Press "Enter" to skip to content

Ota haqida sher eng sara sherlar to‘plami

Otalarning hurmatin
O’z joyiga qo’ymaymiz.
Lekin onamiz ko’nglin
Har soniyada o’ylaymiz.

Otajonlar haqida chiroyli she’rlar

Otajonlar (ota) haqida chiroyli she’rlar — ushbu maqolada siz otalar haqida saralangan ko’p she’rlarni o’qishingiz va Otajonlar (ota) haqida chiroyli she’rla haqida fikringizni bildirishingiz mumkin.

  1. Otajonim
  2. Ota — onang
  3. Ota haqida tasirli she’rlar
  4. Men uchun bir umr darmonim ota
  5. Ota haqida she’rlar: Otam
  6. KECHIRING OTA KECHIRING ONA
  7. Dadajonim, Sizni sog‘indim.
  8. Ota ona
  9. Ota haqida she’rlar PADARIMNI ZIYORAT AYLAB
  10. Otamga Mashina Mindiray (Qo’shiq Matni)
  11. Otalarni ardoqlang

Otajonim

Duo qiling, duoyingiz men uchun tumor,
Deysiz: «Bolam, Allohimdan bir tilagim bor:
Dog`laringni ko`rmay o`tsam,o`zi kifoya,
Axir, mening dilimda ham niyatim bisyor»
Sizni baxtli etolsaydim qaniydi, onam,
Poyingizga dunyolarni tortiq qilsam kam.
(forum.ziyokor.com)

Ota — onang

Onang ketsa savlatlaring ketgaydir,
Otang ketsa davlatlaring ketgaydir.
Shu ikkala qo‘rg‘oningdan ayrilsang,
Manglaydagi zar xatlaring ketgaydir.
Otasi yo‘q cho‘lda qolgan giyohday,
Onasi yo‘q rangi ro‘yi siyohday.
Kimning agar qo‘rg‘onlari yiqilsa,
To‘rt tomondan to‘rt ming ozor yetgaydir.

Nari borsa to‘rt yil kutar dildoring,
O‘n yil kutar sadoqatli do‘st-yoring.
Lekin otang sabr toshga aylanar,
Onang qirq yil ko‘z yummayin kutgaydir.

Otang o‘lsa, o‘ldi dema hayot u,
Ko‘ksingdagi so‘nmaydigan bayot u.
Nogoh agar yo‘llaringda qoqilsang,
Onang ruhi qo‘llaringdan tutgaydir.

Boshingga ish tushganida sinab ko‘r,
G‘amingga g‘am qo‘shganida sinab ko‘r.
Kimlaringdir sen deb ko‘z yosh yutar lek,
Otang qilich, onang qonlar yutgaydir.

Shon-shuhrating ketsa ketar do‘stlaring,
Mol-davlating ketsa ketar do‘stlaring.
Otang-onang qolar senla, qolgani
Shunchaki… ko‘changdan bir-bir o‘tgaydir.

Guljamol Asqarova
(forum.ziyokor.com)

Ota haqida tasirli she’rlar

Boshda tojim yagona qizim!
Faxr bilan aytasiz Ota!
Ikki óg’lim ikki qanotim,
Bir qanotiz xasta Ota!

Bu dardlarim balki baxtim,
Siz kuyunmang,siqilmang Ota!
Yig’laganim mening kulganim,
Dalda berib aldamang Ota!

Peshonada bori bu axr,
Aybimiz yóq bizni Ota!
Kunlar kelib qilamiz faxr,
Menga omad kuladi Ota!

Pinxon emas mening dardlarim,
Oshkor qilib qórqmadim Ota!
Yurakda bor katta armonim,
Sizga suyanch bólmadim Ota!

Sizga hamrox munis Onam!
Umidingiz sònmasin Ota!
Xizmatizda Opam,Akam!
G’ururingiz sinmasin Ota!

Men bechora bólib qolmayman,
Bir kun orzu ushalur Ota!
Shu sôzimni aniq aytgayman,
Vada berib bajargum Ota!

