Press "Enter" to skip to content

Kitob va yozuv haqida topishmoqlar

54. Oyog‘i yo‘q, qo‘li yo‘q,
Shoshib chopib chiqar u.
Ulkan zamin bag‘ridan,
Salom olib chiqar u.

Qiziqarli topishmoqlar to’plami javobi bilan

Barcha yoshdagi insonlar uchun qiziqarli, ko’ngilochar va eng sara topishmoqlar to’plami javoblari bilan. Shu o’rinda topishmoq haqida qisqacha malumot beradigan bo’lsak, topishmoqlarda yechilishi mumkin bo‘lgan so‘roq majoziy shaklda ifodalanib, uning ma‘nosi yashirincha bo‘ladi.

1. Bir soqchi bor, turadi ostonada,
Bir qo‘li ko‘chada, bir qo‘li xonada.

Topishmoqning javobi Eshik tutqichi.

2. Yelkasi bor, boshi yo‘q,
Oyog‘i bor, qo‘li yo‘q.

Topishmoqning javobi

3. Birini yerga tiqdim,
Bir xovuch bo‘lib chiqdi.

Topishmoqning javobi

4. Aqlli temir olam kezar.

Topishmoqning javobi Yer sun’iy yo‘ldoshi.

5. Qishda uxlab yalang‘och,
Bahor qo‘yar yashil soch.

Topishmoqning javobi Tol daraxti.

6. O‘zi pillaga o‘xshar,
Ichi tillaga o‘xshar.

Topishmoqning javobi Yer yong‘oq.

7. Aqlga do‘st tutsang, a’lo so‘zlar,
Yo‘qsa u suyaksiz balo so‘zlar.

Topishmoqning javobi

8. Katta chelak teshildi,
Undan ko‘p suv to‘kildi.

Topishmoqning javobi

9. Xuddi bir ayri u,
Qaysi harf ekan bu.

Topishmoqning javobi

10. Jonsiz, tinglaydi,
Qo‘lsiz, yozadi,
Tilsiz, so‘zlaydi.

Topishmoqning javobi Magnitofon.

11. Minglab ignani ko‘rdim,
Teshigi yo‘q hech birin.

Topishmoqning javobi Tipratikan.

12. Boshida bor kokili,
Belidadir hosili.

Topishmoqning javobi Makkajo‘xori.

13. Cho‘zilib yotar narvon,
Undan o‘tar uy-karvon.

Topishmoqning javobi Temir yo‘l, poyezd.

14. Katta ko‘lning o‘rtasida,
O‘t yonar.

Topishmoqning javobi

15. Mixlangan qulog‘idan,
Suv quyar oyog‘idan.

Topishmoqning javobi

16. Yo‘qdur qo‘lu oyog‘i,
Na ko‘zi, na qulog‘i,
Ammo unga bir qadam,
Yer shari, Oyu, Zuhro.

Topishmoqning javobi Kosmik kema.

17. Baland temir uy yurar,
Burni tog‘larni surar.

Topishmoqning javobi Ekskavator.

