Press "Enter" to skip to content

Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodi asarlari

Real hodisalarni chuqur bilish, fan bilan shugʻullanish insongagina xosdir. Ibn Sino “Risolatun fi taqsim al-mavjudot” asarida butun borliqni tarkibiy qismlarga boʻlib, birma-bir sanaydi va ularga taʼrif berib oʻtadi. Vujudi vojib, vujudi mumkin, substansiya, aksidensiya, materiya, shakl, aql, unsur, jism, quvvat, sezish, mineral, hayvon, nutq, lison kabi kategoriyalar bu risolada kisqacha taʼriflanadi.

QURʼON

QURʼON (arab. — oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad paygʻambarga 610—632-y. lar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon «Kitob» (yozuv), «Furqon» (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), «Zikr» (eslatma), «Tanzil» (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, «Nur» (yorugʻlik), «Hudo» (hidoyat), «Muborak» (barakotli), «Mubin» (ochiq-ravshan), «Bushro» (xushxabar), «Aziz» (eʼzozlanuvchi), «Majid» (ulugʻ), «Bashir» (bashorat beruvchi), «Nazir» (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Ulamolar Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar.

Islom tarixiga oid manbalarda keltirilishicha, Qurʼon nozil boʻlishi mil. 610-y. boshlangan. Muhammad paygʻambar 40 yoshda Makka sh. yaqinidagi Hiro gʻorida chuqur tafakkurga berilib oʻtirgan bir paytda Jabroil farishta «Iqraʼ» («Oʻqi») deb boshlanuvchi «Alaq» surasining avvalgi 5 oyatini keltirdi. Bu jarayon Makkada 13 yil, Madinada 10 yil, hammasi boʻlib 23 yil davom etgan. Qurʼonning nozil qilinishi islom aqidasi boʻyicha ramazon oyining 27-kuniga oʻtar kechasi yuz bergan. Shuning uchun ham bu oy muqaddas hisoblanib, roʻza tutilgan kunning 27-kechasi laylatul-qadr, yaʼni qadrli, ilohiy qudrat namoyon boʻladigan, bandalarning bir yillik taqdiri hal qilinadigan (qadr — taqdir, oʻlchov) tabarruk kecha deb ulugʻlanadi.

Qurʼon sura va oyatlarining nozil boʻlish tartibi voqealarning rivojiga qarab davom etgan. Ilk islom davrida nozil boʻlgan suralar, asosan, Allohning yagonaligi, borliqning mutlaq ilohi, dunyodagi barcha narsalar uning borligidan darak beruvchi dalil ekani, islom taʼlimotida belgilangan aqidaviy tushunchalar — farishtalar, paygʻambarlar, muqaddas kitoblar, oxirat, jannat va doʻzaxning haqligi toʻgʻrisida edi. Paygʻambar va musulmonlarga ogʻir kelgan Makka davrida sabr-bardoshga chaqiruvchi, din yoʻlida chekilgan mashaqqatlar uchun ulugʻ ajru mukofotlar borligi haqidagi oyatlar nozil etilgan boʻlsa, musulmonlar jamoasi shakllangan Madina davriga diniy marosim va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga bagʻishlangan oyatlar toʻgʻri keladi. Paygʻambarga diniy masalalar boʻyicha berilgan savollarga u vahiy orqali nozil qilingan oyatlar bilan javob berar edi.

Qurʼonning boʻlimlari sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Har sura oyatlarga boʻlingan. Qurʼon 114 sura, 6236 oyatdan iborat. Har bir suraning oʻz nomi bor. Oyatlar esa tartib raqami bilan berilgan. Suralarning nomlari uning boshida kelgan soʻzdan olingan yoki zikri koʻproq kelgan narsalar, voqealar yohud asosiy qahramon nomi bilan atalgan. Keyinchalik oʻqish va yodlash oson boʻlishi uchun Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf (hukmronlik yillari 694—714) koʻrsatmasiga binoan Qurʼon 30 qism (arabcha — juz, forscha — pora)ga boʻlingan. Qurʼonda birinchi kelgan «Fotiha» surasidan keyingi suralar katta, oʻrtacha va kichik suralar tartibida joylashgan. 2-«Baqara» surasi 286 oyatdan, eng qisqa «Kavsar» surasi 3 oyatdan iborat. Eng qisqa oyatlar «Toho» va «Yosin», eng uzun oyat «Baqara» surasining 282-oyatidir. suralar nozil boʻlish vaqti va joyiga koʻra 2 ga: hijradan oldin nozil boʻlgan suralar — «Makka suralari» (610—622-y. lar, 90 sura) va hijradan keyin nozil boʻlgan suralar — «Madina suralari» (622-y. dan, 24 sura) ga ajratiladi.

Qurʼoni karimning Usmon Musʼhafi nusxasi (Toshkentda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi).

Qurʼon matnining koʻp qismi Alloh bilan soʻzlashish, islom dushmanlari yoki undan ikkilanuvchilar bilan munozara qilish shaklida berilgan.

Muhammad (s. a. v.) Q. oyatlarini Jabroildan qabul qilar, boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olardilar. Yozishni biladigan odamlar, jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Kaʼb xurmoning poʻstlogʻi, yapaloq tosh, katta suyak, teri va shunga oʻxshash narsalarga Qurʼonni yozib borganlar. Paygʻambar hayotlik chogʻida yana vahiy tushib qolar, degan umidda Qurʼon jamlab kitob shakliga keltirilmagan. Paygʻambarning vafotidan keyin Qurʼon kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida qoldi. Birinchi xalifa Abu Bakr davrida ridda (dindan qaytish)ga qarshi olib borilgan qattiq janglarda Qurʼonni toʻliq yod olgan koʻplab qorilar halok boʻlib, Qurʼonning kelajak avlodga saqlanmay yoʻqolib ketish xavfi tugʻilgan paytda Umar ibn Xattob Abu Bakrga Qurʼonni kitob holiga keltirib, jamlab qoʻyish zarurligini maslahat beradi. Abu Bakr bu ishni amalga oshirishni Paygʻambar bilan koʻp vaqt birga yurgan sahoba, Qurʼonni eng yaxshi yod olgan Zayd ibn Sobitga topshirdi. Zayd ibn Sobit, Umar ibn Xattob va b. Qurʼoni karimni puxta yod bilishlariga qaramay, bu ishning ishonchli boʻlishiga harakat qilib, masjidda: «Kimning qoʻlida yozilgan Qurʼon boʻlsa va uni Paygʻambardan tinglaganiga ikkita guvohi boʻlsa, bizga olib kelsin, Qurʼonni jam qilishga xalifaning buyrugʻi boʻldi», deb eʼlon qildilar. Ular masjidda oʻtirib, guvohlarni tekshirib, nihoyatda aniqlik bilan 1 y. dan ortiq vaqtda Qurʼon sahifalarini jamladilar. Soʻng koʻpchilikka koʻrsatdilar, hamma rozi boʻldi. Shunday qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Qurʼonni kiyik terisidan ishlangan sahifalarga yozib, Abu Bakrning uyiga qoʻydilar. U olamdan oʻtgandan keyin sahifalar Umarning uyida, u kishidan soʻng esa, qizi — Paygʻambarning xotini Hafsa binti Umar huzurida qoldi. Vaqt oʻtishi bilan islom dini tarqalgan davlatning chegarasi kengayib bordi. Koʻplab xalqlar islomni qabul qilib, musulmonlar soni koʻpaygandan soʻng Qurʼonni oʻqishda turli kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bunga Qurʼonning «yetti harf» (lahja)da nozil boʻlgani ham sabab boʻldi. Hadisda taʼkidlanishicha, Jabroil Qurʼon oyatlarini turli arab qabilalariga tushunarli boʻlishi uchun yetti xil lahjada keltirgan. Bunda ayrim soʻzlar boshqacha shaklda yozilishi va oʻqilishiga toʻgʻri kelgan. Bu holatni koʻrgan xalifa Usmon ibn Affon Hafsadan Abu Bakr davridagi sahifalarni soʻrab olib, undan bir necha nusxa koʻchirishga buyruq berdi. Qurʼon qiroatida farqli boʻlgan soʻzlarda quraysh lahjasiga rioya qilindi.

