Press "Enter" to skip to content

Mehr oqibat haqida sara sherlar to‘plami

It izzatni bilmas,
Eshak — tarbiyatni.

Mehr oqibat haqida sara sherlar to'plami

Mehr oqibat haqida sherlar to'plami: Insonlar bir-birlari bilan munosabatda bo'lar ekan, o'rtalarida mehr-oqibat hamda ishonch bo'lsagina hayoti yanada go'zallashib boraveradi.

Oqibat

Ey yurak ketaylik butkul bosh olib,
Bizni tushunmaydi inson bolasi.
Ularning tashvishi faqat manfaat,
Oqibat begona odamlar uchun.

Yuzingga qarab turib jilmayganicha,
Ko'ksingga tig' qadar do'stman deganlar.
Soxta mexr, soxta tuyg'u misli daryodir,
Oqibat begona odamlar uchun.

Dard bilan yig'laysan qiynalgaydursan,
Goh yo'qchilik dardi ham ko'ngling chirtganda
Ne ham qo'limizdan kelar edida,
Oqibat begona odamlar uchun.

Dunyoda yashayapmiz barcha qatori,
O'zimizdan o'tganin o'zimiz bilib,
Shunga amin bo'ldik dunyoga kelib,
Oqibat begona odamlar uchun.

Yiqilsang ustingdan kulishga tayyor,
Najotsiz qushdan pat yulishga tayyor,
O'zlarini foydasiga tulkidan ayyor,
Oqibat begona odamlar uchun.

Bayroq haqida sara sherlar to'plami

Dardlaringni bitarsan qog'oz chetiga,
Turtki yeb nokaslar so'zo zarbidan,
Xudoyberdi so'zladi yurak dardidan,
Oqibat begona odamlar uchun.

Oqibat: Nodon o'g'il qissasi

Bu xovlida bir yilda,
Uchta janoza bo'ldi.
Keksa ota-ona va
Keksa oqibat o'ldi.

Ota onasiz qolib,
Dod solardi farzandlar.
Qolgan merosni bo'lib,
Tinchlandi oqpadarlar.

Katta aka oila,
Tirgak ustuni edi.
"Ukalarim hovlini
Bo'lib olamiz" dedi.

Turgan gapki kenjaga,
Bu mashmasha yoqmasdi.
Keksalar tirik bo'lsa,
Bu g'avg'odan qo'rqmasdi.

Uka dedi: "ota onamiz
Nasihat qilgan edi.
Hovlini sotmanglar deb
Vasiyat qilgan edi."

O'rtanchisi gap kesib,
Tanbeh berdi ukaga.
"Hovlini sotgan bilan
Qolmaymiz-ku ko'chada.

Xullas hovlini sotib,
Tarqab ketdi uch o'g'il
Yo'qlamay qo'ydi ular,
Bir birlarin necha yil.

Oradan yillar o'tib,
Qishloqda gap tarqaldi.
Hovlini olgan odam
Ko'p boylik topib oldi.

Gap yetibmi o'g'illar
Bir birin izlab topib
Boylik dardida qarang
Keldilar shu on chopib.

Ona haqida sherlar to'plami

Otamiz merosini,
Qaytarib bering aka.
Biz qilaylik siz uchun
Xizmat bo'lsa qanaqa.

Xo'jayin dedi: do'stlar,
Kech qoldingizlar biroz.
O'ziga nasib qildi
O'zidan qolgan meros.

Boylikni topgan kunim
Ko'p izladim sizlarni
Topolmadim afsuski,
Men hech birlaringizni.

Ulardan shu qishloqda
Qolsin bir deb yodgorlik.
Olgan pulim bariga,
Qurdirdim katta masjid.

Masjidning nomini
Biz oqibat deb yozdirdik
Barcha qishloq ahliga
Sizlarni ibrat qildik.

Toki ular ulg'ayib,
Nodonlik qilmasin deb.
Odam bolasi bo'lib,
Hayvonlik qilmasin deb.

Bu so'zlarni eshitib,
O'g'illar "dod" soldilar.
Bahonaga biror so'z
Topolmasdan qoldilar.

Xullas oxiri qarang,
Haqiqat so'zin aytdi.
Ota-ona, oqibat,
Mangu hayotga qaytdi.

Xaqiqatdan do'stlarim
Hech qachon ko'z yummanglar.
Ota onaga qo'shib,
Oqibatni ko'mmanglar.

