Tadbir senariysi
Ulov o’rniga tayoq.
Taqdir va tadbir haqida maqollar to’plami.
Ayol degan palaxmon toshi,
Qayerga otsa, shu yerga tushar.
Ajal yetdi,
Devona qabul qildi.
Ana go’r, mana go’r,
Ishonmasang, borib ko’r.
Asov otni taqa to’xtatar.
Asragan ko’zga cho’p tushar.
Asragan qo’l sinar.
Asrayman desa balo yo’q,
O’laman desa — davo.
Bandaning boshi — olloning toshi.
Betda yurgan bo’riman,
Nasibamdan ko’raman.
Tavsiya etamiz :
Beshikdagi bolaning bek bo’lishini kim bilar.
Bir mix bir nag’alni,
Bir nag’al bir otni tutar.
Bir ko’r — qiyiq,
Bir kar — qiyiq.
Bir to’lgan bir sochilar.
Boy bo’lmasim bilibman,
Och o’ldirma, xudoyim.
Bugun bo’lsa ham shu o’lim,
Erta bo’lsa ham shu o’lim.
Bo’ladigan ishning boshi to’g’ri.
Bo’rkni tashlab bo’ridan qutulib bo’lmas.
Daryoga ot solmasdan avval kechuvini top.
Yelli kun yo’rt,
Yog’inli kun yot.
Jumadan umiding bo’lsa,
Payshanbadan harakat qil.
Zamona kelmay qirindan,
G’amingni ye burundan.
Iyasi kelsa, biyasini ber.
Yo’lga chiqmoq na hojat,
Yo’l ozig’ing bo’lmasa.
Kuzning kelishini yozda belgila.
Kun qizarib botsa, qizingni uzat,
Tong qizarib otsa, tomingni tuzat.
Kun g’amini sahar ye,
Yil g’amini bahor ye.
Men qilaman o’ttiz,
Tangrim qiladi to’qqiz.
Minora solgan minora bo’yi chuqur qazir.
Minsang — eshak, solsang — to’shak.
Mol yig’sang, qo’nishini top,
Osh yesang, idishini top.
Mol molga yetguncha
Azroil jonga yetar.
Morbozniki mordan,
Dorbozniki dordan.
Murching ko’p bo’lsa, bulamiqqa sol.
Odam tuzar, taqdir buzar.
Ozmayman degan yigitni qorong’u tun ozdirar.
Olisdan otilgan sopqon
To’g’ri mo’ljalga tegar.
Ot olmay, oxur tuzat.
Otang mirob bo’lsa ham,
Ariqni tozalab suv ich.
Otga minsang, qamchi ol.
Otni boqsang, ot qilasan,
Yovni quvsang mot qilasan.
Otni it qaytarar.
Og’riq tishning davosi — ombir.
Pulingdan bir puling qolsa, palov ye,
Kuningdan bir kuning qolsa, xotin ol.
Safaiga otlanma safar xaltasiz,
Zinhor yo’lga chiqma yaroq-boltasiz.
Safaiga otlansang, otga qoziq ol,
Bir kunlik yo’l uchun yillik oziq ol.
Sinalmagan sop qolmas,
Yirtilmagan qop qolmas.
Singan kulolning ko’zasi,
To’kilgan bo’zagarning bo’zasi.
Sinmasni kulol yasamas,
O’lmasni xudo yaratmas.
Sichqon tutishga qopqon zarur,
Dushmanni otishga — sopqon.
Suv ko’zasi suvda sinar.
Suvni bog’laguncha, ariq och.
Tadbirga taqdir hayron.
Tadbirning yengi bilan
Taqdirni yashirib bo’lmas.
Tavsiya etamiz :
Taqdirli ayol — tadbirli ayol.
Taqdirning balosi ko’p,
Saqlasa panosi ko’p.
Taqdirning ishini tadbir buzolmas,
Tadbirning ishini taqdir buzolmas.
Temir olovga tushsa, tilni tushunadi.
Tilni bilish — dilni bilish.
Tirik bandada tinim yo’q.
Toshga soch, toleyingdan ko’r.
Tuyog’i butun tulpor yo’q,
Qiyog’i butun shunqor yo’q.
Tulki qancha qochmasin, borar joyi
Mo’ynado’zning do’koni.
Turnani tuzoq bilan tutib bo’lmas.
Tutunning achchig’ini mo’ri bilar.
