Psixologik test: Sevgilingizga munosibmisiz
1. SEVGANINGIZ MEHRIBONMI?
Sevgi munosabatlarida qanday insonsiz: Psixologik test
1. SEVGANINGIZ MEHRIBONMI?
UNCHALIK EMAS (5BALL)
2.UNING UQISH VA ISHLARIDAGI AHVOL HAQIDA SURISHTIRIB TURASIZMI?
3.FARZANDLIK BO’LSANGIZ FARZANDLARINGIZNI TURMUSH URTOG’INGIZGA NISBATAN KUPROQ SEVASIZMI?
HAMMALARINI BARAVAR SEVAMAN———> (2BALL)
4.MAZALI OVQATLAR SHIRINLIKLAR KAYFIYATINGIZGA TASIR O’TKAZA OLADIMI?
5.DUGONALARINGIZNING SEVGAN YORINI O’ZINGIZNING SEVGAN YORINGIZDAN YAHSHIROQ DEB HISOBLAYSIZMI?
GOHIDA SHUNDAY O’YLAB QOLAMAN———-> (0BALL)
6.SEVGANINGIZNING SEVGAN MASHG’ULOTLARI JIG’INGIZGA TEGADIMI?
7.SEVGANINGIZNING YUTUQLARIDAN QUVONASIZMI?
8.OILA O’QISH VA ISHDAN MUHIMROQ DEB O’YLAYSIZMI?
BA’ZAN SHUNDAY DEB HISOBLAYMAN———— —>(0BALL)
68-VA UNDAN YUQORI BALL.
SIZ UZINGIZNI BAHTLI DEB HISOBLAMAYSIZ VA BUNDA SEVGANINGIZNI AYBLAYSIZ. O’YLAB KO’RING, BALKI ASOSIY AYBDOR O’ZINGIZDIRSIZ.
BILASIZ DUNYODA IDEAL NIKOH YO’Q. SHUNING UCHUN HAM SEVGANINGIZDAGI KAMCHILIKLARGA KO’Z YUMASIZ. O’ZINGIZNI BAHTSIZ DEB HISOBLAYSIZ, LEKIN BILIB QO’YING. BAHTGA ERISHISH UCHUN SABR TOQAT KERAK BO’LADI.
39-VA UNDAN KAM BALL.
HAYOTINGIZ HAVAS QILSA ARZUGULIK. SIZ YAHSHI UY BEKASISIZ. SEVGANINGIZ SIZGA O’HSHAGANINI HECH QACHON TOPA OLMAYDI.
Psixologik test: Sevgilingizga munosibmisiz?
Quyidagi psixologik test orqali siz sevgan insoningizga qay darajada munosib ekanligingizni bilib olishingiz mumkin. O‘zingiz va yaqin insonlaringizning bir-birlariga qay darajada munosib ekanliklarini bilib oling.
1. Sevganingiz mehribonmi?
A) ha——->(10ball)
B) unchalik emas (5ball)
C) yo‘q——>(2ball)
2. Uning uqish va ishlaridagi ahvol haqida surishtirib turasizmi?
A) ha——->(4ball)
B) ba’zan———-> (2ball)
C) yo‘q———>(8ball)
3. Farzandlik bo‘lsangiz farzandlaringizni turmush o‘rtog‘ingizga nisbatan ko‘proq sevasizmi?
A) ha———>(8ball)
B) hammalarini baravar sevaman———> (2ball)
C) yo‘q——–>(3ball)
4. Mazali ovqatlar shirinliklar kayfiyatingizga tasir o‘tkaza oladimi?
A) ha———>(10ball)
B) ba’zida——–> (3ball)
C) yo‘q———->(4ball)
5. Dugonalaringizning sevgan yorini o‘zingizning sevgan yoringizdan yaxshiroq deb hisoblaysizmi?
A) ha———>(6ball)
B) gohida shunday o‘ylab qolaman———-> (0ball)
C) yo‘q———>(1ball)
6. Sevganingizning sevgan mashg‘ulotlari jig‘ingizga tegadimi?
A) ha————-> (8ball)
B) gohida————> (5ball)
C) yo‘q———>(2ball)
7. Sevganingizning yutuqlaridan quvonasizmi?
A) ha——–>(3ball)
B) ba’zan———> (2ball)
C) yo‘q———> (10ball)
8. Oila o‘qish va ishdan muhimroq deb o‘ylaysizmi?
A) ha———->(10ball)
B) ba’zan shunday deb hisoblayman———— —>(0ball)
C) yo‘q—————-> (1ball)
Natijalar:
68 va undan yuqori ball.
