Islom haqida 20 ta qiziqarli ma lumotlar
8 — Qur‘oni karimdagi eng uzun sura Baqara. Eng qisqa sura esa Kavsar surasidir.
Islom dini haqida 40 qiziqarli malumotlar
Bu maqola orqali islom dini haqida qiziqarli malumotlarni birma-bir o‘qib tanishib chiqishingiz mumkin.
1 — Islom shamshirlar tig‘i ostida tarqalmagan. U ma‘rifat bilan tarqalgan. Zero, Qur‘oni karimda: “Dinda zo‘rlash yo‘q, zero, to‘g‘ri yo‘l yanglish yo‘ldan ajrim bo‘ldi. Bas, kim shaytonni (yoxud butlarni) inkor etib, Allohga imon keltirsa, demak, u buzilmas, ishonchli halqani tutibdi. Alloh eshituvchi va biluvchidir” (Baqara surasi 256-oyati), deyilgan.
2 — Albaniya Yevropadagi aholisining 90 foizi musulmon bo‘lgan yagona davlat.
3 — Oksford va Kembrij universitetining birinchi talabalari matematika, meditsina, kimyo, optika va astronomiya fanlarini musulmon olimlari yozgan darsliklardan o‘rgangan.
4 — Chechak va qizamiq haqidagi birinchi risolani birinchi bo‘lib Abu Bakr Ar-Roziy (864-925) yozgan. Shundan keyin musulmon davlatlarida chechakka qarshi emlash odatiy amaliyotga aylangan.
5 — Ka‘bani Odam alayhissalomdan keyin Ibrohim alayhissalom va o‘g‘li Ismoil alayhissalom bino etganlar.
6 — Qur‘oni karimning bitta harfini chin ixlos bilan o‘qigan kishi o‘n savob oladi. Ixlos surasi Qur‘oni karimning 1/3 dir.
7 — Kanadada musulmonlar sonining ortishi:
- 1871 y. – 13 ta,
- 1901 y. – 400 ta,
- 1911 y. – 1500 ta,
- 1951 y. – 3000 ta,
- 1991 y. – 253 260 ta,
- 2001 y. – 579 640 ta.
8 — Qur‘oni karimdagi eng uzun sura Baqara. Eng qisqa sura esa Kavsar surasidir.
9 — AQSHdagi birinchi masjidni 1893 yili mahalliy musulmon Muhammad Aleksandr Rassel Vebb qurdirgan. Ibodatgoh qurilgan joy hozir Manhetten shahrining markazi hisoblanadi.
10 — Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, Shimoliy Amerikaga birinchi musulmon 1539 yili kelgan. U hozirgi Arizona shtatini o‘rganishni niyat qilgan Friar Markos de Nizga yo‘lboshchilik qilgan.
11 — Masjidi Nabaviyning tomi ustidan yana qo‘shimcha qavatlar quraverilsa bo‘ladigan qilib yopilgan.
12 — Ispaniyaning Qurdoba viloyatidagi mashhur uchta tegirmonni XII asrda musulmonlar loyihalashtirgan va ishga tushirgan. Ular 1950 yilgacha ishlab turgan.
13 — Kasablankadagi Hasan Ikkinchi masjidi dunyodagi eng baland azon minorasiga ega.
14 — Zam-zam suvi Ibrohim alayhissalom davrida Ismoil alayhissalomning chanqog‘ini bosish uchun otilib chiqqan. Keyin orada 2600 yil yo‘qolib ketgan. Shuncha yil o‘tganidan so‘ng sevikli payg‘ambarimizning bobolari Abdulmuttalib qazib buloq ko‘zini ochgan. Buloqning joyi unga tushida ayon bo‘lgan.
15 — Qur‘oni karim oyatlari erkak va ayolni tenglashtirgan: “erkak” so‘zi 24 marotaba tilga olingan bo‘lsa, “ayol” so‘zi ham shuncha tilga olingan.
16 — Muslima ayollar Allohning hukmlarini bajarishga qulay bo‘lsin uchun odmigina kiyingan. Dindor ayollar butun tarix bo‘yicha keng-mo‘lgina kiyinib kelgan. An‘anaviy kiyimlar sirasiga rohiba ayollar kiyadigan kiyimlar yaqqol misol bo‘ladi. Shuningdek, Iso alayhissalomning volidasi Bibi Maryam tasvirlangan san‘at asarlarida ham uning kiyimi shunday tasvirlangan.
