Press "Enter" to skip to content

Til haqida maqollar va hikmatli so’zlar to’plami

Avval — bahor, oxir — xazon.

Til va uning ofati haqida maqollar to‘plami

Til haqida eng sara maqollar to‘plami. «Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo’lib chiqsa — tilning ofatidir» (Alisher Navoiy).

Odobning boshi til.

Tilingda bo’lsa boling,
Kulib turar iqboling.

Ochiq til osh yedirar,
Achchiq til tosh yedirar.

Yo‘l quvgan xazinaga yo‘liqar,
So‘z quvgan – baloga.

Hikmat — bir hovuch oltin.

Bir tavakkal buzadi.

So’z inson ziynati.

Gapi to’ngning o’zi to’ng.

Orqadagi gap,
Og’ildagi tezak.

Duo olgan omondir,
Qarg’ish olgan yomondir.

Go’sht-yog’ berma,
Yaxshi til ber.

Shakar ham tilda,
Zahar ham.

Suydirgan ham til,
Kuydirgan ham til.

Iliq so‘z – shakar,
Sovuq so‘z – zahar.

Til bu dilning kaliti

Achchiq til — zahri ilon,
Chuchuk tilga — jon qurbon.

Aytar so‘zni ayt,
Aytmas so‘zdan qayt.

Puling bo’lmasa, bo’lmasin,
Shirin so’zing bo’lsin.

Aytar so’zni ayt,
Aytmas so’zdan qayt.

Ariqni suv bezar,
Odamni – so‘z.

Til yaxshisi bor etar,
Til yomoni xor etar.

Yomon so’zning qanoti bor.

Ma’qul gapga qoruv yo’q.

Ko’p gap — eshakka yuk.

Iliq so’z — shakar,
Sovuq so’z — zahar.

Zahar til suyakni yorar.

Bir shirin so‘z bitkazar,
Ming ko‘ngilning yarasin.

Yomonning tili bor,
Yaxshining – dili.

Til yaxshisi boyitar, til yomoni zor etar

Mazali so’zga quloq charchamas.

Pichir-pichirdan o’t chiqar.

Yomon gap — bosh qozig’i,
Yaxshi gap — jon ozig’i.

Yaxshi so’z jon ozig’i,
Yomon so’z bosh qozig’i.

Gapning qisqasi – yaxshi,
Qisqasidan hissasi – yaxshi.

Sen ham bir og’izdan,
Siz ham bir og’izdan chiqadi.

Dushman orttiraman desang,
Chaqirtikan bo‘l.

Og’rigan joyga qo’l yugurar,
Og’ritar so’zga til yugurar.

So’zning boyligi,
odamning chiroyligi.

Og’izga kelgan so’z arzon,
Ovulga kelgan bo’z arzon.

Kishining o’zi yetmagan yerga so’zi yetar.

Gapning yomoni pichir.

Til – aql tarozisi.

Til bu aql bezagi

Oz gapir — soz gapir.

Bir yaxshi gap esdan chiqmas,
Bir yomon gap.

Do‘st orttiraman desang,
Shirin suhbat qil.

Bir tavakkal buzadi,
Ming qayg‘uning qal’asin.

Ona tilim,
Jon-u dilim.

Ovqatni tuz mazali qilar,
Odamni — so’z.

Duo bilan el ko’karar,
Yomg’ir bilan yer ko’karar.

Yaxshi so’z bilan ilon inidan chiqadi,
Yomon so’z bilan pichoq qinidan chiqadi.

Anjom – uy ziynati,
So‘z – inson ziynati.

Olim so’zi oz,
Oz bo’lsa ham soz.

Tilga e’tibor – elga e’tibor.

Issiq kiyim tanni ilitar,
Issiq so‘z jonni ilitar.

Til – dil tarjimoni.

Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz

Yaxshi so’z suyuntirar,
yomon so’z kuyuntirar.

So’z ko’rki maqol.

Sevdirgan ham til,
Bezdirgan ham til.

Muzdan suv tomar,
So‘zamoldan – bol.

Ming chechanni bir ezma yengar.

Yomon til yo jonga urar,
Yo – imonga.

Ariqni suv bezar,
Odamni so’z.

Mazali so‘zga quloq charchamas.

Ariqni suv bezar,
Odamni — so’z.

Bemorga shirin so‘z kerak,
Aqlsizga – ko‘z.

Ming qayg’uning qal’asin.
Bir shirin so’z bitkazar,

Ovqatni tuz mazali qilar,
Odamni so’z.

