Press "Enter" to skip to content

Islom diniga oid 33 ta qiziqarli fakt

20. Faqat 1932 yilda kisvani (Kaʻba yopinchigʻi) toʻliq Saudiya Arabistoni fuqarolari tayyorlagan.

Islom dinidagi yo’nalishlar, oqimlar va mazhablar.

Abu Abdulloh Halimiy shunday degan: “Ahli sunnaning asosiy xususiyati uchta: har amirning orqasida namoz o‘qish (ya’ni ularni fosiq va fojirga ajratmaslik); har bir davlat rahbarining rahnamoligida jihod qilish (ya’ni ular bilan birga jang qilish, ularga qarshi jang qilmaslik); ahli qibladan bo‘lgan har bir kishiga janoza namozini o‘qish (ya’ni ularni kofir demaslik)”.

Islom dinidagi yo’nalishlar, oqimlar va mazhablar.

Shialik. Siffin jangi natijasida haruriylar bilan deyarli bir paytda o‘zini “shiatu Ali” (Alining guruhi) deb atagan aliparast oqim ham yuzaga keldi. VII asr oxirlariga kelib SHialik, Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yo‘nalishga aylangan. SHialik boshda har qanday ixtilof va aqidaviy farqlardan xoli holda, faqat siyosiy harakat sifatida namoyon bo‘lgan edi. Keyinroq diniy ixtiloflar, aqidaviy farqlar vujudga kelgan. Sha so‘zining to‘liq shakli “ash–Shia” (tarafdorlar, guruh, partiya) yoki “Shiatu Ali” (Ali tarafdorlari) bo‘lib, bu nom hazrat Aliga ergashganlar va ularning avlodlariga nisbatan berilgan. Shialikda imomat asosiy diniy ruknlardan hisoblanib, u jamiyat manfaatlaridan emas, balki din ruknlaridan kelib chiqadi deb e’tiqod qilinadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra, rahbar xalq tomonidan saylanmay, balki rahbarlik meros sifatida o‘tadi. Rasululloh Alini xalifa etib tayinlagan, undan keyin esa xalifalik uning avlodlarida qonuniy meros sifatida vasiyat yo‘li bilan uzatiladi. Ular Alining xalifalikka haqli ekanligini ilohiy deb biladilar, imomlik ularda payg‘ambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanib, Alloh bandalari orasidan payg‘ambarlarini tanlab, ularni gunohlardan saqlagani va ularga “ilmi ladun” (Allohhuzuridan berilgan ilm) bergani kabi, xalifalarni ham shunday tanlaydi deydilar. Abu Bakr, Umar va Usmonlar esa bu huquqni Alidan zo‘rlik bilan tortib olishgan, Ali o‘sha davrda xalifalikni boshqarganmi yoki yo‘qmi bundan qat’i nazar, Alining xalifaligi Rasululloh vafotlarining birinchi kunidan boshlangan, deb da’vo qiladilar.

Qur’onning tarkibi va jamlanishi.

Islomning asosiy hujjati bo’lgan Qur’on musulmonlarning diniy, ijtimoiy va siyosiy hayotida yagona qo’llanma, doimiy yo’lboshchi bo’lib xizmat qilib kelgan. Qur’oni Karim jumlalariga biron-bir o’zgartirish kiritish, bironta harfni, xatto harflar belgisi-zer-zabarini ham o’zgartirish mumkin emas, qat’iyan taqiqlangan; Qur’on ta’limotining markaziy g’oyasi yakkayu yagona Alloh to’g’risidagi ta’limotdir. Shuningdek, unda iymon, Allohga ishonch, olamning yaratilishi, farishtalar, payg’ambarlar, oxirat-qiyomat, qayta tirilish, qazoi qadar, Islom dinining asoslari va boshqa diniy ko’rsatmalar belgilab berilgan. Undagi axloqiy, xuquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy meyorlar Islom dinining qonunlari majmuasi- shariatga asos qilib olingan.

Qur’onning tarkibi va jamlanishi.

Qur’oni Karimning asosiy nomlari: · Qur’on. Mazmuni “O’qish kitobi”. Bu kalom faqat Muhammad a.s.ga nozil qilingan ilohiy kitobga qo’llaniladi. · Furqon. Haq bilan nohaqni ajrim qilib beruvchi degani. Bu nom Qur’onga, gohida Tavrot va Injil kitoblariga ham qo’llanilgan.

