Jonli suhbatlarga vaqt ajrating: ongingizga ta’sir qiladigan 6 ta eng zararli yozgi odat
Tarix oldida bu muddat kiprik qoqqanchilik lahzalarga teng davr hisoblanadi. O’tgan yigirma olti yil mohiyatan yurtimiz tarixida o’ta mas’uliyatli va sharafli davrni tashkil etdi. SHu davr mobaynida har birimizning hayotimizda, mamlakat taqdirida muhim va keskin o’zgarishlar yuz berdi, turmush tarzimiz o’zgarib, o’zligimizni anglay boshladik. Qisqa davr ichida davlat va jamiyat qurilishida, huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, eng muhimi odamlarimizning ongu-shuurida tom ma’noda yangicha qarash va yangicha fikrlash tuyg’usi shakllanib ulgurdi.
Avtoga «chiroyli» raqam: 5 ta muammoli vaziyatda undan ayrilib qolmaslik usullari
Mashinaga o‘zi istagan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqamini (keyingi o‘rinlarda – raqam) olish uchun fuqarolar maxsus onlayn-auksionda rekord darajadagi summalarni sarflashmoqda. Bunday investitsiyalar huquqiy nuqtai nazardan xavfsiz yoki yo‘qligiga Norma.uz aniqlik kiritishga harakat qildi.
Eslatib o‘tamiz, raqamlar turiga qarab 3 usulda beriladi:
• «sodda» («oddiy») raqamlar – qat’iy tartib bo‘yicha (raqamlarning o‘sib borish tartibiga muvofiq);
• maxsus ro‘yxatga kiritilgan «chiroyli» raqamlar – maxsus onlayn-auksion orqali (boshlang‘ich narxi EKIHning 35 dan 130 baravarigacha);
• «o‘zingga tuzib ol» turidagi raqamlar (ya’ni «chiroyli» raqamlar ro‘yxatiga kiritilmagan harf va raqamlarning istalgan kombinatsiyasi bilan) – DYHXXning hududiy bo‘linmalariga ariza bo‘yicha oshirilgan stavka bo‘yicha to‘lov bilan (EKIHning 150 baravari).
Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 27-bandida har qanday raqam avtotransport vositasi egasining mulki hisoblanmasdan, ulardan qat’iyan maqsadli foydalanilishi uchun unga taqdim etiladi, deb aniq va tushunarli yozib qo‘yilganini inobatga oling. Ya’ni, katta pul sarflab ham hech kim raqamni o‘z mol-mulkidek erkin tasarruf qilishga haqli emas.
Biroq davlat raqam saqlanishining qator kafolatlarni taqdim etgan.
Mashina sotilganda (hadya qilinganda, almashtirilganda)
Agar avtomobil sotilgan bo‘lsa, uning oldingi va yangi egasi «chiroyli» raqam yoki «o‘zingga tuzib ol» turidagi raqam qay birlarida qolishini hal etib olishlari kerak bo‘ladi. «Sodda» raqamlar mashina bilan birga yangi egasiga o‘tadi yoki yo‘q qilinadi.
«Chiroyli» yoki «o‘zingga tuzib ol» raqamining oldingi egasi ustuvorlikka ega, ya’ni DYHXXga mazkur raqamni o‘zida saqlab qolish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etishi mumkin. Raqamning oldingi egasi uni boshqa avtoga o‘rnatguniga qadar DYHXX uni o‘zida bepul saqlaydi. Ammo raqam 12 oy ichida talab qilib olinmagan taqdirda oldingi egasining huquqlari bekor qilinadi.
Raqam avtoning oldingi egasi uchun saqlanmagan taqdirda uning yangi egasi raqamni olishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun ham ariza topshirish talab etiladi.
Avto boshqa hududga sotilgan taqdirda, agar uning oldingi egasi raqamni o‘zida saqlab qolish to‘g‘risida ariza topshirmagan bo‘lsa, raqam yangi ro‘yxatdan o‘tkazish joyi bo‘yicha shunchaki yo‘q qilinadi. Ushbu raqam yangi savdolar uchun qaytadan tayyorlanishi mumkin.
Raqam egasi uni boshqa shaxsga sotish (hadya qilish)ni xohlagan taqdirda
«Chiroyli» yoki «o‘zingga tuzib ol» turidagi raqamni avtomobildan alohida sotish mumkin emas, chunki u har doim davlat mulkida qoladi. Biroq texnik jihatdan raqamning o‘zini yaqin qarindoshlarga alohida berish mumkin. Buning uchun:
1) avtomobilni sotish (hadya qilish, almashtirish);
2) DYHXXga raqamni oldingi egasida saqlab qolish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etish;
3) raqamni yaqin qarindoshga (ota-ona, tug‘ishgan va tutingan aka-uka, opa-singil, er-xotin, farzandlar, shu jumladan, asrab olingan, buva, buvi, nabira, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va tutingan aka-uka va opa-singillari) yoki birgalikdagi mulk huquqiga ega shaxsga (odatda, er yoki xotin) berish iltimosi bilan DYHXXga ariza bilan murojaat etish zarur. Bunda mazkur raqam qaysi avtomobilga o‘rnatilishini ko‘rsatib o‘tish talab etiladi.
Izoh: yuridik shaxsdan «chiroyli» yoki «o‘zingga tuzib ol» raqamlari faqat quyidagilarga ro‘yxatdan o‘tkaziladigan (o‘tkazilgan) avtotransport vositasiga berilishi mumkin:
• o‘sha yuridik shaxsning nomiga – avtotransport vositasining oldingi egasi tomonidan;
• uning huquqiy vorisi nomiga (nomini o‘zgartirish, birlashtirish, qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish yoki yuridik shaxsni qayta tuzish);
• boshqa yuridik shaxs nomiga – avtoning oldingi egasining ishtirokchisi (muassisi, a’zosi) tomonidan;
• mashinaning oldingi egasi ishtirokchi (muassis, a’zo) bo‘lgan boshqa yuridik shaxs nomiga.
