Press "Enter" to skip to content

Jannat orzusidagi ayol

ya’ni: “Allohga ibodat qilinglar. Unga hech narsani sherik qilmanglar. Ota-onangizga va yaqin qarindoshlarga yaxshilik qiling” (Niso surasi 36-oyat).

Jannatga yaqinlashtiruvchi amal haqida hadislar

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

الْحَمْدُ للهِ وَالصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ عَلَى رَسُولِهِ مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِهِ وَأَصْحَابِهِ أَجْمَعِينَ

Muhtaram jamoat! Alloh taolo biz bandalariga shu qadar mehribonki, O‘zining roziligini ibodat bilan topishimiz bilan bir qatorda, o‘zaro muomalalarni chiroyli va xolis qilish bilan ham topish imkoniyatini bergan.

Silai rahm – qarindoshlik rishtalarini bog‘lash bo‘lib, u insoniy muomalalarning eng afzalidir. Uning aksi bo‘lgan qarindoshlik rishtalarini uzish esa, u eng og‘ir gunohlardan hisoblanadi.

Silai rahm dinimiz mohiyatini ko‘rsatib beruvchi buyuk bir ibodatdir. U Qur’oni karim oyatlarida Allohning o‘zigagina ibodat qilish barobarida zikr etiladi:

وَاعْبُدُوا اللَّهَ وَلَا تُشْرِكُوا بِهِ شَيْئًا وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا وَبِذِي الْقُرْبَى

ya’ni: “Allohga ibodat qilinglar. Unga hech narsani sherik qilmanglar. Ota-onangizga va yaqin qarindoshlarga yaxshilik qiling” (Niso surasi 36-oyat).

Ushbu amal mo‘min-musulmonlar hayotida eng ahamiyatli amallardan biri bo‘lgani uchun Qur’oni karim oyatlarida qayta-qayta takrorlanadi. Quyidagi oyatda Alloh taolo silai rahmni o‘zi buyurganini ta’kidlaydi. Vaholanki, dinimizdagi barcha amallarni Alloh taolo buyurgan. Barcha buyruqlarni bergan zot aynan silai rahmga buyurganini ta’kidlagani ushbu ibodat naqadar muhim amal ekanini bildiradi. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday dedi:

وَالَّذِينَ يَصِلُونَ مَا أَمَرَ اللَّهُ بِهِ أَنْ يُوصَلَ وَيَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ وَيَخَافُونَ سُوءَ الْحِسَابِ

ya’ni: “Ular Alloh bog‘lanishga buyurgan narsalarni (ya’ni qarindoshlar bilan aloqani) bog‘laydilar, Parvardigorlaridan qo‘rqadilar va (oxiratda) hisob-kitobning noxush kechishidan cho‘chiydilar” (Ra’d surasi 21-oyat).

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ham silai rahmni namoz va zikr ibodatiga tenglashtirganlar: “Bir a’robiy Nabiy sallallohu alayhi vasallamning yo‘llarini to‘sib chiqib: “Menga jannatga yaqinlashtiradigan va do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amalning xabarini bering”, – dedi. Shunda Rasululloh alayhissalom: “Allohga ibodat qilasiz. Unga hech narsani shirk keltirmaysiz. Namozni ado qilasiz. Zakotni berasiz. Silai rahm qilasiz”, –dedilar”.

Silai rahm insoniylikning yuksak ko‘rinishi hisoblanadi. U kishining asliyatini ochib beruvchi go‘zal bir xislatdir. Buni Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Hiro g‘orida bo‘lganlarida Jabroil alayhissalom kelib: “O‘qing!” deb “Alaq” surasi nozil bo‘lgan mashhur voqeadan ham anglashimiz mumkin. Ushbu voqeadan keyin Nabiy sallallohu alayhi vasallamning qalblari titrab-qaqshab, uylariga qaytdilar. Xadicha onamizning oldilariga kirganlarida: “Meni o‘rab qo‘yinglar! Meni o‘rab qo‘yinglar!” dedilar. U zotdan qo‘rqinch ketguncha o‘rab qo‘yishdi. Keyin u zot Xadicha onamizga xabarni ayta turib: “O‘zimga bir narsa bo‘lmasa edi, deb qo‘rqdim”, – deganlarida Xadicha onamiz: “Unday emas! Allohga qasamki, Alloh sizni hech qachon sharmanda qilmaydi. Siz silai rahm qilasiz. Zaifga yordam berasiz. Odamlar qilmagan yaxshiliklarni qilasiz. Mehmonga ziyofat berasiz. Musibatga uchraganlarga yordam berasiz”, dedilar. Ushbu hadisda silai rahm Rasululloh sallalohu alayhi vasallamning buyuk axloqlari qatorida zikr etilmoqda. Shuningdek, ushbu hadisdan mazkur axloqlar, jumladan silai rahm bilan sifatlangan insonlarni hech qachon Alloh taolo sharmanda qilmasligini ham bilib olishimiz mumkin. Zero, bu so‘zlarni insoniyat tarixida eng buyuk ayollar safida zikr etiladigan, eng birinchi bo‘lib Islom ne’mati bilan sharaflangan va o‘ta kuchli farosat sohibasi bo‘lgan onamiz Xadicha binti Xuvaylid raziyallohu anho aytmoqdalar va bu so‘zlar Islomning eng ishonchli manbalarida bugungi kungacha naql etilib kelinmoqda.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam payg‘ambarlikning ilk kunlaridanoq silai rahmga chaqirishni boshlaganlari ham ushbu ish naqadar ahamiyatga ega amal ekanini bildiradi.

Abu Umoma Bohiliy raziyallohu anhu aytadilar: Men Amr ibn Abasa raziyallohu anhudan: “Sizni nega “Islomda ilk musulmonlardan” deyishadi? – deb so‘radim. U zot bunday deb javob berdilar: “Men odamlar zalolatda ekanini ko‘rardim va butlar hech narsa emasligini bilardim. So‘ngra Makkada bir odamning xabarini eshitdim. Tuyamga minib Makkaga keldim. Qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni qavmi o‘rab turibdi. Yonlariga bordim va: “Siz kimsiz?” – dedim. “Payg‘ambarman”, – dedilar. “Payg‘ambar nima degani?” “Allohning elchisi”, – degani. “Sizni Alloh yubordimi?” “Ha”. “Nima uchun yubordi?” “Allohning biru borligini bildirib, Unga hech narsani sherik qilmaslik, butlarni yo‘q qilish va silai rahmni mustahkamlash uchun yubordi”.

Ushbu hadisda silai rahm payg‘ambarlikning asosiy vazifasi sifatida hamda Islom dinining asosiy g‘oyalari bilan bir o‘rinda keltirilmoqda.

Silai rahm o‘ziga xos bo‘lgan juda ko‘p ajrlarga ega qiluvchi ibodat hisoblanadi. Amr ibn Dinor rahmatullohi alayh: “Bilinglarki, farzga bosilgan qadamdan keyin qarindosh tomon bosilgan qadamdan ko‘ra kattaroq ajr keltiruvchi amal yo‘qdir”, – deganlar.

Silai rahmning o‘ziga xosligi shundaki, uning mukofoti dunyoda ham o‘ta tez beriladi va oxirat uchun ham katta zaxira bo‘ladi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ibn Hibbon rivoyat qilgan hadisda:

الطاعاتِ ثوابًا صلةُ الرَّحِمِ إنَّ أعجلَ

ya’ni: “Ibodatlar ichida eng savobi tez keladigani silai rahmdir”, –deganlar.