Sizga Shamshod bóldi tashvish,
Ammo g’amgin bólmadiz Ota!
Bólmang sira bólmang xomush,
Sizdeb òtar umrim Ota!

Muallif:Shamshod Safar! (antiqa.uz)

Men uchun bir umr darmonim ota

Yelkangiz o’parkan quyosh ham bota,
Qarshilab barchani bir-bir uyg’ota,
Bolangiz ko’ngliga paxtadan yumshoq,
Temirdan qattiqroq qalqonim, ota!
Zalvorli yuklar-da yuqtirolmas gard,
Oldingizga tushmas biron bitta mard.
Zardobga aylangan ichga yutar dard,
Yurakdan portlagan vulqonim, ota!
Gullar titrasada bo’ston vahmida
E’zozlab yashagay sizni rahmida!
Biz deya hayotning achchiq sahnida
O’zin yer aylagan osmonim, ota!
Bolam deb nigohi g’unchadek so’lgan,
Og’ir sinovlarda ne bo’lsa-bo’lgan…
Yuzi qayg’ursa-da, ko’zlari kulgan
Jannat hidi kelar rayhonim, ota!
Biror lug’ati yo’q yig’lab nolishda,
Asta hordiq olgan qattiq bolishda!
Qalbida erkalab, yig’lagan tushda
Yillarga ulg’aygan armonim, ota!
Sizga men shu bukun qo’shig’im aytdim,
Qadringizni o’ylab hovliga qaytdim,
Mehringizda qolgan bo’lsa gar qaytim,
Men uchun bir umr darmonim ota!

Mahmud Asror (forum.ziyokor.com)

Ota haqida she’rlar: Otam

Ey umrim javhari davlatim Otam
Dillari quyoshdur mehribon Otam
Sizga izdoshdurman abadul-abad
Shul sabab ko’nglim shod g’rurim Otam

Bu dunyo sinovli yolg’onchi dunyo
O’tgaydur umrlar misoli daryo
Do’st degan ulfatim bo’lsada ammo
Bo’lolmas siz kabi dartkashim Otam

Sizning-la bordurman ichra keng jahon
Shukrumni e’shitsin ul buyuk Rahmon
Qalbingiz og’ritib bo’libman nodon
Doimo kechirgan rahimli Otam

Bog’ ichra gurkirar chamanzor ravon
Tinmagay har nafas mehnatkash bog’bon
Mehnat ila ayladiz siz meni inson
Siz mening qo’li gul bog’bonim Otam

Bilsangiz yurarman osmonda doyim
Siz borsiz omondur ko’kdagi boshim
Shubha yuq aytarman har yerda so’zim
Tog’ kabi sarviqor osmonim Otam

Joningizga jon bo’lolmas afsus bu jonim
Bo’lsa e’di berardim sizga bor umrim
Insho Olloh ko’rgaysiz gullagan bog’im
Nuri ila yoritgan jahonim Otam . (sherlaruzcom)

KECHIRING OTA KECHIRING ONA

Meni joni ichra saqlagan onam,
Dunyoga kelishim xoxlagan onam,
Alla aytib baxtlar tilagan onam,
Bedor tunlar haqqi kechiring ona,
Gunohlarim qalbdan o‘chiring ona.

Bo‘lsa ham aslida mingta dardingiz,
Turli o‘yinchoqlar olib berdingiz,
Xarxashalarimga toqat qildingiz,
O‘tgan kunlar haqqi kechiring ota,
Gunohlarim qalbdan o‘chiring ota.

Ajinlar qoplabdi yuzlaringizni,
Ko‘zga suray bosgan izlaringizni,
Ba’zan ikki qildim so‘zlaringizni,
Bedor tunlar haqqi kechiring ona,

Barcha istaklarim bajo qilganim,
Meni dunyolardan ustun qo‘yganim,
Esimda quloqsiz ham sho‘x bo‘lganim,
O‘tgan kunlar haqqi kechiring ota,

Ona mehringizni qumsadim takror,
Sizdan o‘tinchlarim behisob, bisyor,
Ming bora ranjitib, berganman ozor,
Bedor tunlar haqqi kechiring ona,

Nasighatlaringiz qimmat tillodan,
Duoingiz asraydi xavfdan, balodan,
Padarim, ranjimang zinhor Shahlodan,
O‘tgan kunlar haqqi kechiring ota. (sherlaruz)

Dadajonim, Sizni sog‘indim.