Avto bilan birga «sotish» varianti: Raqam sotuvchisi arzonroq narxdagi avtomobilni sotib oladi, DYHXXga tegishli arizani topshirish yo‘li bilan unga «chiroyli» yoki «o‘zingga tuzib ol» raqamini o‘rnatadi. Shundan keyin arzon avtomobil qimmatbaho raqam bilan birga sotiladi (hadya qilinadi va h.k). Avtomobilni DYHXXda rasmiylashtirganda transport vositasining yangi egasi raqamni o‘zida saqlab qolish to‘g‘risida ariza topshiradi. So‘ngra, rasmiylashtirilgandan keyin raqamni boshqa avtoga qayta o‘rnatish to‘g‘risida navbatdagi ariza topshiriladi. Yugur-yugur va sarf-xarajatlar ko‘p, ammo bu yo‘l maqsadga eltadi.
Raqamni berish mashina bilan bog‘liq rasmiy bitimlardan «tushirib qoldirilishi» bois, taraflar o‘rtasida oldingi egasi muayyan summa evaziga raqamga bo‘lgan huquqdan voz kechishi to‘g‘risida alohida kelishuv (yoki tilxat) tuzishni tavsiya qilamiz. Bu yerning o‘zida pul avtoning oldingi egasiga topshirilganligi va u qabul qilib olganini ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu har ikkala tarafni majburiyatlar buzilishi xavfidan saqlaydi.
Raqamga ziyon yetganda
«Chiroyli» yoki «o‘zingga tuzib ol» raqamiga zarar yetgan taqdirda DYHXX hududiy organlari avtotransport vositasining ro‘yxatga olish ma’lumotlari asosida uning dublikati berilishini ta’minlaydi. Dublikatlar DYHXX hududiy organi buyurtmasiga binoan tayyorlanadi. Dublikatlar olingunga qadar davrda ilgari foydalanilgan yaroqli raqamlar tegishli haq undirilmasdan berilishi mumkin.
Dublikat berilganligi uchun «sodda» raqam uchun to‘lovning yarim stavkasini to‘lashga to‘g‘ri keladi. Qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgartirishlarga binoan ushbu taomil 8 kungacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi.
Raqam o‘g‘irlanganda yoki yo‘qotib qo‘yilganda
Yo‘qotilgan yoki o‘g‘irlangan har qanday, shu jumladan, «chiroyli» va «o‘zingga tuzib ol» raqamlari uchun ularning dublikatlarini berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Faqatgina ularni topib olishlariga umid qilish mumkin. Topilganida – uning egasi arizasiga ko‘ra qaytarishadi.
Mashina o‘g‘irlanganda yoki olib qochilganda ham shunday tartib qo‘llaniladi.
Egasi vafot etganda
Avtomobil egasining vorislari merosga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni (qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma, vasiyatnoma) taqdim etgan taqdirda meros qoldiruvchining «chiroyli» yoki «o‘zingga tuzib ol» raqamini olishga haqli bo‘ladilar.
Jonli suhbatlarga vaqt ajrating: ongingizga ta’sir qiladigan 6 ta eng zararli yozgi odat
Agar yozda energiya yetarli ekanini his qilmasangiz va ko‘zguga qaraganda o‘zingizdan norozi bo‘lsangiz, bu zararli odatlaringizni yaxshilariga o‘zgartirish lozimligi haqidagi belgi! Psixolog Roman Talanov birinchi navbatda nimadan voz kechish kerakligini aytib o‘tdi.
Foto: The Voice Mag
Quyoshdan ehtiyot bo‘ling
Haddan tashqari ko‘p quyosh nuri organizmga umumiy holat nuqtayi nazaridan, hatto, psixikaga ta’sir qilishi mumkin. Issiqda ko‘proq charchoq, bosh og‘rig‘i va uyqu bilan bog‘liq muammolarga duch kelamiz. Shuning uchun boshni issiqdan saqlovchi panamalar haqida unutmang va soyada ko‘proq vaqt o‘tkazishga harakat qiling.
Uyqu va ovqatlanishning buzilishi
Muvozanati buzilgan uyqu va ovqatlanish rejimi tashqi ko‘rinishimizga, psixo-emotsional holatimizga ta’sir qiladi. Yozda sabzavot va mevalarga e’tibor bering, ayni paytda ratsiondagi go‘sht miqdorini cheklang. Kuniga kamida sakkiz soat dam olishni unutmang, hatto, yetarlicha uxlayotganga o‘xshasangiz ham.
Odatiy ishlarni kechiktirmang
Bir yil davomida kunning ma’lum bir algoritmini ishlab chiqamiz va uni avtomatik ravishda kuzatib boramiz. Biroq yozda odatiy rejimga rioya qilish qiyinroq bo‘ladi: ba’zan majburiy vazifalarni ham kuzgacha qoldirmoqchi bo‘lasiz. Ortiqcha dam olishingizga yo‘l qo‘ymang va har doim buning oqibatlari haqida o‘ylang.
Priotetlaringizni yo‘qotmang
Ta’tilda dam olishga butkul sho‘ng‘ib ketmang. O‘qish yoki kelajak uchun rejalar tuzishga ko‘proq vaqt ajratishga harakat qiling. Bu ta’tildan ish kunlariga qaytishingizni osonlashtiradi.
Jonli suhbatga vaqt ajrating
Internet, televizor va behuda o‘yin-kulgilarga qaramlik psixikaga salbiy ta’sir qiladi va rivojlanishga to‘sqinlik qiladi. Aksincha, o‘zingizni foydali va yoqimli narsalar bilan band qiling: oila a’zolar, do‘stlar bilan sayr qilish, kitobxonlik, ko‘rgazmalar, ochiq havoda konsertlarga borish va hokazo!
O‘zingizni dala ishlari bilan charchatmang
Dala hovli dam olish uchun ajoyib, lekin siz bog‘da ishlash uchun barcha kuchingizni sarflamasligingiz kerak. O‘zingizni ortiqcha zo‘riqtirmang, ko‘p suv iching va soyada dam oling. Ota-onangizga ham xuddi shunday odatlarni singdirishni unutmang!
Mavzuga doir
O’zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o’zgarishlar mazmun va mohiyati Reja
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoniga sharh e’lon qilindi.