17 — 10 ta sahobaga hayotlik paytidayoq jannatning xabari berilgan. Ular:
18 — Payg‘ambar alayhissalomning ayollaridan biri afrikalik, ikkita ayollari yahudiylardan bo‘lgan.
19 — Masjidi Nabaviyning eshiklarining og‘irligi besh tonnadan. Katta miqdordagi yog‘ochlar to‘planib quritish uchun kompyuterlashgan pechlarda quritish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘natildi (ularni odatdagi pechlarda quritish jarayoni bir necha yilga cho‘zilib ketishi mumkin edi). Yog‘ochlarni quritishga besh oy vaqt ketdi. Yaxshi qurigan yog‘ochlar Barselonaga (Ispaniya) yuborildi va eshikning asosiy qismi o‘sha yerda yasaldi. Nihoyat badiiy bezak berish uchun Fransiyaga olib borildi.
20 — Ramazonda o‘qilgan bir oyatning savobi boshqa oylarda Qur‘oni karimni to‘liq xatm qilganning savobiga yaqin.
21 — Algebra, nol, paxta, divan, guruch, konfet, shafran, balkon so‘zlarining inglizcha ifodasi ingliz tiliga arabchadan o‘zlashtirilgan. Bular arabchadan inglizchaga o‘zlashgan so‘zlarning ozgina qismi, xolos.
22 — Musulmonlarning aksari Yaqin Sharqda yashamaydi. Aholi eng zich yashaydigan musulmon davlati Indoneziyadir. Bu mamlakat 257 million (2015 yilgi ma‘lumot) aholisi bilan nufus bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Hindistondagi musulmonlar aholisi soni Suriya, Iroq, Iordaniya, Falastin va Arabiston yarim oroli davlatlaridan ko‘p.
23 — Oyning bo‘linishi Muhammad sollallohu alayhi vasallamning buyuk mo‘jizalaridan biridir. Quraysh mushriklarining rahbarlari kelib: “Agar rostdan ham payg‘ambar bo‘lsang oyni ikkiga bo‘lib ber-chi”, deydi. Ularning aksari Payg‘abarimizning qarindoshlari edi. Payg‘ambarimiz ularning iymonga kelishini, najot topishini istar edilar.
Alloh taologa iltijo qilib qo‘llarini yuqoriga ko‘tardilar. Oy o‘rtasidan ikkiga ajralib ikki tog‘ning ustiga keldi. Oyning ikkiga ajralganini yo‘lda karvonda kelayotib ko‘rib, nega bunday bo‘lganiga hayron qolgan badaviylar, yahudiylar Makkaga kelganlaridan so‘ng bu Muhammad alayhissalomning ishi ekanini bilib iymon keltirib musulmon bo‘ldilar.
Ammo u zotdan shu ishni talab qilgan mushriklar “Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) sehr ko‘rsatdi”, deb shovqin solib iymon nuridan bebahraligicha qolaverdi.
24 — Qur‘oni karimda sut eng foydali ichimlik sifatida, asal esa eng foydali yegulik sifatida tilga olingan.
25 — Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummati oldin o‘tgan payg‘ambarlarning barchasining ummatini qo‘shgandagi hisobdan ham ko‘p.
26 — Islom taqvimi oyning harakatiga asoslangan. U 365 kundan iborat grigoryan kalendaridan taxminan 10 kun qisqa. Shu boisdan Ramazon va Qurbon bayramlari har yili o‘n kun oldinga surilib keladi.
27 — “Muhammad” ismi dunyoda eng ko‘p tarqalgan ismdir.
28 — Adelard Batskiy O‘rta asrlarning peshqadam olimlaridan bo‘lgan. Musulmon olimlarining asarlarini arabchadan lotinchaga tarjima qilish uni mashhur qilgan.