Mehr muhabbatni unutib qo'ydik!

Goxida talashib goxi yarashib.
Umrning yarmiga yuz tutib qo'ydik.
Sovuq nafratlarga biroz yondoshib.
Mexr muxabbatni unutib qo'ydik.

Ko'z yoshlar mayini sipqorib ichdik.
Do'st tutib beorlarcha ko'zlarni o'ydik.
Donodek bu dunyo misolin yechib.
Borish-kelishlikni unutib qo'ydik.

Orzu haqida sara sherlar to'plami

Kimga zar yo kimga falsafa dunyo bu.
Oqibatdan buncha biz erta to'ydik.
Mayli begonani qo'ya tur "ko'nglim".
Mexribon onamiz unutib qo'ydik.

Shoshilma vajlarni ro'kach qilgani.
Yorni oilani jon qadar suydik.
Farzandlik muxabbat va burching qani.
Keksa otamizni unutib qo'ydik.

Dunyo yaralibdi o'shanday azal.
Vijdonni yamlamay xom yutib qo'ydik.
Jigarlardan zarlar bo'ldimi afzal.
Naxot kimligimiz unutib qo'ydik.

Kimdir kuyib yashar mehr qasdida.
Ko'ngillarni tig'siz beayov so'ydik.
Ketamiz bir kuni yerning ostiga.
Mexr muxabbatni unutib qo'ydik!

Oqibatli bo'laylik

Do'stlar bir birimizga,
Keling mehr beraylik,
Bu o'tkinchi dunyoda,
Oqibatli bo'laylik.

Xasaddan bo'lib yiroq,
Havas qilib yashaylik,
Do'stlar bir birimizga,
Mehrimiz ulashaylik.

Oqibat devoridan,
Bitta ham g'isht ko'chmasin,
Bu dunyoning odamlar,
Nayrangiga uchmasin.

Tillaning kasriga aldanib do'stim,
Aka ukalaringdan kechmagin aslo,
Oilang ustuni jigarlaringdur,
Ular gar bo'lmasa hayoting rasvo.

Sevgi muhabbat haqida sara sherlar to'plami

Birdan qo'limizni duoga ochib,
Kel do'stim chiroyli niyat qilaylik,
Shundayin shafqatsiz bunday dunyoda,
Sen menga men senga mehr beraylik.

Bevafo yoring deb, kechma onangdan,
Sohta bir do'sting chun, kechma otangdan,
Ahir ular sening umring naqshidur,
Ular bo'lmasa mehr, olasan kimdan!

Mehr qolur

O'tar qancha yillar to'zoni,
Yulduzlar – ko'zyoshi samoni.
O'tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Qorachug'da porlagan o'sha,
Iqboliga chorlagan o'sha.
Dunyoni tor aylagan o'sha –
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Anor sening yuzlaring, suluv,
Xumor sening ko'zlaring, suluv,
Yodda qolmas so'zlaring, suluv,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Oqib ketdi suvlarda Tohir,
Zuhro yig'lab qoldi qon bag'ir.
Kelganda ham qiyomat oxir,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Nima deysan, ey, g'ayur inson?
G'iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o'tursan, inon,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Ko'nglim

Dunyoni dard ila ko'targan ko'nglim.
Azobni ranj ila ko'targan ko'nglim.
Ko'ksimga tig' kabi qadalgan ko'nglim.
Adashib birovga atalgan ko'nglim.

8-mart bayrami uchun sara sherlar to'plami

Ustida tog'larni ko'targan ko'nglim.
Qop qora dog'larni ko'targan ko'nglim.
Keraksiz toshdayin otilgan ko'nglim.
Yolg'onchi do'stlarga sotilgan ko'nglim.

Duch kelding kimlarga mening zor ko'nglim.
Tor qilib dunyoni o'zi tor ko'nglim.
Oqibat mehrini izlagan ko'nglim.
Mehrsiz dillarni siylagan ko'nglim.

Qo'y endi yig'lama bechora ko'nglim.
Adashgan sen emas nachora ko'nglim.
Izlagin toparsan bir kuni ko'nglim.
O'zingdek xasta ko'ngilni ko'nglim.

