Press "Enter" to skip to content

Ta’lim inspeksiyasi davlat litsenziyasiga ega bo‘lmagan xorij universitetlar nomini ma’lum qilib, fuqarolarni ogohlikka chaqirdi

Taʼlim shakllari: Kunduzgi, kechki, sirtqi.

Bakalavr yoʻnalishi uchun qabul davom etayotgan universitetlar — 2022

Eʼtiboringizga hozirda qabul jarayoni davom etayotgan universitetlar roʻyxatini taqdim etamiz. Ushbu ro’yxatdagi barcha oliy ta’li muassasalari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ro’yxatida mavjud va O’zbekistonda rasmiy faoliyat yuritish litsenziyasiga ega.

Roʻyxatda faqat hozirda qabul davom etayotgan oliy taʼlim muassasalari keltirilgan hamda hududlar boʻyicha guruhlangan.

Toshkent shahri

Alfraganus University

2022-yilda tashkil etilgan va Toshkent shahri, Yunusobod tumanida joylashgan.

Yoʻnalishlar:

  1. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari boʻyicha);
  2. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
  3. Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
  4. Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha);
  5. Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish
  6. Dasturiy injiniring
  7. Sunʼiy intellekt
  8. Pedagogika va psixologiya
  9. Boshlangʻich taʼlim
  10. Maktabgacha taʼlim
  11. Ona tili va adabiyoti (tillar boʻyicha)
  12. Filologiya va tillarni oʻqitish (tillar boʻyicha)
  13. Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari boʻyicha)
  14. Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)

Qabul jarayoni:

Taʼlim shakllari: Kunduzgi, kechki, sirtqi.

Shartnoma toʻlovi: yiliga 12mln soʻmdan 22mln soʻmgacha (taʼlim yoʻnalishi va shakliga qarab).

Diplomat University

2020-yilda tashkil etilgan va Toshkent shahri, Mirobod tumanida joylashgan.

Yoʻnalishlar:

  1. Axborot texnologiyalari;
  2. Iqtisodiyot.

Qabul jarayoni:

Taʼlim shakllari: kunduzgi, sirtqi.

Shartnoma toʻlovi: Kunduzgi taʼlim — 24mln soʻm; sirtqi taʼlim — 18mln soʻm.

International School of Finance Technology and Science(ISFT Instituti)

2021-yilda tashkil etilgan va Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan.

Yoʻnalishlar:

  1. Xalqaro amaliy buxgalteriya va moliya;
  2. Xalqaro biznes boshqaruvi;
  3. Menejment va boshqaruv hisobi.

Qabul jarayoni:

Taʼlim shakllari: kunduzgi, sirtqi.

Shartnoma toʻlovi: kunduzgi taʼlim uchun 15 000 000 soʻm; sirtqi taʼlim uchun 9 900 000 soʻm.

Qoʻshimcha maʼlumot: https://t.me/isftash

IT Park University (ITPU)

2022-yilda tashkil etilgan va Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan.

Yoʻnalishlar:

  1. Birinchi yil (umumiy dastur) – 9 000 000 soʻm;
  2. IT Park School of Computer Science – yiliga 9mln soʻm;
  3. EPAM School of Digital Engineering – yiliga 20mln soʻm.

Qabul jarayoni:

Hujjat topshirish: https://itpu.uz/

Qoʻshimcha maʼlumot: https://itpu.uz/

Yaponiya Raqamli Universiteti

2020-yilda tashkil etilgan va Toshkent shahri, Uchtepa tumanida joylashgan.

Yoʻnalishlar:

  1. Muhandis-dasturchi yoʻnalishi.

Qabul jarayoni:

Shartnoma toʻlovi: yiliga 61 600 000 soʻm.

Qoʻshimcha maʼlumot: https://jdu.uz/enrollee

PDP University

2022-yilda tashkil etilgan va Toshkent shahri, Shayxontohur tumani.

Yoʻnalishlar:

  1. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va dasturlash(Software Development and Programming);
  2. Maʼlumotlar tahlili(Data Analytics);
  3. Sunʼiy intellekt yechimlari va ilovalari(Artificial Intelligence Solutions and Applications);
  4. Biznes tahlili va oʻzgarishlarni boshqarish(Business Analytics and Change Management).