Nusxalar tayyor boʻlgandan soʻng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy shaharlarga bittadan nusxaga qori qoʻshib joʻnatildi, hammaga faqat shu nusxadan Qurʼonni koʻchirish va shu qoridan qiroat oʻrganishga buyruq berildi. Usmon ibn Affon Makkaga Abdulloh ibn Soibni, Shomga Mugʻiyra ibn Shihobni, Kufaga Abdurahmon Sulamiyni, Basraga Omir ibn Abul Qaysni yubordi va har biriga bir nusxadan musʼhaf berdi. Madinada qolgan musʼhafdan odamlarga qiroat taʼlimi berishni Zayd ibn Sobitga topshirdi. Usmon ibn Affonda bir nusxa musʼhaf qoldi. Keyinchalik nusxa koʻchirish yoʻlga qoʻyilishi jarayonida faqatgina Usmon davrida yozilgan nusxalarga suyanish joriy boʻldi. Pirovardida har bir nusxaning ishonchli ekanini tasdiqlash maqsadida «bu nusxa Usmon musʼhafiga muvofiqdir», deb yozib qoʻyiladigan boʻldi. Qurʼon harflarini yozish uslubi bir xilligi ham saqlab qolindi. Qurʼon harflariga biror nuqtachalik ham oʻzgarish kirmasin, degan maqsadda ulamolar musʼhaf ichiga hatto gul, daraxt bargi va shunga oʻxshash boshqa narsalarni mutlaqo qoʻyib boʻlmaydi, aks holda, oʻsha narsalar sahifaga yopishib qolsa, shubha paydo boʻlishi mumkin, deb fatvo chiqardilar. Qurʼonni nuqtalashni Abul Asvad Dualiy amalga oshirdi. U nuqta alomatlarini harflarning usti, osti va oʻrtasiga qoʻyib chiqdi. Vaqt oʻtishi bilan kishilar Qurʼonni xato oʻqimasliklari va uning qiroati haqida turli ixtilofga tushmasliklari uchun, ulamolar musʼhaflarga diakritik belgilar (fatha, kasra, zamma) qoʻyish kerak, degan fikrga toʻxtaldilar. Bu ishni Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf hukmronlik davrida Hasan Basriy bajardi. Bunda asl harflarga zarracha oʻzgartirish kiritmaslik sharti qoʻyildi. 9-a. ga kelib Qurʼon arab boʻlmagan xalqlar tomonidan ham xatosiz oʻqish mumkin boʻlgan holga keldi. Taraqqiyot davri kelib, Qurʼonni texnik jihozlar vositasida chop etish masalasi koʻndalang boʻldi. Lekin ulamolar avvaliga Qurʼonning obroʻsiga toʻgʻri kelmaydi, degan fikr bilan bu ishga ruxsat bermadilar. Ammo vaqt oʻtishi bilan musulmonlar ham nashr ishlarini oʻzlashtirdilar. Qurʼonni chop etishga ehtiyoj ortib bordi va ulamolar kerakli shartlarni qoʻyib, Qurʼonni chop etishga izn berdilar.

Qurʼonning har bir nusxasi musulmonlar tomonidan eʼzozlanadi. Ammo ularning ichida Usmon Qurʼon larining alohida oʻrni bor. Toshkentda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasining maxsus hujrasida saqlanayotgan Usmon Qurʼoni bevosita xalifa Usmon davrida (644—656) yozilgan muqaddas qoʻlyozma deb hisoblanadi. Hoz. kunda jahonda «Usmon Qurʼoni» degan nom bilan ataladigan 4 qoʻlyozma mavjud. Ulardan biri Madinada saqlanayotgan asl nusxa boʻlib, islom manbalarida u «Imom» deb ataladi. Ikkinchi nusxa Kaʼbada, uchinchi nusxa Qohira (Misr milliy kutubxonasi)da saqlanmoqda. Toʻrtinchisi Toshkentda Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyida uzoq vaqt saqlanib, 1989-y. boshida musulmonlar qurultoyida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasiga saqlash uchun topshirilgan. Boshqa tadqiqotchilar (Ahadjon Hasanov va b.) maʼlumotiga koʻra, Toshkentdagi Usmon musʼhafidan tashqari Qohira va Istanbul sh. da (2 ta) saqlanayotgan nusxalari mavjud. Toshkentda saqlanayotgan Qurʼonning bu yerga kelib qolishi tarixi haqida turli taxminlar bor. Koʻpchilik tadqiqotchilar uni Amir Temur Basradan Samarqandga olib kelgan, degan fikrni bildiradilar. Boshqa tarixchilar (Hamid Ziyoyev va b.) Amir Temur Toʻxtamishni magʻlubiyatga uchratib, Oltin Oʻrdani egallaganidan keyin, oʻsha Qurʼonni qoʻlga kiritib, Samarqandga keltirgan, degan xulosada. Tarixda yana boshqa farazlarga ham duch kelinadi. Ushbu Qurʼon 1868 (baʼzi manbalarda 1869-y.) Samarqanddan Sankt-Peterburgga olib ketiladi va avval Rossiya xalq maorifi vazirligiga, soʻngra shahardagi Saltikov-Shchedrin kutubxonasiga beriladi. Oktyabr toʻntarishidan soʻng, musulmonlar qurultoyining iltimosiga koʻra, RSFSR XKSning qarori bilan musulmonlarga qaytarib berilgan. Avval Ufada saqlanib, 1923-y. da Toshkentga keltirilgan. Bir necha vaqt Samarqandda, keyin Toshkentdagi Respublika xalq kutubxonasida, OʻzSSR FA Sharq qoʻlyozmalari in-tda saqlangan. 20-a. boshlaridagi tekshiruvga koʻra, musʼhafning umumiy hajmi 68×53 sm hisoblanib, 353 varaqdan iborat boʻlgan. Bu varaqlarning yaltiroq va sargʻish rangdagi yuz tomoni yaxshi saqlanib, ularning orqa beti salgina gʻijimlangan, bir oz uringan kabi koʻrinar edi. Musʼhafning sahifalari nam tortishi natijasida bir muncha shikastlangan va ularda qon dogʻlari bor edi. Uning yirtib olingan yoki qattiq shikastlangan varaqlari oʻrniga 69 ta teriga oʻxshash qalin va mayin varaqlar tikib qoʻyilgan. Bu varaqlar paxta qogʻozlardan mohirlik bilan ishlangan boʻlib, ularni Musʼhafning asl sahifalaridan farqlash qiyin edi.