Mehr oqibat haqida sara sherlar to‘plami

Mehr oqibat haqida sherlar to‘plami: Insonlar bir-birlari bilan munosabatda bo‘lar ekan, o‘rtalarida mehr-oqibat hamda ishonch bo‘lsagina hayoti yanada go‘zallashib boraveradi.

Oqibat

Ey yurak ketaylik butkul bosh olib,
Bizni tushunmaydi inson bolasi.
Ularning tashvishi faqat manfaat,
Oqibat begona odamlar uchun.

Yuzingga qarab turib jilmayganicha,
Ko‘ksingga tig‘ qadar do‘stman deganlar.
Soxta mexr, soxta tuyg‘u misli daryodir,
Oqibat begona odamlar uchun.

Dard bilan yig‘laysan qiynalgaydursan,
Goh yo‘qchilik dardi ham ko‘ngling chirtganda
Ne ham qo‘limizdan kelar edida,
Oqibat begona odamlar uchun.

Dunyoda yashayapmiz barcha qatori,
O‘zimizdan o‘tganin o‘zimiz bilib,
Shunga amin bo‘ldik dunyoga kelib,
Oqibat begona odamlar uchun.

Yiqilsang ustingdan kulishga tayyor,
Najotsiz qushdan pat yulishga tayyor,
O‘zlarini foydasiga tulkidan ayyor,
Oqibat begona odamlar uchun.

Dardlaringni bitarsan qog‘oz chetiga,
Turtki yeb nokaslar so‘zo zarbidan,
Xudoyberdi so‘zladi yurak dardidan,
Oqibat begona odamlar uchun.

Oqibat: Nodon o‘g‘il qissasi

Bu xovlida bir yilda,
Uchta janoza bo‘ldi.
Keksa ota-ona va
Keksa oqibat o‘ldi.

Ota onasiz qolib,
Dod solardi farzandlar.
Qolgan merosni bo‘lib,
Tinchlandi oqpadarlar.

Katta aka oila,
Tirgak ustuni edi.
«Ukalarim hovlini
Bo‘lib olamiz” dedi.

Turgan gapki kenjaga,
Bu mashmasha yoqmasdi.
Keksalar tirik bo‘lsa,
Bu g‘avg‘odan qo‘rqmasdi.

Uka dedi: «ota onamiz
Nasihat qilgan edi.
Hovlini sotmanglar deb
Vasiyat qilgan edi.”

O‘rtanchisi gap kesib,
Tanbeh berdi ukaga.
«Hovlini sotgan bilan
Qolmaymiz-ku ko‘chada.

Xullas hovlini sotib,
Tarqab ketdi uch o‘g‘il
Yo‘qlamay qo‘ydi ular,
Bir birlarin necha yil.

Oradan yillar o‘tib,
Qishloqda gap tarqaldi.
Hovlini olgan odam
Ko‘p boylik topib oldi.

Gap yetibmi o‘g‘illar
Bir birin izlab topib
Boylik dardida qarang
Keldilar shu on chopib.

Otamiz merosini,
Qaytarib bering aka.
Biz qilaylik siz uchun
Xizmat bo‘lsa qanaqa.

 

Xo‘jayin dedi: do‘stlar,
Kech qoldingizlar biroz.
O‘ziga nasib qildi
O‘zidan qolgan meros.

Boylikni topgan kunim
Ko‘p izladim sizlarni
Topolmadim afsuski,
Men hech birlaringizni.

Ulardan shu qishloqda
Qolsin bir deb yodgorlik.
Olgan pulim bariga,
Qurdirdim katta masjid.

Masjidning nomini
Biz oqibat deb yozdirdik
Barcha qishloq ahliga
Sizlarni ibrat qildik.

Toki ular ulg‘ayib,
Nodonlik qilmasin deb.
Odam bolasi bo‘lib,
Hayvonlik qilmasin deb.

Bu so‘zlarni eshitib,
O‘g‘illar «dod” soldilar.
Bahonaga biror so‘z
Topolmasdan qoldilar.

Xullas oxiri qarang,
Haqiqat so‘zin aytdi.
Ota-ona, oqibat,
Mangu hayotga qaytdi.

Xaqiqatdan do‘stlarim
Hech qachon ko‘z yummanglar.
Ota onaga qo‘shib,
Oqibatni ko‘mmanglar.

Mehr muhabbatni unutib qo‘ydik!