29 — AQSHda musulmonlar sonining ortishi:
- 1900 y. – 10 000 ta,
- 1970-yillarning o‘rtalari – 800 000 ta,
- 1990-yillarning o‘rtalari – 4 500 000 ta,
- 1995 y. – 5 100 000 ta,
- 2000 y. – 5 730 000 ta.
30 — Odam alayhissalomning bo‘yi 30 ziro‘ atrofida bo‘lgan. Ziro‘ uzunlik o‘lchovi bo‘lib bir ziro‘ taxminan yarim metrga to‘g‘ri keladi.
31 — Faqat 1932 yilda kisvani (Ka‘ba yopinchig‘i) to‘liq Saudiya Arabistoni fuqarolari tayyorlagan.
32 — Qiyomat kunida Qur‘oni karim uni o‘qigan odamlarni shafoat qiladi. Qiyomat kunida Qur‘oni karim uni o‘qimagan odamlardan shikoyat qiladi.
33 — Statistik ma‘lumotlarga ko‘ra, dunyoda 1.8 (2015 yilgi ma‘lumot) milliard musulmon yashaydi.
34 — Islom eng tez tarqalayotgan din hisoblanadi. 2030 yilga kelib u birinchi raqamli dinga aylanadi.
35 — Tibbiy xizmatni litsenziyalash ilk bor musulmon olamida yo‘lga qo‘yilgan. Xalifa Abbos tibbiyot sohasi darajasini belgilash maqsadida shaxsiy tabibi Iso ibn Yusufni imtihon o‘tkazishga buyurgan. Sinovdan o‘tolmagan shifokorlarga bu kasb bilan shug‘ullanish taqiqlangan. Imtihonni 860 kishi muvaffaqiyatli topshirgan xolos, qolgan yuzlab tabiblar ishlarini davom ettirish huquqidan mahrum bo‘lgan.
36 — Musulmonlar Ka‘baga sajda qilmaydilar, Ka‘ba Alloh taolo qaysi tomonga qarab ibodat qilishni ko‘rsatgan yo‘nalishni belgilaydi.
37 — Qur‘oni karim 23 yil davomida nozil bo‘lgan.
38 — Milodiy yilni hijriyga aylantirish uchun milodiy yildan 622 ayirib olinadi. Qolgan son 32 ga bo‘linadi. Keyin esa ikki amal natijasi qo‘shiladi. Ana shu qo‘shilma natijasi hijriy-qamariy yil bo‘ladi.
39 — Tang imperiyasiga tegishli qadimgi qo‘lyozmalarda Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) sahobasi Saad ibn Abu Vaqqos haqida maʼlumotlar bor. Xitoy imperatori Yung Vey Islom dini mahalliy taʼlimotlarga zid emas deb hisoblab, Guanchjou shahrida Xitoydagi ilk masjid qurilishiga ruxsat bergan. Oradan o‘n to‘rt asr o‘tdi, ushbu masjid hali ham nodir yodgorlik sifatida saqlanib turibdi.
40 — Ashaddiy mushrik Abu Jahl Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan muqaddas Qur‘on oyatlarini yashirincha eshitib yurgan. Chunki unga oyati karimalarni tinglash yoqqan.
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
Xudoyberdiyeva Dilafruz :
Juda ham yaxshi faktlar ekan rahmat!
Islom diniga doir judaham yaxshi, qiziqarli va foydali maqola bo’libdi, ishlaringizga omad tilayman, ijoddan to’htamanglar.
Juda yaxshi va foydali malumotlar bo’libdi o’ziyam, sizlarga rahmat kottakon Alloh rozi bo’lsin.
Hakimov Shahriyor :
Men Abu Jaxlni Oyat Qur’onni tinglashni yaxshi ko’rishini eshitib xayron qoldim. Chunki hozirgi kunda Musilmon Qur’on ovozini yoqtirmayaptiku demak undaylar Abu Jaxldan ham battar ekan, Hatto Abu Jaxl ning nomi Qur’onda yozilgan. Agar hali ham Qur’on yozilishda davom etsa odamlarning ismlariga to’lib ketarkan Astag’furillah.
Assalomu alayko’m. Odam alayhissalomning bo’ylari haqidagi malumot mani qiziqtirdi.
Assalomu aleyko’m, juda zo’r malumotlar ekan, tog’lar haqida ham diniy ma’lumotlar bormi?
