Ollohning 99 ismlari manolari o’zbek tilida foto
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Olamlarga rahmat bo‘lib kelgan zot – Hazrati Payg‘ambarimiz hijratning o‘n birinchi yili, rabbi’ul avval oyining o‘n uchinchisi, ya’ni dushanba kunda (melodiy 632 yili, 6-oyning 8-kuniga to‘g‘ri keladi) oxiratga rihlat qilganlar. Payg‘ambarimiz alayhissalomning yoshlari qamariya yil hisobi bo‘yicha 63 yoshu 3 kun, shamsiya yil hisobi bo‘yicha 61 yoshu 84 kun edi. Ko‘pchilik diniy manbalarimizda asosan qamariy hisob-kitob bo‘yicha so‘z yuritilgani bois Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning 63 yil umr ko‘rganlari zikr qilingan. Vallohu a’lam.
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam necha yoshlarida olamdan o‘tganlar?
Savol: Bilamizki Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilgan yillari ishonchli manbalarda 571 yil deb ma’lum qilingan. Vafotlari esa 632 yil deb ko‘rsatilgan. Shunday ekan nima uchun ul zotning 63 yoshda bu dunyoni tark etganlari aytiladi? Hisoblab chiqilganda 63 emas, 61 yosh chiqyaptiku. Xoʻsh, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam necha yoshlarida olamdan o‘tganlar?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Olamlarga rahmat bo‘lib kelgan zot – Hazrati Payg‘ambarimiz hijratning o‘n birinchi yili, rabbi’ul avval oyining o‘n uchinchisi, ya’ni dushanba kunda (melodiy 632 yili, 6-oyning 8-kuniga to‘g‘ri keladi) oxiratga rihlat qilganlar. Payg‘ambarimiz alayhissalomning yoshlari qamariya yil hisobi bo‘yicha 63 yoshu 3 kun, shamsiya yil hisobi bo‘yicha 61 yoshu 84 kun edi. Ko‘pchilik diniy manbalarimizda asosan qamariy hisob-kitob bo‘yicha so‘z yuritilgani bois Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning 63 yil umr ko‘rganlari zikr qilingan. Vallohu a’lam.
Muhokama qilish (0 ta sharh)
Javob berish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.
Ollohning 99 ismlari manolari o’zbek tilida foto
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Allohning to’qson to’qqizta ismi bor. Kim ularni yod olsa, jannatga kiradi. Albatta, Alloh toqdir va toqni yakhshi ko’radi», dedilar». Ikki shaykh va Termiziy rivoyat qilgan.
Alloh toq bo’lgani va toqni yakhshi ko’rgani uchun ham Uning go’zal ismlari to’qson to’qqizta bo’lgan. Kim o’sha to’qson to’qqiz ismni yod olsa jannatga kiradi. Chunki bu go’zal ismlarni yod olgan kishi Alloh taoloning go’zal ismlarini doimo zikr qilib yuradigan banda bo’ladi.
Ammo bu Alloh taoloning to’qson to’qqizdan boshqa ismi yo’q degani emas. Albatta, Alloh taoloning ismlari ko’p.
Qo’yidagi hadisi sharifda Alloh taoloning go’zal ismlari sifatida mashhur bo’lgan to’qson to’qqiz ismni zikri keladi.
Yana o’sha kishidan rivoyat qilinadi: «Allohning to’qson to’qqizta ismi bor. Kim ularni to’liq bilib olsa, jannatga kiradi. U Undan o’zga ilohu mabud yo’q Allohdir. Rahmon, Rohiym, Malik, Quddus, Salom, Mo’min, Muhaymin, Aziz, Jabbor, Mutakabbir, Kholiq, Bari, Musavvir, G’affor, Qahhor, Vahhob, Razzoq, Fattoh, Aliym, Qobiz, Bosit, Khofiz, Rofe, Muizz, Muzill, Samiy, Basiyr, Hakam, Adl, Latiyf, Khabiyr, Haliym, Aziym, G’afur, SHakur, Aliy, Kabiyr, Hafiyz, Muqiyt, Hasiyb, Jaliyl, Kariym, Raqiyb, Mujiyb, Vose, Hakiym, Vadud, Majiyd, Bois, SHahiyd, Haq, Vakiyl, Qaviy, Matiyn, Valiy, Hamiyd, Muhsiy, Mubdi, Muiyd, Muhyi, Mumiyt, Hayy, Qayyum, Vojid, Vohid, Somad, Qodir, Muqtadir, Muqaddim, Muakhkhir, Avval, Okhir, Zohir, Botin, Voliy, Mutaoliy, Barr, Tavvob, Muntaqim, Afvvu, Rauf, Molikul Mulk, Zul Jalol val Ikrom, Muqsit, Jome, G’aniy, Mug’niy, Mone, Zorr, Nofe, Nur, Hodiy, Badiy, Boqiy, Voris, Rashiyd va Sabur», dedilar». Termiziy, Ibn Hibbon va al-Hokim rivoyat qilgan.