Tushibsan bu so’qmoqqa,
Ko’narsan bu to’qmoqqa.
Tuya qochib yukdan qutulmas.
Tuya quvsa, o’rga qoch,
Ilon quvsa — shudgorga.
To’ylining to’yi o’tar,
To’ysizning kuni o’tar.
To’kilmagan kim bor,
So’kilmagan kim bor.
Uzun arqon — keng tuzoq.
Uyqu kelmasdan burun o’rin sol.
Ulov o’rniga tayoq.
Hiyla bilan arslon tutilar,
Kuch bilan sichqon tutilmas.
Echki yuzga yetmas,
Yuzga yetsa ham kuzga yetmas.
Eshakni yukka ohb kel
Yoki yukni — eshakka.
Eshmachi eshib olar,
Teshmachi — teshib.
Yaxshi tushga ham sadaqa,
Yomon tushga ham sadaqa.
O’liging bo’lsa, yerga ber,
Qizing bo’lsa — elga.
O’ngini o’ngla, so’ngini so’ngla.
O’tmas umr bo’lmas,
Sinmas — temir.
Qilich eng so’nggi hiyladir.
Qirq yil qirg’in bo’lsa,
Ajali yetgan o’lar.
Qistov bo’lsa, ot yaraydi,
Uzoq bo’lsa — xat.
Qichiganni qashigan yengar.
Qishda po’stin kiyma, qazi ye.
Qoziqsiz ot turmas.
Qor yog’di — iz bosildi.
Qochgan ham xudo der, quvgan ham.
Quyon qopqoni bilan arslonni ovlab bo’lmas.
Qurtning davosi — qaynoq suv.
Qush qo’nmaydigan daraxt bo’lmas.
Har yerning tulkisini o’z tozisi bilan ovla.
Har kimga — bir uy, bir go’r.
Har og’riqning davosi bor,
Har emgakning chorasi bor.
Hiyla ham o’z o’rnida botirlik.
Ho’kizing bo’lmasa, o’zing chop,
Omoching bo’lmasa, ketmon top.
Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar
Tavsiya etamiz : Topishmoqlar to’plami
Tadbir senariysi
Gul… Uning go`zalligidan, insonga quvonch ato etuvchi xush iforidan bahra olmaydiganlar topilmasa kerak. Ayniqsa, bizning xalqimiz gul shaydosi, shu bois Vatanimizda qishin, yozin turli xil gullar yetishtiriladi. Namanganda esa har yili “Gullar va Qushlar”ni o`tkazish an`anaga aylangan. Bizning 21-umumiy o`rta ta`lim maktabida ham har yili “Gullar va Qushlar” bayrami o`tkaziladi. Shu tadbirni senariysi bilan tanishamiz.
Maktab sahnasi o`ziga xos bayramona usulda chiroyli gullar va qushlar bilan bezatilgan ohista musiqa yangraydi. Sahnaga ikki boshlovchi chiqib keladi.
1-boshlovchi: (Gullarga qarab) – Do`stim, qarang, bu qadar go`zal manzara. Bu qadar go`zalgullar. Bular tabiatning chin mo`jizasi emasmi?
2-boshlovchi: – Ha, to`g`ri aytdingiz, gullar haqiqiy go`zallik timsolidir. Bugungi bayramimiz ham anashu tabiatning nodir mo`jizasi-gullar nomi bilan ataladi. Qarang, bayramga qancha mehmonlar yig`ilishgan. Keling, ular bilan salomlashaylik.
1-boshlovchi: – Assalom deganda ochilgay gullar
Assalom deganda sayrar bulbullar
Assalom deganda quyosh kuladi,
Dillarga ezgulik nuri inadi.
2-boshlovchi: – Assalom, davramizning siz aziz mehmonlari,
Assalom, ilmu fanning sohibi davronlari!
Mo`tabar otaxonu onaxonlar assalom!
Yuzlarga kulgu balqqan bolajonlar, assalom!
(Boshlovchilar ta`zim ila sahnadan chiqishadi ohista musiqa yangraydi. Boshlariga gulchambar taqqan qizlar raqsga tushadilar).
1-o`quvchi: – Tinchlik bo`lsin dunyoda,
Olam gullarga to`lsin!
Biz kabi bolajonlar,
Bog`larda o`ynab kulsin.
2-o`quvchi: – Bayramlarni sevamiz,
Bayramlar bizda bisyor.