Mamlakat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida keng ko‘lamli islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat boshqaruvining mutlaqo yangi va samarali faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni talab qiladi.
Shu munosabat bilan mamlakatda davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish uchun elektron portallar va ma’lumotlar bazalari yaratildi.
Xususan, ruxsat beruvchi hujjatlar va litsenziya olishni soddalashtirish uchun www.license.gov.uz, «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash uchun birdarcha.uz veb-saytlari yaratildi. Davlat xizmatlarini qayta ko‘rib chiqish va optimallashtirish natijasida tadbirkorlik subektlarini ro‘yxatga olishning tartib-taomillari 4-martaga, ro‘yxatga olish uchun zarur vaqt esa 30 daqiqaga qadar qisqartirildi.
Shu bilan birga, so‘nggi yilda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarning obektiv tahlili, davlat boshqaruvi organlari faoliyati, aholi bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot natijalari mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli hal etishga ehtiyoj vujudga kelganligini ko‘rsatdi.
Bugungi kunga kelib mamlakatimiz o’z mustaqil taraqqiyot yo’lining yigirma olti yilligini nishonlash arafasida turibdi.
Tarix oldida bu muddat kiprik qoqqanchilik lahzalarga teng davr hisoblanadi. O’tgan yigirma olti yil mohiyatan yurtimiz tarixida o’ta mas’uliyatli va sharafli davrni tashkil etdi. SHu davr mobaynida har birimizning hayotimizda, mamlakat taqdirida muhim va keskin o’zgarishlar yuz berdi, turmush tarzimiz o’zgarib, o’zligimizni anglay boshladik. Qisqa davr ichida davlat va jamiyat qurilishida, huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, eng muhimi odamlarimizning ongu-shuurida tom ma’noda yangicha qarash va yangicha fikrlash tuyg’usi shakllanib ulgurdi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan yurtimizda ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etildi. Istiqlolimizning ilk yillaridayoq, yurtboshimiz yuksak demokratik talablarni hayotimizga to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati barpo qilish, farovon hayotga erishish bir-bir bilan chambarchas bog’liq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanligini ta’kidlab, bunday darajaga ko’tarilish hech qachon osonlikcha kechmasligini uqdirib o’tgan edilar. I.A.Karimov “O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” risolasida mamlakat mustaqillikka erishgandan so’ng dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini tahlil qilib, O’zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o’zagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab berdilar. Nazariy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur yashab turgan fuqarolarning taqdirigina emas, balki ularning kelajak avlodlarining taqdirini ham o’ylab tuzilgan bo’lib, o’sha davrda hukmron bo’lgan yakka hokimlik tizimining illatlarini tezroq bartaraf etish, mamlakatimizni rivojlangan, madaniyatli mamlakatlar darajasiga chiqib olishini ta’minlashni ko’zda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Islom Karimov nomi bilan jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli edi.Taraqqiyotning o’zbek modeli quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
– birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ya’ni iqtisodiyot siyosatdan ustun bo’lishi kerak. SHuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur;
-ikkinchidan, o’tish davrida davlat asosiy islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart;
-uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni barcha hech istisnosiz hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim;
-to’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish kerak.
-beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiyotning ob’ektiv qonun-larini e’tiborga olib, yaqin o’tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya’ni evolyutsion yo’l bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning evolyutsiya yo’lining tanlab olinganligi o’zining an’anaviy og’ir-bosiqligi, puxta o’ylab qaror qabul qilishga ruhan moyilligi hamda tinchliksevarligi tufayli bir holatdan ikkinchisiga, ayniqsa turmush tarzida, sakrab o’tishga rag’bati yo’q o’zbek xalqining fikrlash tarziga aynan mosdir.
Yana shu narsa ham g’oyat muhimdirki, bozor taraqqiyotining bosqichli jarayoni davlatning tub ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni ahillik vaziyatida, jamiyatning qo’llab-quvvatlashiga tayanib amalga oshirish imkonini beradi.
Islohotlarning o’zbek modeli bundan oldin yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modeli bo’ldi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida avval-boshdan ana shu nozik jihatga alohida e’tibor qaratildi. Barcha o’zgarishlar va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlari qo’yildi. Bugungi kunda ham o’zgarishlar jarayonining mohiyatida islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun, degan tamoyil mujassamdir.
Shunday ekan, demokratik jamiyat qurishdan ko’zlangan maqsad yurtimizda istiqomat qiladigan barcha insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlar kabi kafolatlangan yuksak turmush darajasi hamda erkinliklarni ta’minlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish uchun birlamchi ahamiyat kasb etgan, ya’ni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratildi. Iqtisodiy islohotlar esa o’z o’rnida jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda davlat qurilishi sohalaridagi tub islohotlar bilan chambarchas, uzviy bog’liqlikda amalga oshirib kelinmoqda.
Bozor munosabatlari sharoitida aholining ish bilan bandligini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, ishsizlik muammosining mavjudligi bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir. Shunday ekan, ishsizlik muammosini o‘rganishdan asosiy maqsad – aholining ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Jahonda ro‘y berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ta’sirida dunyo bo‘yicha 56 million kishidan ortiq ishsizlar armiyasi vujudga kelgan bir sharoitda O‘zbekistonda yuz minglab yangidan-yangi ish o‘rinlari tashkil etilmoqda. Buning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, bu yerda yangi ish o‘rinlarini yaratishning o‘ziga xos mexanizmlari tarkib topib, bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha izchil amal qilib kelmoqda.
Mamlakatda aholini samarali muhofaza qilishga yo‘naltirilgan maqsad- chora-tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy o‘sish va bandlik sur’atlari aholi farovonligini oshirishni ta’minlamoqda. Aholi real daromadlarining oshishida respublikada makroiqtisodiy sharoitning qulayligi, iqtisodiy o‘sishning tez sur’atlarda oshishi, inflyatsiyaning sezilarli darajada pasaygani, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va aholini aniq ijtimoiy himoya qilishning kuchaygani ham asosiy omil boiib xizmat qilmoqda.