So’zning boyligi,
Odamning chiroyligi.

Til tig’i qilich tig’idan o’tkir

Shirin so’z shakardan shirin.

So’zdan so’zning farqi bor,
O’ttiz ikki narxi bor.

Bemorga shirin so’z kerak,
Aqlsizga — ko’z.

Odam so’zi bilan sinalar,
Osh — tuzi bilan.

Yomonning yaxshi so’zidan,
Yaxshining yomon so’zi yaxshi.

Yaxshining so’zi toshni eritar,
Yomonning so’zi boshni chiritar.

Yomon gap tarsakidan yomon.

Yomon so’zlab sovutma,
Jon og’ritib ovutma.

Tig’ yarasi bitadi,
Til yarasi bitmaydi.

Kuch egmaganni so’z egar.

Yomon so’z egasiga qaytar.

Shirin yuzingdan shirin so’zing a’lo.

Shirin so’z shoh kosasida suv ichar.

Har kim o’z tili bilan tirik

Taom lazzati o’zida,
Odam lazzati so’zida.

Elni sevsang,
Elcha gapir.

Donning achchig’i yaxshi,
So’zning — shirini.

Achchiq til – zahri ilon,
Chuchuk tilga – jon qurbon.

Arslon izidan,
Yigit so’zidan qaytmaydi.

Duo bilan el ko‘karar,
Yomg‘ir bilan yer ko‘karar.

Aytilgan so’z,
Otilgan o’q.

Achchiq savol berib,
Shirin javob kutma.

Kishining o‘zi yetmagan yerga so‘zi yetar.

Oz gapir – soz gapir.

O’ziga boqma,
so’ziga boq.

Eldagi gap,
Dildagi gap.

Egasiz qarg’ish egasini topar.

Tili nopokning o’zi nopok

Bug‘doy noning bo‘lmsa ham,
Bug‘doy so‘zing bo‘lsin.

Suv o’z yo’lini topar,
So’z — o’z egasini.

Muzdan suv tomar,
So’zamoldan — bol.

Yomonning yuzi qursin,
Gapirgan so‘zi qursin.

Til – dil jarchisi.

To’qson og’iz so’zning,
To’qsonta tuguni bor.

Gapi to’mtoqning o’zi to’mtoq.

 

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

Tilba bor, bol Mashini ohiri nimedi : Mashini ohiri nimedi Tili bor bol keltirar, tili yo’q zavol Rahman Kosta kon Tilli bor el koʻgarar Men bu til maqolalaridan til haqida juda ko‘p maqol yod oldim .RAXMAT ! Sevara hasanova : Til haqidagi bu maqollar menga yoqdi, ajoyib maqollar ekan. Til haqidagi maqollar menga yoqdi va men ko’p maqollar yod oldim rahmat.

Assalomu alayko’m. Sizlarga kattakon raxmat maqollar uchun. Til haqida ko’proq maqol tashlang iltimos.

Bu maqollar Juda zo’r ekan. Manga yoqdi. Bu maqollar menga maktabim uchun kerak edi. Yaxshi maqollar ekan menga yoqdi Tilingda bo’lsa boling… Davomi nimeydi yordam bervorila? Yomondan yomon ekan, maqollar, yaxshiroq maqolimiz yo’qmi? Til bor bol keltirar, til bor balo Diyorabonu : Bu maqol menga kerak edi. Men shu maqolni topdim. R A H M A T. Menga yoqdi Росса ёрдам бердиларин рахмат Maqollarni kim sahifalagan bo’lsaham umridan baraka topsin, menga rosa foydasi tegdi lekin. Juda zo’r ammo menga aynan til haqida maqollar kerak edi ammo bu yerda hammasini topo olmadim. Husanboyeva : Katta rahmat maqollar uchun, juda ham yoqdi. Tig’ jarohati bitar… Bu maqollar menga juda yoqdi va men ko‘p maqollar yod oldim. Menga yoqdi, yaxshi maqollar ekan, ishlaringa rivoj. Menga judayam yoqt raxmat, dars tayyorlashimga juda yordam berdi. Juda yaxshi maqollar ekan til haqida maqol bormi Muhlisa Assalomu alayko’m. Aynan siz fikr bildirgan maqola til haqida maqollar edi! Man topgan maqol yo’q til haqida, masalan Taom lazzati tuzida, … Shular kerak. Shu maqol menga yoqdi. Juda yaxshi maqol ekan. Donik 2000.09 : Bu maqolar juda zo’r menga foyda berdi. Juda zo’r ekan katta rahmat! ������������ Ona tili haqida maqol yogu Assalomu alayko’m. Aynan manabu maqol «Ona tilim, Jon-u dilim.» Ona tili haqida maqol hisoblanadi! Ona tili haqida boganda yaxshi bo´lardi Wuni etaman manam Maqolalar qanday : Qanday
Qanday zurmi masha sasha : man izlagan hamma maqol bor ekan.