Endi Alloh taoloning bu go’zal ismlarining manolari bilan tanishib chiqaylik.
1.Alloh.
Alloh lafzi «alaha» felidan olingan «iloh» masdariga mansub bo’lib mabud – ibodat qilingan zot – manosini anglatadi. Arablarda «iloh»ning avvaliga alif va lom harflari kiritilgan va «al-ilohu» hosil bo’lgan. So’ngra hamzaning harakatini lomi tarifga naql qilingan va bir jinsdagi ikki harfni idg’om qilingandan keyin «Alloh» lafzi hosil bo’lgan.
Alloh lafzi yakkayu yagona mabudi haqqa ism bo’lib qolgan. U zotdan boshqaga bu ism ishlatilmagan.
Bazi ulamolar, Alloh ismi azamdir, deganlar. Bu lafzi jalola haqida Ibn Atoulloh Sakandariy kabi zotlar alohida kitoblar ham yozganlar.
2.Rahmon.
«Rahmon» – ulug’ nematlarni beruvchi.
«Rahmon» sifati faqat Allohga khos bo’lib, barchaga–kofirga ham, mo’minga ham mehribon va nemat beruvchi, manosini anglatadi. Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib bo’lmaydi.
3.Rohiym.
«Rohiym» – latif nematlarni beruvchi.
«Rohiym» sifati esa khosroq bo’lib, qiyomat kuni faqat mo’minlarga rahm qiluvchi manosini anglatadi va Allohdan o’zgalarga, jumladan, Payg’ambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi.
4. Malik.
«Malik» – barcha narsaning egasi.
«Malik» – haqiqiy egadir, Undan o’zga ega yo’q. SHuning uchun bandalar faqat Unga qul bo’ladilar. Hech vaqtda bir qulga ikki kho’ja bo’lmaydi. SHuning uchun insonlar o’zlariga o’khshagan insonlarga emas, balki yagona yaratganga, haqiqiy ega-Malikka qul bo’lishlari lozim.
5.Quddus.
«Quddus» – barcha ayblardan holi, noloyiq sifatlardan pok. Mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning O’zigagina khosdir.
6.Salom.
«Salom» – nuqsonlardan salomat, shuningdek, tinchlik-khotirjamlik va rohat beruvchi zot. Alloh «Salom» sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, khotirjamlik ato qiladi.
7.Mo’min.
Mo’min – iymon va omonlikni beruvchi.
8.Muhaymin.
«Muhaymin» – hamma narsani qamrab oluvchi, yani, Alloh bandalaring barcha holatlariga guvoh bo’lib turadi, Undan hech narsa makhfiy qolmaydi.
9.Aziz.
Aziz – barchaning ustidan g’olib. Undan biror narsa g’olib kela olmaydi.
10.Jabbor.
Jabbor – oliy qadar, ulug’, Uning oldida o’zgalar o’zini khor tutadi.
11.Mutakabbir.
Mutakabbir – kibiryosi va ulug’ligi mubolag’ali zot. Uning oldida boshqalar qul bo’lib turadigan zot.
12.Kholiq.
Kholiq – Asli va o’khshashi yo’q narsalarni aniq bir o’lchovlar bilan yaratuvchi. U zotda makhluqi yo’qligida ham Kholiqlik manosi mavjuddir. Alloh makhluqlar vujudga keltirilishidan oldin Kholiq, degan vasfga ega edi. U khaloyiqni khalq qilganidan boshlab Kholiq ismini olgani yo’q. Kholiq mutlaq vujudga keltiruvchidir.
13.Bori.
Bori – yo’qdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi.