18. G‘ildiraksiz parovoz,
Parovozki juda soz.
Dengizlarda suzadi,
Baliqlardan o‘zadi.

Topishmoqning javobi

19. Ikki yaproq bir tanda,
Kezar yozda chamanda.

Topishmoqning javobi

20. Ot mindim ola qashqa,
Chopdim tog‘u toshga.

Topishmoqning javobi

21. Beqasamdan yo‘li bor,
Osmon-falakda chiqar.

Topishmoqning javobi

22. Yozda toycha,
Qishda xurjun.

Topishmoqning javobi

23. Onasidan kiyim-boshim,
Bolasidan yog‘li oshim.

Topishmoqning javobi

24. To‘ni silliq, tuki yo‘q,
Ichi qizil, ko‘ki yo‘q,
Uni cho‘qolmas chumchuq.

Topishmoqning javobi

25. Uyga osdik bitta nok,
Yop-yorug‘ bo‘ldi har yoq.

Topishmoqning javobi

26. Oyog‘ini yerdan uzmay chiqar tomga,
Karnaylari tebranadi har maqomga.

Topishmoqning javobi

27. Oz qo‘ysangiz: «Sol»—deydi,
Ko‘p qo‘ysangiz: «Ol!»— deydi.

Topishmoqning javobi

28. Uradi o‘rog‘i yo‘q,
Yig‘adi tirnog‘i yo‘q.
Doni bo‘lar qop-qop,
Yanchadi, to‘qmog‘i yo‘q.

Topishmoqning javobi

29. Mehmon bo‘lib bog‘ima,
Hid purkar dimog‘ima.

Topishmoqning javobi

30. Gur-gur etar, uchar ketar,
Yurtdan yurtga odam eltar.

Topishmoqning javobi

31. Shamolday uchqur,
Yo‘q oyog‘i va qo‘li.
Ko‘zga ko‘rinmas,
Charog‘on yurgan yo‘li.

Topishmoqning javobi Elektr toki.

32. Bola kelar, bola kelar,
Ilk mehr ola kelar,
Silab-siylab daraxtlarga,
Guldan marjon taqa kelar.

Topishmoqning javobi

33. Cheti gulli patir non,
Ichi to‘la g‘ij-g‘ij don.

Topishmoqning javobi Kungaboqar.

34. Oppoq sochli boshlari,
Daryo bo‘lar yoshlari.

Topishmoqning javobi

35. Yo‘rgaklangan malikam,
Tilla sochi bir tutam.

Topishmoqning javobi Makkajo‘xori.

36. Birlashtirib kiyimni,
Issiq tutadi bizni.

Topishmoqning javobi

37. Tim qora kichkina xol,
To‘xtatar yo‘lda darhol.

Topishmoqning javobi

38. Tilla yozuvli daftar,
Ichida gavhar gaplar.

Topishmoqning javobi

39. Po‘lat qushim uchdi-ketdi.
Bir zum o‘tmay Oyga yetdi.

Topishmoqning javobi

40. Bir shahar, shaharda o‘n ikki minora,
Minorada o‘ttiz deraza,
Har derazadan yigirma to‘rt o‘q uziladi.
Bu nima?

Topishmoqning javobi Bir yil. 12 oy. 30 kun. 24 soat.

41. Tashqari yoz, dim-olov,
Uychamizda muz, qirov.

Topishmoqning javobi Xolodilnik.

42. Shakli o‘xshar o‘roqqa,
Doim tutar so‘roqqa.

Topishmoqning javobi So‘roq belgisi.

43. Qishda oq gul,
Bahorda suv sochadi.
El esganda,
Tumtaraqay qochadi.

Topishmoqning javobi

44. Bir nechtadan ko‘zi bor,
Olma kabi yuzi bor.

Topishmoqning javobi

45. Asal emas, yoqadi,
Ari emas, chaqadi.

Topishmoqning javobi

46. Yer tagida yo‘li bor,
Ustida po‘lat to‘ni bor,
Shamoldan tez yeladi,
Buxorodan keladi.

Topishmoqning javobi

47. Bir daraxt bor,
Bargi kumushdan,
Mevasi oltindan.
Bu nima?

Topishmoqning javobi

48. Posbonidir u uyning,
Ko‘zi, tili yo‘q uning.

Topishmoqning javobi

49. Dengizda kema suzar,
Ketma-ket oltin uzar.

Topishmoqning javobi Paxta terish mashinasi.

50. Ko‘kda qilich yarqiraydi,
Suvda aksi yaltiraydi.

Topishmoqning javobi

51. Kunduzi ko‘rpa yopar,
Kechasi ochiq yotar.

Topishmoqning javobi

52. Bir ajoyib ishxona,
Ichi doim qishxona.

Topishmoqning javobi Xolodilnik.