So‘nggi yuklangan mavzular
Ko‘p o‘qilgan mavzular
Bo‘limlardan birini tanlang
Islom haqida 20 ta qiziqarli ma’lumotlar
Video: “Jinsiy savol”- nemislar uni qanday hal qilishdi . Barcha asosiy dinlardan Islom eng noto’g’ri tushuniladi. Ushbu tushunmovchiliklarning hammasida va bugungi kunda mavjud bo’lgan barcha bilimlarga ega bo’lganimizda ham, barchamiz Islomdan o’rganishimiz mumkin bo’lgan qiziqarli ma’lumotlar mavjud. Masalan, Islom dini Ibrohim dinlari oilasining bir qismi ekanligini bilasizmi? Islom yahudiylik va nasroniylik bilan chambarchas bog’liqdir. Bu shuni anglatadiki, musulmonlar Iso, Ibrohim, Muso va boshqa buyuk payg’ambarlar haqida boshqa Ibrohim dinlaridan xabardor. Shuni inobatga olgan holda, keling, Islom haqida yana yigirma qiziqarli faktlarni ko’rib chiqaylik. 1,6 milliard odam Muhammad va Allohga ishonganliklarini e’lon qilgan holda Islom dunyodagi ikkinchi eng katta din hisoblanadi. Eng katta dinmi? Nasroniylik. Bugungi kunda tug’ilish koeffitsientlari va dinni qabul qilganligi sababli Islom dunyodagi eng tez rivojlanayotgan din hisoblanadi. Muhammad dinning otasi sifatida tanilgan. Din milodiy 622 yilda, Muhammad Makkadan Madinaga sayohat qilganida boshlangan. U Makkadan ketgan kun – bu Islom taqvimini boshlaydigan kun. U ba’zi qabilalar uni o’ldirmoqchi ekanligi haqida mish-mishlarni eshitgani uchun Makkani tark etdi.
Qur’on Islomning muqaddas matni hisoblanadi. Unda 6236 oyat yoki sura mavjud. Islomning dastlabki kunlarida diniy rahbarlar matnni to’liq yodlab olishlari va bir vaqtning o’zida bir nechta ulamolar uchun Qur’on o’qishlari kerak edi. Shu tarzda Qur’on ommaviy ravishda ishlab chiqarilgan; bu Evropa rohiblaridan Muqaddas Kitobni nusxa ko’chirishidan farq qiladi, chunki ular matnni birma-bir so’z va bitta sahifadan nusxa ko’chirishgan. Qur’onda Iso haqida aytilgan, ammo u Muhammad darajasida emas. Garchi musulmonlar uning bokira qizdan tug’ilganiga ishonishsa ham, u Muhammaddan keyin ikkinchi o’rinda turadigan buyuk payg’ambar ekanligiga ishonishadi. Islom “taslim bo’lish” degan ma’noni anglatadi. Muslim “Xudoga tinch yo’l bilan taslim bo’lgan” degan ma’noni anglatadi. Muhammad 25 yoshida 40 yoshli xotiniga uylandi. Islom Oltin Asri davrida olimlar va ixtirochilar juda katta yangiliklarni amalga oshirdilar. Shu sababli, olimlar bugungi kunda sportchilarning maoshi qancha bo’lsa, shuncha maosh olishdi. Qur’onda Isoning onasi Maryam haqida Yangi Ahddan ko’ra ko’proq eslatib o’tilgan. Shuningdek, u Qur’onda ism-sharif bilan tilga olingan yagona ayol.