Payg‘ambarimiz alayhissalom bizga silai-rahm sababli rizqning mo‘l-ko‘l bo‘lishi, umrning uzoq bo‘lishini uqtiradilar:

من أحَبَّ أنْ يُبْسَطَ لَهُ في رِزْقِهِ، ويُنْسأَ لَهُ في أثَرِهِ، فَلْيَصِلْ رَحِمَهُ

(مُتَّفَقٌ عَلَيهِ)

ya’ni: “Kim rizqi keng bo‘lishi, umri uzun bo‘lishini xush ko‘rsa, qarindoshlik aloqalarini bog‘lasin” (Muttafaqun alayh).

Dinimiz ko‘rsatmalarida yaxshilik qilishni avvalo yaqin qarindoshlardan boshlash lozim ekanligi ta’kidlanadi. Zero bu holatda qilingan yaxshilik ikki barobar ajr olishga sabab bo‘ladi. Bu xususda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:

الصَدَقَةُ عَلَى الْمِسْكِيْنِ صَدَقَةٌ، وَعَلَى ذِي الرَّحْمِ ثِنْتَانِ، صَدَقَةٌ وَصِلَةٌ

ya’ni: “Miskinga qilingan bir sadaqadir. Qarindoshga qilingan sadaqa ikki yaxshilikdir: sadaqa va silai rahmdir” deganlar.

Rivoyatlarda keladiki, bir kishining amakisining o‘g‘li og‘ir kasallik bilan vafot etganda uning bolalaridan: “Otangizning birortasidan qarzi bormidi?” deb so‘raydi. Ular otalarining qarzi bor ekanini aytadilar. U kishi: “Qarzlar mening zimmamga, o‘zim to‘lab beraman”, – deydi. U qarz nari borsa o‘n ming yoki yigirma ming tanga bo‘lsa kerak, deb o‘ylagan edi. Biroq bolalardan qarzning 385 ming ekanini eshitadi. Uning o‘zi bu xususda shunday degan: “Qarzlarning barchasini bitta-bitta qilib to‘ladim. Allohga qasamki, bir necha yillardan beri kasod bo‘lib turgan mollarim bor edi. Bir necha kunda sotilib ketdi. Hisoblab qarasam ushbu savdolardan topgan foydam to‘lagan qarzlarim teppa-teng chiqdi”.

Umuman olganda silai rahmni bog‘lash dinimiz hukmiga ko‘ra vojibdir. Uni uzish esa katta gunohlardan biri hisoblanadi. Bunga ulamolar ittifoq qilishganini Imom Qurtubiy va Qozi Iyozlar naql qilganlar.

Silai rahmni joriy qilish qanchalik ulug‘ bo‘lishi barobarida uni uzish gunohi kabiralardandir. Zero oyati karima va hadislarda qarindosh urug‘lik aloqalarini uzganlarga qattiq tahdid qilinadi:

فَهَلْ عَسَيْتُمْ إِنْ تَوَلَّيْتُمْ أَنْ تُفْسِدُوا فِي الْأَرْضِ وَتُقَطِّعُوا أَرْحَامَكُمْ أُولَئِكَ الَّذِينَ لَعَنَهُمُ اللَّهُ فَأَصَمَّهُمْ وَأَعْمَى أَبْصَارَهُمْ

ya’ni: “Agar (imondan) bosh tortsangiz, aniqki, sizlar yerda buzg‘unchilik qilarsizlar va qarindoshlaringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzasiz, albatta unday kimsalarni Alloh la’natlagandir, bas, ularning (quloqlarini) «kar», ko‘zlarini «ko‘r» qilib qo‘ygandir” (Muhammad surasi 22-23-oyatlar).

Ushbu oyat sharhida Umar ibn Abdulaziz rahmatullohi alayhning quyidagi so‘zlari keltiriladi: “Silai rahmni uzgan kishilar bilan do‘st bo‘lmagin, chunki Alloh taolo ularni Qur’oni karimning ikki oyatida la’natlagan” (Bu yerda mazkur oyat bilan Ra’d surasi 25-oyati nazarda tutilgan).

Alloh taoloning izni bilan rahm (qarindoshlik) o‘zini bog‘laganlarni haqiga yaxshi duo, o‘zini uzganlarni duoibad qilib turadi. Oisha onamiz Payg‘ambarimiz alayhissalomdan rivoyat qiladilar:

الرَّحِمُ مُعَلَّقَةٌ بِالْعَرْشِ، تَقُولُ: مَنْ وَصَلَنِي وَصَلَهُ اللهُ، وَمَنْ قَطَعَنِي قَطَعَهُ اللهُ

(أخرجه البخاري عن عائشة رضي الله عنها)

ya’ni: “Rahm (qarindoshlik) Arshga osilib: “Kim meni ulasa, Alloh uni ulasin! Kim meni uzsa, Alloh uni uzsin!”, deydi” (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Silai rahmni uzganlar jannatga kirmasligi haqida Payg‘ambarimiz alayhissalomdan quyidagi hadis rivoyat qilinadi:

لَا يَدْخُلُ الْجَنَّةَ قَاطِعٌ” قَالَ سُفْيَانُ فِي رِوَايَتِهِ: “يَعْنِي قَاطِعَ رَحِمٍ

(متفق عليه)

ya’ni: “Kesuvchi jannatga kirmaydi”. Sufyon rahimahulloh o‘z rivoyatlarida: “Qarindoshlikni uzuvchi nazarda tutilgan”, – deydilar (Muttafaqun alayh).

Yuqoridagi oyati karima va hadisi shariflarga ko‘ra silai-rahm musulmon kishiga farz bo‘lgan amaldir.

Ba’zi odamlar o‘zaro bordi-keldi qilib turgan qarindoshlargagina yaxshilik qilishni silai rahm deb hisoblaydilar. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam ushbu tushunchani xato ekanini aytadilar va silai rahmning haqiqiy mohiyatini bayon qilib berganlar:

لَيْسَ الْوَاصِلُ بِالْمُكَافِئِ وَلَكِنْ الْوَاصِلُ الَّذِي إِذَا قَطَعَتْ رَحِمُهُ وَصَلَهَا

(رواه الامام البخاري)

ya’ni: Haqiqiy silai rahm qiluvchi kishi qarindoshlari tarafidan unga qilingan aloqaga javob tariqasida (bordi-keldi) aloqa qilayotgan odam emas, balki ular tarafidan aloqa uzilgan paytda ularga aloqani bog‘lagan odamdir (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Demak, silai rahm qarindoshlar bilan chiroyli munosabatda bo‘lish, ularning xursandchiliklari bilan quvonish, musibatlariga hamdard bo‘lish, muhtoj bo‘lsalar yordam berish, ularni doimo ziyorat qilib turish, ko‘ngillarini olish, dillarini og‘ritishdan saqlanish, ulardan biror yomonlik yetsa ham kek saqlamay kechirib yuborish, qalbida ularga nisbatan hasad va adovat saqlamasdan o‘rtada muhabbat paydo qilishni o‘z ichiga oladi.

Bugungi kunimizda silai-rahm bilan bog‘liq, gohida ko‘zga tashlanadigan noxush voqealar dinimiz ko‘rsatmalariga ziddir. Masalan, ota-onalar dunyodan o‘tgach, aka-uka, opa-singillar o‘rtasida arzimagan mol-mulk, yerni deb kelishmovchiliklar chiqishi yoki sekin-sekin munosabatlar yomonlashib, o‘zaro uzoqlashib, begonalardek bo‘lib ketishlari, bir-birlarini yo‘qlash, tez-tez xabarlashishni ham unutishlari o‘ta ayanchli holatlardir. Bu ishlarga mol-dunyoning sababchi bo‘layotgani yanada ayanchlidir. Vaholanki, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam molu-mulk haqida bunday deganlar:

تَقيءُ الأرضُ أفلاذَ كبدِها أمثالَ الأُسطوانِ منَ الذَّهبِ والفضَّةِ قالَ: فيجيءُ السَّارقُ فيقولُ: في مثلِ هذا قُطِعَت يدي ويجيءُ القاتلُ فيقولُ: في هذا قَتلتُ: ويجيءُ القاطعُ فيقولُ: في هذا قَطعتُ رحِمي ثمَّ يدَعونَهُ فلا يأخُذونَ مِنهُ شيئًا

(الترمذي)

ya’ni: “Yer o‘zining oltin va kumushdan bo‘lgan xazinalarini ustunlardek uyum-uyum qayt etib chiqarib tashlaydi. Shunda qotil keladi va: “Men shular sababli odam o‘ldirgandim”, deydi. Silai rahmni uzgan keladi va: “Men shular sababli silai rahmni uzgandim” deydi. O‘g‘ri keladi va: “Men shular sababli o‘g‘rilik qilgandim”, deydi. Keyin ular bu narsalarni tashlab ketadilar va undan hech narsa ololmaydilar” (Imom Termiziy rivoyati).