Bori tafovutsiz qilib vujudga keltiruvchidir.
14.Musavvir.
Musavvir – makhluqotlarning suvratini shakllanti-ruvchi. Har bir narsaga o’ziga khos suvrat beruvchi.
15.G’affor.
Ko’plab mag’firat qilib, bandalarning aybini O’z fazli ila ularni itob qilmasdan kechib yuboruvchi.
16.Qahhor.
Barcha makhluqotlarni qabzasida tutib, ularni O’z hukmiga yuritib va qudrati ila bo’ysundirib turuvchi.
17.Vahhob.
Ko’plab nematlarni behisob beruvchi.
18.Razzoq.
Ko’plab rizq beruvchi. Rizqlarni va ularning vositalarini yaratuvchi. Alloh makhluqotlariga hech bir oІirliksiz va qiyinchiliksiz yoki yordam so’ramasdan rizq beruvchidir.
19.Fattoh.
Ko’plab narsalarni ochuvchi. O’z rahmat khaziynasini bandalariga ochuvchi.
20.Aliym.
Har bir narsani biluvchi. Bo’lgan va bo’ladigan, avvalgi va okhirgi, zohir va botin narsalarning barchasini biluvchi.
21.Qobiz.
Ruhlarni qabz qiluvchi – tutuvchi. Khohlagan kishisining rizqini qabz qiluvchi. Qalblarni qabz qiluvchi.
22.Bosit.
Ruhlarni kenglikka qo’yib yuboruvchi. Khohlagan kishisining rizqini keng qilib qo’yuvchi. Qalblarni keng qiluvchi.
23.Khofiz.
Pasaytiruvchi. Misol uchun kofir va fosiqlarning martabasini ularni khoru zor qilib pasaytiradi.
24.Rofe.
Ko’taruvchi. Misol uchun mo’min va taqvodorlarning martabasini ularni azizu mukarram qilib ko’taradi.
25.Muizz.
Aziz qiluvchi. Kimni khohlasa to’g’ri yo’lga solib aziz qiladi.
26.Muzill.
Khor qiluvchi. Kimni khohlasa egri yo’lga yurgani uchun khor qiladi.
27.Samiy.
Har bir narsani eshituvchi.
28.Basiyr.
Har bir narsani ko’ruvchi.
29.Hakam.
Hukm qiluvchi.
30.Adl.
Mutlaq adolat qiluvchi.
31.Latiyf.
O’ta lutf ko’rsatuvchi. Barcha narsalarning nozik va daqiq joylarigacha biluvchi.
32.Khabiyr.
Hamma narsadan o’ta khabardor.
33.Haliym.
G’azabi qo’zimaydigan va iqob qilishga shoshilmaydigan.
34.Aziym.
Aql tasavvur qila olmaydigan darajada azamatli va ulug’.
35.G’afur.
Ko’p mag’firat qiluvchi.
36.SHakur.
Oz amal uchun ko’p savob beruvchi.
37.Aliy.
Martabasi oliylikda benihoya.
38.Kabiyr.
Har bir narsadan katta.
39.Hafiyz.
Har bir narsani komil muhofaza qiluvchi.
40.Muqiyt.
Barcha moddiy va ruhiy qutlarni yaratuvchi.
41.Hasiyb.
Kifoya qiluvchi. Qiyomat kuni bandalarning hisobini qiluvchi.
42.Jaliyl.
Sifatlarida ulug’likka ega bo’lgan zot.
43.Kariym.
Birov so’ramasa ham, biror narsaning evaziga bo’lmasa ham narsalarni ko’plab ato qiluvchi. Lutf bilan itob qiluvchi. Qarama-qarshiliklardan pok bo’lgan. Karamli ishlar va khislatlar sohibi.
44.Raqiyb.
Hech bir zarrani ham qo’ymay muroqaba qilib turuvchi.
45.Mujiyb.
Duolarni ijobat qiluvchi.
46.Vose.
Keng – hamma narsani keng ilmi ila qamrab olgan. Barchani keng rahmati ila qamrab olgan.
47.Hakiym.
Har bir narsani hikmat ila qiluvchi.
48.Vadud.
Barchaga yakhshilikni ravo ko’ruvchi.
49.Majiyd.
SHon – sharafi va qadri baland va cheksiz.
50.Bois.
