Press "Enter" to skip to content

Sherlar qaerda yashaydi? Afrika hayvonlari: sher. Yovvoyi hayvon sher

Tishini ko'rguncha, ishini ko'r.

Hayvonlar haqida sara sherlar to‘plami

Barcha xonaki va yovvoyi hayvonlar haqida, kattalar va bolalar uchun eng sara sherlar to‘plami.

Hayvonlar haqida sherlar (Hayvonot bo‘gi)

Hayvonot bog’ida jayronni ko’rdim,
Tutqunlikda dili vayronni ko’rdim.
Ko’rdim, quruq shoxda sayrar to’tilar,
Yig’lamsirab tovush qayrar to’tilar.

Qanotdan ayrilib, qilar pardozlar,
Osmonida endi ucholmas g’ozlar.
Burgutlarning boshi egilgan yerga,
Bulbullarning yoshi to’kilgan yerga.

Kaklikning to’shi qon, tumshuqlari qon,
Qumrilarning ma’yus ko’zlari — doston …
Bu dunyo aslida hayvonot bo’gi,
Mushtoq — zorlikka kon boshdan-oyog’i.

Bir-bir barin sanab netarman, bas-da,
Neki go’zal bo’lsa, bari qafasda!

Uy hayvonlari haqida sherlar

Mushuk bilan kuchuk,
Va bir bedana,
Yashardilar kichik,
Uyda jamuljam.

Ular bilan birga,
Yashardi yana,
Egni-boshi xoll-xol,
Bir xonqizi ham.

Bir kuni shu uyda,
Yashovchi kishi,
Xuddi qolmaganday,
Bironta ishi.

Yuzlanib bedana,
Hamda kuchukka,
Yuzlanib mo‘ylovdor,
Baroq mushukka:

– Men aytsam noqulay,
Siz ayting, o‘zi,
Kerakmikin, – dedi, –
Bizga xonqizi?

– Bizga kerak emas
Bashang xonqizi, –
Deya miyovladi,
G‘iybatchi mushuk, –

Xoll-xol ipak ko‘ylak
Kiyadi o‘zi,
Bizni o‘ylamaydi,
Hech vaqt bu shumshuk.

Shunda uy egasi,
Oynakni ochib,
Dedi xonqiziga:
– Xayr, mitticham!

Bizga seni asrash,
Emas-ku vojib,
Bizga xoll-xol ko‘ylak,
Tikmaysan sen ham.

Va-vaqlab bedana,
Dedi: – Pitpildiq!
Shuyam ish bo‘ldimi?
Bu qanday qiliq?

Ezilib kuchukning,
Kattakon boshi,
Ko‘zlaridan oqdi,
Injuday yoshi.

Xonqizi-ku ketdi,
Beshovqin, bejang.
Ammo bir yil o‘tgach,
Qurib polizi.

Uy egasin holi,
Yomon bo‘ldi tang:
Kul tushib, em bo‘ldi,
Karam va sabzi.

Xonqizini chorlab,
Uyning egasi,
Har yoqqa yugurdi,
Ming holga tushib.

Eshitilmas edi,
Xonqizi sasi,
Qaylarga ketdiykin,
Bechora uchib.

Shunda uy egasi,
Pichirlab sekin,
Hasrat qildi birdan,
Sodiq kuchukka:

– Bu uyda hammaga,
Ishonish mumkin,
Ishonib bo‘lmaydi,
Faqat mushukka.

Echki haqida sherlar

Hammaga ma’lumdir echkining fe’li,
Qozonga tushguncha tinch tura olmas.
Doim egri bo‘lgay tanlagan yo‘li,
Hunar ko‘rsatmasa jim yura olmas.

Goho nihollarni g‘ajiydi obdon,
Cho‘pon tayog‘iga teginar goho.
Suruvni jarlikka boshlar nogahon,
O’zi chetlab o‘tar xatarni ammo.

Bir kuni echkining g‘ayrati qo‘zib,
Baland bir qoyaning uchiga chiqdi.
Boqdi bulutlarga ko‘zini suzib,
Yuksaklik zavqini surdi, miriqdi.

Tog‘larga to‘shaldi qorayib oqshom,
Endi qaytib tushmoq kerak-ku axir.
Izg‘irin boshlandi, yo‘qoldi orom,
Na giyoh, na suv bor, qoya tap-taqir.

Qandoq chiqdi u yon, o‘zi ham bilmas,
Qaytib tushmoqlikka topmadi chora.
Eng yuksak qoyaning ustida xullas,
Mung‘ayib bir o‘zi qoldi bechora.