Ezgu qalblar sevguvchi,
Yurtda hamisha bahor.
1-boshlovchi: – Bolalar, qaranglar, davramizga kim mehmon bo`lib keldi. (Sochlariga taqqan gul, Bahoroy tashrif buyuradi va egilib salom beradi).
O`quvchilar: (jo`r ovozda): – Axir bu Bahoroy-ku!
Bahoroy: (ta`zim qilgan holda).
Mana men, go`zal bahor,
Yetib keldim sizlarga.
Jon kirdizdim daraxtlaru
Oppoq o`rik gullarim bilan,
Iliq quyosh nurlarim bilan.
Kamalakday etti tovlanib
Yashillanib goh olovlanib,
Mehmon bo`lib keldim bolar.
(Bolalar “Hey lola” qo`shig`ini ijro etishadi.)
1-boshlovchi: – Bolajonlar, gullar haqida she`rlar ham bilasizmi?
1-oquvchi: Boychechak. Ga`yratiy she`ri.
– Bahordan berding darak,
Oson bo`lmadi kutmak.
Senga talpinar yurak,
Sevgan gulim boychechak.
Hamma: – Boychechak, boychechak
Sevgan gulim boychechak.
2-o`quvchi: – Seni ko`rdim bog`larda
Baxmal adir, tog`larda
Sen husnga boy chechak.
Hamma: – Boychechak, boychechak
Sevgan gulim boychechak.
3-o`quvchi: – Lola, lola lolajon
Osar joying dalada
Lola, lola lolajon
Ochilaman siz uchun
Xushbo`y hidim taratib,
(Bog`bon ota kirib keladi va gullarga razm soladi).
Bog`bon ota: – Bolalar siz gullarni sevasizmi?
Bog`bon ota: – Ularga bir razm soling-a. qanday go`zal, qanday chiroyli. Endi gullar haqidagi fikringizni bilmoqchiman.
1-o`quvchi: – Bobojon, gul bor joyda go`zallik, tinchlik tabassum va shodlik hukm suradi.
2-o`quvchi: Go`zal tabiatni gullarsiz tasavvur etish qiyin, shuning uchun ularni doimo asrab avaylashimiz va ko`paytirishimiz lozim.
3-o`quvchi: – Dalalarda, gulzorlarda gullarni uzishdan ko`ra asrab avaylasak, bu chin go`zallikni asrash emasmi? Biz gullarni uzsak ular so`lib qoladi, undan ko`ra ko`zimizni quvontirib, ochilib tursa, qanday yaxshi. Ularni payxon qilishdan o`zimizni tiyaylik.
4-o`quvchi: – Haqiqatan ham gullarga nainki gullarga, balki tabiatning barcha yashil boyliklariga, mehrli bo`lmoq kerak. Insonlarning tabiatga shafqatsiz munosabat uchun ham hozirda yuzlab o`simlik turlari “Qozol kitob”ga kiritilgan.
Bog`bon ota: – Barakalla, bolajonlarim! Sizlarning teran fikrlaringiz meni xursand qildi. Siz kabi gul shaydolari kelgusida yurtimizni go`zal chamanzorga aylantiradi. Men bunga ishonaman.
(Bolalar “Gulchiman” qo`shig`ini kuylashadi. Bog`bon ota xayrlashib chiqib ketadi).
1-boshlovchi: – Bolalar quyidagi savollarga javob topishga harakat qiling-chi!
– Qaysi gulning nomida parrandaga o`xshatish mavjud? (Gultojixo`roz).
– Qaysi gul kechqurun ochiladi? (Namozshomgul).
2-boshlovchi: – Dugonajon gullar to`g`risida ko`pgina ma`lumotlarga ega ekanlar.
1-boshlovchi: – Ha, to`g`ri aytdingiz. Bilasizmi, dugonajon bahor kelishi bilan yurtimizga juda uzoqlardan qushlar uchib keladi. Bugun, axir Qushlar bayramini nishonlayapmiz.
2-boshlovchi: Ha, qushlar bizning do`stimiz. Keling bolalar qushlar haqida nimalarni bilishar ekanlar, so`rab ko`ramiz.
1-boshlovchi: – Bolalar qushlar haqida nimalarni bilasiz.
1-o`quvchi: – Bahor kelishi bilan issiq mamlakatlarga uchib ketgan qushlar yurtimizga qaytib keladilar. Bularga qaldirg`och, bulbul, zarg`aldoq hisoblanadi.