Qabul jarayoni:

Shartnoma toʻlovi: Pre-foundation bosqichi uchun 8mln soʻm; foundation bosqichi uchun 18mln soʻm(bir semestrga).

Profi University

2021-yilda tashkil etilgan va Toshkent shahri, Mirobod tumanida joylashgan.

Yoʻnalishlar:

  1. Pedagogika va psixologiya;
  2. Maktabgacha taʼlim;
  3. Boshlangʻich taʼlim;
  4. Maktab menejmenti;
  5. Xorijiy til va adabiyoti (tip.par boʻyicha);
  6. Ona tili va adabiyoti (tillar boʻyicha).

Qabul jarayoni:

Taʼlim shakllari: kunduzgi, sirtqi.

Shartnoma toʻlovi: 14 300 000 soʻmdan 23 300 000 soʻmgacha (taʼlim yoʻnalishi va shakliga qarab).

STARS University

Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan.

Yoʻnalishlar:

  1. Buxgalteriya hisobi va audit.

Qabul jarayoni:

Taʼlim shakllari: kunduzgi, sirtqi.

Shartnoma toʻlovi: kunduzgi taʼlim 24mln soʻm; sirtqi taʼlim 22mln soʻm.

Tashkent International University of Education(TIUE)

2021-yilda tashkil etilgan va Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan.

Yoʻnalishlar:

  1. Axborot texnologiyalari;
  2. Biznes boshqaruv;
  3. Taʼlim va taʼlimni boshqarish.

Qabul jarayoni:

Taʼlim shakllari: kunduzgi, sirtqi, kechki.

Shartnoma toʻlovi: 18 mln soʻmdan 25 mln soʻmgacha (yoʻnalish va taʼlim shakliga qarab).

Qoʻshimcha maʼlumot: https://tiue.uz/

TMC Institute

2021-yilda tashkil etilgan va Toshkent shahri, Chilonzor tumanida joylashgan.

Yoʻnalishlar:

  1. Iqtisodiyot;
  2. Maktabgacha Taʼlim;
  3. Boshlangʻich Taʼlim;
  4. Pedagogika va psixologiya.

Qabul jarayoni:

Shartnoma toʻlovi: kunduzgi va kechki taʼlim — 18mln soʻm; sirtqi taʼlim — 12mln soʻm.

Toshkent amaliy fanlar universiteti

2022-yilda tashkil etilgan va Toshkent shahri, Chilonzor tumanida joylashgan.

Yoʻnalishlar:

1. Kompyuter injiniringi (IT);

3. Tillar va adabiyot:

4. Pedagogika va psixologiya:

Qabul jarayoni:

Taʼlim shakllari: kunduzgi, kechki, sirtqi.

Shartnoma toʻlovi: kunduzgi va kechki taʼlim 20 mln soʻm; sirtqi taʼlim 16 mln soʻm.

Qoʻshimcha maʼlumot: https://www.utas.uz/

Yangi Asr Universiteti

2021-yilda tashkil etilgan va Toshkent shahrida joylashgan.

Yoʻnalishlar:

  1. Pedagоgika va psixоlоgiya;
  2. Maktabgacha taʼlim;
  3. Defektоlоgiya (Lоgоpediya);
  4. Bоshlangʻich taʼlim;
  5. Dizayn (Interyerni lоyihalash);
  6. Tarix (Xоrijiy Sharq mamlakatlari tarixi);
  7. Filоlоgiya va tillarni oʻqitish (Arab tili);
  8. Filоlоgiya va tillarni oʻqitish (Oʻzbek tili);
  9. Filоlоgiya va tillarni oʻqitish (Rus tili);
  10. Filоlоgiya va tillarni oʻqitish (Ingliz tili);
  11. Filоlоgiya va tillarni oʻqitish (Turk tili);
  12. Filоlоgiya va tillarni oʻqitish (Mumtoz sharq tillari).

Qabul jarayoni:

  1. Suhbat — abituriyentlarning IQ va EQ darajalarini aniqlash uchun.
  2. Test — umumiy oʻrta taʼlimda olingan bilimlarini sinash maqsadida tashkil etiladi.

Shartnoma toʻlovi: 14 mln soʻmdan 20 mln soʻmgacha.