Qurʼonning asosiy gʻoyasi — Alloh toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Uning mavzusi va mohiyati insonlar tafakkurida koʻpxudolikka barham berish, yakkaxudolikni targʻib qilish va islom dinini qaror toptirishdir. Shu bilan bogʻliq ravishda unda paygʻambarlar, oxirat, taqdir va b. haqidagi aqidalar bayon etiladi. Alloh Qurʼonda oʻzining Odamato, Nuh, Ibrohim, Ismoil, Isʼhoq, Yaʼqub, Muso, Dovud, Iso, Muhammad (as) va b. paygʻambarlarini zikr etadi. Ularga yuborilgan din — islom ekani, Tavrot, Zabur, Injil va Qurʼon oʻzi nozil qilgan ilohiy kitoblar ekani, yahudiylar, nasroniylar va musulmonlarni «ahli kitob» deb atab, ularning eʼtiqodlari vahdoniyat ekanini Qurʼon oyatlarida qaytaqayta uqtiradi. Qurʼonda asosiy ibodat talablari (namoz, roʻza, zakot va b.) belgilab berilgan. Undagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shakllangan shariatga asos qilib olingan.

Qurʼonda insoniyatning etnik boʻlinishi, ijtimoiy tabaqalanishi, ayirmachilik, millatchilik inkor etiladi. Alloh nazdida barcha tengdir. Insonlar Alloh tomonidan millati, nasabi, boyligi, imtiyozi va h. k. ga qarab emas, balki ularning qalbi va qilgan yaxshi yoki yomon amallariga qarab hukm qilinadilar.

Diniy eʼtiqodda mustahkam turish, yaxshilik, ezgulik, savob ishlar, mehrshafqat, miskin va muhtojlarga yordam berish, insonparvarlikni ulugʻlash barcha ilohiy kitoblar kabi Qurʼonning mazmuni-mohiyatini belgilaydi. Unda tekinxoʻrlik, birovlar haqini yeyish, boshqalar hisobiga yashash, poraxoʻrlik, ishyoqmaslik, jabr-zulm, oʻgʻrilik, qotillik, dilozorlik, fitnachilik, kibru havo qoralanadi. Barcha xalqlar bir ota-onaning avlodi ekani eslatiladi.

Ulamolar Qurʼon oyatlarini Allohning amrlari va nahyilar (yaʼni moʻmin bandalarga buyurganlari va qilmanglar deb qaytarganlari), vaʼda va vaʼidlari (yaʼni bandalarga dunyo va oxiratda savob amallari uchun yaxshilik berurman deya qilgan vaʼdalari-yu, dunyo hamda oxiratda gunoh ishlari uchun azoblayman deb qoʻrqitishlari), avval oʻtgan ummatlar, paygʻambarlarning tarixlari, halolharom narsalar, banda qilishi kerak boʻlgan duolar kabi qismlarga boʻladilar.

Qurʼon kalom ilmining shakllanishi va rivojlanishida birinchi manba boʻldi. Abu Hanifa «al-Fiqh al-akbar», Abu Mansur Moturidiy «Kitob at-tavhid», Abu Hafs Nasafiy «Aqoid an-Nasafiy» asarida olgʻa surilgan islom taʼlimotiga oid oʻz fikrlariga dalil sifatida Qurʼon oyatlarini keltiradilar. Qurʼon fiqhiy hukmlarni qabul qilishda asosiy va birinchi manba hisoblanadi. Undan keyin esa sunna, ijmo, qiyos turadi. Qurʼonda kelgan hukm shariatda farz sifatida qabul qilinadi.

Arab tili grammatikasi va adabiyotining rivojlanishida Qurʼonning oʻrni beqiyos. Qurʼon uslubi (qofiyalashtirilgan sheʼriy proza — sajʼda yozilgan) keyingi arab adabiyotiga, umuman sharq adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. Qurʼon ilmlari rivojlanishi jarayonida aniq grammatik qoidalarga nisbatan paydo boʻlgan ehtiyoj bu sohaning taraqqiy etishiga turtki boʻldi. Qurʼon faqat arab tilida emas, balki islom tarqalgan mamlakatlar xalqlarining tillarida yaratilgan asarlarda ham oʻz aksini topdi. Xususan, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi adabiyot namoyandalari asarlarida Qurʼondan olingan iqtibos, ibora, hikoyat, zarbulmasallarni uchratish mumkin. Qurʼon musulmon xalqlar hayoti, tarixi, ilmi, adabiyoti, turmush tarzi, qonun-qoidalari, urfodatlari va dunyoqarashlarida oʻzining salmoqli taʼsiriga ega.

Ulamolar Qurʼonni tushunish uchun zarur boʻlgan fanlar majmuasi — q. ilmlaridan nosix va mansux (bekor qiluvchi va bekor qilingan oyatlar) (q. Nasx), asbob an-anzul (oyatlarning nozil boʻlish sabablari), tafsir kabi sohalarni sanab oʻtganlar.