Qoshlari kamondek xilolim,
Soyabon, sarbonim, Bilolim.
Qalbimda ezgulik nixolim,
Dadajonim, Sizni sog‘indim.

Sizsiz mening qalbim quyoshim,
Siz bilandir mag‘rurdir boshim.
X,alol risq- u beminnat oshim,
Dadajonim, Sizni sog‘indim.

X,ammadan xam mexribonginam,
Jondan ortiq jonajonginam.
Taxti baland Sulaymonginam,
Dadajonim, Sizni sog‘indim.

Dadalarning zo‘ri O‘zingiz,
Purx,ikmatli dono so‘zingiz.
Porlab turar qora ko‘zingiz,
Dadajonim, Sizni sog‘indim.

Baxtimiz Siz taxtiravonim,
Suyanguvchi oromijonim.
Nasix,atgo‘y jon-u jax,onim,
Dadajonim, Sizni sog‘indim.

Dada desam quvnaydi ko‘zim,
Labda xanda, kuladi yuzim
Donoginam, ox, shirin so‘zim,
Dadajonim, Sizni sog‘indim.

Mudom xammadan keragimsiz,
Urib turgan bu yuragimsiz.
Dalda bo‘lgan zo‘r tirgagimsiz,
Dadajonim, Sizni sogindim.(sherlaruz)

Ota ona

Bir kam dunyo havasiga berilib
Sherman deya ozroq pulga kerilib
Aroq vino mayshatlarga berilib
Otamjonim qadrin bilmabman
Onamjonim dardin so’ramabman

Omad kaltin menga Olloh tutganida
Onajonim mendan mehr kutganida
Mening uchun otam g’amlar yutganida
Otam holin birormarta so’ramabman
Onajonim qadrini hech bilmabman

Parvo qilmay dustlar bilan yuribman
Davrim deya davri davron suribman
Yuzlardagi ajinlarni ko’ribman
Otajonim qadrini hech bilmabman
Onajonim holini bir so’ramabmana

Yillar axir o’g’irlapti yoshlarini
Oq qirovlar oralabdi sochlarini
Biror marta silamafman boshlarini
Otajonim holini hech so’ramabman
Onajonim qadrini hech bilmabman

Istasangiz sizga tayoq hassa bo’lay
Yolingizni yorutguchi chiroq bo’lay
Sizga farzand bo’lmay axir men o’lay
Otajonim qadrini hech bilmabman
Onajonim holini bir soramabman (sherlaruz)

Ota haqida she’rlar PADARIMNI ZIYORAT AYLAB

Yana keldim mozoringizga,
Siz yo‘qsiz, ko‘p adashdim ota.
Johillikni iqrorim sizga,
Men Islomga almashdim ota!

Jonimga dard solgach rahnani,
Gunohlarim qo‘rqitdi mani.
Tashlab ketib katta sahnani-
Men Islomga almashdim ota!

Bu dunyoda rost foniyligim,
Jannat boqiy, dard oniyligim.
Rozi bo‘ling, nasroniyligim-
Men Islomga almashdim ota!

O‘z nafsimni qo‘ydim kishanlab,
Rojdestvomas xayit nishonlab.
Qadahimni tekkizmasdan lab-
Men Islomga almashdim ota!

Cherkovgamas ey aziz dadam,
Mahkamladim masjidga qadam.
Jaholatim o‘ylamay bir dam-
Men Islomga almashdim ota!

Qur’on ochdim, yopildi Injil,
So‘ng tozardi kirlangan bu dil.
Kir xayotni bo‘lmasimdan sil-
Men Islomga almashdim ota!

Qismat menga qo‘ydi shunday shart:
Tanla do‘zax yo jannatni mard.
Johillikni-sindirmasdan dard-
Men Islomga almashdim ota!