Endi madad so‘rab ma’ray boshladi,
Osmonu falakni ko‘tarib boshga.
Bizning tilda aytsak, ko‘zin yoshladi,
Omad boshqa dedi, falokat boshqa.

Tongda nazar soldi qoyaga cho‘pon,
Echki haykal yanglig‘ qotgancha turar.
Yurakni ezgudek ma’raydi nolon,
O’ziga beto‘xtov himoya so‘rar.

Cho‘pon ham chiqolmas bundoq qoyaga,
U ham noilojdan boshin qashladi.
Fursatni ketkazmay deya zoega,
Qutqazish yo‘lini izlay boshladi.

Bir bora qaynaydi har holda qozon,
Suruv ro‘yxatidan uni o‘chirdi,
Darhol o‘qladi-yu miltig‘in cho‘pon,
Echkini qoyadan urib tushirdi.
Abdulla Oripov

Jazoladim echkimni

Rahmat aytar daraxtlar,
Qarsak chalar teraklar.
Ularning ham joni bor,
Ular bizga keraklar.

Avaylayman daraxtlarni,
Shoxini sindirmayman.
Shirin jonini og‘ritib,
Ko‘zini tindirmayman.

Navdasini g‘ajib ema,
Qaysar echki ket, bundan!,
Daraxtni xafa qilsang,
Rosa ko‘rasan mendan.

Bir kun echkim yashirincha,
Boqqa kirganin sezdim.
Ushlab oldim ayamay,
Quloqlaridan cho‘zdim.

Rosa kuldi daraxtlar,
Qarsak chaldi teraklar.

 

O‘rmonda navro‘z

Bahor kelib, Navroʻzni,
Kutvoldi ahli oʻrmon.
Ishonmasang kelib koʻr,
Qizir tomosha chunon.

Tantanani qirol Sher,
Ezgu soʻz bilan ochdi.
Shoir Bulbul sheʼr oʻqib,
Maʼno gavharin sochdi.

Soʻng boshlandi bellashuv,
Qiziq musobaqalar.
Bayram «askiya»sini,
Avj oldirdi baqalar.

Shoxdan-shoxlarga sakrab,
Akrobat boʻldi Qoplon.
Maymun esa eng baland,
Dorda oʻynadi chaqqon.

Goʻzallik tanlovida,
Tovusoyning tengi yoʻq.
Uzoqqa tez chopishda,
Kiyikvoy misoli oʻq.

Oʻynab-kular jonzotlar,
Quvonch keksa-yoshida.
Toshbaqa ulkan Filni,
Koʻtaroldi toshida.

Hamma qoldi hayratda,
Tulki – mohir fokuschi.
Chaqqon harakat qilar,
Kenguru – zoʻr bokschi.

Muxlislar olqishladi,
Kurashga toʻldi maydon.
Toʻqayning polvonlarin,
Yengdi Ayiq pahlavon…

Xullas, zoʻr boʻldi bayram,
Gʻoliblar endi tayin.
Oʻtsa hamki oʻn soat,
Tugamas bitta oʻyin.

Suv ostida koʻp turmoq –
Hozir shu bahs mahali.
Begemot bilan Timsoh,
Koʻlning tagida hali.

Ayiq haqida sherlar

O‘rmonda bo‘lganmisiz?
Ayiqni ko‘rganmisiz?
Ustida po‘stini bor,
Pisand emas unga qor.

Men uning naslidanman,
Ayiqning aslidanman.
Otamdan qoldi po‘stin,
O‘sha po‘stin menga to‘n.

Farqim shu: men qo‘g‘irchoq,
Bolalarga o‘yinchoq!

Buzoq haqida sherlar

Men buzoqman, buzoqman,
Shoxim chiqqan — suzoqman.
Lekin yumdalab tortmang,
U yon-bu yonga otmang.

Iflos yerga yo‘latmang,
O‘yinchoqman, qulatmang.
Buksangiz qayrilaman,
Oyoqdan ayrilaman.

Sigir bo‘lmayman unda,
Qaymoq bermayman kunda.
Mayli, o’ynang erta-kech,
Lekin ozor bermang hech!

O‘rmondagi armiya (Jonzotlar haqida)

Jonzotlarga bilsangiz,
Oʻrmon – yagona Vatan.
Qoʻriqlashar tun-u kun,
Boʻlishar bir jon-u tan.

Fillar «harbiylar» uchun
Zoʻr binolar quradi.
Lochin – «Havo hujumi»,
Hamlaga shay turadi.