· Kalomulloh. Allohning kalomi degani. · Mus’haf. Sahifalangan, muqovalangan kitob degani.

Qur’onning tarkibi va jamlanishi.

“Qur’on” – arabcha “qara’a” (o’qimoq) felidan olingan. Qur’on suralardan iborat. Sura Qur’ondan bir bo’lak bo’lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o’z ichiga oladi. Qur’onda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, Qur’on mantlarini taqsimlashning turli yo’llariga ko’ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto 6666 tagacha belgilangan. Bu narsa Qur’on nusxalarining bir-biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha taqsimlanganini bildiradi. Suralar Qur’onda o’z mazmuniy izchilligiga yoki o’qilgan vaqtiga, ya’ni xronologik tartibiga qarab emas, balki hajmiga ko’ra-avval katta suralar, undan so’ng kichik suralar tartibi Muhammad s.a.v. ko’rsatmalariga binoan joylangan. Suralarning hajmi ham har hil: eng katta hajmga ega bo’lgan 2-surada 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat. Qur’on matnlarining to’planishi, tahrir qilinishi va muqaddas yozuv sifatida e’tirof etilishi Muhammad vafotidan keyin 20-25 yil davomida, dastlabki xalifalar Abu Bakr, Umar, Usmon davrida amalga oshirilgan. Muhammad suralarni yoddan o’qigan, targ’ibot vaqtida musulmonlar ham uni yod olgan. Boshqa xalqlardagidek, arablar o’rtasida ham folklorga hos she’rlar, rivoyatlar faqat yod olish va og’izdan-og’izga ko’chirish yo’li bilan avloddan-avlodga o’tib saqlangan. Faqat ayrim savodli kishilargina ba’zi suralarni pergament, yog’och tahtakach, kurak suyaklariga yozib olganlar. Suralarni to’la yodlab olgan musulmonlar anchagina bo’lgan.

Qur’onning tarkibi va jamlanishi.

Abu Bakr hukmronligi davrida barcha suralarni to’la yod bilgan 7 tagina odam qolgan edi. Muhammad umrining oxirlarida 5 yil davomida unga kotiblik qilgan Zayd ibn Sobit bitta suraning oxirinigina bilmagan, qolgan barcha suralarni yod bilgan. Ko’pchilik musulmonlar ayrim sura yoki parchalarni yod bilganlar, xolos. Binobarin, yana bir necha janglardan so’ng suralarni yod bilgan odamlar qolmasligi va Qur’on matnini tiklash mumkin bo’lmay qolish xavfi paydo bo’lgan. Shuni hisobga olib, Abu Bakr eng yaqin safdoshi Umar maslahati bilan 633 yilda Qur’on suralarini to’plab, dastxat qildirishga qaror bergan va bu vazifani bajarishni Zaydga topshirgan. Rivoyatlar bo’yicha, u masjidga o’tqazib qo’yilgan, sahobalardan har biri o’zi bilgan suralarni o’qigan, Zayd yozib borgan. Har bir sura, parcha yoki oyatlar qismini avval bir kishi o’qib,so’ngra ikkinchi kishi o’qiganda aynan mos kelsa, o’shandagina yozib borilgan. Bu to’plam dastavval Suhuf (sahifalar) deb nom olgan. Binobarin, u alohida pergament sahifalarga yozilgan bo’lishi kerak. Lekin bu nusha saqlanib qolmagan. U haqidagi ma’lumotlarni biz faqat ilk manbalardangina bilamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Тoshkent, «O’zbekiston», 2012 yil. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonuni (yangi tahriri). T.: Adolat 1998 yil. At-Termiziy. Shamoili Muhammadiya. Sayid Mahmud Taroziy-Alixon to’ra tarjimasi. T.: “Mehnat” nashr, 1991.

Islom diniga oid 33 ta qiziqarli fakt

1. Islom taqvimi oyning harakatiga asoslangan. U 365 kundan iborat grigoryan kalendaridan taxminan 10 kun qisqa. Shu boisdan Ramazon va Qurbon bayramlari har yili oʻn kun oldinga surilib keladi.

2. Odam alayhissalomning boʻyi 30 ziroʻ atrofida boʻlgan. Ziroʻ uzunlik oʻlchovi boʻlib bir ziroʻ taxminan yarim metrga toʻgʻri keladi.