Yuboruvchi: khalqlarga payg’ambarlar yuboruvchi. Kishilarga himmat yuboruvchi. O’liklarni qayta tiriltiruvchi.
51.SHahiyd.
Har bir narsaga hoziru nozir. Barchaga shohidlik beruvchi.
52.Haq.
O’zgarmas sobit zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi zot.
53.Vakiyl.
Barchaning ishi unga topshirilgan zot.
54.Qaviy.
Quvvatli zot.
55.Matiyn.
Matonatli zot.
56.Valiy.
Muhabbat qiluvchi, nusrat beruvchi va khalqining ishini yurituvchi zot.
57.Hamiyd.
Barcha maqtovlar ila maqtalgan zot.
58.Muhsiy.
Barcha narsaning hisobini olgan zot.
59.Mubdi.
Barcha narsalarni avval boshdan bor qilgan zot.
60.Muiyd.
Yo’q bo’lgan narsalarni yana qaytadan bor qiluvchi.
61.Muhyi.
Tiriltiruvchi. U zot o’liklarni tiriltiruvchidir va bu ismga ularni tiriltirishdan oldin sazovordir. Uni ularni o’lik bo’lganlaridan keyin jon kiritib tirik qilganidan keyin tiriltiruvchi, deb atalganidek, ularni khalq qilishdan oldin, ularga hayot berishidan oldin ham, tiriltiruvchi, deyilaveradi. Khuddi, khaloyiqni khalq qilishidan oldin Kholiq bo’lganidek.
Alloh taologa qiyomat kuni o’liklarni tiriltirishi uchun, tiriltiruvchi nomi berildi. Bas, shundan malum bo’ldiki, tiriltirish sifati Alloh taolo uchun tiriltirishdan oldin ham sobitdir.
62.Mumiyt.
O’ldirivchi. Barcha jonzotlarning jonini oluvchi.
63.Hayy.
Tirik. U tirikdir, o’lmas. Yani, Allohning hayoti abadiydir, o’lim ila yo’q bo’lmas. SHuningdek, Allohning hayoti azaliydir, oldindan yo’q bo’lgan emas.
Yagona Allohning tirikligi O’zigagina khos alohida hayot bo’lib, bandalar hayotiga o’khshash boshqa masdardan berilgan emas. Bu hayot azaliy va abadiydir. Boshlanish chegarasi ham, tugash chegarasi ham yo’q. Allohning tirikligi hech bir jihatdan bandalarning hayotiga o’khshamaydi.
64.Qayyum.
O’z o’zidan qoim bo’lgan va boshqalarni qoim qilgan zot.
«Qayyum»lik sifatining manosi, Alloh taborak va taoloning har bir narsa ustida turuvchi ekanligi va har bir turuvchi narsa Uning sababidangina turishidir. SHu bilan Allohning turishi boshqanikiga o’khshamaydi va doimiydir.
65.Vojid.
Topuvchi. Khohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda birov Uni to’sa olmaydi.
66.Mojid.
Majdu sharaf sohibi bo’lgan zot.
67.Vohid.
Yagona. Bita. Bo’linmas. U zot o’z zotida ham, sifatlarida ham va ishlarida ham birdir.
68.Somad.
Somad sifati ko’p manolarni o’z ichiga oladi:
– itoat qilingan ulug’–Usiz hech bir ish bitmaydi.
– hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga tushadi.
– butun makhluqot bitib tugasa ham, O’zi doim boqiydir va hokazo.
69.Qodir.
Cheksiz qudrat sohibi. U zot har bir narsaga qodirdir. ar bir ish unga osondir.
Alloh taolo azaldan har bir narsaga qodirdir. Agar Alloh azaldan har bir narsaga qodir bo’lmasa, qachon va qandoq qilib har bir narsaga qodir bo’la oladi.
Ahli sunna va jamoa esa Alloh har bir narsaga qodirdir. Bunga hamma bo’lishi mumkin narsalar kiradi. Bo’lishi mumkin bo’lmagan amri mahol narsalarga esa aqli bor odamlar ahamiyat bermaydilar, deydilar.
Bazi bir fitnachi odamlar musulmonlarning iymoniga futur etkazish uchun «Alloh o’zi ko’tarolmaydigan toshni ham yarata oladimi?» kabi bemani savollarni beradilar. Bu kabi narsalar amri maholdir va ahli iymonlar ularga ahamiyat bermasliklari lozim.