Tark ayladim razolatimni,
Alloh bilan chin xolatimni.
O‘n oltimda jaholatimni-
Men Islomga almashdim ota!

Ko‘rmay ixlosdan judolikni.
Qildim dinga chin fidolikni.
Qalbim ko‘nmay «uch Xudolik”ni-
Men Islomga almashdim ota…

Birov eshitmasin dodimni,
Iymon egalladi yodimni.
Buzuq, botil, e’tiqodimni-
Men Islomga almashdim ota. (sherlaruz)

Otamga Mashina Mindiray (Qo’shiq Matni)

Baxtni ham boqmoqqa ko’ndiray
Kamlarin barchasin to’ldiray
Ollohim menga ham boylik ber
Otamga mashina mindiray

Yo’llarda oyog’i tolmasin
Yuklari yerlarda qolmasin
Mehmonga piyoda bormasin
Otamga mashina mindiray

Yo’qdan ham amallab yo’ndiray
Ko’zlarin quvonchdan kuldiray
Farzandlik burchimni bildiray
Otamga mashina mindiray

Qarzimni qaytaray ertaroq
Yoshlanmay turibon ko’z qaroq
Yaqinga aylansin deb yiroq
Otamga mashina mindiray

Kunimga yaraydi shu inson
Qarzlarim ko’p hali bir jahon
Qaydandir axtarib bir imkon
Otamga mashina mindiray

Shaytonga dilimni yor qilmay
Nomardga qadrimni xor qilmay
O’tayin mashina men minmay
Otamga mashina mindiray

Men deb umrin hasrat g’amga
Baxshida etgan odamga
Otamga avval otamga
Otamga mashina mindiray

Qalbbog’da gullarni undiray
Armonin birma bir o’ldiray
Qudratning orzusi shu do’stlar
Otamga mashina mindiray

Xudodan so’rarman yolvorib
Sog’ bo’lsin baxtimga ilohim.
Onam ham yonida quvonib
Otamga mashina mindiray

Xudoyberdi der faqat
Qalbimda oliy maqsad
Men deb kechirgin zahmat.

Otalarni ardoqlang

Jannat ona oyog’i
Ostidaku deyishar.
Jannatni istaganlar
Onasin rozi qilar.

Ona buyuk,muqaddas
Shubxa yo’q bu fikrga.
Biroq otamiz ham bor
Ular ham jannat bizga.

Ona ona deymizku
Otamiz qolar yolg’iz.
Ular bo’lmaganida
Bo’lmasdiku o’g’il qiz.

Bu ko’rkam zamonlarda
Ayol aziz mukarram.
Erkaklarga so’z qolmas
Go’yo emasku odam.

Otalarning hurmatin
O’z joyiga qo’ymaymiz.
Lekin onamiz ko’nglin
Har soniyada o’ylaymiz.

Telefonga qaraylik
Qachon qildik qo’ng’iroq.
Onajonim dedigu
Otamiz chetda biroq.

Lekin shunda ham bizni
Teng ko’radi otamiz.
Bizning mehr teng emas
Ona deymiz hammamiz.

Bolalikda sho’xlikda
Biz uchun tulpor bo’lgan
Uyga shoshib ishidan
Issiq non olib kelgan.

O’qitdiku kam qilmay
Ko’nglimizga qaradi.
Sal xomush bo’lib qolsak
Ko’nglimizni so’rardi.

Ota ona davlatdir
Bu azaliy qoidamiz.
Qirolicha onalar
Sultonlarku otamiz.

Sulton bo’lmasa davlat
Davlat bo’lmay qoladi.
Onani ona qilgan
Asli ota bo’ladi.

Ikkisin teng ko’raylik
Ota borki hayot bor.
Otasin asragan ham
Jannatlardan umidvor.

 

Ota haqida tasirli sher

Men bulutni oq deb yuribman,
Yuragingiz buncha oq ota.
Rosiyada ishlab yuribman,
Dunyo menga o‘yingoh ota.

Qalaysan deb so’raysiz holim,
Har galgiday ko‘nglim chog’ ota,
Ko’zmunchoqlar bermasin onam,
Hudo menga ko’zmunchoq ota.