So‘nggi yillarda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq miqdorlarini kamaytirish, inflyatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida aholining yalpi va real daromadlari sezilarli ravishda oshdi, uning xarid qobiliyati barqaror suratda o‘sib bormoqda. Jumladan, 2009-yilda 2000-yilga nisbatan o‘rtacha ish haqi 28,5 barobar, pensiyalarning o‘rtacha miqdori qariyb 18 barobar, aholi jon boshiga nisbatan pul daromadlari esa 12 barobar oshgan boisa, birgina 2012-yilning o‘zida byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdori esa 26,5 foizga, aholining real daromadlari yil mobaynida 17,5 foizga ortdi. Umuman, aholi jon boshiga real daromadlar 2000-yilga nisbatan 8,6 marta, o‘rtacha ish haqi esa iste’mol savatchasi qiymatidan 4 martadan ko‘proq oshdi.
Aholining o‘sib borayotgan to’lov qobiliyati bilan mamlakat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlari hajmi o‘rtasida ichki bozorda mutanosiblikni ta’minlash, bunday mahsulotlar turini kengaytirish, bozorlami ular bilan ishonchli tarzda toidirib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, aholining turmush farovonligi ko‘p jihatdan uning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasiga bog’liq. Mazkur masalani hal etishda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish, dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyatlaridan yanada samarali foydalanish zarur boiadi.
Aholi turmush darajasini yaxshilash va ularga qulayliklar yaratish jarayonida xonadonlarni gazlashtirish va aholi uchun yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxini belgilash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat aholisiga tabiiy gaz qo‘shni davlatlardagiga nisbatan arzon narxlarda yetkazib beriladi. Masalan, aholiga 1 ming m3 hajmdagi tabiiy gazni sotish uchun Qirg‘izistonda 309 dollar, Tojikistonda 303,5 dollar, Qozog‘istonda 100-140 dollar, O’zbekistonda esa 30 dollar narx belgilangan. Shuningdek, mamlakat mustaqillikka erishgach, aholi uy-joylari va xonadonlarni gazlashtirishga katta e4ibor qaratildi. Ayniqsa, bu borada shahar va qishloqlaming gaz bilan ta’minlanish darajasi o‘rtasidagi tafovutni keskin qisqartirishga ahamiyat berildi. Buning natijasida 2010-yilda mamlakatdagi xonadonlaming gaz bilan ta’minlanish darajasi shahar joylarda 85 foizni, qishloq joylarda esa 78,7 foizni tashkil etdi. Shu kunga qadar jami gazlashtirilgan xonadonlar soni 4270,6 mingtani tashkil etib, shundan 2419,8 mingtasi shaharda, 1850,8 mingtasi esa qishloqda joylashgan. Mamlakat tarixida ulkan tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorda, juda muhim ijtimoiy dasturlar ham qabul qilinib, ulaming muvaffaqiyatli amalga oshirilishi yurtning gullab-yashnashida, yoshlar tarbiyasida o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Mamlakat jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaganidan keyin, 1996-yilga kelib dastlabki ijtimoiy dasturlar qabul qilindi. Bu, avvalambor, har qaysi yilga alohida nom berish va shu asosda Davlat dasturlarini qabul qilish bilan bog‘liqdir.
Yillarga alohida nom berishning mazmun-mohiyati yagona maqsadga, shu muazzam o‘lkada yashayotgan har bir insonning hayoti yanada mazmunli, zavqli, to‘laqonli bo‘lishiga yetarli sharoit va imkoniyatlarni yaratish boiib, uning asosiy g‘oyasi “Bu muqaddas vatanda azizdir inson” degan so‘zlarda o‘z mujassamini topgan. Har bir yilda inson hayotining qaysidir jabhasini o‘rganishga, takomillashtirishga zamin yaratuvchi dasturlar ishlab chiqildi va rejalashtirilgan vazifalar amalga oshirildi. Jumladan, mamlakatda 1997-yil “Inson manfaatlariyili” deb e’lon qilinib, hur o‘lkada yashayotgan har bir inson manfaatiga e’tibor berish, jamiyat manfaatlari bilan har bir shaxs manfaati uyg‘unligini ta’minlash va komil insonni tarbiyalash uchun qulay tarbiyaviy muhitni vujudga keltirish bosh maqsad qilib belgilandi.
“Inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida davlat byudjetidan 123 milliard so‘m yoki barcha byudjet xarajatlarining qariyb 40 foizi ajratildi. Shu yili 6,7 million kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, shundan 5,4 million kvadrat metr uy-joy qishloq joylarda barpo etildi. Toshkentda “ Yunusobod” y’opiq tennis korti va “Jar” sport-sogiomlashtirish majmuasi qurib tugallandi. “Inson manfaatlari yili” dasturining mantiqiy davomi sifatida 1998-yil “Oila yili” deb e ‘lo n qilindi. Oila manfaatlarini ta’minlash borasidagi davlat dasturi kompleks mazmunga ega boiib, u bir yuz ellikdan ortiq tadbimi o‘z ichiga oladi. 1998-yilda ushbu tadbirlami bajarish uchun davlat byudjetidan 144,8 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Farzandning barkamol shaxs sifatida kamol topishida va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi insonni yetishtirishda onaning roli beqiyos. Shu sababli 1999-yil “Ayollar y ili” deb e’lon qilindi. Ayollar sog’ligi, xususan, onalar salomatligini yaxshilash, ularning ijtimoiy, boshqaruv faoliyatidagi ishtiroklarini ta’minlash va kengaytirishga xizmat qiluvchi huquqiy asos yaratildi. 2000-yilga ‘ Sog‘lom avlod yili” deb nom berildi. Har qanday davlatning mustahkam bo’lishi va taraqqiy etishining birinchi sharti – aql-idroki mukammal, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, ruhi tetik, o‘zining fuqarolik burchi va mas’uliyatini to ia anglab yetgan sogiom avlodni shakllantirish bilan bogiiqdir.