70.Muqtadir.
Juda ham qudratli.
71.Muqaddim.
Oldinga suruvchi. U zot khohlagan shakhs va narsani khohlaganidan oldinga suradi.
72.Muakhkhir.
Orqaga suruvchi. U zot khohlagan shakhs va narsani khohlaganidan orqaga suradi.
73.Avval.
«Avval» – U hamma narsadan avval, yani, barcha mavjudotlar yo’qligida Alloh bor edi. Mavjudotlarni «Avval» sifatiga ega bo’lgan Alloh yaratdi. Yani, Alloh vujudga kelishining boshlanishi yo’qdir.
74.Okhir.
«Okhir» – U hamma narsa yo’q bo’lib ketganda ham O’zi qoladi.
75.Zohir.
«Zohir» – Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. U hamma narsadan zohir-ustundir.
76.Botin.
«Botin» – U ko’zga ko’rinmaydi. Hammadan pinhon-makhfiy narsalarni bilib turuvchidir.
77.Voliy.
Har bir narsaga voliy – ega bo’lgan zot.
78.Mutaoliy.
Nuqsonlardan yuqori turuvchi zot.
79.Barr.
Ulug’ yakhshilik qiluvchi.
80.Tavvob.
Bandalarni tavbaga yo’llovchi va ularning tavbasini ko’plab qabul qiluvchi zot.
81.Muntaqim.
Zolim va osiylardan intiqom oluvchi.
82.Afvvu.
Afv qiluvchi.
83.Rauf.
O’ta shafqatli va mehribon.
84.Molikul Mulk.
Mulk egasi. Bu dunyodagi ishlarni o’zi khohlaganicha qiladi. Uning qazosini qaytaradigan va hukmini o’zgartiradigan yo’q.
85.Zul Jalol val Ikrom.
SHaraf va kamol egasi. Karam va ikrom egasi.
86.Muqsit.
O’z adolati ila mazlumlarga nusrat va zolimlarga jazo beruvchi.
87.Jome.
Jamlovchi. Barcha haqiqatlarni jamlovchi. Odamlarni qiyomat kuni jamlovchi.
88.G’aniy.
Behojat. Uning hech kim va hech narsaga hojati tushmaydi.
89.Mug’niy.
Behojat qiluvchi. U zot O’z bandalaridan qay birini khohlasa behojat qilib qo’yadi.
90.Mone.
Man qiluvchi.
91.Zorr.
Zarar qiluvchi. Zararli narsalarni ham yaratuvchi.
92.Nofe.
Manfaat beruvchi.
93.Nur.
O’z-o’zi ila zohir bo’lgan va o’zgalarni zohir qilgan.
94.Hodiy.
Hidoyat qiluvchi. U zot O’z fazli ila khohlagan kimsani hidoyat qiladi. Yani, Alloh kimni to’g’ri yo’lga hidoyat qilsa, albatta, O’z khohishi va fazli ila hidoyat qiladi.
95.Badiy.
O’khshashi yo’q narsalarni keltiruvchi.
96.Boqiy.
Boqiy qoluvchi. U doimiy bordir, unga foniylik oriz bo’lmas.
97.Voris.
Muvjudotlar yo’q bo’lganda ham boqiy qoluvchi zot.
98.Rashiyd.
To’g’ri yo’lga irshod qiluvchi.
99.Sabur.
O’ta sabrli. Osiylarni azoblashga shoshilmaydi.
Аллоҳнинг 99 та гўзал исмлари
Эътиборингиз барча оламларни Яратган Зот — Аллоҳнинг 99 та гўзал исмлари маъноси акс эттирилган маълумотни ҳавола қиламиз. Уларни ёдлаб олинг ва ёдда тутинг. Зеро, у ҳар биримизнинг бурчимиздир.