Nazardan chetda qolmas,
Hech ne. Suvda-chi, dema.
«Hammasi nazoratda!»,
Nahang – «Suv osti kema».

Xushyor chegarachidir,
Dovyurak Jayra degan.
Yovga nayza urishda,
Uchiga chiqqan «mergan».

Maymunlar – kuchli juda,
Bari jasur va tanti.
Daraxtdan sakrar yerga,
Boʻlib «havo desanti».

«Taʼminot»da sichqon-u,
Asalchi ari ham bor.
Olmaxon tashir yongʻoq,
Yemishga toʻlar «ombor».

Yumronlar – «razvedkachi»,
Atrofni kuzatadi.
Qizilishton – «telegraf»,
«Signal»ni uzatadi.

Yovqur, tengsizdir ular,
Barchasi sara «jangchi».
Boʻrivoylar – «sanitar»,
Ayiqvoy – usta «tankchi».

«Maslahatchi» Tulkini,
Yengolmay yovlar garang.
«Harbiy xiyla»ga rosa,
Ekan ustasi farang…

Nomin aytsam birma-bir,
Yana qancha «piyoda».
Asrar ona Vatanin,
Dilda mehr ziyoda.

Mardlar safiga qoʻshil,
Bir chekkada turma-da.
«Maydon»da – Yoʻlbars, Qoplon,
Timsohlar – «pistirma»da…

Dono, adolatli Sher,
Bu qoʻshinga qoʻmondon.
Shu sababli yashnagay,
Zavol koʻrmasdan Oʻrmon!

Ona bola jonivorlar

Jirafaga
Dunyo kezib shahar, goh
Qishlog‘-u, cho‘l, tog‘daman.
Qulog‘ingga bir gapni
Aytolmasdan dog‘daman.

Mingoyoqqa
Butunlay xonavayron
Bo‘larman, endi bilsam:
Oyog‘ingga yetarli
Botinka sovg‘a qilsam.

Jirafaning bolasiga
Fe’ling juda ajoyib,
Hech kimga ranj eltmassan.
Qoqib qo‘yay yelkangga,
Bo‘ying o‘sib ketmasdan.

Mingoyoqning bolasiga
Bolalik zavqli paytdir,
Tinmay yugur, o‘ynay qol.
Zerikkanda oyog‘ing
Nechtaligin sanab ol.

Bo‘ri haqida sherlar

G‘or ichida och-nahor,
Barmoqlarin so‘rishib,
O‘tirishar Bo‘rilar,
Televizor ko‘rishb.

Paydo bo‘lgach ekranda,
O‘tlab yurgan qo‘y- qo‘zi,
Birdan hamma yirtqichning,
O‘ynab ketdi och ko‘zi.

Tish qayrashib so‘ng ular,
Ur-yiqitni boshlashdi,
Televizor sho‘rlikni,
Paqqos g‘ajib tashlashdi.

Bo‘rining dеgani

– Yurardim Bo‘riman dеb,
O‘rmonning zo‘riman, dеb.
Bugun esa ochman, hoy,
Madorim yo‘q butunlay.

Do‘st-u yor boqar zimdan,
Madad so‘rayman kimdan?
Xiralashgan ko‘zlarim,
Og‘riydi oyoqlarim.

Holim yo‘q, rangim – somon,
Shu qishdan chiqsam omon,
Bosh olib kеtar edim,
Qishi yo‘q yurtlar tomon.

Bo‘ri tush ko‘rsa

Bo’ri qay bir kun,
Chiqarmasdan un,
Boribdi ovga,
Kepti o’tovga.

So’lak oqizib,
Yotibdi pishib.
Charchab tolibdi,
Uxlab qolibdi.

Ko’rsa bo’ri tush,
Ko’ngil emish xush.
Yam-yashil o’tloq,
Talay qo’zichoq.

Bo’pti xushchaqchaq.
Uyg’onib, biroq,
Cho’pon bobodan –
Yeganmish tayoq.

Bo’rilar shundan,
Uxlamas tunda…

Tulki haqida sherlar (Tulkining degani)

– Salom, bu – mеn, tulkiman,
Sizga ayon kimligim.
Tan olaman, bor biroz
Ayyorligim, shumligim.

Yurmagayman lallayib,
Iz qilmayman qishloqni.
Hatto qarg‘a og‘zidan
Ob qochganman pishloqni.

Yo‘ldagi bo‘g‘irsoqni,
Tushirgayman paqqos man.
Tutqich bеrmay qochishda
Uddaburon raqqosman.

