Press "Enter" to skip to content

Maqtanchoq kesak ertagi bolalar uchun

– Buni nimasini o‘ylayapsiz. Axir odamlar mendan boshpana qurishadi. Istasa uvoqlab, ekin ekishlari mumkin. Shuning uchun ham men toshdan ko‘ra kuchli va foydaliman.

Мақтанчоқ ғоз

Бир мақтанчоқ ғоз бор экан. У ғоз ҳар куни одамлар олдига келиб, мақтанаверар экан. Бир куни яна мақтаниб:
— Мен осмонда учаман, сувда сузаман, ерда чопаман, — дебди. Бир доно одам келиб ғоздан:
— Осмонда учганингда сен бургутдек уча оласанми? — деб сўрабди. Ғоз:
— Йўқ, — дебди. Доно одам:
— Сувда сузганингда балиқдек суза оласанми? — дебди. Ғоз:
— Йўқ, — дебди. Яна доно одам:
— Ерда чопганингда отдек чопа оласанми? — дебди. Ғоз:
— Йўқ, — дебди. Шунда одамлар кулишибди:
— Ҳай, мақтанчоқ ғоз, ҳунаринг оз! — деб уриб, қувиб юборибдилар.
Хулоса: баъзи одамлар ҳам худди шу ғоздек кўп мақтаниб, дакки ейди.

Ёзувни танланг

Кирилл | Lotin

Мавзулар

Адабиёт

Сўнгги киритмалар

Maqtanchoq kesak ertagi bolalar uchun

Kunlarning birida eski uyning devoridan bir kesak yerga tushibdi. U katta va qalin devor orasida yillar davomida dimiqib yotgan ekan.

Quyoshga qarab, ko‘zlarini ocholmabdi. Birozdan so‘ng qisiq ko‘zlarini battar qisgancha atrofni kuzata boshlabdi.

Sal narida qimir etmay turgan toshga ko‘zi tushibdi. Uning yoniga dumalab borib, qo‘rslik bilan savolga tutibdi:

– Menmi?… Men toshman.

– Mayli, nima bo‘lsang bo‘laver, men sendan kuchliman!

Kesakning gapidan toshning jahli chiqib, uch-to‘rt qadam nari yuribdi. Hali bir-birimizni yaxshi tanimasak, — debdi u.

– Ko‘rmayapsanmi, men kesakman, odamlarga sendan ko‘ra ko‘proq kerakman. Aniqrog‘i ularga nafim ko‘proq tegadi, — debdi kesak.

Shunda tosh o‘zidan sal nariroqda mudrab turgan daraxtni ko‘ribdi.

– Kesakvoy, kel yaxshisi kim kuchli ekanini anavi daraxt bobodan so‘rab ko‘ramiz, — debdi tosh.

Ular bir zumda daraxt yoniga boribdi. Uni uyg‘otib, maqsadlarini aytishibdi. Keksa daraxt shoxlari bilan ko‘zlarini ishqalab, javob berishga og‘iz juftlabdi. Ammo kesak yana o‘rtaga gap qo‘shibdi:

– Buni nimasini o‘ylayapsiz. Axir odamlar mendan boshpana qurishadi. Istasa uvoqlab, ekin ekishlari mumkin. Shuning uchun ham men toshdan ko‘ra kuchli va foydaliman.

Daraxt bobo nima deyishini bilmay turganda ularning oldidan shamol o‘tib qolibdi. Hovliqma kesak shamolni ham savolga tutibdi. Shamol shoshayotgan ekan. Lekin u kesakka bir maslahat beribdi:

– Buni yaxshisi donishmad daryodan so‘rang. U vodiydagi barcha muammoning yechimini biladi, — debdi. Kesak toshni o‘z holiga qo‘ymay daryoning yoniga boshlab boribdi. Daryoga bor gapni aytibdi. Daryo uzoq o‘ylab, so‘z boshlabdi:

– Qani, ikkingiz ham men tomon suvga sho‘ng‘inglar. Shunda kim kuchli ekanini aytaman, — debdi daryo.

Kesakdan qutilish maqsadida tosh o‘zini birinchi bo‘lib daryoga tashlabdi. Bus-butunligicha daryo tubiga yetib boribdi. So‘ngra daryodan bus-butun chiqib olibdi. Kesak esa suvga tushsa nima bo‘lishini bilsa-da, manmanligini qo‘ymabdi. Suvning yarmiga ham bormay iviy boshlabdi. Bora-bora yo‘q bo‘lib ketgan kesakdan suv yuzida balqib turgan pufakchalar qolibdi.

