Yopish

Yomgʻir yogʻar xoʻp ezib,
Chiq chuvalchang yer qazib.
Choʻzil koʻchada yayrab,
Baqalar bersin sayrab.
Qoʻrqma endi sovuqdan,
Ehtiyot boʻl tovuqdan!

Chumolijon

Murod Rahmon she’ri

She'rni ochish / Yopish

Mehnatingga qoyil qolaman,
G‘ayratingdan o‘rnak olaman.
Sendek ixcham, epchil bo‘laman,
Nimjon emas, bo‘laman chaqqon,
Chumolijon, ey, chumolijon!
Aslida sen jonzot qiroli –
Tinmaysan hech dehqon misoli.
Do‘stlashaylik, kel, ey chumoli,
Menga yoqib qolding sen chunon,
Chumolijon, ey, chumolijon!
Qachon ko‘rsam, ahil-u inoq,
Hashar qilib yasharlar har choq.
Odamlarga o‘xshaydi ko‘proq,
Goh kuzatib, goh kutar mehmon –
Chumolijon, ey, chumolijon!