53. Qip-qizilu, anormas,
Cho‘g‘ga o‘xshar, yonolmas.
Mo‘ralaydi egatdan,
Joy oladi savatdan.

Topishmoqning javobi

54. Oyog‘i yo‘q, qo‘li yo‘q,
Shoshib chopib chiqar u.
Ulkan zamin bag‘ridan,
Salom olib chiqar u.

Topishmoqning javobi

55. Ahil bo‘lib yashar doim yetmish mard,
Tani yonib, elga qiladi xizmat.

Topishmoqning javobi

56. Sen ichida tursang tikka,
Olib chiqar yuksaklikka.

Topishmoqning javobi

57. Borishda qorni och,
Qo‘shiq aytar.
Kelishda qorni to‘q,
Yig‘lab qaytar.

Topishmoqning javobi

58. Shoxi bor, ho‘kiz emas,
Egari bor, ot emas,
Xohlagan manzilinga
Yetkazadi, minsang bas.

Topishmoqning javobi

59. Shahari bor, odami yo‘q,
Daryosi bor, suvi yo‘q.

Topishmoqning javobi

60. Kosaga sho‘ng‘ib qaytadi,
Og‘izga borib yetadi.

Topishmoqning javobi

61. Ko‘rinishi yoysimon,
Ostida sonsiz tikan,
Juda nozik chashmaga,
Shu tikan erur posbon.

Topishmoqning javobi Qosh, kiprik.

62. Tagida taglik,
Boshida qalpoq,
Qalpoq tagidan
Mo‘ralab chiqar.

Topishmoqning javobi Stol lampasi.

63. Paqiri yo‘q, suv separ,
Tut qoqqanday duv separ.

Topishmoqning javobi Bulut, yomg‘ir.

64. Biri so‘zlar, biri eshitar,
Biri uni ipday pishitar.

Topishmoqning javobi Og‘iz, quloq, miya.

65. Qizil rangda tuguncha,
Ichi to‘la kulchacha.

Topishmoqning javobi

66. Olamni kezib bir-birini izlar,
Ularni yulduzlar kuzatar.

Topishmoqning javobi

67. To‘ntarilgan ko‘k qozonda
Oltin tanga qaynaydi.

Topishmoqning javobi Osmon, yulduz.

68. Patnisi bor, noni yo‘q,
Ashulachi, joni yo‘q.

Topishmoqning javobi

69. Gurillashi tegirmonday,
Lekin tegirmon emas.
Uchishlari g‘ajirday,
Lekin g‘ajir emas.

Topishmoqning javobi

70. Uyimiz nurdan,
O‘rganish bizdan,
O‘rgatish sizdan.

Topishmoqning javobi Maktab, o‘quvchi, o‘qituvchi.

71. Olmasang yarim nafas,
Yo‘ldan o‘tgani qo‘ymas.

Topishmoqning javobi

72. Beixtiyor lab yalar,
Kishi chanqog‘i qonar.

Topishmoqning javobi

73. Bir tuyam bor, guldiroq,
Hamma yeri yaltiroq.

Topishmoqning javobi

74. Toyim bor, kishnamaydi,
Yoz chog‘i ishlamaydi.

Topishmoqning javobi

75. Tepamda ko‘k dasturxon,
Dasturxonda shirmoy non.
Shirmoy non bir donadir,
Sindirilmas hech qachon.

Topishmoqning javobi

76. Kunduz kuni o‘chirib,
Tunda yoqa olmaysan.

Topishmoqning javobi

77. Qumdan yasalgan muzim,
Uyimni issiq tutar.

Topishmoqning javobi Deraza oynasi.

78. Usti berk, tagi berk, atrofi devor,
Qishda ham, yozda ham odamni yutar.

Topishmoqning javobi

79. To‘rt yonida to‘rtta oy,
Boshimga berar chiroy.

Topishmoqning javobi

80. Bir uy bor:
Ko‘r bo‘lib kirasan,
Ko‘zli bo‘lib chiqasan.

Topishmoqning javobi

81. Kelib ketar bir yilda,
To‘rt og‘ayni har xilda.

Topishmoqning javobi

82. Uzoqlarga uchsa ham,
Talpinib qanot qoqmas.

Topishmoqning javobi

83. O‘chog‘i bor, mo‘risi yo‘q,
Cho‘g‘i boru kuyasi yo‘q.

Topishmoqning javobi Elektr plitka.