Demak, barchadan qoladigan mol-dunyoni deb Alloh taologa osiy bo‘lish, u buyurgan amrlarni tark etish, xususan silai rahmdek dunyo va oxiratimiz uchun o‘ta foydali ishga beparvo bo‘lish mo‘min-musulmonga yarashmaydigan ish hisoblanadi.

Alloh taolo barchalarimizning tutayotgan ro‘zalarimizni qabul qilsin. Barchalarimizni silai rahm degan buyuk ibodatga amal qiladigan va uning fazilatlariga erishadigan bandalardan aylasin!

Jannat orzusidagi ayol

«Eringga e’tiborli bo‘lgin, chunki u sening uchun yo jannating yoki do‘zaxingdir». Aziz muslima opa-singillar, murojaatimizdan angladingizki, bu mavzuimiz siz azizlarning oiladagi o‘rningiz, ayollik va onalik vazifalaringizni nechog‘lik to‘la-to‘kis ado etish bilan, ko‘nglingizda paydo bo‘ladigan ikki dunyo saodatidan umidvorlik hissi ustida bo‘ladi.

Ma’lumki, oila ham jamiyatning kichik bir bo‘lagi bo‘lib, unda ayolning o‘rni beqiyosdir. Ayol oilaning farishtasi, saramjon-sarishta uy bekasi. Ayol jismonan erkaklarga nisbatan zaif bo‘lsa ham, oilaning yukini ko‘tara olishga qodir. Ammo uning ko‘ngli nozik va ta’sirchan bo‘lgani sababli shuncha yukni ko‘targan ayol eri va oila a’zolarining salgina qo‘pol muomalasi yoki oiladagi biror vaziyat yuzasidan bergan tanbehini ko‘tara olmasligi mumkin. Chunki ayol oiladagi behisob tashvishlar va uy-ro‘zg‘or yumushlaridan charchashi tufayli shunday holatga tushishi tabiiy. Bunday vaziyatda eri uni to‘g‘ri tushungan holda xotiniga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lishi lozim. Chunki oiladagi munosabatlar ikki taraflama bo‘lib, erkak va ayolning o‘zaro moslashuviga asoslanadi. Shuning uchun ham er-xotinlik munosabatlari bir-birlarining haq-huquqlari va oiladagi o‘rinlarini to‘g‘ri anglashlari asosida shakllanadi. Bunda, ayniqsa, ayolning eriga itoatli va oila a’zolariga go‘zal munosabatda bo‘lishi muhim o‘rin tutadi. Ayol kishining eriga itoatkorligini opa-singillarimiz to‘g‘ri anglab yetishlari va bunga amal qilishlari haqida shariatimizda ko‘plab tavsiyalar berilgan. Ulardan eng asosiylari erning ayoli ustidagi haq-huquqlari bo‘lib, bular jumlasiga amali solih ishlarda unga itoat qilishi, erining mol-mulkini asrab-avaylashi, er-xotinlikdagi nozik munosabatlarda o‘ta hushyor bo‘lishi, erining istagini hech qachon rad qilmasligi kabilar kiradi.

Avvalo, muslima opa-singillarimiz shuni yaxshi anglab olishlari kerakki, Islom dinida ayolning eriga itoat qilishi, bu – shariatga itoat qilishi demakdir. Ammo erkak shariatga xilof ishlarni buyurganida, ayolning o‘z eriga itoat qilmaslikka haqi bor. Zero, Imron ibn Husayndan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaratganga gunoh bo‘lgan ishlarda maxluqqa (biron kimsaga) itoat qilinmaydi», deganlar. (Ahmad va Hokim rivoyati).

Ko‘pchiligimiz er va xotinlik eng muqaddas insoniy aloqalar ekanini yaxshi bilamiz. Ammo bu aloqalarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda Qur’oni Karim va hadisi shariflarga amal qilib ish tutishimiz lozim. Ayol kishi turmushga chiqqach, erining izmida bo‘ladi, endi u ota-onasidan ko‘ra ko‘proq eriga itoat etishi lozim. Agar er to‘g‘ri yo‘lda bo‘lib, xotiniga nisbatan o‘z zimmasidagi majburiyatlarni bajarsa, xotini unga itoatsizlik qilishi gunohdir. Ayol erining iznisiz, huda-behudaga uyidan chiqishi joiz emas. Ammo zaruriyat yuzasidan, ota-onasining ziyorati uchun, ayniqsa, bemor ota-onasiga zarur bo‘lib qolganda chiqishiga shar’iy jihatdan hech qanday mone’lik yo‘q. Er-xotinlik munosabatlarida shunday holatlar ham bo‘ladiki, erkak kishi ayolining ehtiyojlarini doim qondirib yuradi, lekin kuni kelib biror sabab bilan uning xohlagan narsasini olib bera olmasa, ayol darhol erining barcha yaxshiliklarini unutib: «Sendan nima ko‘rdim», deydi. Bu ayol kishining nafaqat erini qadrlamasligi, balki noshukurlik qilib, erining barcha yaxshiliklaridan ko‘z yumishidir. Bunday holatlarda ayolning o‘ylamay-netmay aytgan bir og‘iz gapi ham, uning do‘zax ahllaridan bo‘lib qolishi uchun yetarli sabab ekanligi quyidagi hadisi sharifdan anglashiladi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Menga do‘zax ko‘rsatildi, qarasam, undagi odamlarning ko‘pi inkor qiluvchi xotinlar ekan». Sahobalar: «Allohni inkor qilganmi?» – deb so‘radilar. «Erning yaxshiligini inkor qilganlar, erning qadriga yetmaganlar. Agar bularning bittasiga bir umr yaxshilik qilsang-u, keyin sendan bir kichik yomonlik ko‘rsa: «Sendan nima ko‘rdim, hech yaxshilik ko‘rmadim», – deb aytadir», – deb javob berdilar.(Imom Buxoriy rivoyati).

Hadisi shariflarda keltirilishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam Me’rojga chiqqanlarida Allohning irodasi bilan ko‘p narsalarni, jumladan do‘zaxni ham, do‘zax ahlining ko‘pi xotin kishilar ekanini ham ko‘rdilar. Bu o‘rinda ayollarimiz Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ko‘rganlari achchiq haqiqat ekanini, bularni ochiq-oydin aytish bilan ayollarni qilgan gunohlarining oqibatlaridan ogohlantirib, ular uchun qayg‘urayotganlarini to‘g‘ri anglashlari kerak. Ammo, muhtarama ayollarimiz erlari oldidagi o‘z burchlarini nechog‘lik to‘liq ado etishlari natijasida, Qiyomat kuni ular qanday martabalarga erishishlari haqida ushbu hadisi sharifni o‘qib, behad shodlanishlarini tasavvur qilish qiyin emas: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar ayol besh vaqt namozini o‘qisa, (Ramazon) ro‘zasini tutsa, farjini – iffatini (haromdan) saqlasa va eriga itoat qilsa, jannatning istagan eshigidan kiradi» (Ibn Hibbon rivoyati).