Shodiyona Assalomu alayko’m. Til haqidagi maqollar to’plamini sizga foydasi tekganidan hursandmiz! Sizni kelgusida yana UzBaza.uz web-saytimizda kutib qolamiz.

Til haqida maqol bormi til haqida kam maqol borakan

Shaxruza Assalomu alayko’m. Til haqida internetdagi barcha maqollarni yuklaganmiz. Kelgusida yana ushbu mavzuga mos maqollar topilsa albatta yuklaymiz! Fikringiz uchun tashakkur.

ha albatda juda ko’p va qiziqarli ekan Maqollariz manga yoqdi! Feruzakhon : Juda ham ma’noli maqollar

Feruzakhon Assalomu alayko’m. Fikringizdan mamnunmiz, Til haqidagi maqollarni sizga foydasi tekganligidan xursandmiz!

Yuqoridagi maqollar shirin so’z haqida ekanda Raxmat juda zor�������� Menga kerakli maqollarni va boshqa narsalarni topishim mumkin ekan. Assalomu alaykum. manga yoqmadi qidirgan maqollarim yo`q ekan. Til haqida man qidirgan maqollar yo’q ekan bu yerda. Sultonshox : Salom bu sayt menga judayam yoqdi. Ishlaringizga omad. Ismoilov Ahrorbek : Zorku menga ham yoqdi salom bu maqollar menga yoqdi va menga katta yordam berdi ishlaringizga omad salom nenga maqollar va bu sayt menga juda ham yoqdi ishlaringizga omad

Shabnam assalomu alayko’m. Avvalambor bildirgan yoqimli fikringiz uchun katta raxmat. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

Ona tili haqida maqol kk iltimos yozvorila Kottakon rahmat juda chiroyli maqollar bor ekan Juda ham foydali maqollar ekan kattakon rah at☺ Tõğri. Kerakli maqollar ekan. Rahmat Rahmat juda ajoyib maqollar Salom go’zal. Fikringizdan bag’oyatda hursandmiz. Maqollar uchun raxmat. Til haqida maqol kimda bo’lsa menga yuboring. Tilingda bo’lsa boling, buyuk bo‘lar iqboling! Til haqida maqol kimda boʻlsa menga yuboring. Voy rosa izlaganimni topdim Salom. Samimiy fikringizdan bag’oyatda xursandmiz. Bu moqollar menga juda yoqdi, rahmat sizlarga UzBaza.uz! Албатта йокди Voy toptinmi tabrikleman

Men esa unchalik topa olmadim. Lekin rahmat . Menga ham katta yordam berdi bu sayt. Shu sayt egalariga ulkan raxmatlarim boʻlsin. ����������������

Umidillobek : manga shu maqollar yoqti kopinchasini o’qidim! Umidillobek : manashu maqollarni qidirganidim mana topdim raxmat kotakon Fikringiz uchun tashakkur. Tashrifingizdan xursandmiz. Umidillobek : manushu maqollarni izlovdim mana topdim Umidillobek assalomu alayko’m. Maqolamizni sizga foydasi tekkanligidan mamnunmiz.

Manga ham juda ham yoqdi, shularni man yozib 5 baholar olib yurimman, kotta rahman, maqollarni yozgan odamga.

Tili bor bol keltirar… Davomini biladiganlar bormi �� Assalomu alekum. Tilingda bo’lsa boling… Davomi kerak edi. Pari assalomu alayko’m. «Tilingda bo’lsa boling, kulib turar iqboling». Menimcha shunday edi. Maqollarni kõpi Juda yaxshi, til haqida malumotlar bor ekan, raxmat sizlarga. Kulib turar iqboling

assalomu alaykum menga ona tili va adabiyot fanlaridan bellashuvga til haqida shior va maqsad kerak topib berolasmi

