Press "Enter" to skip to content

Online Maktab | Rasmiy kanal |

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

Facebook

Xalq ta’limi vazirligi – Министерство народного образования есть на Facebook. Чтобы связаться с Xalq ta’limi vazirligi – Министерство народного образования, войдите в существующий аккаунт или создайте новый.

Xalq ta’limi vazirligi – Министерство народного образования есть на Facebook. Чтобы связаться с Xalq ta’limi vazirligi – Министерство народного образования, войдите в существующий аккаунт или создайте новый.

Xalq ta’limi vazirligi – Министерство народного образования
Правительственная организаци.
Информация
улица Навои, 2A, 100011 Ташкент, Узбекистан
Как добраться
1 человек отметил посещение этого места
https://t.me/uzedu
Правительственная организация
Скоро закроется
c 09:00 до 18:00
Скоро закроется
c 09:00 до 18:00
Понедельник
Воскресенье
c 09:00 до 18:00
c 09:00 до 18:00
c 09:00 до 18:00
c 09:00 до 18:00
c 09:00 до 18:00
Смотреть все
Прозрачность Страницы

Facebook показывает информацию, которая поможет вам лучше понять цель Страницы. Просматривайте действия людей, которые управляют контентом и публикуют его.

Online Maktab | Rasmiy kanal |

Xalq ta’limi vazirligining “Online-Maktab” loyihasining rasmiy kanali
Xalq ta’limi vazirligining rasmiy kanali: @uzedu
Mover: https://mover.uz/channel/uzedu
Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCl7z3EkGaM4NA0NcB_phIAg/

Ratings & Reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

Popular posts

Oxirgi xabar

2023-02-09 14:46:40

Jamoamiz bilan 3 oy oldin boshlagan loyihamiz – Youtubedagi “Milliy ta’lim resurslari” kanali obunachilari soni 100 MINGdan oshdi

Milliy ta’lim resurslari” kanaliga qo’shilmagan bo’lsangiz albatta qo’shiling, ushbu kanalda Siz 30 dan ortiq zamonaviy kasblarni o’z ichiga olgan 800 dan ortiq o’zbek tilidagi videodarslarni bepul o’rganishingiz mumkin.

Ushbu loyihani amalga oshirishda mehnat qilayotgan hamda hududlarda yoshlar orasida targ’ibot ishlarini olib borayotgan barcha hodimlarga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.

Obunachilar soni 10 mingga yetganda xodimlarga Pizzaga erigan edim va yaxshi niyat qilib obunachilar soni 100 mingdan oshsa osh qilib beraman, jamoa bilan nishonlaymiz deb va’da bergandim.

Obunachilar soni 1 million va videodarslarni ko’rishlar son 10 milliondan ortadigan bo’lsa nima qilamiz

658 views11:46
2023-01-25 14:43:00

#Kasblar_olamiga_sayohat
#Mening_kelajakdagi_kasbim

Metallurgning bir ish kuni!

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, endilikda o‘quvchilarga maktabning o‘zida 64 xil kasb va hunar o‘rgatilishi bo’yicha vazifa qo’yildi.

Biz o’quvchilarga zamonaviy kasblarni tanishtirish maqsadida kasblar olamiga bo’lgan virtual sayohatimizni davom ettiramiz.

Metallurg — metal qazib olish va uni qayta ishlash bilan shug’ullanadigan og‘ir sanoat mutaxassisi sanaladi.

Bugun biz metallurgiya sohasida faoliyat yuritayotgan og‘ir sanoat texnologi misolida ushbu kasb egasining faoliyati bilan tanishamiz.

Ogʻir sanoat texnologi – bu maʼlum bir mahsulotni ishlab chiqarish ketma-ketligini aniqlaydigan mutaxassis boʻlib, ishlab chiqarishni baholaydi va oqilona texnologik qarorlarni tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Ma’lumot uchun: 2020-yilning 4-dekabr sanasi Oʻzbekiston metallurgiya sanoati tarixida muhim tarixiy kun sifatida muhrlanib qoldi. Sababi aynan shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent metallurgiya zavodi (TMZ) faoliyatiga start berildi. Bu zavod Oʻzbekistondagi eng yirik va zamonaviy sanoat korxonalaridan biriga aylandi.

Sahifamizni kuzatishda davom eting, navbatda shu kabi muhim ahamiyat kasb etuvchi mutaxassisliklar faoliyati bilan sizlarni tanishtirishda davom etamiz.