Tulkining so‘zi

Nomimdir ayyor tulki,
Mugʻombirligim shulki,
Asrash uchun jonimni,
Toʻq tutmayman qornimni.

Bilaman, hayvon borki,
Bir-biridan koʻp farqi.
Biri ojiz, biri zoʻr,
Biri toʻq, biri bazoʻr.

Kun koʻrar, bunda sabab –
Yurmas holiga qarab.
Koʻrsa shudgorda quyruq,
Nafs berar unga buyruq.

Deyman, boʻl oʻzdan hazir,
Ammo gap qilmas taʼsir.
Oʻrmon, toʻqay sultoni,
Sherning uzundir qoʻli,
Aytsam gapning dangalin,
Boʻlolmas ammo tulki.

Yoʻlda koʻp tuzoq-qopqon
Tushgaydir – nafsi oʻpqon.
Mana olaylik boʻri,
Oʻlja deb qurir shoʻri.

Ortiga qaytmas chunki,
Tingla, xoh qoʻling silki,
Boʻlmasang gar ehtiyot,
Silliq emasdir hayot.

Ahil bizning qavmimiz,
Juda nozik taʼbimiz,
Qilmaymiz oʻzni koʻz-koʻz,
Hamda ortiqcha gap-soʻz.

Hayvonning har xil turqi,
Oʻziga xosdir xulqi.
Mendan olmayin ulgi,
Boʻlishar mudom kulgi.

Yerga urib nomimni,
Bulgʻamang siz shaʼnimni.
Chiranmasin hayvonlar,
Hech tulki boʻlolmaslar.

Qirqta hiylam boʻlsa ham,
Kelavermas doim qoʻl.
Dushmanga koʻrinmaslik –
Yashash uchun qulay yoʻl.

Tipratikan haqida sherlar (Oyim bilmasin)

Tipratikanga,
Dedi G‘anisher:
-Buncha ignang ko‘p?
Birin menga ber.

Axir ko‘ylagim,
Qoldi yirtilib.
O‘rikning shoxi,
Qolgandi ilib.

Uyga tez borib,
Olib kelay ip.
Oyimga aytmay,
Qo‘yaman tikib!

Maymun haqida sherlar

Changalzorda bir zamon,
Avji tiriklik fasli.
Bizlarga esh, birodar,
Bo‘lgan odamzod nasli.

Yon qo‘shni-yu jon qo‘shni –
G‘orlarda yashaganmiz.
Neki topsak, qizg‘anmay,
O‘rtada oshaganmiz.

Shoxdan-shoxga sakrashib,
Terganmiz banan, kokos.
So‘ng taqsimlab olganmiz,
Jonu jigarlarga xos.

Shunday ahil edik biz –
Birgalikda qilib ov.
Yo‘lolmagan biz tomon,
Hatto qonxo‘r, yirtqich yov.

Beminnat po‘stin deya,
Mo‘yimizni asrardik.
Aqlning balosidan,
O‘yimizni asrardik.

Bilmadim ne xayolda,
Fikr qildi odamzod –
Quvib ilm ortidan,
Bo‘ldi bizga etti yot!

Asli azal do‘stlikka,
Shundan raxna tashlangan.
Ustara kashf etilgach,
Begonalik boshlangan.

Mushuk haqida sherlar (Mushukning sartaroshi)

Mushugimning mo‘ylovini
Qirqqan edim yashirib,
Buvim rosa koyidilar,
Bobom so‘kdi oshrib.

Dadam ushbu qilmishimni,
Ishdan kelib ko‘rdilar.
Etmaganday ular rosa,
Ta’zirimni berdilar.

Boshqa bunday qilmaslikka,
Qayta-qayta so‘z berdim.
Sartaroshlik menga emas,
Mana sinab ham ko‘rdim.

Men yaxshilik qilmoqchiydim,
Ishlar teskari oldi.
Yaxshilikka yomonlikmi?
Savolim ichda qoldi.

Qora mushukcha

Oyi, qora mushukchaga,
Popuk taqib qo‘yaylik.
Oyi, qora mushukchani,
Oppoq rangga bo‘yaylik.

Shunda qora mushukchani,
Quvmas daydi bolalar.
“Falokatning belgisi” deb,
Atamaydi xolalar.

Hamma uni ko‘rgan oni,
Deydi: “Buncha chiroylik!”.
Oyi, qora mushukchani,
Oppoq rangga bo‘yaylik.

Ohu haqida sherlar (Ohujon)

Muncha chiroyli o‘zing,
Ohujon.
Qop-qora shahlo ko‘zing,
Ohujon.