Siz o‘zingizni baxtli deb hisoblamaysiz va bunda sevganingizni ayblaysiz. O‘ylab ko‘ring, balki asosiy aybdor o‘zingizdirsiz.
40 67 ball.
Bilasiz dunyoda ideal nikoh yo‘q. Shuning uchun ham sevganingizdagi kamchiliklarga ko‘z yumasiz. O‘zingizni baxtsiz deb hisoblaysiz, lekin bilib qo‘ying. Baxtga erishish uchun sabr toqat kerak bo‘ladi.
39 va undan kam ball.
Hayotingiz havas qilsa arzigulik. Siz yaxshi uy bekasisiz. Sevganingiz sizga o‘xshaganini hech qachon topa olmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Sevgi fazosida erkin qush bo’ling (Psixologik test)
Muhabbat bo`yinga solingan sirtmoqqa aylanmasligi uchun insonga erkinlik kerak. Kimgadir harakat erkinligi, kimgadir tuyg`ular, yana kimlargadir fikr erkinligi. Quyidagi 10 savolga javob berib, muhabbatda aynan siz uchun uning qaysi turi muhim ekanligini bilib oling. Bu o`zingizni yanada yaxshiroq tushunib, yoringiz bilan o`rtangizdagi tushunmovchiliklarni bartaraf etishingizga ko`maklashadi. Ha aytgandek, javoblar orasida to`g`ri yoki noto`g`rilari yo`q. Shunchaki, ko`nglingiz chopgan birinchi variantni belgilang. Ichki sezgingizga ishoning.
1. Yoringizning qaysi ishi sizga noqulaylik tug`diradi?
A. «Shaxsiy yozishmalarim, kundalik yoki «SMS»larimni o`qishi asabiylashtiradi».
B. «Atigi bir kunga onamnikiga yubormagani jahlimni chiqaradi».
V. «Sevish-sevmasligimni so`rayverishi g`ashimga tegadi».
2. Saramjonlik siz uchun.
A. «Eng avvalo, hayollar, rejalardagi tartib degani».
B. «Javondagi kiyimlarning joy-joyida turishi».
V. «Kommunal to`lovlardan qarzdorlikning yo`qligi».
3. Sizningcha munosabatlardagi erkinlik.
A. «Har kim o`z ishi bilan mashg`ul bo`la olishi. »
B. «Har bir qadaming haqida hisobot bermaslik. »
V. «Doim uni sevish shartmasligi. Axir ba`zi-ba`zida achchiqlanib turishga to`g`ri keladi».
4. Turmush o`rtog`ingiz bilan tug`ilgan kunga bordingiz. Siz zerikib o`tiribsiz, u esa maza qilayapti. Barvaqtroq turishning imkoni yo`q. Nima qilasiz?