Goxida talashib goxi yarashib…
Umrning yarmiga yuz tutib qo‘ydik…
Sovuq nafratlarga biroz yondoshib…
Mexr muxabbatni unutib qo‘ydik.

Ko‘z yoshlar mayini sipqorib ichdik…
Do‘st tutib beorlarcha ko‘zlarni o‘ydik…
Donodek bu dunyo misolin yechib…
Borish-kelishlikni unutib qo‘ydik.

Kimga zar yo kimga falsafa dunyo bu…
Oqibatdan buncha biz erta to‘ydik…
Mayli begonani qo‘ya tur «ko‘nglim»…
Mexribon onamiz unutib qo‘ydik.

Shoshilma vajlarni ro‘kach qilgani…
Yorni oilani jon qadar suydik…
Farzandlik muxabbat va burching qani…
Keksa otamizni unutib qo‘ydik.

Dunyo yaralibdi o‘shanday azal…
Vijdonni yamlamay xom yutib qo‘ydik…
Jigarlardan zarlar bo‘ldimi afzal…
Naxot kimligimiz unutib qo‘ydik.

Kimdir kuyib yashar mehr qasdida…
Ko‘ngillarni tig‘siz beayov so‘ydik…
Ketamiz bir kuni yerning ostiga…
Mexr muxabbatni unutib qo‘ydik!

Oqibatli bo‘laylik

Do‘stlar bir birimizga,
Keling mehr beraylik,
Bu o‘tkinchi dunyoda,
Oqibatli bo‘laylik…

Xasaddan bo‘lib yiroq,
Havas qilib yashaylik,
Do‘stlar bir birimizga,
Mehrimiz ulashaylik…

Oqibat devoridan,
Bitta ham g‘isht ko‘chmasin,
Bu dunyoning odamlar,
Nayrangiga uchmasin.

Tillaning kasriga aldanib do‘stim,
Aka ukalaringdan kechmagin aslo,
Oilang ustuni jigarlaringdur,
Ular gar bo‘lmasa hayoting rasvo…

Birdan qo‘limizni duoga ochib,
Kel do‘stim chiroyli niyat qilaylik,
Shundayin shafqatsiz bunday dunyoda,
Sen menga men senga mehr beraylik…

Bevafo yoring deb, kechma onangdan,
Sohta bir do‘sting chun, kechma otangdan,
Ahir ular sening umring naqshidur,
Ular bo‘lmasa mehr, olasan kimdan!

Mehr qolur

O‘tar qancha yillar to‘zoni,
Yulduzlar – ko‘zyoshi samoni.
O‘tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Qorachug‘da porlagan o‘sha,
Iqboliga chorlagan o‘sha.
Dunyoni tor aylagan o‘sha –
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Anor sening yuzlaring, suluv,
Xumor sening ko‘zlaring, suluv,
Yodda qolmas so‘zlaring, suluv,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Oqib ketdi suvlarda Tohir,
Zuhro yig‘lab qoldi qon bag‘ir.
Kelganda ham qiyomat oxir,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Nima deysan, ey, g‘ayur inson?
G‘iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o‘tursan, inon,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Ko‘nglim

Dunyoni dard ila ko‘targan ko‘nglim.
Azobni ranj ila ko‘targan ko‘nglim.
Ko‘ksimga tig‘ kabi qadalgan ko‘nglim.
Adashib birovga atalgan ko‘nglim.

Ustida tog‘larni ko‘targan ko‘nglim.
Qop qora dog‘larni ko‘targan ko‘nglim.
Keraksiz toshdayin otilgan ko‘nglim.
Yolg‘onchi do‘stlarga sotilgan ko‘nglim.

Duch kelding kimlarga mening zor ko‘nglim.
Tor qilib dunyoni o‘zi tor ko‘nglim.
Oqibat mehrini izlagan ko‘nglim.
Mehrsiz dillarni siylagan ko‘nglim.

Qo‘y endi yig‘lama bechora ko‘nglim.
Adashgan sen emas nachora ko‘nglim.
Izlagin toparsan bir kuni ko‘nglim.
O‘zingdek xasta ko‘ngilni ko‘nglim.

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

She’rlarining efteri bilan yozing. Shunda mualliflik huquqi buzilmasligi. Yosh avlod ham muallif kimlizini bilsin

Assalom alayko‘m. Fikringiz uchun tashakkur. Agar siz bizning saytimizda yuklangan biron bir sher muallifi bo‘lsangiz bizga habar bering.