2001-yil mamlakatda “Onalar va bolalar yili” deb e ’lon qilindi. 0‘zbekistondagi ayollarning 90 foizi tibbiy profilaktik ko‘rikdan o‘tkazildi. Orolbo‘yi mintaqasidagi murakkab ekologik sharoitda yashayotgan xotin-qizlar va bolalarning yoz mavsumida yaxshi dam olishini tashkil etish va salomatligini tiklashga alohida e’tibor berildi. Toshkent, Samarqand viloyatlari va Farg‘ona vodiysining sog‘lomlashtirish oromgohlarida 4 ming 500 nafar xotin-qizlar, 20 mingdan ortiq bolalar hordiq chiqarib, malakali tibbiy yordam oldi. Bu maqsadlar uchun jami 560 million so‘m mablag‘ sarflandi. 2002-yil mamlakatda “Qariyalarni qadrlash yili”, deb e’lon qilindi. Bunday nom berishdan maqsad – mamlakatda olib borilayotgan davlat siyosati, qurilayotgan davlat tizimi, barpo etilayotgan yangi jamiyat, hayotda qaror topayotgan ezgu qadriyatlar zamirida, avvalo, 0‘zbekistonning buyuk kelajagini o‘ylab, yillar davomida shu oliyjanob ishga o‘z hissasini qo‘shgan, ana shu poydevoming tamal toshini qo‘ygan insonlami ulug‘lash, ulami rozi qilish edi. 2002-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Taxiyatosh” sanatoriy-profilaktoriyasi, Namangan viloyatida urush va mehnat faxriylariga mo‘ljallangan “Kosonsoy” sihatgohi va, shuningdek, yolg‘iz qariyalar uchun Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida yirik saxovat uyi barpo etildi.
2003-yil “Obod mahalia yili” deb nomlandi. “Obod mahalla yili’’ davomida 5 ming 630 ta mahalla hududida ko‘plab kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish hisobidan qariyb 155 mingta yangi ish o‘rni yaratildi va buning natijasida kam ta’minlangan fuqarolardan 110 ming nafari ish o‘rniga ega bo‘ldi. Bu muhim ishga tijorat banklari tomonidan 36 milliard 155 million soinlik kredit mablagiari ajratildi. Dastur doirasida 1 milliard 200 million so‘mlik xayriya yordami ko‘rsatildi. 2004-yil “Mehr va muruvvat y ili” deb nomlandi. Mamlakatdagi mavjud 93 ta “Mehribonlik uyi” va maxsus maktab-internat binolari to’liq kapital ta’mirdan chiqarildi va rekonstruksiya qilindi. Bunda, faqatgina “Mehribonlik” uylarining o‘ziga 24 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, ishlaming 85 foizi homiylar tomonidan bajarildi. Bunday xayrli ishlarga nafaqat mamlakatdagi, ayni paytda xalqaro miqyosdagi tashkilotlar ham o‘z hissasini qo‘shayotgani diqqatga sazovordir. Chunonchi, “YUNISEF”, “Vorld konsern”, “Yengrag”, “Amerikers” va boshqa tashkilotlar tomonidan 6 milliard 500 million so‘mlik insonparvarlik yordami ko‘rsatildi. “Sihat-salomatlik yili” deb nomlangan 2005-yilda respublikadagi 38 ta shifoxona va sihatgoh yangitdan barpo etilib, 93 ta davolash-profilaktika muassasasi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. Shuningdek, bir smenada 10 ming 500 bemorni qabul qila oladigan ambulatoriya-poliklinika muassasalari, jumladan, 210 ta qishloq vrachlik manzili ishga tushirilib, qancha- qancha odamlarning shifo topishiga, kasalliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda. 2006-yil Prezident tashabbusi bilan “Homiylar va shifokorlar yili” deb nomlandi. Davlat va nodavlat tashkilotlar hamda homiylar ko‘magida ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalarga 10 milliard so‘mlikdan ziyod qoramol olib berilgani mamlakatda saxovat va himmatlilikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi. Millionlab fuqarolar ishtirok etgan umumxalq xayriya hasharlaridan tushgan mablag‘lar hisobidan 2 ming nafar yolg‘iz keksa va 66 ming kam ta’minlangan oilaning 3 million 570 ming kvadrat metr uy-joyi ta’mirlab berildi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga mansub salkam 725 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi 16 milliard so‘mlikdan ziyod kiyim-bosh bilan ta’minlandi. Shuningdek, 2007-yil “Ijtimoiy himoya yili” , 2008-yilga “Yoshlar yili, 2009-yili “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, 2010-yilga “Barkamol avlod yili”, 2011 yili “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”, 2012-yil “Mustahkam oila yili”, 2013-yil “Obod turmush yili”, 2014 yili “Sog‘lom bola yili”, 2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili”, 2016 yili “So’lom ona va bola yili”, 2017 yili “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili ”, 2018 yili “Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab- quvvatlash yili”, 2019 yili “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili ”, 2020 yili “Ilm ma’rifat va raqamli isrisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlangangan. Yuqorida keltirilga yillarning barchasida inson omili va uni himoya qilish masalasi ustivorligini anglash qiyin emas.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklari, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
“Bizning vazifamiz – to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda, – dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishi marosimiga bag‘ishlangan nutqida, – o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining IV bo’lin Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag’ishlanib unda: 1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, 2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, 3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, 4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish,5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalari kompleks tizimli ravishda amalga oshiriladigan vazifalar berilgan.