Duolariz asraydi meni,
Ko’nglim mangu yashar bog’ ota,
Yolg’onlarga o’rgatmagansiz,
Haqni izlab dilim tog’ ota.

Qaytkim kelar qishloqqa gohi,
Buncha og’ir yashamoq ota,
O’pib yashar oyog‘ingizni,
Tuproq mendan baxtliroq ota.

Otam — Shukur Qurbon sheri

Ey umrim javhari davlatim Otam,
Dillari quyoshdur mehribon Otam,
Sizga izdoshdurman abadul-abad,
Shul sabab ko’nglim shod g’rurim Otam.

Bu dunyo sinovli yolg’onchi dunyo,
O’tgaydur umrlar misoli daryo,
Do’st degan ulfatim bo’lsada ammo,
Bo’lolmas siz kabi dartkashim Otam.

Sizning-la bordurman ichra keng jahon,
Shukrumni e’shitsin ul buyuk Rahmon,
Qalbingiz og’ritib bo’libman nodon,
Doimo kechirgan rahimli Otam.

Bog’ ichra gurkirar chamanzor ravon,
Tinmagay har nafas mehnatkash bog’bon,
Mehnat ila ayladiz siz meni inson,
Siz mening qo’li gul bog’bonim Otam.

Bilsangiz yurarman osmonda doyim,
Siz borsiz omondur ko’kdagi boshim,
Shubha yuq aytarman har yerda so’zim,
Tog’ kabi sarviqor osmonim Otam.

Joningizga jon bo’lolmas afsus bu jonim,
Bo’lsa e’di berardim sizga bor umrim,
Insho Olloh ko’rgaysiz gullagan bog’im,
Nuri ila yoritgan jahonim Otam.

Dadajon tushlarimga kiring

O’z-o’zimni pichoqsiz so’ydim,
Yuragimni sog’inchdan o’ydim.
Bu dunyodan juda ham to’ydim,
Tushlarimga kiring Dadajon!

Meni yetim qilgan o’zingiz,
Bir bor ko’ray qizil yuzingiz,
Qayerlarda qolgan izingiz,
Tushlarimga kiring Dadajon!

Menga ayting o’shal arzingiz,
Tushunmabman sira dardingiz,
Yomon o’tdi bugun qadringiz,
Tushlarimga kiring Dadajon!

Dushmanlarga to’la koshonam,
Vayron bo’ldi sizsiz koshonam,
Bunchalar sho’r ekan peshonam,
Tushlarimga kiring Dadajon.

Otam tabassumi

Otam kulganida juda yayrayman,
Olamga bir boshqa ko’zla qarayman,
Ollohga shukur deb hech charchamayman,
Otam tabassumin yaxshi ko’raman.

O’z dardin hech qachon oshkor etmaydi,
Bizni siqilmasin deya saqlaydi,
Otam kulganida dunyo porlaydi,
Otam tabassumin yaxshi ko’raman.

Otam yuzlaridan bir nur yog’ilgay,
Ko’zlari ham ajib bir hisga to’lgay,
Meni otam doim duolar qilgay,
Otam tabassumin yaxshi ko’raman.

Otamga qo’shilib onam jilmayar,
Bunda mening baxtim ming karra oshar,
Ular kulganlarin ko’rib quvnayman,
Otam tabassumin yaxshi ko’raman.

Otam bilan onam doim sog’ bolsin,
Meni tabassumla duo qilishsin,
Men ham ular ko’nglin shod aylagayman,
Otam tabbasumin yaxshi ko’raman.

Otalarni yig‘latma hayot

Havas qilar ahli dunyo sabotiga,
Ko’z tegmasin iymon-etiqodiga,
Dog’ tushmasin oilasin nomiga,
Otalarni yig’latma hayot.

Ayollarning makriga hech uchmasin,
Keksayganda farzandlari kechmasin,
Dilbandini tobutini quchmasin,
Otalarni yig’latma hayot.

O’gli ichib chekib xor bo’lsa,
Qizi behayo, benomus, beor bo’lsa,
Ko’zlariga keng dunyo ham tor bo’lsa,
Otalarni yig’latma hayot.