2-o`quvchi: – Ko`p qushlar esa yil davomida bir joyda yashaydilar. Bunday qushlarga chittak, musicha, ko`k kaptar, kaklik, chumchuq kiradi.
2-boshlovchi: – Qushlar haqida she`rlar ham bilasizlarmi?
3-boshlovchi: – Chug`urchuqlar churqillaydi
Barcha qushlar jam bo`lsa.
4-o`quvchi: – Chug`ur-chug`ur qaldirg`och,
Eshigingni tezroq och.
Manziling shu xonodon.
5-o`quvchi: Turnalar ko`p sayraydi.
Shox – shabbalar qo`ynida
Oq turnalar o`ynaydi.
6-o`quvchi: Nima ekan bu qush nomi
Suvlar to`qay o`rmoni
Qo`shiq aytar ku-ku
Shu sababli nomi kakku.
(Keyin o`quvchilar qushlar haqida ma`lumot beradilar).
1-o`quvchi: Qarg`a qushlar sinfining chumchuqsimonlar turkumiga kiradi. Yevropa, Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerikada tarqalgan qarg`alar xar-xil oziqlar bilan oziqlanadi. Bular o`rmonlarda bog`, park va daryo bo`ylarida yashaydi. Qishda shahar va qishlarga kam keladilar. Uyasini daraxtlarga qamish va buta o`simliklariga quradi. 4-5 dona tuxum qo`yadi. Ba`zi bir yerlarda foydali qushlarning tuxum va bolalarini yeb, zarar ham yetkazadi.
2-o`quvchi: Qirg`iy, burgut yirtqich qushlar turkumining qarchig`aylar oilasiga kiradi. Qirg`iy Yevropa, Osiyo Afrikada tarqalgan.
Burgutlarning 12 tagacha turi bor. Ular tog`larda o`rmon cho`l va sahrolarda yashaydi. Burgutlar o`ljasini havodan, yerdan va suvdan turib tuta oladi. Ular baliqlar, qushlar bilan oziqlanadi.
3-o`quvchi: Ukki yapaloqqushlar orasida eng yirigi. Boshining ustida quloqqa o`xshash ikki to`p pati dikkayib turadi. Ukki ko`proq turli kemiruvchilar bilan oziqlanadi, ba`zan o`rgimchaklar va ayrim qushlarni ham tutib yeydi.
4-o`quvchi: O`rdaklar bundan 3000 yil oldin yovvoyi o`rdaklardan kelib chiqqan. O`rdak tuxumining ta`mi uncha yaxshi bo`lmaganligi sababli odatda go`shti uchun boqiladi. O`rta Osiyo uv suv havzalarida suqsar o`rdaklar uchraydi.
5-o`quvchi: Tovuqlar xonaki parrandalar orasida eng ko`p boqiladi. Hozirgi tovuq zotlari tropik o`rmonlarda yashaydigan yavvoyi bankiv tovuqlardan kelib chiqqan.
Bundan taxminan 4500 yil ilgari qadimgi Hindistonda tankiv tovuqlari xonakilashtira boshlangan. Hozirgi tovuqlar tuxum, go`sht, go`sht-tuxum yo`nalishidagi zotlarga ajratilgan. Zotlar tashqi ko`rinishi bilan bir-biridan farq qiladi.
1-boshlovchi: Mana azizlar “Gullar va Qushlar bayrami”ga bag`ishlangan kechamiz ham oxirlab qoldi. Aziz o`quvchilar har birimiz tabiatga mehr-muruvvatli bo`lishimiz va tabiatning tabiiy go`zalligini saqlashimiz kerak.
2-boshlovchi: Tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish har bir insonning muqaddas burchidir. Ona tabiatni asrang aziz o`quvchilar!
(O`quvchilar “Tabiatni asrang” qo`shig`i bilan kechani yakunlaydilar).
Boburning otasi Umarshayx saroy a’yonlari bilan ayvonda o‘tirgan edi. Shu payt bir kabutar kelib “G‘ulu-g‘uli” qila boshlaydi shunda shoh kabutar nima deyayotganini so‘raydi.
Shoh: Kabutar ne demoqda?
1-vazir: Shohim kabutar aytmoqda kim qilichlar qonsirab qoldi urush boshlash vaqti keldi demoqda
2-vazir: Yo‘q! Yo‘q shohim kabutar bunday deyayotgani yo‘q u bizni qishloqqa “ Qovun sayliga” “Hosil bayramga” aytib kelgan bo‘lsa kerak.