bu maqollarni qanday qilib skachat qilish mumkin Менга тил хакида 100 та мак,ол керак бу ерда кам екан Juda zoʻr a’lo Менга тил хакида яна купрок маколлар керак Ajoyib esimdan chiqqan maqollarni eslab oldim. Rahmat! Raxmat judayam ajoyib maqollar ekan bizga juda shu maqollar zarur edi. Yana yuboring Dilafruzxon : Menga judayam yoqdi Ollohimga omonatsiz���� KAMOLOVA DILFUZA : menga judayam yoqdi Yaxshi maqollar ekan yana bormi bo’lsa yuboring Yana yuboring Zõr ekan menga ham qõl keldi. juda zo’r gap yo’q Yuqoridagi maqollar shirin so’z haqida ekanda Zor rahat��sizga Ona tili haqida maqol yo‘g‘akankuuuuu Tig’ jaroxati bitar… shu maqolni davomi kerak edi, kim bilsa yozvorsin iltimos. salom hammaga maaqollarni kopaytiroylik bu maqollar menga juda yiqdi piksel__°feyk~" : Maqollar juda zór ,menga juda yoqdi. Meng bilim haqida kerak tezlik bilan Juda zoʻr maqollar ekan…������������ Mehnat haqida maqollar Manga maqollar Juda yoqdi Bu maqollar juda yoqdi.
Til haqida maqollar kam ekan
Lekin juda ZO’R hamma maqollar maqollar zo’r ekan menga yoqdi Tõğri. Kerakli maqollar ekan. Rahmat Sirojiddin : Ustoz xaqida maqollar yomi 5 ta kere Maqollar judayam ajayib ekan menga yoqdi raxmat ajoyib ekan Ruxshonaxon : Zo’r ekan bu maqollar. Raxmat, gap yo’q, izlaganimizni topdik. Hamma maqollar zo’r ekan! Maqollar judaham zo’r ekan, hammaga goodbye, ishlaringizga omad tilayman.

Menga bu til haqidagi va nafaqat bu ibratli maqollar ham yoqdi. Katta rahmat �� menga juda foydasi tegdi.

Raxmat sizlarga, Antiqa moqollar ekan, barchasini o’qib chiqdim.

Menga ham juda-juda yoqdi bu maqollar, chunki meni darsligimda til haqida 10-ta maqol kerak edi va TIL BOR, BOL KELTIRAR degan maqolni davom ettirish kerak edi, shu maqolni davomi bor ekan kattakon rahmat men vazifamni bajara oldim.

Bu maqollardan o’zimga juda kerakli taassurotlar qoldirdim. Juda ham foydali maqollar ko’p ekan. Katta rahmat sizlarga. Rahmatillo : Menga juda yoqdi. Ona tili bayramiga tayyorgarlik koʻrishda yordam berdi. Sizlarga juda koʻp raxmat. Menga til haqidagi maqollar yoqdi, ayniqsa «Sevdirgan ham til, bezdirgan ham til» degan maqol. Menga ushbu maqollar yoqdi, maqollariz zo’r ekan… Maqollar uchun katta rahmat. Bu maqollar menga juda ham kerak edi. Katta RAHMAT. Til haqida maqollar uchun raxmat! Menga o’zi til haqida maqollar kerak bo’lib turuvdi. So‘nggi yuklangan mavzular Ko‘p o‘qilgan mavzular Bo‘limlardan birini tanlang

Til haqida maqollar va hikmatli so’zlar to’plami

Til — dil jarchisi.Til — aql bezagi.Til — aql tarozisi.

 