Darhaqiqat, bu yerda ayollarga o‘z solih amallari orqasidan jannatga kirish yo‘llari bayon qilinyapti. Bir qarashda ayollarimizga ushbu hadisga amal qilish uncha qiyinchilik tug‘dirmayotgandek tuyuladi. Biroq ular namoz o‘qish, ro‘za tutish, iffatlarini haromdan saqlay olish kabi uch amalni bajarishlari mumkin, ammo hozirgi kunda erga itoat qilish sinovidan hamma ayollar ham o‘ta olyaptilarmi? Bunga nimalar sabab bo‘layapti? Axir, bunga zamonaviy ayollarning turli hoyu-havaslarga berilishlari, bir-birlari bilan kimo‘zarga zebu ziynat va kiyim-kechakka ruju qo‘yishlari, oxirgi rusumdagi avtoulovlarni minishni orzu qilishlari, farzandlarining bo‘lar-bo‘lmas istaklarini so‘zsiz bajarishlari, taltaytirishlari sabab bo‘lib, bu bilan o‘z erlarini qiyin ahvolga solib qo‘ymayaptilarmi? Buning oqibatida ular erlarining to‘g‘ri yo‘ldan adashib, harom ishlarga qo‘l urishlariga sababchi bo‘lib qolishlari haqida nega mulohaza qilib ko‘rmaydilar? Ba’zi rivoyatlarda keltirilishicha, Qiyomat kuni ayol kishidan avvalo o‘qigan namozlaridan va shundan so‘ng birinchi navbatda erining roziligi haqida so‘raladi. Bu rivoyatdan bexabar bo‘lgan aksariyat ayollar, o‘z fikrida turib olib xudbinlik qilish bilan birga, erini zamonadan orqada qolayotganlikda ayblab, uning fikrlari bilan umuman hisoblashmaslik yo‘liga o‘tib oladilar. Hatto erlariga o‘z hukmlarini o‘tkazishga ham harakat qiladilar. Bunday xatti-harakatlar eriga itoatsizlikning ochiq ko‘rinishi emasmi? Bu toifadagi ayollar erlarining bo‘shangliklari va oila ta’minotini eplay olmayotganliklari bilan o‘zlarini oqlab, oilada hukmron bo‘lishga ham intiladilar. Bunday ayollar itoatkorlikni hush ko‘rmaydilar. Ba’zi ayollar, o‘z erlarini boshqalar bilan solishtirib: «Agar mening erim ham shunday aqlli va toparmon-tutarmon bo‘lganida edi, men unga itoat qilgan bo‘lar edim», deb o‘ylaydilar. Bu bilan ular erlarini yerga uribgina qolmay, ularning erlik g‘ururiga ham tahdid soladilar. Bu esa oiladagi er-xotinlik munosabatlarida turli tushunmovchiliklar kelib chiqishiga, hatto oilaning buzilishiga ham sabab bo‘lishiga ko‘plab hayotiy misollarni uchratishimiz mumkin. Nahotki ayol uchun o‘z erining topgan-tutganiga qanoat qilib, Alloh taologa shukuronalik keltirib, erining shar’iy talablariga itoatda bo‘lish shunchalik qiyin bo‘lsa? Axir, ayolning o‘z oilasining tinchligi yo‘lida xushmuomala va itoatkor bo‘lishi oilani mustahkamlashning bir vositasi emasmi? Shunday ekan, Siz ham quyidagi hadisda keltirilgan jannat ahllaridan bo‘lishga harakat qiling! «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlarga jannatdagi ayollaringiz haqida xabar beraymi? Xushmuomala, serfarzand, agar g‘azablansa yoki (eri tomonidan) xafa qilinsa yoki eri g‘azablansa: «Mana bu qo‘lim sizning qo‘lingizda, to siz rozi bo‘lmaguncha ko‘zimga uyqu qo‘nmaydi», deydi» (Tabaroniy rivoyati). Qarang-a, hatto g‘azablanganda va xafa qilinganda ham, erining roziligini tilab turish jannatiy ayollarning sifatlaridan ekan. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar ayol erning haqqi (qay darajadaligini) ni bilganida, tushlik va kechki ovqati hozirlanganda, to (eri) undan (yeb) forig‘ bo‘lmagunicha o‘tirmas edi». (Tabaroniy rivoyati). Bu hadis mazmunidan anglashiladiki, ayol erining xizmatini to‘liq ado etib bo‘lmaguncha qo‘nim topmas ekan. Mazkur hadislardan ma’lum bo‘ladiki, erning ayoli ustidagi haqi benihoyat kattadir. Shariatda erkakning ayolidan ustunligi yuzasidan Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan shunday hadis borki, unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Agar biron kishini boshqasiga sajda qilishga buyurganimda, ayolni eriga sajda qilishga buyurgan bo‘lar edim» (Termiziy rivoyati).

Ushbu hadisdan ayolning eriga haqiqiy ibodat ma’nosidagi sajda qilishi emas, balki erning ayoli oldidagi darajasi va haqi qanchalar ulug‘ligini anglab, ta’zim qilishi va itoatkorligi tushuniladi. Biroq shu o‘rinda erkaklarimizga ham ba’zi haqiqatlarni eslatib qo‘yish lozim. Chunki bu hadisni ba’zi erkaklar o‘zlaricha noto‘g‘ri talqin qilib, oila a’zolariga, xususan ayoliga jabr-zulm qilib, uni xo‘rlab, ayolni Allohning omonati emas, balki o‘z mulki deb tushunadilar. Ammo bu noto‘g‘ri tushuncha bo‘lib, er oilada zulmkor hokim emas, balki adolatli va g‘amxo‘r oila rahbaridir. Agar u rahbarlikni qo‘ldan boy berib, o‘z mas’uliyatini his qilmasa, oiladagi nufuzini yo‘qotadi.

Aziz erkaklar! Axir, biz o‘z erkaklik burchimizni ayollar zimmasiga yuklash bilan, oiladagi o‘z o‘rnimizni yo‘qotmayapmizmi? Zero, Alloh taolo: «Erkaklar xotinlari ustida rahbardurlar. Bunga sabab Alloh ularning birovlarini birovlaridan (ya’ni erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir. » deb marhamat qilgan. (“Niso” surasi, 34-oyat)

Darhaqiqat, Alloh taolo erkak kishini uning jismoniy va ruhiy jihatlari bilan oila rahbari bo‘lishga mos qilib yaratgan. Oila qurish va uning osoyishtaligini saqlash, bu yo‘ldagi barcha sarf-xarajatlar erkak kishining zimmasidadir. Ibn Umar roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda: «Nabiy alayhissalom: «Barchalaringiz homiysiz va qo‘l ostingizdagilarga mas’ulsiz. Imom homiydir va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Erkak o‘z ahliga homiydir. Va qo‘l ostidagilarga mas’uldir», dedilar». (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).

Albatta, erkak kishining eng asosiy burchi o‘z qaramog‘idagilarning o‘zgalarga qaram bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymasligidir. Shuningdek, ularning zimmasiga ahli ayol nafaqasi farzdir. Muoviya Qurayshiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Yo Rasulalloh, bizning birimizda xotinining nima haqi bor?» – dedim. «Qachon taomlansang, uni ham taomlantirasan. Qachon kiyim kiysang, uni ham kiyintirasan. Yuziga urmaysan. Qattiq so‘kmaysan va uydan boshqa joyda (o‘rningni boshqa) hijron qilmaysan», – dedilar» (Abu Dovud rivoyati). Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Kishi o‘z qaramog‘idagilarini nafaqasiz tashlab qo‘yishi uning (qattiq) gunohkorligiga kifoya qiladi», – deb marhamat qilganlar. (Imom Ahmad rivoyati).