Qoʻshimcha maʼlumot: https://yangiasr.uz/

Xalqaro Nordik Universiteti

2022-yilda tashkil etilgan va Toshkentda shahrida joylashgan.

Yoʻnalishlar:

Shartnoma toʻlovi: 16 mln soʻmdan 25 mln soʻmgacha.

Qabul jarayoni:

Andijon viloyati

Collegium Humanum Varshava Menejment Universiteti

2021-yilda tashkil etilgan va Andijon viloyati, Asaka tumanida joylashgan.

Yoʻnalishlar:

  1. Biznes va xalqaro marketing
  2. Moliya va buxgalteriya hisobi
  3. Inson resurslarini boshqarish (HR)
  4. Brend menejment
  5. Marketing va savdo-sotiq boshqaruvi
  6. Logistika
  7. Turizm, mehmonxona biznesi va umumiy ovqatlanish sohasida menejment va marketing
  8. Kichik va oʻrta biznesni boshqarish

Qabul jarayoni:

Taʼlim tillari: ingliz tili, oʻzbek tili, rus tili.

Taʼlim shakllari: kunduzgi, sirtqi.

Shartnoma toʻlovi: yiliga $2950.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: https://collegiumhumanum.uz/

Sharda University Uzbekistan

2019-yilda tashkil etilgan va Andijon viloyatida joylashgan.

Yoʻnalishlar:

  1. Muhandislik dasturlari (B.Tech./B.Tech. Hos.):
  2. Menejment dasturlari (BBA/BBA hos.):
  3. Gumanitar fanlar dasturlari:

Qabul jarayoni:

Shartnoma toʻlovi: 21 020 000 soʻmdan 36 785 000 soʻmgacha (taʼlim yoʻnalishiga qarab).

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahridagi Oʻzbekiston-Koreya Xalqaro Universiteti (KIUF)

2019-yilda tashkil etilgan va Fargʻona viloyati, Fargʻona shahrida joylashgan.

Yoʻnalishlar:

1. Ijtimoiy gumanitar fanlar yoʻnalishi:

2. Texnik muhandislik fanlari yoʻnalishi.

Qabul jarayoni:

Shartnoma toʻlovi: yiliga $2400(ijtimoiy gumanitar fanlar); $2560(texnik muhandislik fanlar).

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: https://kiuf.uz/

Jizzax viloyati

Sambhram University

2021-yilda tashkil etilgan va Jizzax viloyatida joylashgan.

Yoʻnalishlar:

  1. Axborot texnologiyalari bakalavri (BEIT);
  2. Biznes boshqaruvi bakalavri (BBA);
  3. Kompyuter fanlari boʻyicha bakalavr (BECS).

Qabul jarayoni:

Shartnoma toʻlovi: 10mln soʻmdan 12mln soʻmgacha (bir semestrga).

Navoiy viloyati

Navoiy Innovatsiyalar Instituti

2022-yilda tashkil etilgan va Navoiy viloyati, Karmana tumanida joylashgan.

Yoʻnalishlar:

  1. Maktabgacha taʼlim;
  2. Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha);
  3. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha);
  4. Filologiya va tillarni oʻqitish (tillar boʻyicha);
  5. Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha).

Qabul jarayoni:

  1. Suhbat — abituriyentlarning IQ va EQ darajalarini aniqlash uchun;
  2. Test — umumiy oʻrta taʼlimda olingan bilimlarini sinash maqsadida tashkil etiladi.

Taʼlim shakllari: kunduzgi, sirtqi.

Shartnoma toʻlovi: 13mln soʻmdan 20mln soʻmgacha(taʼlim yoʻnalishi va shakliga qarab).

Hujjat topshirish: https://niiedu.uz/cv

Qoʻshimcha maʼlumot: https://t.me/nii_uz

Profi University Navoiy filiali

2022-yilda Navoiy shahrida tashkil etildi.

Yoʻnalishlar:

  1. Pedagogika va psixologiya;
  2. Maktabgacha taʼlim;
  3. Boshlangʻich taʼlim;
  4. Maktab menejmenti;
  5. Xorijiy til va adabiyoti (tip.par boʻyicha);
  6. Ona tili va adabiyoti (tillar boʻyicha).

