Texnologiya fanining yosh avlod hayotidagi roli
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish uchun mualliflarni tanlab olish tanlovida sirdaryolik uch nafar muallim — Guliston shahridagi 8, Yangier shahridagi 6 va Mirzaobod tumanidagi 15-maktab o‘qituvchilari Zamira Sattorova, Nazokat Abdusalimova va Nasiba Ahmedovalar tomonidan 9-sinf o‘quvchilari uchun yozilgan “Texnologiya” kitobi ma’qullanib, darslik sifatida chop etildi va 2019-2020-o‘quv yilidan boshlab asosiy qo‘llanma sifatida o‘qitiladigan bo‘ldi.
Texnologiya fani darsliklari
darslik bo’yicha tog’ri keladigan yillik dars ishlanmalar!
taqdimotlar.
to’garak reja va konspekta
About
Blog
Apps
Platform
Texnologiya fani_dars ishlanma
311 subscribers
5-sinf-Texnologiya.pdf
6-sinf-Texnologiya.pdf
7-sinf-Texnologiya.pdf
8-sinf-Texnologiya.pdf
9-sinf-Texnologiya.pdf
8-9-sinflar konspektalar yangi darslik bo’yicha ishlangan
Bizdan uzaqlashman, texnologiya fanidan sizning rejangizga to’g’ri keladigan darslik bo’yisha to’g’ri keladigan yillik konspekta ushbu kanalda
Bizning sizlarga metodik yordamimiz tekkanidan minnatdormiz,
Barcha o’qituvchilarning ishlariga omad, cho’ntagiga daromad kirishinini tilab qolamiz! Murojat qilganlarning barchasiga raxmatlar aytamiz!
TEST qizlar 5-9 -sinflar.doc
10.0K views 07:36
8_dekabr_konstitutsiya_kuniga_boshla (1).pptx
#видео
Мазкур видеофайллар 2019 йил 6 декабрь куни ўтказиладиган Конституция-бахтимиз қомусимиз очиқ дарсида фойдаланиш учун мактабларга етказилиши лозим!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Texnologiya fani_dars ishlanma
darslik bo’yicha tog’ri keladigan yillik dars ishlanmalar!
taqdimotlar.
to’garak reja va konspekta
https://t.me/texnologiya_fanidan
Texnologiya fani_dars ishlanma
darslik bo’yicha tog’ri keladigan yillik dars ishlanmalar!
taqdimotlar.
to’garak reja va konspekta
Texnologiya fanining yosh avlod hayotidagi roli
O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish juda muhim hisoblanadi. Chunki tanlangan kasb har bir inson kelajagi bilan bog‘liq hamda yashash tarziga ham ta’sir qiladi. Inson o‘zi tanlagan kasb yoki hunaridan zavq olsa, qilgan ishidan mamnun bo‘ladi. O‘z kasbining ustasiga aylanadi, el e’tiboriga tushadi, baraka topadi.
Kasb tanlashda maktabning o‘rni beqiyos. Ba’zi o‘quvchilar fizika, kimyo, biologiya fanlariga, boshqalari adabiyot, tarix yoki huquq faniga qiziqadi. Masalan, biologiya faniga qiziqqanlar kelajakda vrach-veterinar yoki biolog bo‘lishi mumkin. Huquq faniga qiziqadigan o‘quvchilar huquqshunos, advokat, prokuror, sudya bo‘lishi mumkin. Fizika faniga qiziqadigan o‘quvchilar muhandis yoki aloqachi bo‘ladi. Matematika faniga qiziqadigan o‘quvchilar kelajakda iqtisodchi, bankir, buxgalter bo‘lishi, chet tillarga qiziqadigan o‘quvchilar tarjimon, elchi, gid bo‘lib ishlashi mumkin.
Ilgari mehnat darsiga 2-3-darajali fan sifatida qaralardi. Amaliy mashg‘ulotlar qog‘oz-qalam, o‘chirg‘ich, tabiiy materiallar asosida o‘tilardi. Endilikda bu fan “Texnologiya” deb nomlanib, darslar oliy malakali o‘qituvchilar tomonidan o‘tiladigan bo‘ldi. 5—9-sinflarda o‘quvchilar har yili 3-4 kasb bo‘yicha o‘qitiladi, ishlab chiqarish amaliyotida ishtirok etadi. Berilgan nazariy bilimlar amaliy darslar bilan mustahkamlanadi.