3. Musulmonlarning aksari Yaqin Sharqda yashamaydi. Aholi eng zich yashaydigan musulmon davlati Indoneziyadir. Bu mamlakat 257 million (2015 yilgi maʻlumot) aholisi bilan nufus boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda turadi. Hindistondagi musulmonlar aholisi soni Suriya, Iroq, Iordaniya, Falastin va Arabiston yarim oroli davlatlaridan koʻp.

4. Oyning boʻlinishi Muhammad sollallohu alayhi vasallamning buyuk moʻjizalaridan biridir. Quraysh mushriklarining rahbarlari kelib: “Agar rostdan ham paygʻambar boʻlsang oyni ikkiga boʻlib ber-chi”, deydi. Ularning aksari Paygʻabarimizning qarindoshlari edi. Paygʻambarimiz ularning iymonga kelishini, najot topishini istar edilar. Alloh taologa iltijo qilib qoʻllarini yuqoriga koʻtardilar. Oy oʻrtasidan ikkiga ajralib ikki togʻning ustiga keldi.

Oyning ikkiga ajralganini yoʻlda karvonda kelayotib koʻrib, nega bunday boʻlganiga hayron qolgan badaviylar, yahudiylar Makkaga kelganlaridan soʻng bu Muhammad alayhissalomning ishi ekanini bilib iymon keltirib musulmon boʻldilar. Ammo u zotdan shu ishni talab qilgan mushriklar “Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) sehr koʻrsatdi”, deb shovqin solib iymon nuridan bebahraligicha qolaverdi.

5. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummati oldin oʻtgan paygʻambarlarning barchasining ummatini qoʻshgandagi hisobdan ham koʻp.

6. Kaʻbani Odam alayhissalomdan keyin Ibrohim alayhissalom va oʻgʻli Ismoil alayhissalom bino etganlar.

7. Musulmonlar Kaʻbaga sajda qilmaydilar, Kaʻba Alloh taolo qaysi tomonga qarab ibodat qilishni koʻrsatgan yoʻnalishni belgilaydi.

8. Ashaddiy mushrik Abu Jahl Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga nozil boʻlgan muqaddas Qurʻon oyatlarini yashirincha eshitib yurgan. Chunki unga oyati karimalarni tinglash yoqqan.

10. Statistik maʻlumotlarga koʻra, dunyoda 1.8 (2015 yilgi maʻlumot) milliard musulmon yashaydi.

11. “Muhammad” ismi dunyoda eng koʻp tarqalgan ismdir.

12. Paygʻambar alayhissalomning ayollaridan biri afrikalik, ikkita ayollari yahudiylardan boʻlgan.

13. Albaniya Yevropadagi aholisining 90 foizi musulmon boʻlgan yagona davlat.

14.Milodiy yilni hijriyga aylantirish uchun milodiy yildan 622 ayirib olinadi. Qolgan son 32 ga boʻlinadi. Keyin esa ikki amal natijasi qoʻshiladi. Ana shu qoʻshilma natijasi hijriy-qamariy yil boʻladi.

15. Algebra, nol, paxta, divan, guruch, konfet, shafran, balkon soʻzlarining inglizcha ifodasi ingliz tiliga arabchadan oʻzlashtirilgan. Bular arabchadan inglizchaga oʻzlashgan soʻzlarning ozgina qismi, xolos.

16. Chechak va qizamiq haqidagi birinchi risolani birinchi boʻlib Abu Bakr Ar-Roziy (864-925) yozgan. Shundan keyin musulmon davlatlarida chechakka qarshi emlash odatiy amaliyotga aylangan.

17. Oksford va Kembrij universitetining birinchi talabalari matematika, meditsina, kimyo, optika va astronomiya fanlarini musulmon olimlari yozgan darsliklardan oʻrgangan.

18. Adelard Batskiy Oʻrta asrlarning peshqadam olimlaridan boʻlgan. Musulmon olimlarining asarlarini arabchadan lotinchaga tarjima qilish uni mashhur qilgan.

19. Masjidi Nabaviyning eshiklarining ogʻirligi besh tonnadan. Katta miqdordagi yogʻochlar toʻplanib quritish uchun kompyuterlashgan pechlarda quritish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga joʻnatildi (ularni odatdagi pechlarda quritish jarayoni bir necha yilga choʻzilib ketishi mumkin edi). Yogʻochlarni quritishga besh oy vaqt ketdi. Yaxshi qurigan yogʻochlar Barselonaga (Ispaniya) yuborildi va eshikning asosiy qismi oʻsha yerda yasaldi. Nihoyat badiiy bezak berish uchun Fransiyaga olib borildi.