Demak, oilada ayolning o‘z burchlarini to‘kis bajarishi zarur bo‘lganidek, er ham ayoliga marhamat ko‘rsatib, unga hadyalar berish, yaxshi muomalada bo‘lish, ayrim nojo‘ya harakatlariga sabr qilish, tinch-totuv yashash kabi haqlarini ado etishi buyurilgan. Bu haqda Alloh taolo aytadi: «Ular bilan xushmuomala bo‘lib, tinch-totuv yashanglar» («Niso» surasi, 19-oyat). Erkakning burchlaridan yana biri haqida quyidagi hadisda aniqroq bayon qilingan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlarning eng yaxshilaringiz ahli-ayoliga yaxshi munosabatda bo‘luvchilaringiz va men (ichlaringizda) ahli(ayoli)ga yaxshilik qiluvchiroqman» (Termiziy rivoyati). Shunday ekan, erkak o‘z xotiniga ozor bermasligi, undan aziyat yetsa kechirimli bo‘lib, sabr-qanoat qilishi, unga e’tiborli bo‘lishi ham erlik burchidir. Aksariyat erkaklar ishdan uyiga qaytgach, oilasi va ayoliga e’tiborli bo‘lish o‘rniga, televizor ko‘rish, telefon titkilash bilan ovora bo‘ladilar. Kechgacha oila yumushlaridan charchagan ayol, eri bilan bir oz suhbatlashgisi, oilaviy masalalarda u bilan maslahatlashgisi keladi. Shunday paytlarda erkak ayolining kayfiyatidan xabardor bo‘lib, gohi-gohida uning ko‘nglini olib, suhbatlashib vaqtini o‘tkazishi foydadan holi emas. Chunonchi, Nabiy alayhissalomdan kelgan ushbu mazmundagi hadisda aytilishicha, Qiyomat kuni kishi o‘z ayoli bilan o‘tkazgan vaqti haqida savol-javob qilinmaydi.

Yuqoridagi mulohazalardan eri bilan baxtli hayot kechirishni istagan har bir ayol, erining ko‘ngliga yo‘l topa olishi lozimligi ayon bo‘ldi. Shuni nazarda tutgan holda dinimizda muslima ayollarga dasturulamal bo‘ladigan quyidagi tavsiyalarni eslatib o‘tmoqchimiz.

1.Ayol kishi erining iznidan tashqari biror ishga qo‘l urmasligi.

Erining ruxsatisiz nafl ro‘za tutmasligi va begona odamlarni uyiga kiritmasligi lozim. Bu haqda Abu Hurayra roziyallohu anhudan shunday rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ayol kishi uchun erining huzurida uning ruxsatisiz (nafl) ro‘za tutishi va uning iznisiz uyiga begonalarni kiritishi halol emas», dedilar» (Buxoriy rivoyati).

2. Eri uchun o‘zini saqlashi.

Bunda ayol kishining eriga itoatda bo‘lishi va uning g‘azabini qo‘zg‘atmaslik uchun o‘ziga oro berib bo‘lar-bo‘lmasga ko‘chaga chiqishdan tiyilishi nazarda tutiladi. Alloh taolo marhamat qiladi: «Uyingizda qaror toping. Ilgarigi johiliyatning ochiq-sochiqligi kabi ochiq-sochiq yurmang» («Ahzob» surasi, 33-oyat). Bundan «Ayollar umuman uydan chiqishlari mumkin emas ekan», degan fikr tushunilmaydi. Ular o‘zlarining kundalik zaruriyatlari yuzasidan ko‘chaga chiqadilar. Biroq bunda ochiq-sochiq kiyinib, haddan ortiq pardoz qilishni o‘zlariga ep ko‘rmasliklari kerak. Chunki bunday holatda ko‘chaga chiqqanda ayol boshqa erkaklarning e’tiborini o‘ziga tortadi. Vaholanki, u boshqalar uchun emas, faqat o‘z erining ko‘zini quvnatish uchun ko‘chaga chiqqanda emas, uyida o‘ziga oro berishini yoddan chiqarmasligi kerak. Ana shunda erkak kishi ham o‘z ayolining husn-tarovatidan zavqlanib, boshqa ayollarga shahvat ko‘zi bilan qarashdan tiyiladi. Bunday ayollar haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ayollarning eng yaxshisi unga qarasang seni xursand qiladigan, (biron ishga) buyursang itoat etadigan, unga tegishli biron qasam ichsang, qasamingni buzmaslikka yordam beradigan va ko‘chaga chiqqaningda uyda iffatini va sening mol-mulkingni asrab-avaylaydigan ayoldir», deb aytganlar. (Nasoiy va Ahmad rivoyati).

3. Har qanday sharoitda eriga yordam berish va uni qo‘llabquvvatlash.

Muslima ayol eri topib-tutib turgan paytda ham, sharoit taqozosi bilan ishlari yurishmay qolganda ham unga birdek yaxshi muomalada bo‘lib, ko‘nglini ko‘tarishi lozim. Mabodo, eri biror kasallikka chalinib qolsa, unga hamdard bo‘lishi va tezroq tuzalishi uchun uning issiq-sovug‘idan doim xabardor bo‘lishi lozim.

4. Uyini ozoda va saranjomsarishta saqlashi.

Eri ishdan kelganda hamma narsaning joy-joyida bo‘lishi uning kayfiyatini ko‘taradi. Aksincha, ivirsiq, supurib-sidirilmagan uyga kirganda, er xotinining uquvsizligi va farosatsizligidan qattiq ranjiydi. Bunday uyda hech qachon tinchlik-totuvlik, xotirjamlik bo‘lmaydi. Ayollar shuni yodda tutishlari kerakki, xonadonning ziynati hashamatli buyumlarda emas, balki undagi pokizalik, sarishtalik bilan belgilanadi.

5. Xotin kishining erini xayrli ishlarga undashi.

Ya’ni, uni gunoh va yomon ishlardan qaytarib, savobli ishlarga undashi. Hayotiy misollardan shu narsa ma’lumki, ba’zi ayollar erlarining o‘z yaqinlariga qilmoqchi bo‘lgan xayr-ehsonlardan qaytarmoqchi bo‘ladilar. Bunday ayollar erlarining daromadlarini faqat o‘z oilasining manfaati uchun sarflashga undab, ularni savobli ishlardan qaytaradilar. Vaholanki, soliha ayol erini doim boshqalarga ham naf keltiradigan ishlarga yo‘llashda maslahatgo‘y bo‘lishi lozim.

6. Ayolning qo‘li gul pazanda bo‘lishi.

Ayol erining topgan-tutganini reja bilan sarflab, mazali taomlar tayyorlashi ham erkakning baxti. Chunki shirin taomlar bilan ham ayol erining ko‘ngliga yo‘l topadi va uning oilaga yanada bog‘lanishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, masalliqlarni pala-partish sarflab, mehr bermay bemaza taom tayyorlaydigan ayollarning erlari esa, doim ko‘chadan ovqatlanishga o‘rganib qoladilar. Ko‘chadan mazaliroq ovqat yeyishga odatlangan erkakning behuda sarf-xarajatlari oila ta’minotiga ham zarar yetkazadi.

7. Ayol oilada erining yaqin yordamchisi bo‘lishi.

Buni juda keng ma’noda tushunish mumkin. Ayol oila ta’minotchisi bo‘lgan erining ishlariga hurmat bilan qarab, farzandlar tarbiyasiga mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Albatta, soliha, va oqila ayol farzandlariga ham go‘zal tarbiya beradi. Aksincha, ba’zi kaltabin, doim bolasining yoniga tushadigan shartaki ayollar esa, farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadilar. Zero, solih va qobil farzandlarni ona tarbiyalagani kabi, noqobil, badxulq farzandlarni ham onalar tarbiyalaydilar. Birinchi toifadagi ayollar farzand tarbiyasida erlariga qanchalik yordamchi bo‘lib ularning qaddini ko‘tarsalar, keyingi toifadagilari esa erlarining farzandi orqasidan qaddi bukilishiga sababchi bo‘ladilar. Shuning uchun ham, avvalo, ayollarning o‘zlari tarbiyali va xushxulq bo‘lishlari katta ahamiyatga ega.