84. Kichik temir ustida,
Shamoldek yelib yurar.
Egalarim kelsin, deb
Har doim kutib turar.

Topishmoqning javobi

85. Tili po‘lat shovvoz,
So‘zlay olmas beqog‘oz.

Topishmoqning javobi

86. Sandiq to‘la pista-bodom,
Ochib ko‘r, bo‘lsang odam.
Xosiyati ko‘p, olam-olam,
Terib ol uni har dam.

Topishmoqning javobi

87. Kechasi oftobdek,
Kunduzi koptokdek.

Topishmoqning javobi

88. Hammomi bor o‘rtasida,
Burnida bir teshikcha.
Boshida bor tugmasi,
Bir qo‘li bor yonboshida.

Topishmoqning javobi

89. Bir vaqtda oladi,
Ko‘lankangiz qoladi.

Topishmoqning javobi Fotoapparat.

90. Tunda chiqar onasi,
Necha minglab bolasi.
Bekinishar qo‘rqqandan
Kelib qolsa otasi.

Topishmoqning javobi Oy, yulduz, quyosh.

91. Uyimizga in qo‘ygan,
Tilla qushu tilla qush.
Kech kirganda yashnasang,
Odamlarning ko‘ngli xush.

Topishmoqning javobi

92. Suv ostida turar poylab,
O‘ljaga nayzasin shaylab.

Topishmoqning javobi

93. Tarvuzim bor urug‘siz,
Pichoq bilan kesilmas.
Kesganingda ham uni
Maza qilib yeb bo‘lmas.

Topishmoqning javobi

94. Oltin kosada toshib turar,
Dala husnin ochib turar.

Topishmoqning javobi

95. Daraxtda to‘q-qizil,
Bir olma pishdi.
Ikkiga ajratsam,
Munchoqlar tushdi.

Topishmoqning javobi

96. Chirmandasi osmonda,
Raqsi yerda, har yonda.

Topishmoqning javobi Momaqaldiroq, yomg‘ir.

97. O‘zi oriq,
Qorni yoriq.

Topishmoqning javobi

98. Ukamga o‘xshar o‘zi,
Aslo yumilmas ko‘zi.

Topishmoqning javobi

99. Mening bitta oshnam bor:
To‘rtta o‘g‘li bor,
Un ikkita nevarasi bor,
Har qaysisining nomlari bor.

Topishmoqning javobi Bir yil, to‘rt fasl, 12 oy.

100. O‘zi turar o‘rnida,
Qo‘li ketgan har yoqqa.

Topishmoqning javobi Elektr stolbasi, tok simi.

101. Kelsangiz ham, ketsangiz ham har zamonda,
Qo‘l berishni, yo‘l berishni qilmas kanda.

Topishmoqning javobi

102. Yashab yetmish yetti kun,
Kiyar yetmish yetti tun,
Kuzda uzib olinar,
Ovqatlarga solinar.

Topishmoqning javobi

103. Kiygan ko‘ylagi o‘ziga foydasiz.

Topishmoqning javobi Ipak qurti.

104. O‘zi qator joylangan,
Bir-biriga boylangan.
Bir-birini kuzatar,
Behisob nur uzatar.

Topishmoqning javobi Elektr stolbasi, tok.

105. Katta quti, ko‘zi bor,
Ko‘p tomosha, so‘zi bor.

Topishmoqning javobi

106. Osmon chirog‘i
Yondi-yu o‘chdi.

Topishmoqning javobi

107. Bir tishi bor tishlaydi,
Tishlaganda kishnaydi.
Kishnab-kishnab ishlaydi,
Ishlab ko‘nglin xushlaydi.

Topishmoqning javobi Tikish mashinasi.