Tafsir Paygʻambar davridayoq yuzaga kelgan. Eng birinchi mufassir (tafsirchi) Muhammad (sav)ning oʻzi boʻlib, u odamlarga Qurʼon maʼnolarini bayon qilib berardi. Paygʻambardan keyin Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib mufassir boʻlgan. Shuningdek, Abdulloh ibn Abbos (690-y. v. e.), Abdulloh ibn Masʼud (654-y. v. e.), Ubay ibn Kaʼb (7-a.), Anas ibn Molik (712-y. v. e.) kabi sahobalar ham ilk mufassirlardan hisoblanadi. Tobein mufassirlardan Mujohid ibn Jabr Makkiy (723-y. v. e.), Ikrima Abu Abdulloh al-Barbariy (723-y. v. e.), Said ibn Jubayr (714-y. v. e.), Ato ibn Abi Raboh (734-y. v. e.) kabilarni zikr etish mumkin. Sahoba va tobeinlar davrida tafsir ogʻzaki rivoyat va naql shaklida boʻlib, kitob tarzida yozilmagan. Muhammad ibn Jarir Tabariy (923-y. v. e.), Abu Mansur Moturidiy (944-y. v. e.), Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad an-Nasafiy (1310-y. v. e.) kabi yirik mufassir ulamolar oʻzlarining tafsir kitoblarini yozdilar.

Afsuski, islomda paydo boʻlgan turli firqalar Qurʼonga oʻz taʼlimotlariga mos ravishda tafsirlar yoza boshladilar, zero tafsirchilik mufassirning dunyoqarashi bilan bogʻliqdir. Ammo islomning sof taʼlimotiga zid boʻlgan tafsirlar vaqt oʻtishi bilan yoʻqolib, ularning nomi va mualliflari haqidagi xabarlar manbalarda saqlanib qolgan. Tarixda Qurʼonning islom jamiyatidagi ulkan mavqeidan turli firqalar oʻzlarining gʻarazli maqsadlarida foydalanish holatlari koʻplab kuzatilgan. Ulamolar esa ularning bunday notoʻgʻri talqinlariga qarshi doimiy ravishda oʻzlarining xolis fikrlari bilan kurashib kelganlar. Qurʼonni gʻarazli talqinlardan xoli tutish bugungi kunda ham dolzarb masalalardan biri boʻlib qolmoqda.

Qurʼon 12-a. dan Yevropa xalqlari tillariga, jumladan, lotin tiliga tarjima qilina boshlagan. Fransuz sharqshunosi Andre dyu Riye tomonidan qilingan fransuz tilidagi tarjimasi 1647-y. Parijda chop etildi. Shu tarjima asosida Pyotr I buyrugʻiga binoan Qurʼon rus tiliga oʻgirildi va 1716-y. Peterburgda chop etildi. Fransuzcha tarjima koʻp tillardagi nashrlarga asos boʻldi.

Qurʼon 18-a. boshlarida Yevropa xalklari tillaridan, 19-a. oʻrtalaridan arabcha asl matndan rus tiliga tarjima qilingan. Arabchadan G. S. Sablukovning dastlabki ruscha tarjimasi Qozonda 3-marta (1878, 1894, 1907) nashr qilingan. Qurʼonning rus tilidagi adekvatik-adabiy tarjimasi ilmiy izohlari bilan akademik I. Yu. Krachkovskiy tomonidan amalga oshirilgan va uning vafotidan keyin (1963) nashr qilingan.

Hoz. kunga qadar Qurʼonga 1700 xil tafsir yozilgan. Jumladan, Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning bir necha jilddan iborat «Tafsiri hilol» nomli asari (Toshkent, 1992—2005), Abdulaziz Mansurning «Qurʼoni karim maʼnolarining tarjima va tafsiri» (Toshkent, 2004) oʻzbek tilida chop etilgan. Qurʼon 1000 dan ortiq tilga tarjima qilingan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Alouddin Mansurning «Qurʼoni karim»ning oʻzbekcha izohli tarjimasi (Toshkent, 1991), Abdulaziz Mansurning «Qurʼoni karim maʼnolarining tarjimasi» (Toshkent, 2001), Mutallib Usmon va b. ning «Qurʼoni karim. Tarjima va ilmiy-tarixiy izohlar» (1-kitob, Toshkent, 2004) kitoblari chop etildi. Shuningdek, koʻzi ojizlar uchun Qurʼonning boʻrtma harflar (brayl yozuvi)da alohida 8 jildli kitobi nashr qilindi (2004).

Ad.: Boboxonov Shamsuddin, Qurʼoni karim (30-pora), T., 1991; Usmonov M., Qurʼoni karim va janobi Rasulullohning amallari, T., 1992; Karomatov H. S., Qurʼon va oʻzbek adabiyoti, T., 1993; Shayx Ismoil Maxdum, Toshkentdagi Usmon Musʼhafining tarixi, T., 1995; Prozorov S. M., Arabskaya istoricheskaya literatura v Irake, Irane i Sredney Azii v VII—seredine X v. Shiitskaya istoriografiya, M., 1980; Rezvan Ye. A., Koran i yego mir, Sankt-Peterburg, 2001; Rezvan Ye. A., Koran i yego tolkovaniya (tekstы, perevodы, kommentarii), SanktPeterburg, 2000; Al-Qurʼon al-karim maʼnolarining tarjimasi va sharhlar [Tarjimon va mufassir — Sayyid Mahmud ibn Sayyid Nazir at-Taroziy al-Madaniy (Oltinxon Toʻra)], 2-nashr, T, 2002.

Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodi asarlari

Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini oʻrta asr sharoitida dunyo madaniyatining oddingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Sino boʻlib, u Ovroʻpoda Avitsenna nomi bilan mashhurdir.

Ibn Sino (asl ismi Husayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlogʻida hijriy 370 (980) yilning safar oyida, amaldor oilasida tugʻildi. 986 yilda ibn Sino oilasi Buxoroga koʻchib keladi va shu vaqtdan boshlab yosh Husayn boshlangʻich maʼlumot olishga, ilm-fanni oʻrganishga kirishadi. Uning yoshligi, yigitlik chogʻlari somoniylar hukmronligining soʻnggi yillariga, xususan Nuh II ibn Mansur Somoniy hukmronligi davri (976–997) ga toʻgʻri keladi.