Suydirgan ham til,
Kuydirgan ham til.
So’z kaltada,
Un xaltada.
Suyaksiz til suyak sindirar.
So’z ko’rki — maqol. So’z ojizi bo’lguncha,
So’z emgak bo’lar,
Bo’z — ko’ylak.
So’zda qanquv yomon,
Dardda — sanchuv.
So’zdan so’zning farqi bor,
O’ttiz ikki narxi bor.
So’zdan so’z chiqar,
So’zlamasang na chiqar.
So’zlagandan so’zlamagan yaxshiroq,
So’zlab edim, boshimga tegdi tayoq.
So’zning yomoni — sanchiq,
Dardning yomoni — quyonchiq.
So’zning onasi — quloq,
Suvning onasi — buloq.
Tayog’i yo’g’on birni urar,
So’zi yo’g’on mingni urar.
Til — dil kaliti.
So’z oyoqdan ilgari borar. So’zi nodurustning o’zi nodurust.
So’zni bir ezmadan so’ra,
Bir — kezmadan.
Tanballik — kulfat,
Mahmadanalik — ofat.
Taom lazzati o’zida.
Odam lazzati — so’zida.
Til yugurigi — boshga,
Oyoq yugurigi — oshga.
Til yaxshisi bor etar,
Til yomoni xor etar.
Tilingda bo’lsa boling,
Kulib turar iqboling.
El bor yerda so’z bor. Uzun til — umr zavoli.
Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz. Tilga e’tibor — elga e’tibor.
Tig’ jarohati bitar,
Til jarohati bitmas.
Tilni bog’la dil bilan,
Dilni bog’la til bilan.
Tuzsiz oshning epi oson,
Tuzsiz gapning epi qiyin.
Uzun til — boshga to’qmoq,
Bo’yinga — sirtmoq.
Chin so’z — mo’tabar,
Yaxshi so’z — muxtasar.
Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,
Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar.
Toza suvni yer olar,
Yaxshi so’zni el olar.
Shirin so’z — qaymoqli ayron,
Achchiq so’z — bo’yniga arqon.
Til tig’i qilich tig’idan o’tkir. Fil ko’tarmaganni til ko’tarar.
Til — dil tarjimoni.

 

Maqollar: til haqida

To’y va motam haqida maqollar

Yomg’ir yog’sa, to’ning ho’l bo’lar,
Otang o’lsa, uying cho’l bo’lar.

Kafan kiygan ketar,
Kebanak kiygan kelar.

Kelinning keldisi yaxshi,
To’yning bo’ldisi yaxshi.

Ketgan kelar,
Ketmonlangan kelmas.

Mozorga tushgan tirik chiqmas.

Og’rigandan uzilgan yomon.

Siyrak elak kunda kerak,
Paxta elak to’yda kerak.

To’y va motam haqida maqollar.

Tirikligida siylamasang, o’lganida yig’lama.

To’y ginasiz bo’lmas.

To’y siltovi bilan to’n bitar.

Tavsiya etamiz :

To’yga borsang, burun bor,
Burun borsang, o’rin bor.

To’yga borsang, to’yib bor,
Yomonliging qo’yib bor.

To’yga borsang, to’yib bor,
To’y to’ningni kiyib bor.

To’yga — qo’shiq,
Azaga — yig’i.

To’yganga — to’y, to’ymaganga — tomosha.

To’ylikning to’ycha tashvishi bor,
Uylikning uycha tashvishi bor.

To’yning bo’ldi-bo’ldisi qiziq.

Uyquning tinchi yaxshi,
O’limning — kechi.

Urishsiz uy yo’q,
Azobsiz — go’r.

O’zakli jonda o’lim bor.

O’lgan kelmas, o’chgan yonmas.

O’lganiga chidasang, qo’y qil,
Yeganiga chidasang, to’y qil.

O’lim borning molini sochar,
Yo’qning sirini ochar.

O’lim shoh-u gadoga barobar.

O’lim qosh bilan qovoqning orasida.

O’lim — haq, meros — halol.

O’limdan achchiq narsa yo’q,
Shodlikdan ortiq boylik yo’q.

O’limdan qochib bo’lmas.

O’lmak, o’lmakning ishi — ko’mmak.

O’lsang go’ring keng bo’lsin,
Tiriklikda — fe’ling.

O’tganni qaytarib bo’lmas,
O’lganni — turg’izib.

O’tgusiz daryo bo’lmas,
O’limsiz dunyo bo’lmas.

O’g’ilning to’yi — o’yin,
Qizning to’yi — qiyin.

Qazosi yetsa qozi o’lar.

Qari o’lsa — davlat,
Yosh o’lsa — qiyomat.

Qari qiz er tanlamas,
O’lgan odam yer tanlamas.

Qo’y semizi — qo’ychidan,
To’y tamizi — to’ychidan.

Har kim to’ygan to’yini maqtar.

Avval — bahor, oxir — xazon.

Tavsiya etamiz :

Ayolning o’ttizga kirgani —
O’tin bo’lgani.

Aldashga bola yaxshi,
Xudo ursin momoni.

Arslon qarisa, quyrug’ini o’ynar.

Beshik bolasi — bek bolasi.

Beshikdagi besh turlanar,
Qayoqqa bursang, shunga o’rganar.

Bir bolani katta qilguncha,
Bir shahar paydo bo’lar.

Bir shaharni bir bola buzar.

Bola — shirinlikning adoyi,
Qariya — shirin so’zning gadoyi.