20. Faqat 1932 yilda kisvani (Kaʻba yopinchigʻi) toʻliq Saudiya Arabistoni fuqarolari tayyorlagan.

21. Masjidi Nabaviyning tomi ustidan yana qoʻshimcha qavatlar quraverilsa boʻladigan qilib yopilgan.

22. Qurʻoni karim oyatlari erkak va ayolni tenglashtirgan: “erkak” soʻzi 24 marotaba tilga olingan boʻlsa, “ayol” soʻzi ham shuncha tilga olingan.

23. Qurʻoni karimdagi eng uzun sura Baqara. Eng qisqa sura esa Kavsar surasidir.

24. Qurʻoni karimda sut eng foydali ichimlik sifatida, asal esa eng foydali yegulik sifatida tilga olingan.

25. Qurʻoni karim 23 yil davomida nozil boʻlgan.

26. Qurʻoni karimning bitta harfini chin ixlos bilan oʻqigan kishi oʻn savob oladi. Ixlos surasi Qurʻoni karimning 1/3 dir.

27. Ramazonda oʻqilgan bir oyatning savobi boshqa oylarda Qurʻoni karimni toʻliq xatm qilganning savobiga yaqin.

28. Qiyomat kunida Qurʻoni karim uni oʻqigan odamlarni shafoat qiladi. Qiyomat kunida Qurʻoni karim uni oʻqimagan odamlardan shikoyat qiladi.

29. Zam-zam suvi Ibrohim alayhissalom davrida Ismoil alayhissalomning chanqogʻini bosish uchun otilib chiqqan. Keyin orada 2600 yil yoʻqolib ketgan. Shuncha yil oʻtganidan soʻng sevikli paygʻambarimizning bobolari Abdulmuttalib qazib buloq koʻzini ochgan. Buloqning joyi unga tushida ayon boʻlgan.

30. Islom eng tez tarqalayotgan din hisoblanadi. 2030 yilga kelib u birinchi raqamli dinga aylanadi.

31. 10 ta sahobaga hayotlik paytidayoq jannatning xabari berilgan. Ular:

– Abu Bakr Siddiq;
– Umar ibn Xattob;
– Usmon ibn Affon;
– Ali ibn Abu Tolib;
– Zubayr ibn Avvom;
– Talha ibn Ubaydulloh;
– Saʻd ibn Abu Vaqqos;
– Abu Ubayda ibn Jarroh;
– Abdurrahmon ibn Avf;
– Saʻid ibn Zayd.

32. Islom shamshirlar tigʻi ostida tarqalmagan. U maʻrifat bilan tarqalgan. Zero, Qurʻoni karimda: “Dinda zoʻrlash yoʻq, zero, toʻgʻri yoʻl yanglish yoʻldan ajrim boʻldi. Bas, kim shaytonni (yoxud butlarni) inkor etib, Allohga imon keltirsa, demak, u buzilmas, ishonchli halqani tutibdi. Alloh eshituvchi va biluvchidir” (Baqara surasi 256-oyati), deyilgan.

33. Muslima ayollar Allohning hukmlarini bajarishga qulay boʻlsin uchun odmigina kiyingan. Dindor ayollar butun tarix boʻyicha keng-moʻlgina kiyinib kelgan. Anʻanaviy kiyimlar sirasiga rohiba ayollar kiyadigan kiyimlar yaqqol misol boʻladi. Shuningdek, Iso alayhissalomning volidasi Bibi Maryam tasvirlangan sanʻat asarlarida ham uning kiyimi shunday tasvirlangan.

Islomda gunoh va taqiqlangan amallar

Islom (Alloh) odamlarga, Uning payg’ambarlari va vahiy kitoblari orqali hidoyatni yuborganligini o’rgatmoqda. Imonlilar bo’lgani kabi, biz ham ushbu yo’l-yo’riqlarga amal qilishimiz kerak.

Islom gunohni Ollohning ta’limotlariga zid bo’lgan harakat deb belgilaydi. Bizning hech birimiz mukammal bo’lgani kabi, barcha insonlar gunoh qiladilar. Islom bizni va barcha nomukammalligimizni yaratgan Alloh bizni yaxshi biladi va kechirimli, rahmli va rahmlidir .