Аллоҳнинг 99 та гўзал исмлари рўйхати:
1-33 гача
1. Аллоҳ
2. ар-Раҳмон. Барчага — мўминга ҳам кофирга ҳам меҳрибон ва неъмат берувчи
3. ар-Раҳийм. Қиёмат куни фақат мўминларга раҳм қилувчи
4. ал-Малик. Барча нарсанинг эгаси
5. ал-Қуддус. Мутлоқ муқаддас ва пок Зот
6. ас-Салом. Нуқсонлардан саломат. Тинлик-ҳотиржамлик ва омонлик берувчи Зот
7. ал-Мўмин. Иймон ва омонликни берувчи
8. ал-Муҳаймин. Ҳамма нарсани қамраб олувчи
9. ал-Азиз. Барчанинг устидан ғолиб
10. ал-Жаббор. Олий қадар, улуғ. Унинг олдида ўзгалар ўзини ҳор тутади
11. ал-Мутакаббир .Кибрёси ва улуғлиги муболағали Зот
12. ал-Холиқ. Асли ва ўхшаши йўқ нарсаларни яратувчи
13. ал-Бориъ. Йўқдан пайдо қилувчи, вужудга келтирувчи
14. ал-Мусаввир. Маҳлуқотларнинг суратини шакллантирувчи
15. ал-Ғаффор. Бандаларининг гуноҳини кечириб юборувчи
16. ал-Қаҳҳор. Барча маҳлуқотларни қудрати ила бўйсиндириб туручи
17. ал-Ваҳҳоб. Кўплаб неъматларни беҳисоб берувчи
18. ар-Раззоқ. Кўплаб ризқ берувчи
19. ал-Фаттоҳ. Кўплаб нарсаларни очувчи. Ўз раҳмат ҳазинасини бандалариги очувчи
20. ал-Алийм. Ҳар бир нарсани билувчи
21. ал-Қобиз. Руҳлар, қалблар ва ризқларни қабз қилувчи — тутувчи
22. ал-Босит. Руҳларга, қалбларга ва ризққа кенглик берувчи
23. ал-Хофиз. Пасайтирувчи. Кофир ва фосиқларнинг мартабасини хору-зор қилиб пасайтирувчи
24. ар-Рофеъ. Кўтарувчи. Мўминларнинг мартабасини азизу-мукаррам қилиб кўтарувчи
25. ал-Муъизз. Азиз қилувчи
26. ал-Музилл. Ҳор қилувчи
27. ас-Самийъ. Ҳар бир нарсани эшитувчи
28. ал-Басийр. Ҳар бир нарсани кўрувчи
29. ал-Ҳакам. Ҳукм қилувчи
30. ал-Адл. Мутлақо адолат қилувчи
31. ал-Латийф. Ўта лутф кўрсатувчи
32. ал-Хабийр. Ҳамма нарсадан ўта хабардор
33. ал-Ҳалийм. Ҳазаби қўзимайдиган ва иқоб қилишга шошилмайдиган
34-66 гача
34. ал-Азийм. Ақл тасаввур қила олмайдиган даражада азаматли ва улуғ
35. ал-Ғафур. Кўп мағфират қилувчи
36. аш-Шакур. Оз амал учун кўп савоб берувчи
37. ал-Алий. Мартабаси олийликда бениҳоя
38. ал-Кабийр. Ҳар бир нарсадан катта
39. ал-Ҳафийз. Ҳар бир нарсани комил муҳофаза қилувчи
40. ал-Муқийт. Барча моддий ва руҳий қутларни яратувчи
41. ал-Ҳасийб. Кифоя қилувчи. Қиёмат куни бандаларини ҳисобини қилувчи
42. ал-Жалийл. Сифатларида улуғликка эга бўлган Зот
43. ал-Карийм. Биров сўрамаса ҳам, нарсаларни кўплаб ато қилувчи
44. ар-Рақийб. Ҳеч бир заррани ҳам қўймай муроқаба қилиб турувчи
45. ал-Мужийб. Дуоларни ижобат қилувчи
46. ал-Восеъ. Кенг — ҳамма нарсани кенг илми ва раҳмати ила қамраб олган
47. ал-Ҳакийм. Ҳар бир нарсани ҳикмат ила қилувчи
48. ал-Вадуд. Барчага яхшиликни раво кўрувчи
49. ал-Мажийд. Шон-шарафи ва қадри баланд ва чексиз
50. ал-Боис. Халқларга пайғамбарлар юборувчи. Ўликларни қайта тирилтирувчи