8. Ayol kishining xushmuomala bo‘lishi.

Ayol nafaqat eriga, balki qaynona va qaynotasiga ham birdek xushmuomalada bo‘lishi, ularning ko‘ngillariga ozor yetkazadigan so‘zlardan tiyilishi kerak. Erining ko‘nglini topib, qaynona va qaynotasining xizmatida bo‘lgan ayol, ularning qalbiga quvonch bag‘ishlaydi va o‘ziga nisbatan mehr- muhabbatlarining yanada ziyoda bo‘lishiga erishadi. Afsuski, shunday ayollar ham borki, oiladagi turli ikir-chikirlardan bahona axtarib, erining dilini ranjitib o‘zidan bezdiradi. Bunday dilozor ayollarning erlarini xorlaganlari oqibati haqida Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda shunday deyilgan: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qay bir xotin bu dunyoda eriga ozor bersa, albatta, u (kishi)ning (jannatdagi) «huri iyn»dan bo‘lgan xotini «Unga ozor berma! Alloh seni halok qilsin! U sening oldingda qo‘noq bo‘lib turibdi, xolos. Yaqinda seni tark etib, biz tomon jo‘naydi», deydi», deganlar». (Termiziy rivoyati).

9. Ayolning eri sha’nini himoya qilishi.

Avvalo, o‘z hurmatini bilgan ayol erining oldida ham, ortidan ham obro‘sini saqlashi zarur. Aksincha, juz’iy kamchiliklari bo‘lgan erkakning obro‘sini to‘kib, duch kelgan odamga yomonlash, uydagi sirni ko‘chaga olib chiqish nafaqat erini, balki o‘z oilasi sha’nini toptash bilan barobardir. Zero, shunday sabr-qanoatli soliha ayollar ham borki, eri hatto unga zulm qilsa ham, o‘z oilasi va farzandlari sha’nini himoya qilish uchun qo‘ni-qo‘shnilarga erining faqat yaxshi tomonlari haqida gapiradi. Bu esa ayolning donoligi va ketini o‘ylab ish qilishidan dalolatdir. Bunday ayollar faqat qo‘ni-qo‘shnilarning oldida emas, farzandlarining oldida ham erining mavqeini saqlab qolishiga sabab bo‘ladi. Bu esa vaqti kelganda erning ayoliga qilgan jabr-zulmidan pushaymon bo‘lib, bora-bora uning qadriga yetishiga sabab bo‘ladi.

10. Ayolning eriga e’tiborli bo‘lishi.

Ayollar orasida shundaylari ham borki, uy-joyini ozoda saqlaydi, ro‘zg‘or ishlarini o‘rniga qo‘yadi, lekin eriga nisbatan beparvo bo‘ladi. Eri ishdan kelganda uni ochiq chehra bilan kutib olish, xushmuomalalik bilan oldiga ovqatini qo‘yish uyoqda tursin, uning kayfiyatiga qarab hol-ahvol so‘rash haqida o‘ylamaydi ham. Eriga e’tiborsizligi tufayli uni toza va dazmollangan ust-bosh bilan ko‘chaga chiqarishni xayoliga ham keltirmaydi. Axir, eriga e’tiborli bo‘lib, uning xizmatini og‘rinmay qilgan ayol erini rozi qilib jannatiy bo‘lishi yoki aksincha, uni norozi qilib do‘zaxiy bo‘lib qolishi ham mumkin. Bu haqda quyidagi hadisda shunday xabar keltirilgan. Husayn ibn Mihson roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ammamning aytishicha, u ba’zi ehtiyojlari tufayli Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga borgan ekan. Shunda u Zot undan: «Ering bormi?» deb so‘rabdilar. U «Ha», deb javob beribdi. U Zot yana: «U senga e’tiborlimi?» debdilar. «Qaysidir ishim bilan uning ko‘nglini olishga ojizlik qilyapman», debdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uning ko‘nglini olish uchun yanada ogohroq bo‘l, chunki jannating ham, do‘zaxing ham udir», debdilar». (Tabaroniy va Hokim rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana bir hadisda aytadilar: «Muhammadning joni Qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ayol kishi to erining haqini to‘la ado etmagunicha Rabbining haqini ado etolmaydi» (Ahmad, Ibn Moja, Ibn Hibbon rivoyatlari).

Albatta, bunday hadislarni yana ko‘plab keltirishimiz mumkin. Ular orqali bugungi kunda eng dolzarb bo‘lgan yana bir mavzuni yoritishga harakat qildik. Ushbu g‘oyibona muloqotimiz asosida oilaviy munosabatlarda er va xotinning majburiyatlari haqida eslatmalar berib, aziz opa-singillarimizni ogohlikka chaqirdik. To‘g‘ri, oilada sizning zimmangizga yuklangan yumushlar juda ko‘p, buni hech kim inkor qilmaydi. Lekin sizning mushkulingizni oson qilishda turli texnika vositalari va sizlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar muhim ahamiyatga egaligini yodda tuting. Shunday ekan, sizdan faqat ozgina e’tiborliroq bo‘lib o‘z ayollik burchlaringizga mas’uliyat bilan yondashish talab etilyapti, xolos. Mana shu eslatmalarimizni ayollarimiz to‘g‘ri tushunib va ularga amal qilib boshqalarga ham ibrat bo‘lishlaridan umid qilamiz.

Allohim, erkaklarimizga solih er, ayollarimizga esa soliha, jannatiy ayol bo‘lishlarini nasib et!

Doniyor Fayz

Hadislar («Al-jоmе’ аs-sаhih»dаn)

Sаhоbа Ammоr [1] аytgаn: «Uchtа хislаtni o‘zidа mujаssаm qilgаn kishining imоni mukаmmаl bo‘lg‘аydir:

Rаsulullоh [2] sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаm [3] dаn bir kishi so‘rаdi: «islоmdа еng yaхshi хislаtlаr qаysidir?» dеdilаr: «ochlаrgа tаоm bеrmоqlik, tаnigаn vа tаnimаgаngа sаlоm bеrmоqlik».

G‘azabni bosmoq haqida

Alloh taoloning shu xususdagi qavl [4] i: «(Alloh) gunohi azimlardan va fahsh ishlardan o‘zini olib qochuvchilarni… va g‘azablangan taqdirda ham kechira oluvchilarni, tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qiluvchilarni, g‘azabini yutuvchilarni, odamlarning gunohlarini o‘tuvchilarni… (yaxshi ko‘rgaydir). darhaqiqat, Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi».

Abu hurayra roziyallоhu аnhu [5] rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «birovni (kurashib) yiqitgan polvon emas, balki g‘azablangan vaqtida jahlini yutgan odam polvondir!» – dedilar». «bir odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «menga nasihat qiling!» – deb edi. Janob Rasululloh: «G‘azablanmagin», – deb bir necha bor aytdilar».

Yetim boqqan odamning fazilati

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «men va yetimning kafilini olgan odam ikkimiz jannatda yonma-yon yashaymiz», – deb ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juft qilib ko‘rsatdilar».