Yaqin borsam hurkasan,
Ohujon.
Sen nimadan qo‘rqasan,
Ohujon.

Bu yerlarda ovchi yo‘q,
Yo‘q xatar.
Biz holingdan doimo,
Boxabar.

To‘dang bilan sen yayrab,
O‘tlayver.
Qir-u adrda sakrab,
O‘ynayver.

Muncha chiroyli ko‘zing,
Ohujon.
Sahro suluvi o‘zing,
Ohujon.

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

Barchaga salom. Menga qora mushukcha she’ri judayam yoqdi. qolgan barcha malumotlarniham o’qib chiqdim. Barchasi alo darajada.

Manga qor mushukcha nomli sher judayam yoqdi, yana shunday sherlar ko’payaversin. Salom mening ismim Marjona. Sherlar juda ajoyib, bolalar uchun qiziqarli sayt ekan.

Marjona assalomu alayko’m. Bildirgan samimiy fikringiz uchun tashakkur. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

Hayvonlar haqidagi sherlar to’plami Zo’r ekan menga yoqdi. Ushbu hayvonlar haqidagi sherlardan yana yo’qmi?

Barchaga salom mening ismim marjona, iltimosim shuki menga yo’lbars haqida she’r kerak edi, kimda bo’lsa yozib yuboringlar iltimos.

Ajoyib sheʼrlar. Farzandimga yodlatyapman oʻqituvchisi hayvonlar haqida sheʼrlar yod oling deb topshiriq bergan ekan. Oʻrmonda Navroʻz she’ri juda yoqdi.

Zo’r ajoyib sherlar bor ekan. Menga ko’proq ohu va tulki haqidagi sherlar yoqdi. So‘nggi yuklangan mavzular Ko‘p o‘qilgan mavzular Bo‘limlardan birini tanlang

Sherlar qaerda yashaydi? Afrika hayvonlari: sher. Yovvoyi hayvon sher

Bugun hayvon podshohining hayot tarzi haqida ko'plab hikoyalar va afsonalar mavjud . Ammo sherlarning qanday va qaerda yashashlari haqidagi haqiqatdan ajralib turish uchun, masalani to'g'ri tushunishingiz kerak. Axir, sayyoramizning ko'p sonli hayvonlari orasida bu yirtqichlar ajoyib kuchi va kuchi bilan ajralib turadi. Ajoyib shov-shuv va jingalak ovozi sherga haqiqiy shohona ko'rinish beradi. Hatto bu hayvonning xulq-atvorida ham noyob qirollik odobi bor.

Jiddiy yirtqich

Arslonlarning qaerda yashashidan qat'iy nazar – yirtqich yoki asirlikda – ular doimo o'zlari qoladilar. Ular mobil, moslashuvchan va mushak tanasiga ega bo'lgan kuchli kuchli yirtqichlardir. Ular juda tez va mohirona ishlaydi. Bu yirtqich mushuklar kuchli jag'larga va katta tishlarga ega bo'lib, hayvonot dunyosining bunday yirik vakillarini hatto eng hayvonot bog'lari kabi saqlashga imkon beradi. Va tirnoqlarning yordami bilan o'ljani sherlar uchun qismlarga ajratish hech qanday muammo emas. Biroq, bu hammasi emas! Ko'rinishidan, hayvonning tili taralib, uning teriga yaxshi g'amxo'rlik qilish, burgalarni ushlash va Shomilni olib tashlash imkonini beradi.

Albatta, juda ko'p narsa sherning qaysi qit'asida yashaydi: uning hayotiy hayoti, u olingan oziq-ovqatning xilma-xilligi va hatto tashqi qiyofasi. Bugungi kunda bu yovvoyi hayvonni Afrikada va Osiyoda topish mumkin. Biroq, sayyorada sayyoradagi yirtqich qushlarning nomi – dengiz aslani bor. Garchi ularning ismlari bir-biriga o'xshash bo'lsa-da, hayvonlarning o'zi bir-biridan juda farq qiladi, va ularni chayqaltirishning mutlaqo mumkin emas.

Hayot tarzi

Leo – quyoshga qarash uchun ko'zlarini qisib qo'yolmaydigan mushukning vakili. Buning uchun uni hayvonlarning shohi deb atashadi. Arslonlarning yashash tarzlari, tabiiy sharoitlarda va insonga qarshi kurashda qanday qilib yashashlari, ularga hurmat va e'tibor berishi kerak.