108. Ko‘zi yaltiraydi,
Ichi qaltiraydi.

Topishmoqning javobi Avtomashina.

109. Ortib, achchiq qizil meva,
Oq dengizda suzar kema.

Topishmoqning javobi

110. Tinmas bitta,
Tinglar mingta.

Topishmoqning javobi

111. Ikki o‘rim sochi bor,
Qotma, qing‘ir qanoti.
Yukni yengil qilar,
Yelka minish odati.

Topishmoqning javobi

112. Vaqti bilan soch tishlar,
Oynaga qarab ishlar.

Topishmoqning javobi

113. Yum-yumaloq, oy emas,
Sap-sarig‘u — moy emas.
Dumi ham bor, toy emas.

Topishmoqning javobi

114. Jo‘shib kuylar akasi,
Raqsga tushar ukasi.

Topishmoqning javobi Shamol, o‘simlik.

115. Son-sanoqsiz qilichli,
Uzun bo‘yli bahodir.
Yetar uzala tushib,
Shovillab bexavotir.

Topishmoqning javobi

116. Radio desam, radio emas,
Kino desam, kino emas.
Eshitasan so‘zini
Ham ko‘rasan o‘zini.

Topishmoqning javobi

117. Yerga tushsa loy qilar,
Dehqonlarni boy qilar.

Topishmoqning javobi

118. Yotar yumshoq ko‘rpada,
Qator o‘sar har safda.
Barglari ham yam-yashil.
Tusi tilladan asil.

Topishmoqning javobi

119. Suvga solsam botmaydi,
Baliqlar ham yutmaydi.

Topishmoqning javobi Qarmoq po‘kagi.

120. Bog‘lab qo‘ysang — yuradi,
Yechib qo‘ysang — turadi.

Topishmoqning javobi

121. Qo‘l bilan ekiladi,
Ko‘z bilan teriladi,
Og‘iz bilan o‘riladi.

Topishmoqning javobi Daftar, yozuv.

122. Xuddi o‘xshar mirza terakka,
Yo‘lda doim turar tikka.

Topishmoqning javobi Undov belgisi.

123. Qo‘shnimnikiga kirsam,
Ikki ming ishchisi ishlayapti.

Topishmoqning javobi

124. Rangi har xil,
Nomi bir xil.

Topishmoqning javobi Rangli qalam.

125. Ikki qo‘shni, ikki do‘st,
Yonma-yon turishadi.
Yig‘lashsa birga yig‘lab,
Baravar kulishadi.

Topishmoqning javobi

126. Qo‘li yo‘q, likop ushlar,
Qo‘shig‘i dilni xushlar.

Topishmoqning javobi

127. «O» — desam, ochiladi,
«B» — desam, berkiladi.

Topishmoqning javobi

128. Makonidir dalalar,
Yer tagida bolalar.

Topishmoqning javobi

129. Yanvar bobo novvot sotdi,
Olgan edim qo‘lim qotdi.

Topishmoqning javobi

130. Yozib kumush poyondoz,
Sovuqda elar shakar.
Sharbatsiz yasar novvot,
Toping siz bermay shahar.

Topishmoqning javobi

131. Sochning tolidan ham ingichka,
Ipning ustida yurar.

Topishmoqning javobi

132. Ko‘rinishi kalta arqon,
Qo‘l-oyoqsiz chopar chaqqon.

Topishmoqning javobi

133. Og‘zi yo‘g‘u tishi bor,
Boshimizda ishi bor.

Topishmoqning javobi

134. Xo‘roz desam qand,
Qand desam xo‘roz.

Topishmoqning javobi

135. Qishin-yozin bir yo‘ldan yurgani-yurgan,
Lekin xonaga xatlab kira olmaydi.

Topishmoqning javobi

136. Suv emas, simda oqar,
O‘t emas, chiroq yoqar.

Topishmoqning javobi Elektr toki.