“Gunoh” ning ta’rifi nima? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Solihlik yaxshi xulq-atvor, gunoh esa qalbingizdagi va sizni bilishni istamagan narsadir.”

Islomda, nasroniylikning asl gunohi haqidagi tushunchaga o’xshash narsa yo’q, u uchun butun insoniyat abadiy jazolanadi. Gunoh qilish ham, biror kishining islom dinidan chiqib ketishiga sabab bo’ladi. Biz har birimiz o’zimizning eng yaxshi yo’limizni sinab ko’rmoqdamiz, biz har birimiz qisqa tushib qolamiz va biz har birimiz kamchiliklarimiz uchun Allohni kechirishini izlaymiz. Alloh taolo: «. Alloh sizlarni sevadi va sizlarning gunohlaringizni mag’firat qiladi, chunki Alloh mag’firatli va fazlu marhamatlidir» (Qur’on 3:31).

Albatta, gunohdan qochish kerak bo’lgan narsa. Biroq, islomiy nuqtai nazardan, juda jiddiy va shu bilan katta gunohlar deb nomlanuvchi ba’zi gunohlar mavjud. Bular Qur’onda bu dunyoda ham, oxiratda ham jazoga loyiqdir.

(Ro’yxat uchun pastga qarang.)

Boshqa noto’g’ri fikrlar Minor Sinns deb nomlanadi; balki ular ahamiyatsiz bo’lgani uchun emas, balki ular Qur’onda qonuniy jazo sifatida qayd etilmaganligi sababli. Bu “kichik gunohlar” deb ataladigan ba’zan imonli tomonidan e’tiborsiz bo’lib qoladi, keyinchalik ular hayot tarzining bir bo’lagi bo’lmish darajada ular bilan shug’ullanadi.

Gunoh qilish odatini qabul qilish odamni Allohdan uzoqlashtiradi va ularni imonni yo’qotadi. Qur’onda shunday kishilar tasvirlanadi: “. ularning qalblari to’plangan gunohlari bilan muhrlangan” (Qur’on 83:14). Bundan tashqari, Alloh “sizlar juda oz narsa hisobladingizlar, Alloh taolo esa juda buyukdir” (Qur’on 24:15).

Kichik gunohlar bilan shug’ullanayotganini tan olgan kishi, turmush tarzi o’zgarishini amalga oshirishga va’da berishlari kerak. Ular bu muammoni tan olishlari, vijdonini his qilishlari, xatolarini takrorlamaslik va Allohdan kechirim so’rashlari kerak. Allohga va oxiratiga chin dildan g’amxo’rlik qilgan mo’minlar, katta va kichik gunohlardan saqlanish uchun barcha ishlarni qilishlari kerak.

Islomda asosiy gunohlar

Islomdagi asosiy gunohlar quyidagi xatti-harakatlarni o’z ichiga oladi:

Islomda kichik gunohlar

Islomdagi barcha kichik gunohlarni ro’yxatga olish qiyin.

Ro’yxatga Ollohning hidoyatini buzadigan har qanday narsa kiritilishi kerak. Kichkina gunoh – bu sizni uyaltiradigan narsa, bu sizning odamlarni bilishlarini xohlamasligingizdir. Eng keng tarqalgan xatti-harakatlardan ba’zilari quyidagilardir:

Tavba va kechirim

Islomda gunoh qilish, insonni abadiy Ollohdan ajratmaydi. Qur’on bizga Alloh bizni kechirishga tayyor ekanligini tasdiqlaydi. «Ayting:« Ey o’z jonlariga isyon qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo’lmanglar, bas, Alloh barcha gunohlarni mag’firat qilur. Albatta, U mag’firat qilguvchi va rahmlidir »(Qur’on 39:53).

Ollohdan kechirim so’rab kichik gunohlarni tuzatib, so’ngra muhtojlarga sadaqa berish kabi yaxshi amallarni qilish mumkin . Avvalo, biz Ollohning rahm-shafqatiga hech qachon shubha qilmasligimiz kerak: “Agar siz o’zingiz man etilgan katta gunohlardan saqlansangiz, biz sizning gunohlaringizni yuvib, sizni jannatga kiritamiz” (Qur’on 4: 31).