AQShda qurilgan birinchi masjid Amerikaning Ona masjidi Ayova shtatining Sidar-Rapids shahrida joylashgan. 1934 yilda qurilgan, bugungi kungacha. Allohning 99 ismi bor, ularning har biri har xil ma’noga ega. Har yili haj safari yoki Makka ziyoratiga borish uchun taxminan 2,5 million ziyoratchi Makkaga tashrif buyuradi. Har bir musulmon bu ziyoratni umrida kamida bir marta, Islom uchun beshta imon ustunining bir qismi sifatida bajarishi kerak. Besh ustunlar (barcha musulmonlar bajarishi kerak bo’lgan amallar) quyidagilardir: Ramazon oyida ro’za tutib, jami tushumning 2,5 foizini xayriya uchun bering, iymon e’lon qiling, kuniga besh vaqt namoz o’qing va Makka ziyoratiga boring. Barcha musulmonlarning 15% arablardir. Bir mamlakatda eng ko’p musulmonlar Indoneziya, undan keyin Pokiston, Hindiston va Bangladesh. Islom taqvimi G’arb taqvimidan 11 kunga qisqaroq. Islom taqvimlari oy fazalariga asoslanadi, G’arb taqvimlari Yerning Quyosh atrofida aylanishiga bog’liq. Qog’oz bilan Islomning yangiliklari tufayli biz varaqalar o’rniga kitoblarni o’qiymiz. Shuningdek, ular qushlarga o’ta engil va ingichka “qush qog’ozi” ni bog’lab, ularni Garri Potterning boyo’g’li singari imperiya bo’ylab jo’natishdi.
Birinchi malakali va maxsus o’qitilgan farmatsevtlar Islom olamidan chiqqan. Ular o’zlarining dori-darmonlarini ishlab chiqarishdi va shifokorlar bilan yaqin hamkorlik qilishdi. Agar Islom bo’lmaganida, siz Starbucks-da kofe ichmas edingiz. Qahva islom dunyosidan kelgan ko’plab ixtirolardan biridir. Ko’proq ixtirolarga marsh bantlari, algebra, o’quv shifoxonalari va tish cho’tkasi kiradi.
Islom dini haqida 40 qiziqarli malumotlar batafsil
Ey Odam farzandi! Alloh guvohlik beradiki, Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir. Farishtalar, ilm egalari adolatda barqarordir. Hakimu Aziz Zotdan o‘zga iloh yo‘q. Albatta Alloh nazdidagi (maqbul) din Islom (dini)dir. Kimki Islomdan boshqa dinni xohlasa, (bu «dini») undan hech qachon qabul etilmaydi. Oxiratda u kimsa ziyon ko‘rguvchilardan bo‘ladi.
Shunday kun keladi
30/05/2023 07:32
«Ey Odam farzandi! Albatta shayton sizlarga dushmandir. Siz uni dushman tuting. Bilinglar, u kunda to‘p-to‘p bo‘lib qayta tirilasizlar. Rahmon huzurida saf-saf bo‘lib tizilib turasizlar. (Nomai a’mol) kitobini harfma-harf o‘qiysizlar. Maxfiy va oshkora qilgan ishlaringiz haqida so‘ralasizlar. Biz taqvodor zotlarni otliq hollarida Rahmon huzuriga to‘playdigan, jinoyatchi kofirlarni esa jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunda sizlarga va’da va va’idlar bor.
Til ofati
30/05/2023 07:20
«Ey iymon keltirganlar! Allohni ko‘p zikr qilinglar, ertayu kech Unga tasbeh aytinglar. Ey Muso ibn Imron, ey bayon qiluvchi Zot! So‘zlarimni eshit! Men mukofot beruvchi podshohdirman. Men bilan sening o‘rtangda tarjimon yo‘q. Ribo yeyuvchi kishiga Rahmonning g‘azabi va do‘zaxning ziyoda azobi bo‘lsin.
Bolaning sochini oqartirgan kun
30/05/2023 06:59
«Ey Odam farzandi! O‘zingga va jamiki maxluqotlarimga nazar sol. Agar o‘zingdan azizrog‘ini topsang, uning hurmatini qozon. Illo, o‘zingdan azizini topolmasang, nafsingni tavba va solih amal bilan e’zozla. Allohning senga ato etgan ne’matini va U Zotning sizlar bilan bog‘lagan ahd-miysoqini esla.
Qalb Allohning nazargohidir
17/05/2023 10:26
«Ey Odam farzandi! O‘lim sirlaringni ochadi. Qiyomat xabarlaringni sinaydi. Azob yopganlaringni fosh qiladi. Gunoh qilar ekansan, gunohning kichikligiga emas, kimga osiylik qilayotganingga qara! Ozgina rizqlanar ekansan, rizqingning ozligiga emas, kim berayotganiga nazar sol! Gunohi sag‘irani kichik sanama, chunki sen qaysi gunoh bilan Allohga osiylik qilayotganingni bilmaysan. Mening makrimdan omon qololmaysan. Chunki makrim qorong‘u kechada Safo tog‘idagi chumolining o‘rmalashidan ham maxfiyroqdir.