Ilmning fаzilаti to‘g‘risidа

Allоh tаоlо оyati kаrimаsidа: «Allоh tаоlо sizlаrning оrаngizdаgi imоn kеltirgаnlаrni vа ilmni yuksаltirgаnlаrni bu dunyodа yarlаqаb, mаrtаbаsini ulug‘ qilg‘аydir, охirаtdа jаnnаtgа kirmоqlikni nаsib еtgusidir, Allоh tаоlо qilаyotgаn ishlаringizdаn хаbаrdоrdir», – dеyilgаn. yanа bоshqа оyati kаrimаdа еsа: «yo Rаbbiy, ilmimni ziyodа qilg‘аysеn, dеb аyt!» – dеyilgаn.

Allоhning ilm to‘g‘risidа nоzil qilgаn kаlоmi

Allоh tаоlо оyati kаrimаsidа: «yo Rаbbiy, ilmimni ziyodа qilgin, dеb so‘rа!» – dеydi.

Ilm o‘rgаnmоq vа ilm o‘rgаtmоqning fаzilаti

Rаsulullоh sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаm аytgаnlаr: «Allоh tаоlо mеngа yubоrgаn hidоyat (Allоh tаоlо bаndаlаrigа ko‘rsаtgаn to‘g‘ri yo‘l, yo‘llаnmа) singаri ilm hаm ko‘p yog‘gаn yomg‘irgа o‘хshаydi. bа’zi yеr sоf, unumdоr bo‘lib, yomg‘irni o‘zigа singdirаdi-dа, hаr хil o‘simlikl аr vа ko‘kаtlаrni o‘stirаdi vа bа’zi yеr qurg‘оq, qаttiq bo‘ lib, suvni еmmаsdаn, o‘zidа to‘plаydi, undаn Allоh tаоlо bаndаlаrini fоydаl аntiradi. odаmlаr suvdаn ichаdi, hаyvоnlаrini vа еkinlаrini sug‘оrа di. bа’zi yеr еsа tеkis bo‘lib, suvni o‘zidа tutib qоlmаydi, ko‘kаtni hаm ko‘kаrtirmаydi. bulаrni quyidаgichа muqоyasа qilish mumkin: bir kishi Allоh ilmini (islоmni) tеrаn o‘rgаn аdi, tеrаn tushunаdi vа undаn mаnfааtlаnаdi vа Allоh yubоrgаn hidоyatni o‘zi o‘rgаnib, o‘zgаlаrgа hаm o‘rgаtаdi. ikkinchi bir kishi ilm o‘rgаnib, оdаmlаrgа o‘rgаtаdi. Ammо o‘zi аmаl qilmаydi. Uchin chi bir kishi mutаkаbbirlik qilib, o‘zi hаm o‘rgаnm аydi, o‘zgаlаrgа hаm o‘rgаtmаydi. bulаrdаn birinchisi mo‘min, ikkinchisi fоsiq, uchinchisi kоfirdir».

Yaxshi muomala qilinmog‘iga kim haqliroq?

Abu hurаyrа [6] roziyallоhu аnhu rivоyat qilаdi: «bir оdаm Rаsulullоh sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаmning huzurlаrigа kеlib: «yo Rаsulullоh, mеning yaхshi muоmаlа qilmоg‘imgа kim hаqlirоqdir?» – dеb so‘rаdi. Jаnоb Rаsulullоh: «onаng!» – dеb аytdilаr. U: «yanа kim?» – dеb so‘rаdi. Jаnоb Rаsulullоh: «onаng!» – dеdilаr. U: «ya nа kim?» – dеdi. Jаnоb Rаsulullоh: «onаng!» – dеdi lаr. U: «yanа kim?» – dеb so‘rаdi. Jаnоb Rаsulullоh (bu sаfаr): «otаng!» – dеb jаvоb qildilаr».

Odam ota-onasini haqorat qilmaydi!

Abdullоh ibn Amr [7] rivоyat qilаdi: «Rаsulullоh sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаm: «odаm qilаdirgаn gunоhi аzimlаrdаn biri – оtаоnаsini hаqоrаt qilmоqdir!» – dеdilаr. Shundа: «yo Rаsulullоh, оdаm o‘z оtа-оnаsini qаndаy qilib hаqоrаt qilmоg‘i mumk in?!» – dеyishdi. Jаnоb Rаsulullоh: «birоvning оtа-оnаsini so‘kkаn оdаm o‘z оtа-оnаsini hаqоrаt qilgаn bo‘lur», – dеb jаvоb qildilаr».

Qarindoshlariga mеhr-oqibatli odamning rizqi ulug‘ bo‘lmog‘i haqida

Abu hurаyrа roziyallоhu аnhu: «mеn Rаsulullоh sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаmning: «kimki rizqim ulug‘, umrim uzоq bo‘lsin dеsа, qаrindоsh-urug‘lаrigа mеhr-оqibаtli bo‘lsin!» – dеgаnlаrini eshitgаn man», – dеdi.

Anаs ibn mоlik [8] rivоyat qilаdi: «Rаsulullоh sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаm: «kimki rizqim ulug‘, umrim uzun bo‘lsin dеsа, qаrindоsh-urug‘lаrigа mеhr-оqibаtli bo‘lsin!» – dеgаnlаr».

Barcha ishda xushmuomalalik darkorligi haqida

Nаbiy sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаmning jufti hаlоllаri – oyshа roziyallоhu аnhо Urvа ibn аz-Zubаyrgа bundаy dеb аytib bеrgаn ekаnlаr: «bir to‘dа yahudiylаr Rаsulullоh sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаmning huzurlаrigа kirib: «As-sоmu аlаykum!» (ya’ni «Sizgа o‘lim!») – dеdi. mеn ulаrning gаpini аnglаb: «Vа аlаykumu-s-sоmu vа-l-lа’nа!» (ya’ni «Sizgа hаm o‘lim vа lа’nаt!») – dеdim. Jаnоb Rаsulullоh: «yo oyshа, shоshmаy turg‘il! Allоh tаоlо bаrchа ishdа хushm uо mаlаlikni yoqtiradi», – dеdilаr. mеn: «yo Rаsulullоh, ulаrning nimа dеgаnini eshitmаy (аnglа mаy) qоldingiz!» – dеdim. Jаnоb Rаsulullоh: «Sizlаrgа hаm dеdim-ku, ахir!» – dеdilаr».

KIBR HAQIDA

Hоrisа ibn Vаhb аl-huzо’iy rivоyat qilаdi: «Rаsulullоh sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаm: «Ahli jаnnаt kimlаr ekаnligin аytаymi?» – dеdilаr-dа, оdаmlаrdаn jаvоb kutmаy: «hаr bir zаif vа bеchоrаhоl оdаmdir, u gаr Allоhni o‘rtаgа qo‘yib qаsаm ichg‘аydir, so‘zsiz ustidаn chiqg‘аydir», – dеdilаr. So‘ng: «Ahli do‘zах kimlаr ekаnligini (hаm) аytаymi? hаr bir qo‘pоl, quruq gеrdаygаn, bеqаnоаt vа dimоg‘dоr оdаm аhli do‘zахdir», – dеdilаr».

Bolaga rahmdillik qilmoq, uni o‘pib quchoqlamoqlik haqida

Sоbit Anаsdаn nаql qilinаdi: «nаbiy sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаm ibrоhimni qo‘llаrigа оlib o‘pdilаr, hidlаdilаr».

Nаbiy sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаmning jufti hаlоllаri bo‘lmish oyshа оnаmiz Urvа ibn аz-Zubаyrgа bundаy dеb аytgаn erkаnlаr: «bir аyol ikki qizаlоg‘ini yеtаklаgаn hоldа huzurimgа tilаnchilik qilib kеldi. U yoq-bu yoqni qаrаb bir dоnа хurmоdаn bo‘lаk hеch nаrsа tоpоlmаdim. o‘shа хurmоni ungа bеrgan edim, o‘zi yеmаy ikki qizаlоg‘igа bo‘lib bеrdi. So‘ng o‘rnidаn turib chiqib kеtdi. Shu аsnоdа nаbiy sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаm kirib kеlgаn еrdilаr, bo‘lgаn vоqеаni аytib bеrdim. Jаnоb Rаsulullоh: «kimki аnа shundаy qizаlоqlаrgа muruvvаt qo‘lini cho‘zsa, ulаr uni do‘zах оtаshidаn pаrdа bo‘lib to‘sib turаdi lаr», – dеdilаr».