Diniy bag rikenglik – ijtimoiy barqarorlik omili. Xalq, millat ozodligi yo‘lida kurashgan va shu yo‘lda jon fido qilgan o‘zbek xalqining asl o‘g‘lonlari nomini hamisha, har doim eslab, yod etib turmoq istiqlol nashidasini surayotgan bugungi kun kishilari uchun, ayniqsa, yoshlar uchun ham qarz, ham farzdir. Mana shunday tinch hayot, musaffo osmon, to‘kinlik va farovonlikka qanday og‘ir yo‘qotish, sinov va mashaqqatlar evaziga erishilganini yosh avlodga anglatadigan, ulaming qalbi va ongiga milliy mustaqillik g‘oyasini yanada chuqurroq singdirishga xizmat qiladigan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlami yanada kuchaytirishni zamonning o‘zi taqozo qilmoqda. Bugungi tahlikali va murakkab zamonda dunyoda yuz berayotgan keskin ziddiyatlar, to‘qnashuvlar, turli qarama-qarshiliklar, millat va dinlar o‘rtasidagi har xil mojarolami hamma ko‘rib, bilib turibdi. O’zbekistonda yashab faoliyat ko‘rsatayotgan turli konfessiya vakillarining ma’naviy dunyosi, e’tiqod erkinligi uchun istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab keng yo‘l ochildi. Din davlatning ma’naviy-madaniy hayotining uzviy qismi ekanidan kelib chiqib, unga boMgan munosabat tubdan o‘zgardi. Dinga bo‘lgan yangicha munosabat mamlakat rahbari tomonidan ko‘rsatilgan “Dunyoviylik — dahriylik emas” tamoyili asosida belgilab berildi. Bugungi kunda mamlakatda turli e’tiqodga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhiti o‘rnatilishi uchun, ko‘p konfessiyalikning real ijtimoiy holat ekani va uning kelajakda ham saqlanib qolishini hisobga olgan holda, diniy bag‘rikenglik uchun to‘la sharoitlar yaratilmoqda. O’zbekiston Konstitutsiyasining davlat va din munosabatlari masalasiga taalluqli asosiy bandlari rivojlangan jamiyatlarning huquqiy me’yorlariga mos keladi.
Konstitutsiyaning 18, 31 va 61-moddalari hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning (yangi tahriri 1998-yil 1-mayda qabul qilingan) har bir insonning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqini ta’minlovchi, diniy qarashlami majburan singdirishni ta’qiqlovchi bandlari milliy, irqiy va diniy kelib chiqishidan qat’i nazar, jamiyatning barcha a’zolari o‘rtasidagi totuvlikni hayotga tatbiq etish uchun ishonchli asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Din davlat siyosatiga aralashmaydi, shu bilan birga har qanday din, avvalo, ma’naviy-axloqiy hodisa bo‘lib, u muayyan bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini to‘laligicha o‘zida majassamlashtirishga da’vo qilolmaydi. Aks holda, din o‘z maqsad va vazifalaridan chetlashib ketadi. Ana shulardan kelib chiqib, mamlakatda diniy siyosiy partiyalar tuzish taqiqlanadi. Dunyoviy davlat tuzumi amal qilayotgan O’zbekistonda barcha dinlarga bir xil va teng munosabatda bo‘lish bugun hayotiy voqelikka aylandi. Din va davlat munosabatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning asosiy vazifalari: vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal qilishda yagona siyosatni amalga oshirish, davlat organlarining mamlakat hududida joylashgan diniy tashkilotlar bilan aloqasini amalga oshirish, diniy tashkilotlar va ularning a’zolari o‘rtasida o‘zaro bir-birini tushunish va sabr-toqatlilikni mustahkamlash siyosatini o‘tkazish, mamlakatda va chet ellarda diniy tashkilotlar o‘rtasida aloqalar o‘matilishini tashkil etish, fuqarolaming mamlakatdan tashqaridagi muqaddas joylarga ziyoratga borishi, xalqaro anjumanlar o‘tkazilishini uyushtirishdan iborat. 0‘tgan davr mobaynida bu yo‘nalishda muayyan natijalarga erishildi. Eng asosiysi – bag‘rikenglikning muhim omillaridan biri bo‘lgan millatlararo va dinlararo totuvlik ta’minlandi. Bugun O’zbekiston Respublikasida 17 konfessiyaga mansub 3000 dan ortiq diniy tashkilot bilan birga Imom Buxoriy nomidagi Islom universiteti, 9 ta o‘rta-maxsus islom bilim yurtlari hamda pravoslav va protestant seminariyalari ishlab turibdi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimovning 1991-yil 11-aprel va 20-iyundagi Farmoniga binoan “Iyd al-Fitf’ (Ro‘za) va “Iyd al-Adho” (qurbon) hayit bayramlari dam olish kuni deb e’lon qilindi. Istiqlol davrida 90 mingdan ortiq o’zbek fuqarolari haj ibodatini ado etishga muyassar bo‘ldi. Har yili boshqa diniy jamoalarning yuzlab vakillari Isroil va Rossiyadagi muqaddas ziyoratgohlarga tashrif buyurmoqda.
2004-yil aprelda respublikadagi turli konfessiyalar o‘rtasida totuvlik va bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash, millatlararo va dinlararo hamjihatlik yuzasidan takliflar va chora-tadbirlami birgalikda ishlab chiqish maqsadida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita qoshida konfessiyalar ishlari bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Ajdodlaming bebaho merosini mukammal o‘rganish va oliy maMumotli kadrlar tayyorlash maqsadida Prezidentning farmoni bilan 1999-yilda Toshkent islom universiteti ochildi. Bu ta’lim maskanida bugungi yosh avlodga ulkan va boy madaniyatning uzviy masalalari – islom nazariyasi, tarixi, falsafasi, huquqshunosligi, madaniyati va axloqi, tabiiy fanlar chuqur o‘rgatilmoqda. Universitet xalq ma’naviyatini yuksaltirishga, tarixi ming yildan ko‘hnaroq islomiy merosni yanada teranroq o‘rganish, din ravnaqi, uning taraqqiyotiga xizmat qiladigan, diniy va dunyoviy-zamonaviy bilimlami puxta egallagan mutaxassislami tayyorlab kelmoqda.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi bunyodkorlik ishlariga misol tariqasida O’zbekistonRespublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevralda imzolagan “Hazrati Imom” jamoatchilik jamg‘armasini qoilab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarorining chop qilinishi mamlakatda bunyodkorlik ishlari rivojiga yana bir turtki bo‘ldi. Ushbu qarorda Hazrati imom majmuasining tarix, mamlakat ma’naviy hayotidagi o‘mi va ahamiyati inobatga olinib, uning asl tarixiy qiyofasini tiklash, bu yerda keng koiamli qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, majmuaning infratuzilmasini har tomonlama rivojlantirish kun tartibiga qo‘yildi, bu savobli ishga tezkorlik, kuch-g‘ayrat bilan kirishildi va qisqa muddatlarda mahobatli majmua barpo etildi. Bu jarayonda obidalami nafaqat qayta tiklash va ta’mirlash, ayni vaqtda ulaming yon atrofidagi o‘ziga xos tabiiy muhitni asl holida saqlab qolish kabi masalalarga ham jiddiy e’tibor qaratildi. Islom konferensiyasi tashkiloti qoshidagi Taiim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha muassasasi AYSESKO tomonidan 2007-yilda Toshkent shahrini “Islom madaniyati poytaxti” deb e’tirof etilishi mamlakat hayotidagi ulkan madaniy-ma’naviy voqea boiib, xalq tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. Sharq darvozasi deb nom olgan azim Toshkentning ana shunday yuksak maqomga erishgani nafaqat xalqqa, ayni vaqtda yaqin va uzoqdagi do‘stlarga ham g‘urur va ifltixor bagishladi.