Ibn Sino isteʼdodli, xotirasi kuchli, zehni oʻtkir boʻlganligidan oʻz davrida maʼlum boʻlgan ilmlarni tezdan egallay boshladi. 10 yoshidayoq Kuʼoni Karimni boshdan-oyoq yod oʻqir edi. 13 yoshlaridan boshlangʻich matematika, mantiq, fiqh, falsafa ilmlari bilan shugʻullana boshlaydi. Ibn Sino yosh boʻlishiga qaramay, Abu Abdullo Notiliy rahbarligida falsafani, Hasan ibn Nuh al-Qumriydan tibbiyot ilmini har tomonlama oʻrganadi, asta-sekin tabiblik bilan ham shugʻullanadi. U oʻzidan avval oʻtgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur oʻrganish bilan birga, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy, falsafiy merosini, xususan Aristotel, Yevklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriylarning asarlarini ham qunt bilan oʻrgandi. 16–17 yoshidayoq ibn Sino mashhur tabib – hakim boʻlib tanidsi. 999 yilda Buxoro Qoraxoniylar tomonidan zabt etilgach, Somoniylar hokimiyati inqirozga uchradi. 1000 yilda ibn Sino Buxorodan chiqib ketdi va madaniyat markazlaridan biri hisoblangan Xorazmga bordi, u yerda Xorazm hokimi Ali ibn Maʼmun saroyidagi olimlarni birlashtirgan oʻz zamonasining akademiyasiga qabul qilindi. Ibn Sino Beruniy, ibn Miskavayh, Abu Sahl Masihiy, Abulxayr Hammor, Abu Nasr ibn Iroq kabi yetuk olimlar bilan yaqindan tanishdi. Lekin bu davrda kuchayib borayotgan Mahmud Gʻaznaviyning taʼqibidan qochib, Xorazmni tashlab ketishga va Xuroson, Eronning turli shaharlarida sarson-sargardonliqda yurishga majbur boʻldi. Abivard, Tus, Nishopur shaharlari orqali Jurjon shahriga kelgan ibn Sino hokim Qobus ibn Vashmgir saroyida mashhur tabib sifatida yashadi, boʻlajak shogirdi Juzjoniy bilan tanishdi. 1019–21 yillarda Hamadonda vazir lavozimida xizmat qilarkan, hokim bilan kelisha olmay, 4 oy qamoqda yotib chiqdi. 1023 yilda Isfahonga qochdi va bugun umrini ilmiy asarlar yozishga bagʻishladi. Ibn Sinoning “Kitob al-qonun fit-tibb”, “Kitob un-najot”, “Kitob ul-insof” kabi mashhur asarlari, geometriya, astronomiya, oʻsimlik, hayvonot olami, mantiqqa oid risolalari, “Hayy ibn Yaqzon” falsafiy qissasi soʻngti yillarda yozilgan. U Isfahonda rasadxona qurish bilan mashgʻul boʻldi. Umrining soʻngti yillarida feodal urushlar kuchayib ketganligi, ijtimoiy-siyosiy hayotda oʻzi ham faol qatnashganligi tufayli u Isfahon, Ray, Hamadon shaharlari orasida sarson-sargardonliqda yurib, 1037 yil 18 iyunda Isfahon shahrida 57 yoshida qulunj kasalligidan vafot etdi.

Ibn Sinoning hayot yoʻli oʻzi yozgan tarjimai holi va shogirdi Juzjoniy tomonidan qoldirilgan manbalardan maʼpum. Ibn sinoning ilmiy qiziqishlari, dunyoqarashining shakllanishida qadimgi Sharq madaniyati, yunon ilmi, falsafasi, Markaziy Osiyo xalqlarining mustaqillik uchun olib borgan kurashlari muhim rol oʻynadi. Ibn Sino tarjimai holida Forobiyning “Metafizika maqsadlari”, “Fusus ul-hikam” kabi muhim risolalarini qunt bilan oʻrganganligi, ulardan keng foydalanganligini taʼkidlab oʻtadi.

Abu Ali ibn Sino asarlari

Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan, xolos. Koʻp risolalari shaharma-shahar koʻchib yurish, feodal urushlari, saroy toʻpolonlari, turli falokatlar tufayli yoʻqolib ketgan. Koʻp manbalarda ibn Sino avvalo tabib sifatida talqin etiladi, holbuki tabobat uning ilmiy sohalari orasida eng muhimlaridan biridir, xolos. Ibn Sino asarlarining asosiy qismi Yaqin va Oʻrta Sharqning oʻsha davr ilmiy tili hisoblangan arab tilida, baʼzilari fors tilida yozilgan. Uning bizga maʼlum boʻlgan katta asari “Kitob ush-shifo” (“Shifo kitobi”) 22 jilddan iborat boʻlib, 4 ta katta boʻlimini mantiq, fizika, matematika, metafizikaga doir masalalar egallagan. Uning ayrim qismlari lotin tiliga, Ovroʻpodagi boshqa tillarga, sharq tillariga, shuningdek, rus, oʻzbek tillariga tarjima kilingan. 20 jilddan iborat boʻlgan “Kitob ul-insof” (“Insof kitobi”) bizgacha yetib kelmagan, chunki Isfahondagi yongʻinda yoʻqolgan. “Kitob un-najot” (“Najot kitobi”) 4 katta kismdan – mantiq, fizika, matematika, metafizikadan iborat, “Kitob lison ul-arab” (“Arab tili kitobi”) 10 jildni tashkil etadi. “Donishnoma” fors tilida yozilgan boʻlib, 4 qismni – mantiq, fizika, matematika, metafizikani oʻz ichiga oladi (Rus tiliga tarjima etilgan, bir qismi oʻzbek tilida bosilgan).

Ibn Sino asarlari oʻrta asrlarda Ovroʻpoda ilmiy til hisoblangan lotin tiliga, u orkali Ovroʻponing boshqa tillariga tarjima etilgan. Ibn Sino ilmiy risolalardan tashqari, chuqur falsafiy mazmunli badiiy obrazlar va maʼlum voqealar orqali ifoda etuvchi “Tayr qissasi”, “Salomon va Ibsol”, “Hayy ibn Yaqzon” kabi falsafiy qissalar yaratgan.