Bu yirtqichlar oilalar ichida yashaydi, ular g'urur deb ataladi. Ular, odatda, bir yoki ikki erkak, bir necha arslon va sherlardan iborat. Erkaklar sherlar gurur yashaydigan joylarni himoya qiladi, chunki erkak solistlarning tajovuzlari juda tez-tez sodir bo'ladi. Arslonlar ovchilik va bolalarni tarbiyalash bilan shug'ullanadilar. Arslonlar kun bo'yi o'ynashyapti va kelajakda kerak bo'ladigan tezligi va tezlikni rivojlantirmoqda. Pridening o'rtacha soni yigirma kishidan iborat.

Aslan mulklari o'nlab kvadrat kilometr ochiq maydonlarga, shuningdek, chakalka bilan qoplangan maydonlarga tarqaldi.

Ko'p tuyoqlilarning sherlar xazinasida saqlanishi juda muhimdir. Axir, yirtqich mushuklarning taomlari ularning miqdoriga bog'liq.

Osiyo lioni

Asli Osiyo deb atalgan sherlar qaerda yashashini bilish qiyin emas. Ularning yashash joylari Hindistonning shimoli-g'arbiy qismidagi Qir o'rmonining hududida joylashgan. Mushuk oilasining bu kichikligi ba'zan Hind, Bengal yoki Fors deb nomlanadi.

Osiyolik sherlar o'zlarining afrikalik hamkasblariga juda o'xshash, biroq ularning o'lchamlari va tana og'irligidan ancha kam. Bundan tashqari, jun rangi qizg'ish-jigarrangdan kulrang va qora ranggacha farq qiladi.

Hindistonning sherlarning yashash maydoni faqatgina 1,412 km 2 ni tashkil etadi va u erda 359 dan ortiq odam yashamaydi. Ular bu yovvoyi mushuklarni o'rmonlar bilan almashib, kam rivojlangan o'rmonlarda ovlaydi. Bu hududlarda qancha sherlar bor, deyish qiyin. Endi bu erlarning katta qismi asta-sekin odamlar tomonidan bosib olinmoqda. Yirtqichlar ko'p ovlanish joylarini ularga topshirishlari kerak edi.

Hind sherlarini saqlab qolish

Bugungi kunda Hindistonning sherlari o'z hududlarini nafaqat odamlar bilan, balki boshqa yovvoyi mushuklar bilan bo'lishishlari kerak – hind leoparlari va Bengal qoplilari. Lekin bir necha asrlar oldin ular Yunonistonning qirg'oqlariga eng yuksak hukmronlik qilishdi. Ayrim shaxslar Don daryosi bo'ylab ham uchrashishi mumkin bo'lgan holatlar mavjud. Qadimgi afsonalarga ko'ra, Rossiyaning hududida oxirgi Bengaliyalik sher 10-asrda shahzoda Igor tomonidan vayron qilingan.

1907 yildan buyon bu hayvonlar faqat o'n uch xil bo'lib qoldi. Ammo ishonib bo'lmaydigan harakatlar insonni asirlikda saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi. Bugungi kunda sherlar yashaydigan qo'riqlanadigan qo'riqxonada mutaxassislar bu hayvonlarning hayotlari uchun doimo kurashmoqda.

Afrikalik sherlar

Afrikalik sherlar Markaziy Afrikada yashaydi. Mol-mulklari – bu juda muhim sug'orish joylarini o'z ichiga olgan savannahs hududi. Bu mukammal hayvonlarning erkaklarning asosiy bezaklari bosh, ko'krak va bo'ynini qoplaydigan maneadir. Tanasining uzunligi 240 sm, massasi esa 230 kg. Arslonlarning balandligi va vazni biroz kichikroq. Bu yovvoyi mushuklarning juni qisqa va zich. Osiyoning qarindoshlaridan farqli o'laroq, terining rangi ochiq sariqdan to'yingan qumga o'zgarib turadi. Insonning manealari asosiy rangdan bir oz quyuqroq.

Shimoliy Afrikada yoki Afrikada qora qit'ada yashayotgan bo'lishidan qat'iy nazar, ularning insoniyat tomonidan yo'q qilinish muammosi bir xil. Axir, taxminan yigirma yil avval, bu Afrikalik yirtqich hayvonlarning soni 230 mingdan oshdi. Bugungi kunda ularning soni o'n baravar kamaydi. Buning sababi insoniy dushmanlikdir. Arslonlarning yirik qoramollarga nisbatan tez-tez hujumlari tufayli aholiga qarshi zaharlanish uchun qurollar yoki qurollar ishlatiladi. Bu hayvonlar sonining keskin kamayishiga sabab bo'ldi.