51. аш-Шаҳийд. Ҳар бир нарсага ҳозиру-нозир. Барчага шоҳидлик берувчи
52. ал-Ҳаққ. Ўзгармас собит Зот. Ҳақни юзага чиқарувчи Зот
53. ал-Вакийл. Барчанинг иши унга топширилган Зот
54. ал-Қавий. Қувватли Зот
55. ал-Матийн. Матонатли Зот
56. ал-Валий. Муҳаббат қилувчи, нусрат берувчи Зот
57. ал-Ҳамийд. Барча мақтовлар ила мақталган Зот
58. ал-Муҳсий. Барча нарсани ҳисобини олган Зот
59. ал-Мубдиъ. Барча нарсаларни аввал бошидан бор қилган Зот
60. ал-Муъийд. Йўқ бўлган нарсаларни яна қайтадан бор қилувчи
61. ал-Муҳйи. Ўликларни тирилтирувчи Зот
62. ал-Мумийт. Ўлдирувчи. Барча жонзотларни жонини олувчи
63. ал-Ҳайй. Тириклиги абадий Зот
64. ал-Қайюм. Ўз-ўзидан қойим бўлган ва бошқаларни қойим қилган Зот
65. ал-Вожид. Хоҳлаган нарсасини топувчи. Бу ишда бирон Уни тўса олмайди
66. ал-Можид. Можду шараф, улуғворлик соҳиби бўлган Зот
67-99 гача
67. ал-Воҳид. Ягона. Битта. Бўлинмас
68. ас-Сомад. Ҳеч кимга ҳожати тушмайди, барчанинг ҳожати Унга тушади
69. ал-Қодир. Чексиз қудрат соҳиби, барча нарсага қодир
70. ал-Муқтадир. Жуда ҳам қудратли
71. ал-Муқаддим. Олдинга сурувчи. У Зот хоҳлаган шахс ва нарсани хоҳлаганидан олдинга суради
72. ал-Муаххир. Орқага сурувчи. У Зот хоҳлаган шахс ва нарсани хоҳлаганидан орқага суради
73. ал-Аввал. Ҳамма нарсадан аввал
74. ал-Охир. Ҳамма нарса йўқ бўлиб кетганда ҳам Ўзи қолади
75. аз-Зоҳир. Унинг маджудлиги ошкор, очиқ-ойдиндир
76. ал-Ботин. У кўзга кўринмайди. Ҳаммадан маҳфий нарсаларни билиб турувчидир
77. ал-Волий. Ҳар бир насага волий — эга бўлган Зот
78. ал-Мутаъолий. Нуқсонлардан юқори турувчи Зот
79. ал-Барр. Улуғ яхшилик қилувчи
80. ат-Таввоб. Бандаларни тавбага йўлловчи ва уларни тавбасини кўплаб қабул қилувчи Зот
81. ал-Мунтақим. Золим ва осийлардан интиқом олувчи
82. ал-Афувв. Авф қилувчи
83. ар-Раъуф. Ўта шавқатли ва меҳрибон
84. ал-Моликул мулк. Мулк эгаси. Унинг қазосини қайтарадиган ва ҳукмини ўзгартирадиган йўқ
85. Зул жалоли вал икром. Шараф ва камол эгаси. Карам ва икром эгаси
86. ал-Муқсит. Ўз адолати ила мазлумларга нусрат ва золимларга жазо берувчи
87. ал-Жомеъ. Одамларни қиёмат куни жамловчи. Барча ҳақиқатларни жамловчи
88. ал-Ғаний. Беҳожат. Уни ҳеч кимга ва ҳеч нарсага ҳожати тушмайди
89. ал-Муғний. Ўзи хоҳлаган бандасини беҳожат қилувчи
90. ал-Монеъ. Ман қилувчи
91. аз-Зорр. Зарарли нарсаларни ҳам яратувчи
92. ан-Нофеъ. Манфаат берувчи
93. ан-Нур. Ўзи зоҳир ва ўзгаларни зоҳир қилган
94. ал-Ҳодий. Ҳидоят қилувчи
95. ал-Бадийъ. Ўхшаши йўқ нарсаларни келтирувчи
96. ал-Боқий. Боқий қолувчи. У доимий бордир
97. ал-Ворис. Мавжудодлар йўқ бўлганда ҳам боқий қолувчи Зот
98. ар-Рашийд. Тўғри йўлга иршод қилувчи
99. ас-Сабур. Ўта сабрли. Осийларни азоблашга шошилмайди.