Menga mexr va onalar haqidagi she`rlar judayam yoqdi.

Go‘zal Assalom alayko‘m! Sherlar to‘plami sizga maqul kelganidan xursandmiz. Kelgusida sizni yana saytimizda kutib qolamiz. Fikringiz uchun tashakkur.

juda ma’noli sherlar

Assalomu alayko’m. Mehr hamda oqibat haqidagi ushbu sherlar menga rosa yoqdi, ayniqsa «Oqibatli bo‘laylik» deb nomlanuvchi sherni ko’zda yosh bilan o’qidim.

Gap yoq omad Kòchirib bòladigan qilinglar iltimos oldindan rahmat

Assalomu alayko‘m Ulug‘bek. Sizning taklifingiz bo‘yicha ishlar olib boryapmiz. Bazi bir texnik sozliklardan keyin albatta bu qulaylik yaratiladi.

Bu juda zo`r sayt ekan har bitta she`rni o`qib chiqdim.Hamma she`r juda ma`noli ekan.Ayrim saytlarga kiramiz kirganimizdan afsuslanamiz lekin man aminmanki hec kim bu saytga kirib afsuslanmaydi.Ishlarizga omad.

Assalomu alayko‘m. Bunaqangi yoqimli fikringiz uchun tashakkur! Sayt sizga maqul kelganidan hursandmiz. Sizni kelgusida yana kutib qolamiz.

UMIDJON OLIMJONOV : LEKIN VASHE ZOR AKAN YOZGAN SHERIZ

Salom, menga she’rlar juda yoqdi. Hammasini o’qib chiqdim. Bu sayitga kirganimdan afsusda emasman. Ishlarizga omad.

Assalomu alayko‘m Gavhar. Sherlar to‘plami sizga maqul kelganidan xursandmiz. Fikringizdan mamnunmiz.

She’rlar juda juda ham ajoyib! yahshi boladi bundan ham koprogini kutib qolamiz mehr-oqibat va bag’rikenglik haqida she’r bo’lsa ulashing, oldindan rahmat Mehr bu ajoyib she’rlar ajoyib Sherlar bir biridan tasirchan ofarin ijodilaga omad

Oqibat haqidagi ushbu sherlarni o’qib, oila azolarim va do’stlarimni eslab oldim, yaxshi sherlar to’plangan ekan, kattakon raxmat.

Salom, oxirgi ko’nglim she’ri ma’noli ekan. Uning muallifi kim shu to’g’irisida ma’lumot bersangiz? saytga esa ulkan zafarlar tilayman omad!

Salom, menga ko‘nglim she’ri judayam yoqdi, ta’sirlanib o‘qidim, sizlarga kattakon rahmat, hammaga omad!

So‘nggi yuklangan mavzular Ko‘p o‘qilgan mavzular Bo‘limlardan birini tanlang

Mehr-oqibat haqida maqollar to‘plami

Mehr-oqibat va oqibatsizlik haqidagi maqollarni qabul qiling.

Aytgan joyga erinma,
Aytmagan joyga ko‘rinma.

Bet ko‘rgandan hoi so‘r.

Bir uy to‘la jonsan,
Bir-biringga mehmonsan.

Bola — xizmatda, ota — izzatda.

Bolalilar bosh bo‘lar,
Bolasizlar yosh bo‘lar.

Borning eshigini el ochar,
Yo‘qning tuynugini yel ochar.

Davlat bo‘lsa — savlat,
Savlat bo‘lsa — hurmat.

Davlat uchun erga tekkandan, yerga teg.

Do‘stingga qo‘shiq ayt,
Mehringni qo‘shib ayt.

Yerni sevmagan o‘zini sevmas.

Yodlaganning yori bo‘l,
Izlaganning — zori.

Zarraday joydan ko‘ngil to‘lar,
Zarraday joydan ko‘ngil qolar.

Izzat qilsang, hurmat ko‘rasan.

Izzatga arzimagan mehmon to‘shak bulg‘ar.

Ilinganga ilik qo‘y.

It izzatni bilmas,
Eshak — tarbiyatni.

It izzatni bilmas,
Ho‘kiz — hurmatni.

It egasiga hurmas.

Itning kallasini tovoqqa solsang,
Yumalab ketar.