137. Kiyik ko‘zli, qalam qosh,
Undan bo‘lar shirin osh.

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

Topishmoqcha : Shahari bor, odami yo’q,
Daryosi bor, suvi yo’q.
Ushbu topishmoqni javobini topinglar �� Egamqulova Gulsevar : Javobi xarita aniq bilaman. Menimcha bu topishmoq javobi Qabriston bo’lsa kerak. Menimcha bu topishmoqning javobi «Qabriston» bo’lsa kerak, yana bilmadim. Harita ekanligi aniq bo’lib turiptiku. Javob harita 100% ishonaman javobimga. Nomi o’ziga mos topishmoqlar ekan, barchasi haqiqatdanham men o’ylaganimdanda qiziqarliroq ekan. Xarita albatta. Xarita deb òylayman Albatta xarita Salom hammaga, topishmoqlar juda qiziqarli ekan, menga yoqdi. Yer xaritasi Men ham yer xaritasi deb òylayman. Muhammadali : Muhammadali : Baland temir uyi bor,
Burni toğlarni surar. qiyin emas Tug’ilganda uchadi, yashaganda yotadi, o’lganda oqib ketadi. Bu nima? Barcha topishmoqlar zo’r chiqipti. Ustozimdan besh oladigan bo’ldim. Sizlargaham tavsiya etaman. Bu topishmoq javobi xarita. Aniq javob. Kumushbibi : Zoʻr chiqibdi topishmoqlar, yana yangilaridan bo’lsa yuklab beringlar iltimos. Абдурахмон : Bu topishmoq javobi Globus yoki Xarita bo’lsa kerak deb o’ylayman. Ushbu savolga javob harita! Bu topishmoqning javobi aniq xarita!

Buning javobi aniq xarita, chunki shahari bor odami yo’q deyilayapdi, daryosi bor suvi yo’q deyelayapdi aniq xarita!

Topishmoqcha : Ushbu topishmoqning javobi xarita �� Ushbu topishmoqning javobi Globus. kkkkkkkkkkklklklkl : Raxmatilloyevajasmina : Chiziladi ko’kda qalamsiz
Har xil boyoq rassomsiz
TOPISHMOQ CHiziladi ko‘kda qalamsiz,
Har-xil bo’yoq rassomsiz,
Bu topishmoqning javobi (Kamalak). Men qidirayotgan topishmoq chiqmadi. Qidirgan narsalar chiqmadi. Juda ham ajoyib ishlaringizga omad

Assalomu alayko‘m Nilufar. Fikringizdan judaham mamnunmiz. Topishmoqlar to‘plamini sizga foydasi tekkanidan hursandmiz. Sizni kelgusida yana Web-saytimizda kutib qolamiz.

Topishmoqlar juda qiziq ekan Salom Maftuna. Topishmoqlar sizga yoqganidan xursandmiz. Qimmatli fikringiz uchun tashakkur. менга йокди ажойиб топишмоклар екан Muhammadali : Ha juda qiziq

Barchaga salom. Manabu topishmoqni javobini kim biladi? «Qishda uxlab yalang’och, bahorda qo’yar yashil soch.» Kim bilsa iltimos yozib yuboringlar.

Men bitta topishmoq aytmoqchidim Ha juda qiziq ekan Juda zo’r rahmat. Salom Alisher. Fikringizdan bag’oyatda mamnunmiz. Topishmoqlar juda zor men topishmoqqa judayam qiziqaman

Soliha assalomu alayko’m. Aqilni charxlashda topishmoqlarni o’rni beqiyos. Fikringiz uchun alohida tashakkur.