Qabul jarayoni:

Taʼlim shakllari: kunduzgi, sirtqi.

Shartnoma toʻlovi: 14 300 000 soʻmdan 23 300 000 soʻmgacha (taʼlim yoʻnalishi va shakliga qarab).

Samarqand viloyati

Samarqand shahridagi Yodju instituti

2022-yilda Toshkent shahridagi Yodju Texnika institutining Samarqand shahridagi filiali tashkil etildi.

Yoʻnalishlar:

  1. Boshlangʻich taʼlim;
  2. Maktabgacha taʼlim;
  3. Maxsus pedagogika;
  4. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
  5. Xalqaro marketing;
  6. Biznesni boshqarish;
  7. Buxgalteriya;
  8. Bank ishi;
  9. Moliya;
  10. Turizm;
  11. Koreys filologiyasi;
  12. Ingliz tili taʼlimi;
  13. Tarjimonlik (Xitoy, Ingliz tili);
  14. Liboslar dizayni
  15. Tarix;
  16. Yoʻl harakatini boshqarish.

Qabul jarayoni:

Taʼlim shakllari: kunduzgi, kechki, sirtqi.

Shartnoma toʻlovi: yiliga 12mln soʻmdan 26mln soʻmgacha (yoʻnalish va taʼlim shakliga qarab).

Hujjat topshirish: http://sam.ytit.uz/

Qoʻshimcha maʼlumot: http://sam.ytit.uz/

Xorazm viloyati

Urganch shahridagi xalqaro “Binary” universiteti

Malayziyaning Binary universiteti filiali 2020-yil 17-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etilgan. Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston va Malayziyada oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Yoʻnalishlar:

  1. Buxgalteriya (BA in Accounting).
  2. Tadbirkorlik (BA in Entrepreneurship).
  3. Biznes boshqaruvi (BA in Business Management).
  4. Marketing (BA in Marketing).
  5. Informatika (BSc in Computer Science).
  6. Texnologiya menejmenti (BSc in Management of Technology).

Shartnoma toʻlovi: $5000 (yillik).

Qabul jarayoni:

Ta’lim inspeksiyasi davlat litsenziyasiga ega bo‘lmagan xorij universitetlar nomini ma’lum qilib, fuqarolarni ogohlikka chaqirdi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi litsenziyaga ega bo‘lmay turib, faoliyat olib borayotgan soxta oliy ta’lim muassasalaridan ogohlantirdi. Bu haqda inspeksiya matbuot kotibi xabar qildi.

Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda litsenziyaga ega bo‘lmagan bir qator tashkilotlar o‘zlarini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari sifatida targ‘ib qilish holatlari uchramoqda. Xususan, “Valley Innovative University”, Samarqand—Koreya xalqaro universiteti, Angren—Koreya internatsional universiteti, Xalqaro Yevropa universiteti va boshqa shu kabi muassasalar tomonidan berilgan diplomlar O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasasi diplomi sifatida tan olinmaydi.

Ularning ayrimlari hattoki xorijda ta’lim olayotgan fuqarolarga o‘qishini O‘zbekistonga imtihonsiz ko‘chirish bo‘yicha va’dalar berayotgani aytilmoqda.

Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq, Ta’lim inspeksiyasidan oliy ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun litsenziya olmagan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar tan olinmaydi.

So‘nggi yillarda nodavlat ta’lim tashkilotlari soni bir necha barobar oshgan. 2018—2020-yillar oralig‘ida litsenziyaga ega bo‘lgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari soni 13 tani tashkil etgan bo‘lsa, birgina 2021-yilning o‘tgan davri mobaynida 18 ta nodavlat oliy ta’lim tashkiloti faoliyati litsenziyalangan.

Foto: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni so‘nggi 3 yilda ikki barobar oshgan. 2020/2021-o‘quv yili boshida respublika bo‘yicha 20 ta xorijiy oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan.

Lisenziyaga ega nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxati e’lon qilindi

Ta’kidlanishicha, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hujjatlarni qabul qilish muddati va talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibini mustaqil belgilaydi.

Shu bilan birga, mamlakatda faoliyat yuritayotgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari asosida o‘tkaziladi.

O‘tish ballidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.