Shoh: Muhtaram vazir siz haqsiz u o‘tgan yil ham bizni “Qovun sayliga” aytib maktub keltirgan edi.
Yuringlar unday bo‘lsa hammamiz bayramga boraylik (Ular chiqib ketadi, keyin 2009-yil deb yozilgan plakat chiqariladi)
1- Boshlovchi: Assalomu alaykum mehmanlar. Ustozlar, Ota-onalar, o‘quvchi yoshlar. O‘zingiz huvoh bo‘lganingizdek bugungi tadbir “Mehrjon” ya’ni “Hosil bayramga” bag‘ishlanadi.
2-boshlovchi: Assalomu alaykum mehmanlar. Bugun siz bilan uchrashayotganimizdan xursandmiz. Davramizga xush kelibsiz!
Mehrjon bilan Navro‘z o‘zbeklarning eng go‘zal va tarovatli bayram saylidir.
3-boshlovchi: Abu Rayxon Beruniyning yozishlaricha “ Quyosh va oy falakning ikki ko‘zi, Mehrjon va Navro‘z esa zaminning ikki ko‘zidir”.
Navro‘z-bahor kirishi yangi kun, yangi hayotning boshlanishi. Mehrijon esa-to‘kin-sochinlik, shukuronalik, serobchilikning ko‘rinishi.
1-boshlovchi: Bugungi kechani ochib berish uchun so‘z maktab deirektori yoki direktor o‘rinbosariga beriladi.
Kuz haqida she’rlar:
Tokdan xusayni, yerdan qirqma
Shohdan behi uzganmisiz?
Uzum uzib, sharbat suzib
Shinniga o‘t yoq qanmisiz?
Duv-duv yong‘oq qoqqamisiz
Bog‘da yashab qolmay armoni
Uchib o‘tar turna karvoni
Yeru-ko‘kni tutib sur’oni
Bog‘larda g‘arq pishgan olmalar
Yuzlariga shakar o‘rmalar
Terib olinadi tonnalab
Raqs “ Xorazmga gallinglar”
2-boshlovchi: Qaranglar davramizga mehmonlar kirib kelmoqda
Hamma: Assalomu alaykum Dehqonbobo!
Assalomu alaykum Kuzoy!
Kuzoy: Oltin kuzman, oltin kuz
Doim sochin, to‘kin kuz
Hosil mo‘l ko‘l bo‘ladi
Kuzoy gapiradi: Mana dehqonbobo u yerni juda sevadi yer uning eng yaqin do‘sti shunga bo‘lsa kerak har yil mo‘l hosil yig‘adi. Aziz bolajonlar siz ham u kishi kabi yerni seving, mehnatsevar bo‘ling!
3-boshlovchi: Prezidentimiz I.A.K bobdehqonlarning zahmatini e’zozlab 2008 yilni “Dehqonlar yili”, 2009 yilni “Qishloq taraqqiyoti va faravonligi yili” deb atadi.
1-boshlovchi: Bu albatta qishloq dehqonlarini quvontirdi. Bundan zavq olgan dehqonning hosili har yilgidan mo‘l
Dehqonbobo gapiradi: Aziz bolajonlarim duru-gavharlarim siz a’lo o‘qing, shu bilan birga mehnatga mehr qo‘ying chunki mehnat insonni ulug‘laydi. Bugun bayramda dam olaylik.
She’r “Dehqon desam”
(davraga “shamol”yugirib kirib keladi u bolalarni shamoli bilan tebratadi).
Shamol: Shamol, shamol shomolman
Sochlari to‘ziq shamolman
Har tomonga o‘kirib
Yelaman siz tomonga
Kuchim yetar har nega!
(davraga “Yomg‘izr” kirib keladi)
Yomg‘ir: Yomg‘irdirman men yomg‘ir
Mo‘l –ko‘lchilik ramziman
Sel bo‘lib quyganda
Daryolarni to‘ldur gum
Jahlim chiqsa gar meni
Keltirguvchi men yomg‘ir!
2-Boshlovchi: Shamol shamol sendan iltimos yana ozgina sabr qil. Sen
buncha bajahl bo‘lma. Yosh navdalarga rahming kelsin ular nimjon. Katta bo buncha bajahl bo‘lma. Yosh navdalarga ular shahar qishloqlarni yanada gohida buncha bajahl bo‘lma. Yosh navdalar go‘zal va yashil qiladi.