Yig’lasa ham quvonchidan yig’lasin,
Farzandlari to’ylarida o’ynasin.
Hajga borib dili ko’zi quvnasin,
Otalarni yig’latma hayot.

Havas qilar axli dunyo sabotiga,
Ko’z tegmasin iymon etiqodiga,
Ko’z yosh yarashmaydi erkak zotiga,
Otalarni yig’latma hayot.

Otalar — Abdulla Oripov sheri

Otalar sha’niga loyiq so’z demoq,
Tabarruk bir kitob yozish bilan teng.
Ularning mehri-ku, bamisli charoq,
Bag’ri ham yulduzli osmon kabi keng.

Sharqona tashbehni olsam gar yodga,
Bir nomi buzurgu bir nomi faqir.
Zaminni kaftida tutib, avlodga,
Bus-butun yetkazgan otalar, axir.

Yuksak-yuksaklarga uchgan sor lochin,
Nazar uzmagandek polaponidan.
Bardavom naslini asramoq uchun,
Axir ota qavmi kechgan jonidan.

Non,degan farzandning dardli xitobi,
Goh uni tiriklay chohlarga tiqqan.
Bardoshli umrning zaqqum zardobi,
Sochlari qirovdek ko’pirib chiqqan.

Taxti Sulaymonddan balanddir beshak,
Ota deb atalgan martabayu baxt.
Farzand bunyod bo’ldi, o’lim yo’q demak,
Otaning ilgida zamon bilan vaqt.

Men ko’kka termulib kutmasman madad,
Do’st izlab har yonda kezmasman sarson.
Do’stu madadkor ham otadir abad,
Shoni-shoning erur, armoni-armon.

Farzand — Abdulla Oripov sheri

Bir kuni ranjitdi otani farzand,
Ota o’z uyidan bosh olib ketdi.
Lekin Alloh mehri bo’lib sarbaland,
Ota Makkatulloh vasliga yetdi.

Ota fig’on chekdi Ka’ba qoshida,
Go’yo unut bo’lgay alamlar bari.
Najot charx ursa ham garchand boshida,
Sira ketolmadi bir gapdan nari.

Ka’baga sig’inar ekan keksa chol,
Armonin oshkora aytdi olamga.
Dedi: — Ibodatim bo’lsa ham uvol,
Faqat saodat ber o’sha bolamga.

Ota duosi — Abdulla Oripov sheri

O’g’lim so’ramasman sendan mol-dunyo,
Uy ham qurib berma, mayli, alomat.
Mayli, ko’zlarimga bo’lmagil ziyo,
Yonimda yursang bas sog’u salomat.

Mayli, ko’tarmagil meni yelkangda,
Qalqon ham bo’lmagil yog’sa malomat.
Bir kuni yostiqqa boshim tekkanda,
Tepamda tursang bas sog’u salomat.

Ota — Muhammad Yusuf sheri

Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o’tlar bosgan o’rmonim bor.
Qizg’aldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab o’tmagan otajonim bor.

Ota desam, bag’ri-dilim yonaverar,
Kunim yonar, oyu yilim yonaverar,
Mozoriga qo’ygan gulim yonaverar,
Tutunlarga to’lib ketgan osmonim bor.

Esaversin jannatlardan kelgan nasim,
Momo yerim, o’zingsan eng muqaddasim,
Bag’ringda jim tinglab bu tun jon nafasim,
Ruhimni allalab yotgan jahonim bor.

Odam bo’lib bir odamni tushunmaslar,
Ko’zingda yosh ko’rib ham goh o’kinmaslar,
Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar,
Qabrdan qo’l cho’zib turgan qalqonim bor…

Men otamdan qolgan erkin sado-sasman,
Qonimga yot navolarga qayrilmasman,
O’lgunimcha endi undan ayrilmasman —
O’z otamdek bo’lib qolgan imonim bor.

Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Keng dalada gullar bosgan o’rmonim bor,
Qizg’aldoqlar bosh egib qon yig’lab turgan
Bu makonda mening ham nurjahonim bor.