Umаr ibn аl-xаttоb roziyallоhu аnhu rivоyat qilаdi: «Rаs ulullоh sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаmning huzurlаrigа bir qаnchа аsirlаrni оlib kеldilаr. Ulаrning ichidа bir аyol hаm bo‘lib, o‘z оrаlаridаn birоr go‘dаkni tоpib оlsа, dаrhоl uni bаg‘rigа bоsib emizаr edi. Jаnоb Rаsulullоh (buni ko‘rib) bizgа: «nimа dеys iz lаr, аnаvi аyol o‘z bоlаsini o‘tgа tаshlаy оladimi?» – dеdil аr. biz: «yo‘q, аslо tаshl аy оlmаs!» – dеdik. shundа jаnоb Rаsul ul lоh: «Allоh tаоlо o‘z bаndа lаrigа bоlаsigа mеhribоnchilik qilаyotgаn mаnаvi аyoldаn hаm mеhribоnrоqd ir!» – dеdilаr («insоnki o‘z bоlаsini o‘tgа tаshlаy оlmаs ekаn, Allоh tаоlоgа hаm o‘z bаndаsini do‘zах o‘tigа tаshlаmоqlik g‘оyat оg‘irdir»).

Ilm-u hikmatni orzu qilmoq

Hazrat Umar roziyallohu anhu bunday degan: «boshliq bo‘lmasingizdan avval ilmni chuqur o‘rganing! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari yoshlari ulg‘ayganda ham ilm o‘rganganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «ikki narsadan o‘zgasiga hasad qilmoq joiz ermas: biri – kishiga Alloh taolo halol mol-dunyo bersa-yu, uni haq yo‘lida sarflayotgan bo‘lsa, ikkinchisi – kishiga Alloh taolo ilm-u hikmat ato etsa-yu, u shu tufayli oliymaqomga eris hib, hukm surayotgan, odamlarga bilganini o‘rgatayotgan bo‘lsa», – deganlar».

Qarindoshlariga zakot bеrmoq haqida

Nаbiy sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаm: «Qаrindоshlаrigа zаkоt bеrgаn оdаmgа ikkitа sаvоb tеkkаydir – biri qаrindоshlаrigа оqib аt qilgаni uchun, ikkinchisi – zаkоt bеrgаni uchun», – dеdilаr.

Mo‘minlarning bir-birlariga ko‘maklashmoqlari (lozimligi) haqida

Alloh taolo: «yaxshilikka ko‘mak bergan kishi yaxshi nasiba oladi, yomonlikka ko‘mak bergan kishi yomon nasiba oladi! Alloh hamma narsaga qodirdir!» – deydi.

Abu muso rivoyat qiladi: «nabiy sollallohu alayhi vasal- lam, agar biror gado yoki hojatmand kishi huzurlariga kirib kelsa: «ko‘mak qilingiz, savob topg‘aysiz! Alloh taolo o‘z rasulining tili- dan uning istagan narsasini ayttirib, hojatini chiqaradi!» – dedilar.

Mеhmonning mеzbonga: «sеn yеmaguningcha mеn ham yеmayman», – dеb aytmog‘i haqida

Abdurаhmоn ibn Abu bаkr roziyallоhu аnhu rivоyat qilаdi: «(otаm) Abu bаkr bir mеhmоnni (yoki mеhmоnlаrni) uygа оlib kеldilаr. o‘zlаri esа jаnоb Rаsulullоhning huzurlаrigа kеtib, o‘shа yеrdа аnchа vаqt ushlаnib qоldilаr. Qаytib kеlgаnlаridаn so‘ng оnаm: «bu kеchа mеhmоningizni (yoki mеhmоnlаringizni) intiz оr qilib qo‘y dingiz-ku!» – dеdilаr. otаm: «Ulаrni оvqаtlаntirmаdingmi?» – dеb so‘rаdilаr. onаm: «Ulаrning оldig а оvqаt qo‘ygan edik, yеyishmаdi», – dеb jаvоb bеrdilаr. (otаm) Abu bаkr g‘аzаblаnib so‘kindilаr vа tа’blаri tirriq bo‘lib: «mеn оvqаt yеmаymаn!» – dеb qаsаm ichdilаr. Shundа mеn bir jоygа berkinib оlgаn еdim, оtаm: «еy nоdоn, qаy еrdаsаn?» – dеb chаqirdilаr. onаm: «Siz оvqаt yеmаsаngiz, mеn hаm yеmаym аn!» – dеdilаr. mеhmоn (yoki mеh mоnlаr) hаm оtаm оvqаt yеmаgunlаrichа оvqаt yеmаsligini (yеmаsliklаrini) bildirib, qаsаm ichdi. Shundаn so‘ng оtаm: «bizni shаytоn vаsvаsа qilаyotgаn ko‘rinаdi», – dеdilаr-dа, оvqаtni оlib kеlishni buyurd ilаr. o‘zlаri hаm оvqаt yеdilаr, mеhmоnlаr hаm yеyishdi. Shundа idishdаgi оvqаt, ulаr qаnchа yеyishmаsin, kаmаyish o‘rnigа tоbоrа ko‘pаyib bоrаrdi. buni ko‘rib оtаm: «Ey bаniy Firоsning singlisi, nеchun bundаy bo‘lаyotir?» – dеdilаr. onаm: «ko‘zlаrimgа ishоngim kеlmаydi, yеmаsimizdаn ilgаri bunchаlik еmаs еdi, judа ko‘pаyib kеtibdi!» – dеdilаr. hаmmа оvqаtdаn to‘ygunchа yеdi, undаn jаnоb Rаsulullоhgа hаm yubоrishdi. Aytishlаrichа, pаyg‘аmbаrimiz hаm o‘shа оvqаtdаn tаnоvul qilibd ilаr».

Riyo [9] va shuhratparastlik haqida

Jundub [10] roziyallоhu аnhu rivоyat qilаdi: «Rаsulullоh sоllаl lоhu аlаyhi vаsаllаm: «kimdа-kim хаyrli ishlаrini shuhrаt tоpmоq niyatidа оvоzа qilsa, Allоh tаоlо hаm qiyomаtdа uni shаrmаndа qilib, оvоzа qiladi, kimdа-kim хаyrli ishlаrini оdаmlаr mеni ko‘rib qo‘ysinlаr dеb ko‘z-ko‘z qilsa, Allоh tаоlо hаm qiyomаtdа uni bаrchа bаndаlаri o‘rtаsidа izzа qiladi», – dеdilаr».

ZOLIM KIMDIR?

Allоh tаоlо: «Allоh tаоlо nоzil qilgаn yo‘l-yo‘riqlаrgа muvоfi q hukm qilmаydigаnlаr – zоlimdurlаr!» – dеydi.

  1. Hаdis nimа? muhаddis kim? Ulаr hаqidа nimаlаr dеya оlаsiz?
  2. hаdislаrni yozish vа yig‘ish qаchоndаn bоshlаngаn? «Sаhih», «nоsаhih» hаdislаrni tushuntirib bеrа оlаsizmi?
  3. imоm аl-buхоriyning vаtаni, o‘qish yillаri va hаyotining so‘nggi yillаri hаqidа gаpirib bеring. mаshhur muhаddisning оtа-оnаsi to‘g‘risidа qаndаy mа’lumоtgа еgаsiz?
  4. «Al-jоmе’ аs-sаhih» kitоbi hаqidа mа’lumоt bеring.