3-Boshlovchi: Yomg‘irjon sen mo‘l ko‘lchilik ramzisan hali dalada hosil mo‘l, ularni yig‘ib olguncha sabr qil. Keling siz ham biz bilan “Hosil bayrami” da mehmon bo‘ling berga o‘ynab kuling.
Qo‘shiq “Tomchi, tomchi yomg‘irroy” Raqs “Yomg‘ir”
1-Boshlovchi: Bolalar qaranglar osmonda turnalar uchib o‘tmoqda
(Davraga qizlar turnalar bo‘lib qanot qoqib kirib keladi).
Bizning ko‘l va daryolar
Turnalar: Biz turnalar uchamiz
Nasib etsa bahorda
Yana sizga qaytamiz!
Yana sizga qaytamiz!
Yana sizga qaytamiz!
2-Boshlovchi: Kuz keldi bizlarga
Sharbat ola keldi
Omborlar liq to‘la
3-Boshlovchi: Boqqa kirsam shaftoli, uzum
Sharbatlarga to‘lib pishibdi
Oltin nashvati, yoqut olmalar
Uzulib tagiga tushibdi
(davraga har hil meva maskasi osilgan bolalar kirib keladi)
“So‘nggi axborot” she’ri
3-o‘quvch ushbu she’rni aytadi
Biram yoqimli hidim
Anor: Loladek qip qizil rangdaman
Mevalar ichra a’loman
Nok: Xush ko‘rishar azaldan
Uzum: Marvarid shodasiday
Tarvuz: Men kabi shirin ne’mat
Qovun: Tanaga quvvat berar
Tilimim tilni yorar
Sholg‘om: Men haqida ertaklar
Sholg‘om bobo deb meni
Pomidor: Men bilan taomlar
Chiroyli rangga kirar
Palov to‘ra yonidan
Menga albat joy yetar
Baqlajon: Kaminani nomilari
Oshpazlar salat qilsa
Yeb to‘ymaysiz hech qachon
Qavoq: Meni derlar qovoq, kadi
Ming dardga darmon kadi
Raqs “Olma pishganda galing”
Dehqonbobo: Aziz bolajonlarim, kuzning malikasi Paxtaoy. Paxtadan to‘la, chiqitidan yo‘q, yem-xashak olinadi siz paxta haqida she’rlar yod olgandirsiz?
“Paxta” haqida she’rlar
1-O‘quvchi: Chaman chaman paxtazor
2-O‘quvchi: Paxtaoy hoy, paxtaoy
Dalalarning oq qizi
3-O‘quvchi: Dala to‘la oppoq qush
Oppoq qushu, momiq qush
Kuzoy: “Hosil bayrami”ning eng
Aziz ne’mati bugdoy
U to non bo‘lguncha qancha
Mehnat qilinadi . Siz bolalar nonni uvol qilmang, isrof qilish gunohdir.
“Non haqida she’rlar”
Qo‘shiq “Non yopadi”
Ko‘rinish “Dono dehqon va shoh” ertagi
1-Boshlovchi: Har bir faslning o‘z ko‘rki, tarovati bor. Unga atab xalqimiz himatli so‘zlar, maqollar yaratgan. Ularda tabiat go‘zalligi, odamlar mehnati, hayot tarannum etiladi. Quydagi maqollar ham shular jumlasiga kiradi.
1.Erta ekkan erta o‘rar, kech qolgan o‘tin terar
2. O‘z vaqtida ekkaning, hirmon-hirmon yig‘ganing
3. Yer haydasang kuz hayda kuz haydasang yuz hayda
4.Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘
5. Mehnat qilib topganing, qandi asal totganing
6.Biri kessang, onni er
2-Boshlovchi: Xalq ogzaki ijodi juda boy qoshiq ertak, daston, maqol.
Tez aytish va maqol tez aytish va hakozalar xalqning orzu umidi samarasi. Xalq tomondan mavsum, mehnat qoshiqlari yaratilgan, erin ekishda. Hosil yiqib olinganda har xil qoshiqlar yaratilgan.
Hozir e’tiboringizga ularning ayrimlarini havola qilamiz.
“Kim oladi-yo” qoshigini, “Xop hayda-yo” qoshigini
O‘quvchilar ijro etadilar
3-Boshlovchi: Bayramlar kulgisiz, dorbozlarsiz, masxara bozlarsiz o‘tmasa kerak.