Odobdan yuksak muhabbat yo‘q
17/05/2023 10:23
«Ey insonlar! Tadbirdek hayot yo‘q. Aziyat yetka-zishdan tiyilishdek taqvo yo‘q. Odobdan yuksak muhabbat yo‘q. Tavbadek shafoat qiluvchi yo‘q. Ilmdek ibodat yo‘q. Allohdan qo‘rqishdek salotu salovot yo‘q. Sabr kabi g‘alaba, tavfiq kabi saodat yo‘q. Aqldan chiroyliroq ziynat, hilmdan mehribonroq hamroh yo‘q.
Umring ziyoda bo’lgay
16/05/2023 09:59
«Ey Odam farzandi! Sabr qilib, tavoze’li bo‘l, O‘zim seni baland qilaman. Menga shukur qil, O‘zim seni serob qilaman. Menga istig‘for ayt, O‘zim gunohlaringni kechiraman. Menga duo qilsang, ijobat etaman. Menga tavba qil, qabul etaman. Mendan so‘ra, ato qilaman. Sadaqa ulash, rizqingni barakali qilib qo‘yaman.
Qachongacha.
16/05/2023 09:54
«Ey Odam farzandi! Meni kimga shikoyat qilyapsan? Holbuki, shikoyat qilishing (uchun) Menga barobar zot yo‘q! Qachongacha Meni unutasan, holbuki buni sendan talab qilmadim.
Duo qachon ijobat bo’ladi?
16/05/2023 09:48
Buyurganimdek amal qil, qaytargan narsamdan to‘xta, shunda seni hech vafot etmaydigan tiriklar jumlasidan qilaman. Men (abadiy) tirikman, hech qachon o‘lmayman. Agar biror narsaga «Bo‘l!» desam, u narsa (paydo) bo‘ladi.
Asalga qo’ngan pashsha
16/05/2023 09:45
«Ey mo‘minlar! Nega qilmagan ishingizni gapirasiz? Qancha gaplar aytib, xilofini qilyapsiz. Qancha narsalardan man etib, o‘zingiz undan tiyilmayapsiz. Qancha narsalarga buyurib, o‘zingiz uni bajarmayapsiz. Qanchadan-qancha yemaydigan narsalarni to‘playapsiz! Kunlar ketidan kunlar o‘tyapti, qancha tavbalarni kechiktiryapsiz! Yillarni quvib yillar o‘tyapti, nimani kutyapsizlar?! Balki o‘limdan saqlaydigan narsangiz bordir?! Yoki qo‘lingizda do‘zaxdan (xalos bo‘lganingizni asoslovchi) hujjat bormi.
Ofiyat – bebaho ne’mat
16/05/2023 09:37
«Ey Odam farzandi! Agar diningiz salomat bo‘lsa, amalingiz, go‘shtingiz va qoningiz ham salomat bo‘ladi. Agar diningiz fasod topsa, amalingiz, go‘shtingiz, qoningiz ham buziladi. Sizlar o‘zini kuydirib, odamlarga ziyo tarqatadigan sham kabi bo‘lmang. Qalbingizdan dunyo muhabbatini chiqarib tashlang, chunki Men hech qachon dunyo muhabbati bilan Uzimga bo‘lgan muhabbatni bir qalbda jamlamayman.
Osiylikdan saqlaning
16/05/2023 08:45
“Ey Odam farzandi! Ehtiyojingiz mikdorida Mendan so‘rang. Jahannamga toqatingiz miqdorida (agar toqat qilolsangiz) Menga osiylik kiling. Kechiktirilgan ajallaringiz, oldingizdagi hozir bo‘lgan rizqingiz va yopib qo‘yilgan gunohlaringizga karamang. “Barcha narsa halok bo‘lguvchidir, magar Uning yuzi – O‘zigina (mangudir)” (Kasos surasi, 88-oyat)”.