2017 yilda Islom universiteti Xalqaro Islom Akademiyasiga aylantirildi shuningdek, 2017 yil 23 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning qaroriga muofiq toshkent shaxrida Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi to’risidama’lum qilindi. Bu qaror keng jamoatchilik tomonidan qizg’in kutib olindi.
O‘zbekistondan yetishib chiqib, islom olamida shuhrat qozongan allomalar- Bahouddin Naqshbandning 675 (1993-yil sentabr), Xoja Ahror Valiyning 590 (1995-yil noyabr), Mahmud az-Zamaxshariyning 920 va Najmiddin Kubroning 850, Imom Buxoriyning 1225 va Ahmad Farg‘oniyning 1200 (1998- yil oktabr), Imom Motirudiyning 1130 va Burhoniddin Marg‘inoniyning 910 (2000-yil noyabr) yillik yubileylari keng nishonlandi, ularning nomi bilan bog‘liq qadimiy yodgorlik majmualari obod qilindi.
1995-yilda “Bir samo ostida” shiori bilan tashkil etilgan xalqaro xristian- musulmon konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, uning ishida Jahon cherkovlari kengashi, turli xorijiy cherkov vakillari ishtirok etdi. 1996-yilda Rus Provaslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo eparxiyasining 125 yilligi nishonlandi. Tantanalarda cherkov tarixida ilk bor Moskva va Butun Rus Patriarxi Aleksey Ikkinchi Markaziy Osiyo hududiga tashrif buyurdi. 2001-yilda Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasi o‘zining 130 yilligini nishonladi. 2002-yilda Rim-katolik cherkovi katolikning Markaziy Osiyoda qayta tiklanganligiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan bayram tadbirlarini tashkil etdi. 2003-yilda Samarqand shahrida Arman Apostollik cherkovining 100 yilligi nishonlandi. “Qur’oni Karim”, Hadislar to‘plami, “Injil” (Yangi ahd) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi. Shuningdek, O’zbekiston “Qur’oni Karim”ni ko‘zi ojizlar uchun maxsus brayl yozuvida nashr qilgan dunyoning uchinchi mamlakatiga aylandi.
O’zbekiston musulmonlari idorasining “Hidoyat” oylik jumali, “Islom nuri” gazetasi, Toshkent va O‘rta Osiyo eparxiyasining “Vostok svnshe kiril” jumali chop etilib, mamlakatda diniy aqidaparastlik, ekstremistik harakatlarning oldini olish bo‘yicha izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mamlakatga suqulib kirishga harakat qilgan, xalq orasida mutaassiblik urug‘ini sochishga uringan va bu bilan o‘zining g‘arazli maqsadini amalga oshirmoqchi bo‘lgan turli guruhlar faoliyati fosh etildi.
Hozirgi kunning eng asosiy vazifalaridan biri – xalqning diniy e’tiqodiga zid bo‘lgan zararli oqimlaming mamlakat hududiga kirib kelishining oldini olish, an’anaviy, ma’rifiy, mo‘tadil islomni yot g‘oyalar ta’siridan saqlashdan iboratdir.
Korrrupsiyaga qarshu kurashning mazmun- mohiyati va gender masalalari. 2017 yilda “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Agentlik) tashkil etildi. Agentlik korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Agentlik Prezidentga boʻysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor.Farmon bilan Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilandi. Jumladan, Agentlik mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni taʼminlaydi. Agentlik korrupsiyaga oid, birinchi navbatda, Oʻzbekistonning milliy manfaatlariga va xalqaro imidjiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qiladi.Agentlikka, shuningdek, quyidagi bir qator huquqlar berildi:
– byudjet mablagʻlarining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, davlat xaridlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va davlat dasturlari bajarilishi bilan bogʻliq materiallarni talab qilish, olish va oʻrganish;
– jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish;
– korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy surishtiruvlar oʻtkazish;
– ijro hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni kiritish.
Agentlikning ogohlantirish, taqdimnoma va murojaatlari oʻn kun ichida koʻrib chiqilishi va natijalari yuzasidan yozma axborot berilishi shart, deb xabar beradi Shuningdek, 2020 yilning 24 – 26 aprel kunlari poytaxtimiz Toshkentda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar ko‘magida “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.O‘zbekistonda kechayotgan bugungi o‘zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab berdi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Zotan, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar davlatimizning dunyo hamjamiyati bilan tom ma’noda integratsiyalashuvini ta’minlamoqda. Qisqacha aytganda, bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda. Bunday tutum, shubhasiz, bugungacha mavjud bo‘lgan tartib-qoidalarni isloh qilish va ularni dunyo andozalariga uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hamkor tashkilotlar ishtirokida “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi mohiyatida ham aynan shu muddao mujassamdir. Harakatlar strategiyasi doirasida yurtimizda hayotga tatbiq etilayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosatning mazmun va mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazish, qolaversa, davlat organlari, kasaba uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi o‘zaro hamjihatligi va sherikligi istiqbollarini belgilab olishni rejalashtirayapmiz.