Abu bandit : mangayam yoqti Fikringiz uchun alohida tashakkur. Juda zzzóóórrr Olmasang yarim nafas
Yo’ldan o’tgani qo’ymas Qo’l bilan ekadi. Ko’z bilan teradi.og’iz bilan o’qiydi topishmoqiga javob Harf javobi Javobi «Daftar,yozuv» Yoqdi sal-pal

Menga o‘zi qator joylangan bir-biriga boylangan bir-birini kuzatar behisob nur uzatar topishmoqni javobini aytsalaringi
z

Ha juda qiziq ekan Elektr stolbasi, tok Topishmoqlar juda zo’r Tinmay yuradi,tangaday joy oladi? Topishmoqning javobini kim biladi? Zõr otlichno qiyin emas yerga tushsa loy qilar, Dehqonlarni boy qilar. Salom E’zoza, menimcha bu topishmoqning javobi yomg’ir bo’lsa kerak.

Salom hammaga topishmoqlar zoʻr manga yoqdi ������ 1.Oʻzi koʻm koʻk yuzi qip qizil.
2.yer tagida oltin qayish.
3.kichkina kelinchak, boshida tugunchak.
4.bodom kabi yaprogʻi, sollanadi butogʻi.
5.osh ichida tosh, tosh ichida osh.
6.ikki timing orasida bir tup yantoq.
7.qirq hujrada qizil qizlar.
8.Kichkina qozonning oshi totli. Shu topishmoqlarni topishga yordamlashvorela

Qoyilmaqom zo’r malumotlar portali

Karta bo’lsa kerak. To’g’risini aytsam topishmoq qidirayotgan edim keyin shu topishmoqni ko’rib qoldim.

Barcha yoshdagi kishilar uchun juda zo’r va qiziqarli topishmoqlar bor ekan. Barcha yoshdagi kishilar uchun zo’r va qiziqarli topishmoqlar bor ekan.

Juda zo’r topishmoqlar ekan, deyarli barcha topishmoqlarni javobini mustaqil ravishda o’zim topdim, bu bilan topishmoqlarni javobi oson demoqchi emasman.

Mani fikrim a’lo darajada, juda qiziqarli topishmoqlar ekan. Bir qizim bor, kelgan ketgan uni o’par — topishmog’ini javobi nima ekan? Ushbu topishmoqnig javobi Piyola. Qozonda emas qaynaydi, qishin yozin tinmaydi — topishmoqning javobi nima?

Assalomalayko’m, topishmoqlar zo’r chiqibdi, men o’ylaganimdan ham qiziqarliroq ekan, ishlaringizga omad tilayman…

Topishmoqcha : Otasi uzin xo’ja, onasi yoyma xotin, bolasi shirin shakar. Shu topishmoqni javobini kim biladi? Topishmoqlar Juda ham qiziqarli ekan ishlaringizga omad ��

Bu saytni tashkil qilganlarga raxmat deyman, juda ajoyib topishmoqlar qolaversa qiziqarli malumnotlarham bor ekan.

Umuman tushunarsiz qaysi javobligini bilib bo’lmaydi. Manga topishmoqlar juda yoqdi, fikrim zo’r! Menga topishmoqlar juda yoqdi, fikrim juda zo’r-zo’r. Assalomu alayko’m barchaga. «Quduq ichida quduq og’zini parda yopadi» Shuni jovobini bilasizlarmi?

Menga sizlar tuzgan topishmoqlar juda yoqdi. Sizlar bizga o’xshagan bolalarning zehnlarini manabunday topishmoqlarda oshirasizlar. Sizlarga katta raxmat. Mening fikrim shu. Raxmat sizlarga.

Topishmoqlaringiz juda qiziqarli ekan. Menga juda yoqdi!

Juda yaxshi ekan, yana topishmoq tashlang, raxmat sizlarga, manabu topishmoq menga yoqdi «Tashqari yoz dim-olov, Uychamizda muz, qirov (xalodelnik).

Assalomu alayko’m barchaga. «Bir teshikdan kirib uch teshikdan chiqadi» Shuni jovobini bilasizlarmi? Menga yoqdi, men topishmoqlarga qiziqaman, menga yoqdi ishingizga omad rahmat. Juda ham zo’r topishmoqlar ekan, ishingizga omad tilayman. Nurmuhammad : Menga topishmoqlar yoqdi. Ular Juda foydali ekan. Menga Juda katta yordam berdi.