Однажды со стены старого дома упал кусок. Он годами задыхался между большой и толстой стеной. Он смотрел на солнце, не в силах открыть глаза. Через некоторое время он еще сильнее сузил глаза и стал осматриваться. Вдалеке он увидел камень, который не двигался. Он подошел к ней и грубо спросил: — Привет ты кто? «Я?» «Ну, кем бы ты ни был, я сильнее тебя!» Камень пришел в ярость от слов Кесака и отошел на три-четыре шага. Если мы еще плохо знаем друг друга, — сказал он. «Разве ты не видишь, я крошка. Ты нужен людям больше, чем ты сам». Точнее, они более чувствительны ко мне, — сказал Кесак. Потом камень увидел вдалеке сонное дерево. «Кесаквой, давай спросим у того деда-дерева, кто лучше», — сказал камень. Они сразу подошли к дереву. Они разбудили его и рассказали о своих намерениях. Он протер глаза ветвями старого дерева и остановился, чтобы ответить. Но Кесак добавил: «Что ты имеешь в виду?» Ведь из меня строят приюты. Если хотят, то могут сеять и сеять. Вот почему я сильнее и полезнее камня. Ветер пронесся мимо них прежде, чем дед-дерево сообразил, что сказать. Дворовой ветер тоже поймал вопрос. Ветер дул. Но дал совет: «Лучше всего спросить у мудрой реки». Он знает решение всех проблем в долине», — сказал он. Он отвел камень к реке, не оставив его одного. Он рассказал реке все. Дарья долго думала и начала говорить: — Давай, вы оба. Тогда я скажу тебе, кто сильнее, — сказала река. Чтобы избавиться от глыбы, камень первым бросился в реку. Автобус достиг дна реки целиком. Затем автобус целиком вышел из реки. Кесак, с другой стороны, знал, что произойдет, если он упадет в воду, но не отказался от своего высокомерия. Он начал тонуть без половины воды. На поверхности воды остались постепенно исчезающие пузырьки.

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

So‘nggi yuklangan mavzular

Ko‘p o‘qilgan mavzular

Bo‘limlardan birini tanlang

Maqtanchoq kesak — O‘zbek xalq ertagi

Kunlarning birida eski uyning devoridan bir kesak yerga tushibdi. U katta va qalin devor orasida yillar davomida dimiqib yotgan ekan. Quyoshga qarab, ko‘zlarini ocholmabdi. Birozdan so‘ng qisiq ko‘zlarini battar qisgancha atrofni kuzata boshlabdi. Sal narida qimir etmay turgan toshga ko‘zi tushibdi. Uning yoniga dumalab borib, qo‘rslik bilan savolga tutibdi:
– Hoy, sen kimsan?

– Menmi?… Men toshman.

– Mayli, nima bo‘lsang bo‘laver, men sendan kuchliman!

Kesakning gapidan toshning jahli chiqib, uch-to‘rt qadam nari yuribdi. Hali bir-birimizni yaxshi tanimasak, — debdi u.

– Ko‘rmayapsanmi, men kesakman, odamlarga sendan ko‘ra ko‘proq kerakman. Aniqrog‘i ularga nafim ko‘proq tegadi, — debdi kesak.

Shunda tosh o‘zidan sal nariroqda mudrab turgan daraxtni ko‘ribdi.

– Kesakvoy, kel yaxshisi kim kuchli ekanini anavi daraxt bobodan so‘rab ko‘ramiz, — debdi tosh.

Ular bir zumda daraxt yoniga boribdi. Uni uyg‘otib, maqsadlarini aytishibdi. Keksa daraxt shoxlari bilan ko‘zlarini ishqalab, javob berishga og‘iz juftlabdi. Ammo kesak yana o‘rtaga gap qo‘shibdi:

– Buni nimasini o‘ylayapsiz. Axir odamlar mendan boshpana qurishadi. Istasa uvoqlab, ekin ekishlari mumkin. Shuning uchun ham men toshdan ko‘ra kuchli va foydaliman.

Daraxt bobo nima deyishini bilmay turganda ularning oldidan shamol o‘tib qolibdi. Hovliqma kesak shamolni ham savolga tutibdi. Shamol shoshayotgan ekan. Lekin u kesakka bir maslahat beribdi:

– Buni yaxshisi donishmad daryodan so‘rang. U vodiydagi barcha muammoning yechimini biladi, — debdi. Kesak toshni o‘z holiga qo‘ymay daryoning yoniga boshlab boribdi. Daryoga bor gapni aytibdi. Daryo uzoq o‘ylab, so‘z boshlabdi:

– Qani, ikkingiz ham men tomon suvga sho‘ng‘inglar. Shunda kim kuchli ekanini aytaman, — debdi daryo.

Kesakdan qutilish maqsadida tosh o‘zini birinchi bo‘lib daryoga tashlabdi. Bus-butunligicha daryo tubiga yetib boribdi. So‘ngra daryodan bus-butun chiqib olibdi. Kesak esa suvga tushsa nima bo‘lishini bilsa-da, manmanligini qo‘ymabdi. Suvning yarmiga ham bormay iviy boshlabdi. Bora-bora yo‘q bo‘lib ketgan kesakdan suv yuzida balqib turgan pufakchalar qolibdi.

 

Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:

  1. Maqtanchoq jo‘ja — O‘zbek xalq ertagi
  2. Eshakning ertagi — O‘zbek xalq ertagi
  3. Chol bilan sichqon — O‘zbek xalq ertagi
  4. Bo‘rining doktor bo‘lgani haqida ertak — O‘zbek xalq ertagi
  5. Yalmog‘iz kampir — O‘zbek xalq ertagi
  6. Hunarli yigit — O‘zbek xalq ertagi
  7. Usmon bilan Yoqub — O‘zbek xalq ertagi
  8. Yetti dangasa — O‘zbek xalq ertagi
  9. To‘qqiz dangasa — O‘zbek xalq ertagi
  10. Tulki bilan turna — O‘zbek xalq ertagi