Bayramlarda bir-biriga xazil qilishlar askiyalar bilan bazmlar maroqli o‘tishgan
Hozir o‘quvchilar Kuz ne’matlariga atab askiya qilishadi.
(davraga 6 o‘quvchi chiqib bir-birlari bilan askiya aytishadi)
-Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?
1-Boshlovchi: Bayramlar polvonlar kurashi, xo‘roz urishtirish, itlar jangi, uloq choptirish va turli musobaqalar bilan qiziq bo‘lgan.
2-Boshlovchi: Hozir davraga chaqqon epchil, kuchi o‘quvchilarni taklif qilaylik
3-Boshlovchi: Keling, keling ha balli yigitlar.
Mana 4 ta olma uni kim birinchi yeb bo‘ladi. Yutqazgan she’r aytadi.
(bolalar chiqadi, olma yeyish musoboqasi o‘tkaziladi .Arqon tortish musobaqasi o‘tkaziladi)
Dehqonbobo: Bolalar endi men boray bugun dam oldim maza qilib dam oldim. Endi dalamga boray, hali dalada hosil mo‘l, ish ko‘p ularni bitkazay. Siz a’lo o‘qib, ota-onangizga ko‘makchi bo‘ling.
Kuzoy: Men ham boray. Hali dalaga quyoshli kunim zarur, issiq kunlarim oz qoldi, shunga beg‘am bo‘lmang.
Yomg‘ir: Mayli dehqonbobo, bolalar men ham sabr qilay dalada hali hosil mo‘l lekin baribir shoshiling, shamol meni qisyatdi.
Shamol: Men ham shoshqaloqman tezroq qish kelib qoladi. Men maza qilib dala-bog‘ni keza man, sizni kutib turolmayman.
Bolalar: Xayr Dehqonbobo!
Dehqonbobo, Kuzoy, Yomg‘ir, Shamol sho‘x musiqa sadolariga raqsga tushib xayrlashadilar.
1-Boshlovchi: Xurmatli, aziz mehmonlar bugungi bayram tadbirimiz yakuniga yetdi
2-Boshlovchi: Siz azizlarga sog‘lik omad, tinchlik, farovonlik tilaymiz
3-Boshlovchi: Kechamizni yopish uchun so‘zni maktab direktori yoki o‘rinbosariga beriladi, ota-onalar gapiradi.
Hamma: Ko‘rishguncha sog‘ va omon bo‘ling!
Taqdir va tadbir haqida maqollar
Ayol degan palaxmon toshi,
Qayerga otsa, shu yerga tushar.
Ajal yetdi,
Devona qabul qildi.
Ana go’r, mana go’r,
Ishonmasang, borib ko’r.
Asov otni taqa to’xtatar.
Asragan ko’zga cho’p tushar.
Asragan qo’l sinar.
Asrayman desa balo yo’q,
O’laman desa — davo.
Bandaning boshi — olloning toshi.
Betda yurgan bo’riman,
Nasibamdan ko’raman.
Beshikdagi bolaning bek bo’lishini kim bilar.
Bir mix bir nag’alni,
Bir nag’al bir otni tutar.
Bir ko’r — qiyiq,
Bir kar — qiyiq.
Bir to’lgan bir sochilar.
Boy bo’lmasim bilibman,
Och o’ldirma, xudoyim.
Bugun bo’lsa ham shu o’lim,
Erta bo’lsa ham shu o’lim.
Bo’ladigan ishning boshi to’g’ri.
Bo’rkni tashlab bo’ridan qutulib bo’lmas.
Daryoga ot solmasdan avval kechuvini top.
Yelli kun yo’rt,
Yog’inli kun yot.
Jumadan umiding bo’lsa,
Payshanbadan harakat qil.
Zamona kelmay qirindan,
G’amingni ye burundan.
Iyasi kelsa, biyasini ber.
Yo’lga chiqmoq na hojat,
Yo’l ozig’ing bo’lmasa.
Kuzning kelishini yozda belgila.
Kun qizarib botsa, qizingni uzat,
Tong qizarib otsa, tomingni tuzat.
Kun g’amini sahar ye,
Yil g’amini bahor ye.
Men qilaman o’ttiz,
Tangrim qiladi to’qqiz.
Minora solgan minora bo’yi chuqur qazir.