A. «Holiroq erga kirib, dugonalarim bilan gaplashaman».
B. «Birrovga bo`lsa-da, tashqariga chiqishga harakat qilaman».
V. «Davrada o`tirsam-da, o`z yumushlarim haqida o`ylayman».
5. Turmush o`rtog`ingiz jahl ustida uydan ketishini ma`lum qildi.
A. Qarorini izohlashini talab qilasiz.
B. U kap-katta odam, muammosini o`zi hal qilsin.
V. Qanday qilib bo`lsa-da, olib qolish yo`llarini izlaysiz.
6. O`z juftini hurmat qilgan kishi.
A. Uning har bir fikriga qo`shilishi shart emasligini biladi.
B. Jufti doim yonida bo`lishi shart emasligini tan oladi.
V. Bu hayotda faqat tuyg`ular bilangina yashash kerak emasligini yaxshi tushunadi.
A. Mustaqil bo`lganman. Shuning uchun erkalashlarga ehtiyoj sezmayman.
B. Qo`rqmas bo`lganman. Hozir ham yolg`izlikdan qo`rqmayman.
V. Yopiq bo`lganman. Ota-onamga hamma narsa haqida aytishni yoqtirmasdim.
8. Turmush o`rtog`ingiz qaysi jihatingizga e`tiroz bildiradi?
A. «Uni sevishimni aytavermasligimdan norozi».
B. «Rejalashtirgan ishimizni birgalikda bajara olmasak kayfiyati tushadi».
V. «Nimalar haqida o`ylashimni bilmasligidan shikoyat qiladi».
9. Muhabbat haqidagi asarlarni o`qimaysiz. Chunki.
A. Ular zerikarli va siyqasi chiqqan.
B. Ularda harakat, kechinmalar doim bir xil.
V. Mazmuni o`xshash bo`lgani uchun.
10. Agar juftlik.
A. Vaqti-vaqti bilan alohida yashashni istab qolsa, bu qo`rqinchli emas.
B. Dunyoqarashlari bir xil bo`lmasa, vaxima qilmaslik kerak.
V. Oilaning mustahkamligini saqlash uchun rol ijro etsa tushunish mumkin.
10 — 16 ball: Xarakat erkinligi
Siz uchun o`zingiz istagan paytda, o`zingiz xohlagan joyga borish juda muhim. Qolaversa, bu haqda hisobot berishni ham yoqtirmaysiz. Sevgi deganda sevishganlarning doim birga bo`lishini tushunmaysiz. Albert Kamyu aytganidek: «Erk kishiga ma`nan o`sish imkoniyatini beradi». Juftingizni hurmat qilasiz va noo`rin rashkingiz bilan yolg`on so`zlash, o`zini oqlashga majbur qilmaysiz. Har kimning o`z hududi bo`lishi lozim degan qarashni qo`llab quvvatlaysiz. Orangizdagi masofa qanchalik yiroq bo`lsa, yoringizni kuchliroq sevishingizni tushunasiz. Har kuni qaror qabul qilish inmkoniyatiga ega bo`lishingiz lozim. Afsuski erkinlikning ushbu turiga bo`lgan ehtiyojingizni juftingiz doim ham to`g`ri tushunavermaydi.
Ustunligi: kichik ayriliqlar muhabbatingizni alangalatib turadi.
Maslahat: agar turmush o`rtog`ingiz ham sizdek o`ylamasa, erkinlikning bu turi munosabatlaringizga rahna solishi mumkin. Yoringiz sizdagi erkinlikka bo`lgan chanqoqni tushunmasligi va oxir oqibat sabr kosasi to`lishi mumkin. Balki juftingizning qarashlariga quloq tutib, oqim bo`ylab suzishga harakat qilganinigiz yaxshidir.
17-23 ball: Fikr erkinligi
Shioringiz «Inson o`qilmagan kitob kabi bo`lishi lozim». Hatto, qalbingizni sevgan insoningizga hadya etib ham erkinligingizni saqlab qolasiz. Bu degani o`zinigizga yarasha sirlaringiz, o`rtoqlashishni istamagan xayollaringiz, faqat o`zingizgagina tegishli olamingiz bor degani. Boshqacha qilib aytganda sizga ichki mustaqillik zarur. Bu bilan yoringizni hurmat qilmaysiz, demoqchi emasmiz. Axir u atrofdagilar orasida fikrlaringizni ochiq ayta oladigan eng yaqin insoningizligicha qolaveradi.
Ustunligingiz: O`zingizni bunday tutishingiz sevgan insoningiz qarshisida sizni yanada sirli ko`rsatadi. Shuningdek bu turdagi mustaqillik kundalik hayotingizga halal qilmaydi.
Maslahat: Ba`zida yaqinlaringiz hatti-xarakatlaringizni sovuqqonlik, e`tiborsizlik deya qabul qilishlari mumkin. Yaxshisi, tuyg`ularingiz kuchini ochiq ko`rsatishga harakat qiling. Aks holda orangizdagi masofa kattalashib boraveradi.
2 4 -30 ball: Tuyg`ular erkinligi
Muhabbat qissasi uzoq va baxtli davom etishi uchun ko`ngil amriga kuloq tutish shart, degan qarashni ilgari surasiz. Yurakka buyruq berib, o`zingizni kimnidir yoqtirishga majburlay oladiganlar toifasidan emassiz. Ikkiyuzlamachilikka ham toqatingiz yo`q! Agar juftingizga nisbatan hurmatingiz so`nmasa, munosabatlardagi kichik tushunmovchiliklar ayriliq uchun asos bo`la olmasligini ham yaxshi bilasiz. Har qanday cheklovlarga chidashingiz mumkin, faqat o`z hislaringizga qarshi chiquvchi qarorlar qabul qilishga dosh berolmaysiz. Yoringiz shirin so`zlaringizni tinglashni istab turganini bilsangiz-da, agar unga mehringiz toblanib ketmasa tuyg`ularingizni izhor etmaysiz. Shundan keyin yoringiz bilan o`rtangizda tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Ustunligingiz: O`zaro hurmat, e`tibor v e`tirofni har qanday o`tkinchi hoyu-havas va g`azabdan ustun qo`yasiz. Shuning uchun ham juftingiz bilan o`rtangizda sohtalik va aldovlarga o`rin qoldirmaysiz. O`zingiz ham boringizcha bo`lasiz, uni ham boricha qabul qila olasiz.
Maslahat: Yoringiz tuyg`ularingizni to`g`ri tushunib, shubhayu gumonlar changalidan chiqib olishi uchun uning ham hislariga e`tibor qarating. Nafaqat hurmatingizni, asl tuyg`ularingizni ham bildirib turing.