Yigit mehri — ko‘zda.

Yo‘l berganga qo‘l ber.

Kattani maqta, kichikni saqla.

Kattaga — hurmat,
Kichikka — shafqat.

Kattaga hurmatda bo‘l,
Kichikka — izzatda.

Keksaga yo‘l ber,
O‘zing ham qartayasan.

Kishining hurmati o‘z qo‘lida.

Kuchuk tomga chiqsa ham,
Egasidan katta bo‘lmas.

Ko‘z ko‘zga tushsa, mehr qo‘zg‘alar.

Ko‘z ko‘rganini qilar,
Kosov — tutganini.

Ko‘z ko‘rmasa, ko‘ngil sevmas.

Ko‘z qayerda bo‘lsa,
Mehr ham o‘sha yerda.

Ko‘zdan nari — ko‘ngildan nari.

Ko‘zdan tushgan tildan ham tushar.

Ko‘rmagan yot sezilar,
Ko‘rishmasang uyat bo‘lar.

Ko‘rpang qayerda — ko‘ngling shu yerda.

Mato dong‘i bilan bo‘z o‘tadi,
Ota dong‘i bilan qiz o‘tadi.

Meniki deganning mehri issiq.

Mehr bilmas qarindoshdan,
Mehr bilgan yot yaxshi.

Mehr — gul, qahr — tikan.

Mehr xazinasi — til.

Mehri borning sehri bor.

Mehrli odam — sevimli.

Mol egasining ko‘zidan suv ichar.

Molga egasining ko‘zi dori.

Muruvvat — mehrning tuzog‘i.

Mushuk suyganidan o‘z bolasini yer.

Odam izzatga semirar.

Odam odam bilan aziz.

Odam quloqdan ozar,
Ko‘ngildan semirar.

Odamga e’tibor — olamga e’tibor.

Odamning taftini odam olar.

Odamning yuzi — olmosdan o‘tkir.

Odamning yuzi quyoshni ilitar.

Otangni ko‘rsang, otdan tush.

Otasi siylamaganni bolasi siylamas.

Och otasini tanimas.

Osh-tovog‘ing kerak emas,
Qosh-qovog‘ing kerak.

«Seniki — meniki» — ko‘ngil torligi.

Sening gaping — sho‘rva,
Mening qulog‘im — to‘rva.

Sigir suv ichganda,
Buzoq muz yalar.

Siylagan siy ko‘rar.

Siylagan sig‘imli bo‘lar.

Siylagani puling bo‘lmasa,
Siypagani tiling bor.

Siylamasang siylama, ammo xo‘rlama.

Siylangan otning tishiga qaralmas.

Tanigan yerda bo‘y siyli,
Tanimagan yerda to‘n siyli.

To‘ygan yerga to‘qqiz kun — ta’zim.

Tor yerda topishgan,
Keng yerda ko‘rishar.

Uyga kelganni it qopmas.

Ustoz mehri — ota mehri.

Uyat yuzda bo‘lar,
Mehr — ko‘zda.

Foydasi yo‘q yordan issiq o‘choq yaxshi.

Xotin hurmat qilsa, hurmat ko‘radi,
Er hurmat qilsa, ne’mat ko‘radi.

Egasini siylagan itiga suyak tashlar.

Egasini hurmat qilsang, itini so‘kma.

Elda er atansang,
El senga oltin tovoqda osh berar.

Er siylagan yerda aziz.

Yuz arnri — shirin.

Yuz-yuzga tushar,
Mehr — ko‘zga.

Yuz — yuzning hurmati.

Yuzi yo‘qning ko‘zi yo‘q.

Yalang‘ochni hech kim siylamas.

Yaxshiga bersang oshingni,
Yaxshilar silar boshingni.

Yomonga bersang oshingni,
Itga tashlar boshingni.

O‘z aybingni ochsang,
Elning mehri qochar.

O‘zingdan zo‘rlar chiqsa,
Ko‘zingdan sho‘rlar chiqar.

O‘zini bilgan o‘zgani ham bilar.

Qari-qari demangiz,
Qarini quruq qo‘ymangiz.

Qo‘shni oshi qorin to‘ydirmas,
Mehr-u oqibatni oshirar.

Har kim — siylaganning quli.

Hurmat — bitmas boylik.

Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan.

Yuklab olish — Mehr-oqibat haqida maqollar