Hayvonlarning shohligining umri

Yovvoyi mushuklarning hayotini saqlab qolish haqida gapirganda, yovvoyi tabiatda qancha jonli sher borligini o'ylab bo'lmaydi. Ammo, agar bu yirtqich hayvonlarni boshqa hayvonlar bilan taqqoslasak, unda ularning hayoti juda kichikdir. Asirlar ichida asirlardan farqli o'laroq, yirtqichlar ichida sherlar o'ttiz yoshga kam uchraydi. Axir, o'n besh yoshga to'lgandan keyin ular juda zaif, bu ularning oila ustidan hokimiyatini saqlab qolishlariga to'sqinlik qiladi. Bundan tashqari, ko'plab insonlar boshqa erkaklar bilan kurashgani uchun bu yoshda yashamaydilar. Lionesslarning umr ko'rish davomiyligi uzoqroq.

Timsohlar bilan janjallarda halok bo'lish, ular faqatgina tabiiy va o'limga duchor bo'lgan dushmanlardir. Ularning orasida eski kurash bor. Agar sher, er ustida bir timsohni buzsa, timsalani suv muhitida qasd qiladi.

Ovqat Pride

Arslonning yoqimli go'shti go'shtdir. Biroq, bu hayvon ishlatadigan asosiy oziq-ovqat sifatida xizmat qiladi. Bir sher o'zi yigirma beshta katta hayvonni iste'mol qiladi, o'rtacha og'irligi yuz kilogrammga etadi. Qizig'i shundaki, oziq-ovqatning asosiy daromadi sherlardir. Lekin ovqat boshlanganda mag'rurlik rahbari oldin oziq-ovqatga keladi. U eng mazali taomni tanlagan, qolganlari esa urg'ochilar va yoshlar tomonidan egan. Uch kun ichida bir marta arslon oilasiga tushadi. Har bir a'zo o'n sakkiz kilogramm go'shtni iste'mol qilishi mumkin. Ovqatdan so'ng mag'rurlik sug'orish joyiga ketadi. Kechki ovqatdan so'ng, oila yigirma soat davom etadigan uyquga o'tadi.

Shunisi e'tiborga loyiqki, yovvoyi mushuklarning yashash muhitida va ovida har doim yovvoyi mushuklar yoki chakalakalar mavjud. Va ko'pincha sher bilan faxrlanadilar, ular o'zlari chiqargan taomlarni ular bilan baham ko'rishadi.

Leone Hunt

Ko'pincha sherlar geyik, zebra, antilop, ba'zida jirafalarda o'ynaydi. Bunday boshqa hayvonlar ham istisno emas. Kunduzda sher mag'rurligi soyada dam olishga harakat qiladi, va kechqurun ov qilishadi. Odatda, haftada kamida bir marta to'rt kishidan iborat oila o'zlariga katta hayvon ishlab chiqaradi. Ov paytida alohida o'rin egallagan sher, jabrlanuvchining diqqatini qo'rqitadi va chalg'itadi. Uning qarindoshlari pushti bo'lib, o'tlar ichida yashirinib, asta sekin qorayib ketmoqda. Maxsus qonli ish odatda yosh sherlar tomonidan amalga oshiriladi, va keksa erkak umumiy jarayoni boshqaradi.

Biroq, ko'pincha arslonlar mag'rurlik uchun madencilerdir. Ular hayvonni o'ziga jalb qilib, asta-sekin unga yaqinlashadilar. Katta lanjlar kuchli zarbasi bilan sherlardan birini tanlab, qurbonni oyog'idan urib, tishlari bilan tomoqqa tashlaydi. Ovchilar uchun muvaffaqiyatli to'rtta uchta hujum. Arslonlarning yirtqich hujumga o'tishi bilan, sherlar erkaklar 60 km / soat tezlikka erishishlari mumkin bo'lgan barcha shon-shuhratlarida paydo bo'ladi.

Reproduktiv va nasl

Arslon hayvonlarni juda yaxshi ko'radi. Ehtimol, shuning uchun ular har qanday vaqtda ko'payadi. Juftlik qilish uchun erkaklar do'stlarini sherlar yashaydigan joydan olib ketishadi. Afrikada, Osiyo qardoshlaridan farqli o'laroq, etakchilar to'rtdan oltita ornaga ega bo'lishi mumkin. Ayolning homiladorlik davri uch yarim oy bo'lsa, u oilani avlodlar uchun ishlashga qoldiradi. Buning uchun sherlar butalar qalinligida burni tanlaydi.