Mazkur anjuman ijtimoiy-mehnat masalalarini hal etishda bevosita qatnashayotgan ishtirokchilar taklif va mulohazalari hamda tajribalarini konstruktiv muhokama qilish, o‘zaro fikr almashish uchun xalqaro platforma vazifasini o‘taydi. Bu format shak-shubhasiz, O‘zbekistonning ochiqligini, faol, amaliy hamkorlikka, xalqaro va chet el tajribasini o‘rganish asosida aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha vazifalarni hal etishga tayyorligini ham namoyish qiladi. Shuni alohida aytish kerakki, mazkur g‘oya Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Umumyevropa kasaba uyushmalari mintaqaviy kengashi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Va uning ishida ushbu tashkilotlar mutasaddilari, shuningdek, ijtimoiy taraqqiyot, iqtisodiyot hamda huquq sohasidagi milliy va chet ellik ekspertlar qatnashishi kutilayotir. Forum o‘z dasturida mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar, ta’lim, ijtimoiy infratuzilma, arzon uy-joylar, ish joylaridagi mehnat sharoitlari, davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchi hamkorligi borasida aniq tasavvurga ega bo‘lishi uchun ishtirokchilarning bevosita joylarga safar uyushtirishi ham ko‘zda tutilgan. Qolaversa, anjumanda yalpi majlislardan tashqari, aholining real daromadi va bandligini izchil amalga oshirish orqali faol ijtimoiy himoya, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘nalishidagi davlat tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholi yashash sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi arzon uy-joylar qurilishi, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ro‘yobga chiqarish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish istiqbollari hamda yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha munozaralar ham rejalashtirilgan.
Xalqaro miqyosda ijtimoiy himoya eng kam darajasining tan olingan 9 turi mavjud bo‘lib, bular tibbiy xizmat, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha nafaqa, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, boquvchisini yo‘qotishi munosabati bilan beriladigan nafaqa, kasallik bo‘yicha nafaqa, qarilik pensiyasi, oilaviy nafaqa, nogironlik bo‘yicha nafaqalarni o‘z ichiga oladi. E’tiborli jihati shundaki, ushbu xizmatlarning 5 turi to‘liq, 2 turi esa qisman ijtimoiy sug‘urta tizimi bilan qamrab olingan xodimning hissasiga to‘g‘ri keladi. Biroq afsuski, bugungi kunga kelib, ijtimoiy sug‘urtalangan xodimlar soni borgan sari kamayib ketayapti.
Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo aholisining 55 foizi ijtimoiy himoyadan mahrum bo‘lsa, atigi 29 foizi kompleks ijtimoiy ta’minotdan foydalanish imkoniyatiga ega. Pensiya yoshidagi keksalarning 68 foizi qarilik pensiyasini oladi. Bu esa ko‘plab davlatlarda ham jamg‘arib boriladigan, ham sug‘urtali pensiya ta’minoti yetarlicha rivojlanmaganligini ko‘rsatadi. Yana bir og‘ir muammo — taraqqiy topgan yigirma birinchi asrda ham, afsuski, insonlarning sog‘liqni saqlashga bo‘lgan huquqi dunyoning ko‘pgina mintaqalarida hali real haqiqatga aylanmadi. Bu, ayniqsa, aholining 56 foizi mazkur imtiyozdan mahrum bo‘lgan qishloq joylariga taalluqlidir.
Yaqinda XMT jahon hamjamiyatiga bugungacha amaliyotda bo‘lmagan – xususiy beg‘araz yordamni eng kam darajadagi ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun yo‘naltirish haqidagi chaqiriq bilan murojaat qildi. Va, bu bilan, u o‘z tajribasida jismoniy shaxs korxona va jamg‘armalarning beg‘araz yordamlaridan ijtimoiy himoya maqsadida foydalanish mumkinligini e’tirof etdi.
O‘zbekistonda bu borada yetarli tajriba to‘plangan, ijtimoiy himoya sohasida aynan davlat va xususiy sherikchilik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, resurslarni fuqarolar o‘rtasida maqsadli qayta taqsimlash, ijtimoiy siyosat tizimida esa ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy himoya, ijtimoiy yordam markaziy o‘rin egallaydi. Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar ertaga emas, bugun baxtli yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda. Xususan, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo‘yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirib yubordi. Dasturga ko‘ra, 2017 yilda shahar va qishloqlarda umumiy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunali va ko‘p qavatli uylar bunyod etildi. 2017-2020 yillarda shaharlarda 945 ta ko‘p qavatli turarjoy qurilishi bo‘yicha dastur qabul qilingan. Kam ta’minlangan oilalar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar markazlarida va yirik shaharlarda ko‘p qavatli uylarda 50 mingga yaqin arzon kvartiralar barpo qilinadi. Xususan, 2017 yilda xuddi shunday ko‘p kvartirali, umumiy maydoni 800 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan uylar qurilib, aholiga topshirildi. Faqatgina Toshkent shahrining o‘zida 420 ming kvadrat metrli uy-joy foydalanishga topshirilgani boshlangan ishlar ko‘lamini ko‘rsatadi, albatta.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak Yurtimizdagi bugungi tinch va osoyishta, bunyodkor hayot, barqaror taraqqiyot bunday yondoshuvning naqadar to’g’ri bo’lganini va uzoqni ko’zlaganini tasdiqlab bermoqda. Mas’uliyatli paytlarda, keskin ijtimoiy larzalarga olib keladigan har qanday inqilobiy harakatlarga qarshi, tadrijiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan o’z yo’limiz bor va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz, deb aytilgan qat’iy so’z va mustahkam siyosat bugun ham izchil amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston mustaqil taraqqiyot va istiqlol yo’lida, yangi jamiyat, erkin va farovon hayot qurish yo’lida ko’p tajribaga ega bo’layotgan ekan, hech shubhasiz o’zbek xalqi uchun muqaddas va aziz bo’lmish O’zbekiston zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan insonlar uchun muhim bir haqiqat tobora aniq va ravshan bo’lib bormoqda. Bu O’zbekistonning yer yuzida baquvvat asoslarga ega bo’lgan zabardast davlat bo’la olishiga mustahkam ishonchdir.