Topishmoqlar menga judayam yoqdi, ular judayam qiziqarli va ajoyibotlar. Bunday topishmoqlar mening xotiramni mustahkamlashga juda katta yordam berdi, men bundan xursandman.

So‘nggi yuklangan mavzular Ko‘p o‘qilgan mavzular Bo‘limlardan birini tanlang

Kitob va yozuv haqida topishmoqlar

Kitob haqida topishmoqlar. Yozuv haqida topishmoqlar. Barcha topishmoqlar javobi bilan. Eng sara topishmoqlar to’plami.

1. Daraxt emas, yaproqli,
Ko‘ylak emas, etakli,
Odam emas so‘zlaydi,
Turli kuylar kuylaydi.

Topishmoqning javobi

2. Ustida qopqoq,
Tagida qopqoq,
Ichinda yaproq.

Topishmoqning javobi

3. Tilsiz, aql o‘rgatar.

Topishmoqning javobi

4. Bodomcha bodomcha bilan,
Etti kalit tom bilan.
Ne ko‘zi bor, ne og‘zi bor,
So‘ylashadi odam bilan.

Topishmoqning javobi

5. Oq yer ochdim,
Qora bug‘doy sochdim.

Topishmoqning javobi
(Qog‘oz, yozuv)

6. Qo‘l bilan ekilar,
Og‘iz bilan yig‘ilar.

Topishmoqning javobi
(Yozish, o‘qish)

7. Tog‘dan tayladim sinmadi,
Suvga tayladim sindi.

Topishmoqning javobi

8. Sirti tayoq,
Ichi bo‘yoq

Topishmoqning javobi

9. Uzun bo‘yli,
Yo‘rma to‘nli.

Topishmoqning javobi
(Qamish qalam)

Topishmoqlar javobi bilan — eng sara va qiziqarlilari!

O‘quvchilar, bolalar, va kattalar uchun saralangan, qiziqarli, ko‘ngilochar va mantiqiy topishmoqlar, yoshlikni eslaymiz.

Barcha xalqlar og‘zaki ijodining eng sevimli, qiziqarli va o‘ziga xos turi topishmoqlar hisoblanadi. Topishmoqlarni ba’zan «topmacha», «jumboq», «matal» deb atashgan. Mumtoz adabiyotda ular «chiston» ham deyiladi. Topishmoq hammabop ommaviy janrdir. Ularda xalq hayotining barcha qirralari — turmush madaniyati, urf-odatlari va boshqa jihatlari, inson va uni o‘rab olgan olam o‘xshatishlar, taqqoslashlar, savollar vositasida ifodalanadi. Topishmoqda yashirin ma’no ko‘pincha majoziy shaklda keltiriladi, aniqrog‘i, narsa nomi biron-bir qush, hayvon, buyum, o‘simlikka qiyoslangan holda beriladi. Topishmoqni yechmoqchi bo‘lgan kishi unda keltirilgan ko‘chma belgilarini xayolida mantiqan solishtiradi va uni hayotdagi belgilarga to‘g‘ri kelishiga qarab javobni topadi. Topishmoq, awalo, aqlni chiniqtiradigan, ayniqsa, bolalarni yoshlikdan mantiqiy fikrlashga undaydigan tarbiya vositasi bo‘lsa, ayni paytda ko‘ngilochar o‘yin ham hisoblanadi. Topishmoq shunday ajoyib janrki, unda g‘ayritabiiy tuyulgan narsa aslida siz bilan biz kundalik hayotda ko‘rib-bilib turgan narsa bo‘lib chiqadi. Quyida bolalar va kattalar uchun birdek manzur bo‘ladigan qiziqarli va mantiqiy topishmoqlarni keltirmoqdamiz. Topishmoqning javobini tekshirish uchun “Topishmoqning javobi” tugmasini bosish kifoya. Xuddi shu tugma qayta bosilganda javobi yana yashiriladi.