Ibn Sino zamonasining yetuk shoiri ham boʻlgan. U Sharq, xususan, fors poeziyasida ruboiy janrining asoschilaridan biri boʻlib, ruboiylari oʻzida chuqur falsafiy xulosalarni ifodalaydi. Ibn Sino arabcha qitalar ham yozgan (Uning sheʼriy merosi qisman rus va oʻzbek tillarida nashr etilgan). Ibn Sino tabobat masalalarini ommabop holda nazm bilan izohlovchi “Urjuza” nomli tibbiy asar yaratdi. Uning Aristotel (Arastu) taʼlimoti xususida Abu Rayhon Beruniy bilan va oʻzining shogirdi – ozarbayjonlik mutafakkir Baxmanyor bilan yozishmalari fan olamida mashhur. Ayniqsa, tabobat, u bilan bogʻliq holda anatomiya, psixologiya, farmakologiya, terapiya, xirurgiya, diagnostika, gigiyena kabi ilmlar ibn Sino ijodida bir qancha yangi ixtirolar bilan boyidi va yangi bosqichga koʻtarildi. Bulardan tashqari, kimyo, mineralogiya, astronomiya, matematika, oʻsimlik dunyosi, geologik jarayonlarni oʻrganish sohasida ham u yangi-yangi fikrlarni olgʻa sura oldi. Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi asarlaridan “Kitob al-qonun fit-tibb” (“Tib qonunlari”), “Kitob ul-qulanj” (“Ichak sanchiqlari”), “Kitob un-nabz” (“Tomir koʻrish haqida kitob”), “Fuj ul-tibbiya joria fi majlisih” (“Tib haqida hikmatli soʻzlar”), “Tadbir ul-manzil” (“Turar joyning tuzilishi”), “Fil-hindubo” (“Sachratqi oʻsimligi haqida”), “Risola fi-dastur fit-tibbiy” (“Tibbiy koʻrsatmalar haqida”) kabi asarlari mavjud. Uning tibbiyotga oid qomusiy asari “Kitob al-qonun fit-tibb” 5 mustaqil katta asardan tarkib topgan: ularning har biri maʼlum sohani izchil, har tomonlama yoritib beradi.

Birinchi kitobda tibbiyotning nazariy asoslari, uning predmeti, vazifalari, boʻlim va metodlari, kasallikning kelib chiqish sabablari, belgilari, sogʻliqni saqlash yoʻllari, kishi anatomiyasi haqida mazmundor, aniqligi bilan kishini taajjubda qoldiruvchi qisqacha ocherk, sogʻliqni qanday saqlash kerakligi haqidagi taʼlimot (keyinchalik gigiyena deb nomlangan) bayon etiladi.

“Qonun”ning bu kitobini hozirgi zamon ichki kasalliklar propedevtikasi darsligiga tenglashtirish mumkin.

“Qonun”ning oddiy dorilarga bagʻishlangan ikkinchi kitobida 800 ga yaqin dorining xususiyatlari, ularni tayyorlash va isteʼmol qilish usullari bayon etilgan. Ibn Sino simob, uning birikmalarini dori qilib ishlatishni birinchi boʻlib tavsiya etadi, sharobni quvvatga kirituvchi, jarohatlarni tozalovchi dori sifatida ishlatadi.

Uchinchi kitobda ayrim organlar (hatto soch, tirnoqlar)ning kasalliklari, ularni davolash usullari bayon etiladi, uni maxsus patologiya darsligi deb atasa ham boʻladi. Bu kitobda bosh miya, nerv, koʻz, quloq, burun, tomoq, qorin, tish, yurak, jigar, buyrak kasalliklari batafsil tahlil qilinadi.

“Qonun”ning toʻrtinchi kitobi organizmning umumiy kasalliklariga bagʻishlangan. Unda isitmalar, oʻsmalar, ularning sababi, xirurgik kasalliklar (suyak sinishi, chiqishi, jarohatlanish) va ularni davolash usullari har xil dorilardan zaharlanish va bunda koʻriladigan choralar toʻgʻrisida maʼlumot beriladi. Chechak, qizamiq, moxov, toun, vabo va boshqa yuqumli kasalliklar tasvir etiladi.

“Qonun”ning beshinchi kitobida murakkab dorilarning organizmga taʼsiri, ularni tayyorlash, isteʼmol qilish usullari bayon qilingan. Bu kitob dorishunoslik ilmiga – farmakologiyaga bagʻishlangan.

Tibbiyotning asosiy vazifasi, uning taʼbiricha, “inson sogʻligʻini saqlash, agar kasallik paydo boʻlgan boʻlsa, bu kasallikni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash va ularni yoʻqotish orqali sogʻliqni tiklashdan iborat”. Ibn Sino fikricha, tib ilmida nazariy bilimlar va amaliyot oʻzaro bogʻliq boʻlishi, bir-biriga asoslanmogʻi zarur, aks holda u rivoj topmaydi, oʻz maqsadiga erisha olmaydi. “Tib ilmi avvalo ikki qismga – nazariy va amaliy qismlarga boʻlinadi… Nazariya deb ataluvchi qismi tabiblarning fikrlarini ifoda qilib, maxsus amaliya deb ataladigan qismi tadbir va amalning qanday boʻlishi kerakligini oʻrgatadi. Tibning amaliy qismi ikkiga boʻlinadi. Birinchi qismi sogʻlom tanlarning tadbirini bilish: bu sogʻliqni saqlashga taalluqli boʻlgani uchun sogʻliqni saqlash ilmi deb ataladi. Ikkinchi qismi – kasal tanning tadbirini bilish boʻlib, sogʻlom holatga qaytarish yoʻllarini koʻrsatadi, bu davolash ilmi deb ataladi”. Ibn Sino kasallikni oʻrganishda obʼyektiv sharoitni har tomonlama bilishga katta ahamiyat berdi, muhitdagi turli tabiiy narsalar, suv, havo orqali kasallik tarqatuvchi koʻzga koʻrinmaydigan “mayda hayvonotlar” haqidagi fikrni olgʻa surdi.

“Qonun” 800 yil davomida hakimlar uchun asosiy koʻllanma boʻlib keldi. Oʻrta asrlarda “Qonun” Sharqdagina emas, balki Gʻarb mamlakatlarining universitetlarida ham talabalar uchun tibbiyotdan yagona qoʻllanma edi.

Ibn Sinoning “Kitob ush-shifo” asarida turli tibbiyot imlariga: botanika, geologiya, mineralogiya, astronomiya, matematika, kimyoga oid koʻp maʼlumotlar keltiriladi. Uning togʻlarning vujudga kelishi, yer yuzasining davrlar oʻtishi bilan oʻzgarib borishi, zilzilaning sabablari kabi turli jarayonlar haqidagi fikrlari keyinchalik geologiya ilmining mustaqil ravishda rivoj topishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Ayrim joylarning bir vaqtlar dengiz boʻlganligi, shu sababli qattiq qatlamlarda turli dengiz hayvonlarining izlari saqlanib qolganligi haqida ham turli misollar asosida fikr yuritiladi; meteoritlar, vulkanlar haqida maʼlumotlar keltiriladi. Mineralogiya ilmining rivojida ham ibn Sinoning xizmati katta. U minerallarni 4 guruhga ajratadi: 1) toshlar; 2) eriydigan jism (metal)lar; 3) oltingugurtli yonuvchi jismlar; 4) tuzlar.