Minsang — eshak, solsang — to’shak.
Mol yig’sang, qo’nishini top,
Osh yesang, idishini top.
Mol molga yetguncha
Azroil jonga yetar.
Morbozniki mordan,
Dorbozniki dordan.
Murching ko’p bo’lsa, bulamiqqa sol.
Odam tuzar, taqdir buzar.
Ozmayman degan yigitni qorong’u tun ozdirar.
Olisdan otilgan sopqon
To’g’ri mo’ljalga tegar.
Ot olmay, oxur tuzat.
Otang mirob bo’lsa ham,
Ariqni tozalab suv ich.
Otga minsang, qamchi ol.
Otni boqsang, ot qilasan,
Yovni quvsang mot qilasan.
Otni it qaytarar.
Og’riq tishning davosi — ombir.
Pulingdan bir puling qolsa, palov ye,
Kuningdan bir kuning qolsa, xotin ol.
Safaiga otlanma safar xaltasiz,
Zinhor yo’lga chiqma yaroq-boltasiz.
Safaiga otlansang, otga qoziq ol,
Bir kunlik yo’l uchun yillik oziq ol.
Sinalmagan sop qolmas,
Yirtilmagan qop qolmas.
Singan kulolning ko’zasi,
To’kilgan bo’zagarning bo’zasi.
Sinmasni kulol yasamas,
O’lmasni xudo yaratmas.
Sichqon tutishga qopqon zarur,
Dushmanni otishga — sopqon.
Suv ko’zasi suvda sinar.
Suvni bog’laguncha, ariq och.
Tadbirga taqdir hayron.
Tadbirning yengi bilan
Taqdirni yashirib bo’lmas.
Taqdirli ayol — tadbirli ayol.
Taqdirning balosi ko’p,
Saqlasa panosi ko’p.
Taqdirning ishini tadbir buzolmas,
Tadbirning ishini taqdir buzolmas.
Temir olovga tushsa, tilni tushunadi.
Tilni bilish — dilni bilish.
Tirik bandada tinim yo’q.
Toshga soch, toleyingdan ko’r.
Tuyog’i butun tulpor yo’q,
Qiyog’i butun shunqor yo’q.
Tulki qancha qochmasin, borar joyi
Mo’ynado’zning do’koni.
Turnani tuzoq bilan tutib bo’lmas.
Tutunning achchig’ini mo’ri bilar.
Tushibsan bu so’qmoqqa,
Ko’narsan bu to’qmoqqa.
Tuya qochib yukdan qutulmas.
Tuya quvsa, o’rga qoch,
Ilon quvsa — shudgorga.
To’ylining to’yi o’tar,
To’ysizning kuni o’tar.
To’kilmagan kim bor,
So’kilmagan kim bor.
Uzun arqon — keng tuzoq.
Uyqu kelmasdan burun o’rin sol.
Ulov o’rniga tayoq.
Hiyla bilan arslon tutilar,
Kuch bilan sichqon tutilmas.
Echki yuzga yetmas,
Yuzga yetsa ham kuzga yetmas.
Eshakni yukka ohb kel
Yoki yukni — eshakka.
Eshmachi eshib olar,
Teshmachi — teshib.
Yaxshi tushga ham sadaqa,
Yomon tushga ham sadaqa.
O’liging bo’lsa, yerga ber,
Qizing bo’lsa — elga.
O’ngini o’ngla, so’ngini so’ngla.
O’tmas umr bo’lmas,
Sinmas — temir.
Qilich eng so’nggi hiyladir.
Qirq yil qirg’in bo’lsa,
Ajali yetgan o’lar.
Qistov bo’lsa, ot yaraydi,
Uzoq bo’lsa — xat.
Qichiganni qashigan yengar.
Qishda po’stin kiyma, qazi ye.
Qoziqsiz ot turmas.
Qor yog’di — iz bosildi.
Qochgan ham xudo der, quvgan ham.
Quyon qopqoni bilan arslonni ovlab bo’lmas.
Qurtning davosi — qaynoq suv.
Qush qo’nmaydigan daraxt bo’lmas.
Har yerning tulkisini o’z tozisi bilan ovla.
Har kimga — bir uy, bir go’r.
Har og’riqning davosi bor,
Har emgakning chorasi bor.
Hiyla ham o’z o’rnida botirlik.
Ho’kizing bo’lmasa, o’zing chop,
Omoching bo’lmasa, ketmon top.