Aytish lozimki, 8-9-sinflar uchun mehnat ta’limi bo‘yicha ilgari aniq bir darslik yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanma yo‘q edi. Shu bois mazkur fan o‘qituvchilari darslarni deyarli o‘z bilganlaricha o‘tishardi. “Texnologiya” fani bo‘yicha Sirdaryo viloyat “Mahorat maktabi”ning rahbari bo‘lgan Zamira Sattorova yillar davomida dars ishlanmalarini jamlab bordi hamda 8-9-sinflar uchun “Ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo‘llash” degan dastlabki darslik nusxasini yaratdi. Bu ish 2013-yili respublika maktablari bo‘yicha ommalashtirilib, mehnat ta’limi darsi shu asosda o‘tilishi joriy qilindi.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish uchun mualliflarni tanlab olish tanlovida sirdaryolik uch nafar muallim — Guliston shahridagi 8, Yangier shahridagi 6 va Mirzaobod tumanidagi 15-maktab o‘qituvchilari Zamira Sattorova, Nazokat Abdusalimova va Nasiba Ahmedovalar tomonidan 9-sinf o‘quvchilari uchun yozilgan “Texnologiya” kitobi ma’qullanib, darslik sifatida chop etildi va 2019-2020-o‘quv yilidan boshlab asosiy qo‘llanma sifatida o‘qitiladigan bo‘ldi.
Darslikda o‘g‘il bolalar uchun alohida, qizlar uchun alohida qismlar mavjud. O‘g‘il bolalar uchun mo‘ljallangan “Texnologiya va dizayn yo‘nalishi” bo‘limida hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi, ishlab chiqarish va ro‘zg‘orshunoslik, elektronika asoslari, kasb tanlashga yo‘llash hamda ijodiy loyiha tanlash texnologiyasi boblari ajratilgan bo‘lsa, qizlarga mo‘ljallangan bo‘limda ularning o‘zlariga mos va zamonaviy yo‘nalishlarga oid dars ishlanmalari hamda ma’lumotlar joy olgan.
Axborot oqimi keskin ortgan davrda mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, har qanday yangilikni o‘rganishga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi hisoblanadi va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarning qo‘llanishi, interaktiv usullardan keng foydalanish lozim bo‘ladi.
Texnologiya fani predmeti boshqa fanlardan umuman farq qiladi. Masalan, fizika yoki matetmatika fanlari o‘n yillar davomida yangi bilimlar bilan boyitilib boriladi. Texnologiya fani bo‘yicha esa har yili yangiliklar bor. Ishlab chiqarish sohasiga ko‘plab yangi texnologiyalar joriy etiladi. Shuning uchun bu fan o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga o‘qitish bilan uyg‘unlashtirilgan holda olib borilishi kerak.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yaqin kelajakda o‘quvchilarni kasbiy ta’limga yo‘naltirish maqsadida superustaxonalar, bolalar texnoparklari, “Kvantorium” va boshqa zamonaviy parklar ochish ko‘zda tutilmoqda. O‘quvchilar kompyuter va vibrostendlar bilan jihozlangan bu maskanlarda kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan birga robo, kosmo, nano, bio, IT yo‘nalishlarida ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladilar.
Ta’limning yosh avlod hayotidagi roli va ahamiyatini hisobga olgan holda, bu vazifani bugungi kunda oliy ma’lumotli, yuksak professional mahoratga ega bo‘lgan pedagog kadrlar bajarmoqda. Ta’lim sifatini oshirish, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalarni takomillashtirish, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Masalan, mebel ishlab chiqarish bo‘yicha dizayner bo‘lmoqchimisan? Marhamat, bolg‘a va mixni chekkaga surib, material tanla, hisob-kitob qil. Mebelni plastikdan tayyorlamoqchimisan? Bunda barcha detallarni 3D printeri tayyorlaydi. Yog‘ochdan qilmoqchimisan? Marhamat, raqamli dasturlangan boshqaruv stanogiga hisob-kitobingni kiritasan. Mebeling tayyor.
O‘quvchilar shu tariqa sanoat dizayni, nanotexnologiya, raqamli modellashtirish va ishlab chiqarish texnologiyalari, robototexnika, elektrotexnika, elektorenergetika, biotexnologiya, oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, “aqlli uy”, “buyumlar interneti” bilan tanishadilar. Bunda darslar nafaqat maktabda, balki kollej va texnikumlar, bolalar texnoparki, yoshlar ijodiy innovatsion markazlarida tashkil etiladi.
Matluba XUDOYOROVA, Sirg‘ali tumanidagi 300-maktab texnologiya o‘qituvchilari