Arslonlar ko'r va yordamsiz tug'iladi. Teri po'sti bilan qoplangan, ular o'sib chiqqanda yo'qoladi. Tug'ilgan chaqaloqlarning o'rtacha soni uchdan besh kishiga qadar farq qiladi, ammo muddatda qadar, yarmidan ko'pi yashamaydi. Ular ona shirasining sutini iste'mol qiladilar, ammo etti oyliklarida go'shtni eyishni boshlaydilar. Bolalar mag'rur bo'lishlari ikki oylik ishlashga qo'shiladi. Voyaga etgan sherlar faqat besh yoshda hisoblanadi.

Dengiz sherlari

Sherlar haqida gapirganda, ularning suv nomlarini unutmaymiz – dengiz sherlari. Yovvoyi mushuklarga o'xshamaydigan bu pindipoldalar muhrlarga juda o'xshash. Faqatgina farq shundaki, ular uzoq masofaga ko'chib o'tishga harakat qilishmaydi va qish uchun qirg'oqlarida qolishadi. U erda, dengiz sherlari yashaydigan joyda, chiroyli ko'kalamzor ulkan hududlar yo'q, va savannalarda bo'lgani kabi issiq kunlar yo'q. Bu hayvonlar deyarli barcha shimoliy Tinch okeanining sovuq suvlarida, shuningdek, Tinch okeanining janubiy qismlarida va Atlantika okeanlarida yashaydi. Ularning yashash joyi Kaliforniyadagi yarimorol, Galapagos orollari va Shimoliy Amerikaning sohilida, shuningdek, Yaponiyaning janubi-sharqiy qismida joylashgan.

Dengiz sherlari baliq iste'mol qiladi . Ba'zan, uni qo'lga olish uchun ular to'qson metrgacha chuqurlikda sho'ng'irishlari kerak. Bundan tashqari, bu pinnipedlar dietasi mollyuskalar va xantalar ham o'z ichiga olishi mumkin.

Hayvonlar haqida sher eng sara sherlar to‘plami

Bedana tezotar bo'lsa,
O'z boshini o'zi yer.

Bedananing «vit» degani — qochgani.

Bo'ri bo'ronda quturar.

Bo'rining ozig'i — burnida.

Zag'izg'on sog'ligidan o'lmas, suqligidan o'lar.

Zag'izg'on chaqib to'q bo'lmas.

Zag'cha sigirdan qo'rqmas.

Itda jiyan yo'q,
Baqada — qayin.

Itdan suyak ortmas,
Mushukdan — bez.

Ot — yigitning yo'ldoshi.

Ot — yigitning qanoti.

Ot olsang, ho'kiz qorindan ol,
Ho'kiz olsang, ot qorindan ol.

Tishini ko'rguncha, ishini ko'r.

Toy otga yetkazar,
Ot — murodga.

Toy otga ergashar,
Qo'y — serkaga.

Toyni toy deb xo'rlama,
Erta-indin ot bo'lar.

Tog' bo'risiz bo'lmas,
To'qay arslonsiz bo'lmas.

Tog'iga qarab quloni,
Suviga qarab — iloni.

Tuya silkinsa, eshakka yuk chiqar.

Tuya to'pig'i ham to'piq,
Qo'y to'pig'i ham to'piq.

To'ng'izni botqoqda bos.

Chopqir ot — o'tkir pichoq.

Cho'pon bo'lsang, qo'yni boq,
Moyi toshsin choradan.

It boqqanda sirtlon boq,
Qo'y oldirmas qo'radan.

El tinsa ham, it tinmas.

El qo'nmay, it tinmas.

Etik kiysang, er bo'lasan,
Otga minsang, sher bo'lasan.

Etning yaxshisi — qazi,
Itning yaxshisi — tozi.

Echki bo'lsa, qo'yga yo'l ochilar.

Echki qo'y bo'lmas,
Eshak — toy.

Eshak minganning oyog'i tinmas.

Eshak urgan bilan ot bo'lmas.

Eshakka pashmakdan xashak yaxshi.

Yuvvosh it hurmay tishlar.

Yuvvosh otning tepkisi qattiq.

Yuvvosh tuya yumushga yaxshi.

Yaxshi ot yod qoldirar,
Yomon ot lat qoldirar.

Yaxshi ot jonga sherik,
Yomon ot — molga.

Yaxshi ot — ko'pniki.

Yaxshi ot oyog'idan ozar.

Yaxshi ot to'rvasini orttirar,
Yomon ot — qamchisini.

Qalmoqi ot qoqilmas,
Qoqilsa ham, yiqilmas.

Qarg'a keldi — qish keldi.