Kimyoda ham ibn Sino zamonasining bilimlarini umumlashtirishga harakat qilib, turli asarlar yozdi, tajribalar oʻtkazdi. Xususan, uning organik kimyo sohasidagi fikrlari keyingi davr mutaxassislari tomonidan yuqori baholandi. U oddiy metallni qimmatli metallga aylantirish ustida fiqr yurituvchi alximiklarni tanqid qildi. Ibn Sino astronomiya sohasida Ptolemeyning geopentrik nazariyasidan tashqariga chiqmagan boʻlsa-da, tabiiy hodisalarning ichki sababiy bogʻlanishini aniqlashga harakat qildi, inson hayoti va ijtimoiy hodisalarni osmon jismlari harakati, holatiga bogʻlovchi astrologiyaga shubha bilan qaradi, turli tajribalar oʻgkazish uchun yangi astronomik asbob yaratish, botanikada turli oʻsimliklarning tabiiy xususiyatlarini oʻrganish, ilmiy terminologiya yaratish sohasida ish olib bordi.

Ibn Sino dunyoqarashi Forobiy asarlari taʼsirida shakllandi, u ijtimoiy-falsafiy masalalarda Forobiy qarashlarini davom ettirdi, ilgʻor falsafiy oqimni yangi tabiiy-ilmiy fikrlar bilan boyitib sistemalashtirdi va yangi bosqichga koʻtardi. Ibn Sino fikricha, falsafaning vazifasiga mavjudotni – barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, oʻzaro munosabati, biridan ikkinchisiga oʻtishini har tomonlama tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat, voqelik, sababiyat prinsiplarini asos qilib oladi. Olam – barcha mavjud narsalar ikkiga boʻlinadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud hech narsaga bogʻliq boʻlmagan bir butunlikni tashkil etib, u eng irodali, qudratli, dono Tangridir. Qolgan hamma narsalar imkoniy tarzda mavjud boʻlib, zaruriy vujud – Tangridan kelib chiqadi. Vujudi vojib va vujudi mumkin – sabab va oqibat munosabatidadir. Bu jarayon emanatsiya tarzida, yaʼni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklidagi mavjud boʻlgan aql, jon (nafs) va jism, ular bilan bogʻliq holda osmon sferalari kelib chiqadi, mavjud narsalarga aylanadi. Bular hammasi substansiya (javhar)dir. Bundan tashqari borliqda aksidensiya (obraz) – narsalarning belgilari, rang, hajmi, hidi va boshqa hislari mavjud. Jism shakl va modda (xayulo)dan tashkil topadi. Xudo abadiy, uning oqibati boʻlmish materiya ham abadiydir. Uning oʻzi boshqa konkret jismlarning asosidir. Narsalarning konkret koʻrinishlari, shakllari oʻzgaradi, lekin ularning moddiy asosi yoʻqolmaydi. Materiya doim vujudga kelishi mumkin boʻlgan narsalardan avval mavjud boʻlib, bu narsalar ularni tashkil etuvchi materiyaga muhtojdir. Materiyaning eng sodda, boʻlaklarga boʻlinmaydigan shakli toʻrt unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha oʻzaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar oʻzgarib, turli shakllarga ega boʻlishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi boʻlgan toʻrt unsur yoʻqolmaydi, abadiy saqlanadi. Uning fikricha, avval togʻ-toshlar, soʻng oʻsimlik, hayvonot va taraqkiyotning yakuni sifatida inson vujudga kelgan. Inson boshqa barcha hayvonot olamidan soʻzi, tili va akdi, tafakkur qilishi bilan farq qiladi.

Real hodisalarni chuqur bilish, fan bilan shugʻullanish insongagina xosdir. Ibn Sino “Risolatun fi taqsim al-mavjudot” asarida butun borliqni tarkibiy qismlarga boʻlib, birma-bir sanaydi va ularga taʼrif berib oʻtadi. Vujudi vojib, vujudi mumkin, substansiya, aksidensiya, materiya, shakl, aql, unsur, jism, quvvat, sezish, mineral, hayvon, nutq, lison kabi kategoriyalar bu risolada kisqacha taʼriflanadi.

Inson bilimlari narsalarni bilish yordamida vujudga keladi. Bilish hissiy bilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. “Sezish, – deb yozgan u, – bu shunday taʼsirki, u tashqi narsalarning oʻzi boʻlmay, balki bizning hislarimizda vujudga keladi. His moddiy obrazning oynasi boʻlib, modsiy shakllarning boʻyi, eni bilan birga ifodalanganligi sababli, ularni inson moddiy asossiz inʼikos eta olmaydi va jismlarni bilolmaydi”.

Inson aqli turli fanlarni oʻrganish yordamida boyiydi, rivoj topadi. Bunda, xususan, u mantiq ilmiga katta eʼtibor beradi. Aql har qanday bilishning va amaliy faoliyatning mezoni sifatida talqin etiladi. “(Aql) tarozisida oʻlchanmagan har kanday bilim, – deb yozadi ibn Sino, – chin boʻlolmaydi, demak, u haqiqiy bilim emas”. Oʻrta asrda Yaqin va Oʻrta Sharq, jumladan, Markaziy Osiyo falsafasida aql nazariyasi juda muhim oʻrin egallaydi.

Ibn Sino ijodida fanning strukturasini tekshirish, ilmlarning tartibini aniqlash, ularni tasnif qilishga eʼtibor alohida oʻrin egallaydi. Bu masalada ham olim Forobiy boshlab bergan fanlar tasnifi haqidagi masalani yanada taraqqiy etirishga harakat qiladi. Ibn Sinoning falsafiy sistemasini ifodalovchi asarlarida (“Kitob ush-shifo”, “Kitob un-najot”, “Donishnoma”) falsafiy bilimlar: mantiq, fizika, matematika, metafizika tartibida beriladi. Bulardan mantiq – bilishning metodi, mavjudotni oʻrganish, u haqda fikr yuritishning ilmiy usuli sifatida talqin etiladi. “Mantiq, – deb yozadi ibn Sino, – insonga shunday bir qoida beradiki, bu qoida yordamida inson xulosa chiqarishda xatolardan saqlanadi”. Mantiq yordamida inson haqiqiy bilimni yolgʻondan ajratadi va nomaʼlum narsalarni oʻrganadi. U mantiq ilmini tadqiq etishga katta eʼtibor beradi, unga maxsus risolalar bagʻishlaydi. Xususan, u mantiqiy usullar, taʼriflash, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini oʻrganishga katta hissa qoʻshdi, mantiq fanini Forobiydan soʻng bilishning toʻgʻri metodi sifatida rivojlantirdi. Mantiqdan tashqari barcha qolgan ilmlarni ibn Sino tabiat va ijtimoiy hodisalar haqidagi ilmlar sifatida oʻzining “Aqsom ul-ulum ul-aqliya” (“Aqliy bilimlar tasnifi”) asarida alohida-alohida sanab, taʼrif berib oʻtadi. Ibn Sino falsafiy ilmlarni avvalo ikkiga boʻladi: nazariy va amaliy ilmlar.

Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Falsafaning nazariy qismi uchga boʻlinadi: 1) quyi darajadagi ilm, yaʼni tabiatshunoslik; 2) oʻrta darajadagi ilm – matematika; 3) oliy darajadagi ilm – metafizika. Falsafaning amaliy qismi ham uchga boʻlinadi: a) shaxs haqidagi ilm; b) insonning oʻzaro munosabatlari haqidagi ilm; v) davlatni, mamlakatni boshqarish haqidagi ilm. Nazariy-falsafiy ilmlarga kiruvchi har uch turdagi ilmlar asosiy va yordamchi boʻlaklarga ajraladi; tabiatshunoslik ilmlari astrologiya, meditsina, alkimyo kabi yetti xil tarmoqni oʻz ichiga oladi. Matematika esa arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa nomi bilan 4 tarmoqka boʻlinadi. Asarda 29 ilm tarmogʻi tilga olinadi.

Ibn Sino oʻz dunyoqarashida panteistik prinsipga asoslanadi: Tangri va borliq bir-biriga zid, bir-birini inkor etuvchi narsalar emas, aksincha, ular bir butun hodsa mavjudotni tashkil etadi. Abadiylik Tangriga xos. Tangri va tabiat maʼlum pogʻonalar yordamida bogʻlanadi. Uzun va yaxlit zanjirning bir tomonida yaratuvchi Tangri – zaruriy vujud, ikkinchi chekkasida tabiat yotadi.

Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar oʻzaro yordam asosida yashashlari kerak deb taʼkidlaydi. Jamiyat kishilarning oʻzaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini taʼkidlaydi. Jamiyat aʼzolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi, basharti podshoning oʻzi adolatsizlikka yoʻl qoʻysa, xalqning unga qarshi qoʻzgʻoloni toʻgʻri va jamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlanmogʻi lozim.

Ibn Sino oʻzining koʻp tarmoqli mahsuldor ijodi, boymerosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta rol oʻynadi. Oʻz ijodi, ilmiy faoliyatida ibn Sino Markaziy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridagi yuqori madaniy koʻratinkilik, madaniy “uyyunish”ning maʼnaviy yutuqlarini mujassamlashtira oddi, bu bilan butun Sharq va Ovroʻpodagi maʼrifat, madaniyat taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatadi. U oʻz davrida Sharq va Ovroʻpoda “Shayx ur-rais”, “Olimlar boshligʻi”, “Tabiblar podshohi” kabi eng buyuk nomlarga sazovor boʻldi. Ibn Sino mashhur murabbiy sifatida Abu Ubayd Jurjoniy, Umar Isfahoniy, Muhammad Sheroziy, Ahmad Maʼsuriy, mashhur ozarbayjon mutafakkiri Baxmanyor ibn Marzbon, Yusuf Iyloqiy, ajoyib olim va shoir Umar Hayyom kabi shogirdlarini tarbiyaladi. Uygʻonish davri miniatyura va suratlarida ibn Sino mashhur qadimgi yunon olimlari Aristotel, Galen, Gippokrat, Ptolemey, Evklid bilan bir qatorda tasvirlangan. Oʻsimliklarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan tabiatshunos Karl Linney doimo yashil boʻlib turuvchi bir oʻsimlikni ibn Sino sharafiga “Avitseniya” deb atadi.

Ibn Sino asarlari Ovroʻpoda XII asrdan boshlab lotin tiliga tarjima qilina boshladi. “Tib qonunlari” asarining oʻzi lotinchada 30 martadan ortiq nashr qilindi. “Kitob ush-shifo”ning koʻp boʻlimlari, mantiq, musiqa, yerning tuzilishi, geologik jarayonlar, metafizikaga oid qismlari ham lotinchada nashr etildi. Soʻnggi ilmiy tadqiqotlar ibn Sinoning Sharq adabiyotiga ham taʼsir koʻrsatganligini, chuqur falsafiy mazmunni ifodalovchi ruboiy va falsafiy qissalar janrining taraqqiyotiga turtki berganligani koʻrsatadi. Ibn Sino xalq orasida shu darajada hurmatga sazovor boʻldiki, u folklor kahramoniga aylanib ketdi. Sharq xalqlarida uning toʻgʻrisida turli hikoya, rivoyat, afsonalar vujudga kedsi. Jahon olimlari ibn Sino asarlari, uning faoliyati toʻgʻrisida koʻpdan beri ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradilar. Hozirda jahonning deyarli barcha yirik tillarida ibn Sino haqida asarlar yaratilgan.

Quron kitob kim yozgan

Qur’on karim haqida ma’lumot

1 Qur’onning ismi furqon

2 Qur’onning laqabi. Majid

3 Qur’onning tili. Arabiy

4 Qur’on nozil bölgan yil. 611 milodiy yili

5 Qur’on nozil bölgan oyi. Ramazon oyi

6 Qur’on nozil bölgan kecha. Qadr kechasi

7 Qur’on nozil bölgan joy. Makka hiro g’ori

8 Vahiyni yuborgan. Alloh Ta’olo

9 Vahiyni qabul qilgan. Muhammad Sallohu Alayhi Vasallam

10 Vahiy farishtasi. Jabroil Alayhi Salom

11 Birinchi nozil bölgan oyat (إقْرَأْ بِاسْمِ رَبِّكَ الَّذِي خَلَقَ)

12 Oxirgi oyat. (الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الْإِسْلَامَ دِينًا ۚ )

13 Birinchi nozil bölgan sura. Muddassir surasi

14 Oxirgi nozil bölgan sura. Nasr surasi

15 Eng buyuk sura. Baqara surasi

16 Eng kichkina sura. Kavsar surasi

17 Eng barakatli oyat. Oyatul kursi

18 Eng buyuk oyat. Baqara suraning 286 oyasi

19 Eng kichkina oyat. (مُدْهَامَّتَانِ)

20 Qur’onning onasi. Fotiha surasi

21 Qur’onni qalbi. Yosin surasi

22 Qur’onning kelini. Rahmon surasi

23 Qur’on hammasi. Bir mujallad

24 Nozil bulgan muddat. 23 yilda

25 Qur’on necha juz. 30 juz

26 Qur’onning suralari. 114 ta

27 Qur’onning hizbi. 120 hizb

28 Qur’onning oyati. 6236 = 6666

29 Qur’onning sajdalari. 14 sajda

30 Qur’onning ruku’lari. 540 ta