Eslatib o’tamiz: Bundan oldingi videorolik orqali “Kimyogar texnolog“ning bir kunlik ish faoliyati bilan tanishtirib o’tgan edik.

5.1K views11:43
2023-01-20 09:36:44

3-chorakdan boshlab maktabdagi kompyuterlardan samarali foydalanish bo’yicha o’quvchilarimizga tavsiyalar ishlab chiqildi.

Rasmda:
O’quvchilarimiz o’z bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashlari uchun foydali ta’lim resurslari ro’yxati
O’quvchilarimiz shaxsiy rivojlanish hamda qo’shimcha ko’nikmalarni egallashlari uchun foydali ta’lim resurslar ro’yxati.

Ushbu tavsiyalar respublikamizning 10 mingdan ziyod maktablarida informatika sinf xonalaridagi har bir kompyuter yoniga qo’yiladi, o’quvchilarimizga doimiy eslatma bo’ladi.

Aytgancha ushbu ta’lim resurslaridan talabalar ham bemalol foydalanishsa bo’ladi.

1.9K views06:36
2023-01-20 08:12:47 Online Maktab | Rasmiy kanal | pinned a photo
2023-01-19 21:44:30

Dunyoning eng kuchli shaxmatchisi Magnus Carlson dunyoning eng iqtidorli yulduzi Nodirbek Abdusattorov bilan dona surmoqda.

Sizningcha o’yin yakuni qanday yakunlanadi?

O’yin yakunlanishiga oz qoldi, shaxmat olamida katta sensatsiya bo’lish arafasida.

Nodirbekdan TARIXIY G’ALABA! Barcha O’zbekistonliklarni va Nodirbek Abdusattorovni ushbu g’alaba bilan tabriklaymiz!

2.9K views18:44
2023-01-19 16:27:47

Farzandingizni kitob o‘qishga qiziqtira olmayapsizmi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tavsiya etadi!

Endilikda 1-11-sinflar kesimidagi maktab darsliklari hamda eng sara kitoblarni Kitob.uz platformasida topishingiz mumkin.

Kitob.uz mobil ilovasini yuklab oling. 3 mingdan ziyod elektron kitoblarni o’qing va 1000 dan ortiq audio kitoblarni bepul tinglang.

KITOB.UZ ilovasini yuklab olish
Apple Store | Google Play

Mazkur portalning qulayliklari:

bolani chalg’ituvchi reklama va cheklovlarsiz kitoblarni o’qish va tinglash;
adabiy janrlarning boy tanlovi;
portaldan elektron va audio kitoblarni yuklab olib, ularni oflayn rejimda o‘qish imkoniyati;
kitoblarni izlash qulayligi.

Beeline, Mobiuz, Ucell, Uzmobilealoqa operatori abonentlari Kitob.uz platformasidan trafik sarfisiz foydalanishi mumkin.

#kitob_uz #bepul_kitoblar #elektron_va_audio_formatda

1.5K views13:27
2023-01-17 13:01:00

Qadrli o‘quvchilar!

Zamonaviy kasblarni onlayn tarzda hamda o’z ona tilingizda mutlaqo bepul o’rganishni istaysizmi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu borada sizga yaqindan ko‘mak beradi.

Vazirlikning 30 dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘zida jamlagan Milliy taʼlim resurslari Youtube kanalidagi videodarslar yoki Maktab.uz onlayn ta’lim platformasidagi 800 dan ortiq videodarslar bu yo’lda bilimingizni boyitishga yordam beradi.

O‘z yo‘lingizni bugun to‘g‘ri tanlashingiz kelajakdagi muvaffaqiyatingizni ta’minlaydi.

Yurtimiz siz kabi zamonaviy bilimlarga ega yoshlar bilan albatta, taraqqiy etishiga ishonaman!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Hilola Umarova

1.7K views10:01
2023-01-11 09:36:34 Online Maktab | Rasmiy kanal | pinned a photo
2023-01-10 12:11:57
Qishki ta’til kunlarida o’zingizni nima bilan mashg’ul qilishni bilmayapsizmi

Sizda zamonaviy kasblarni bepul o’rganish istagi bor, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi?

Veb-dizayn qanday soha?
Biznes reja qanday tuziladi?
Dasturlash qiyinmi?
Sun’iy intellekt o’zi nima?
Mijozlarni qanday topish mumkin?

Shu kabi savollarga javob olish istagingiz bo’lsa, YouTube dagi “Milliy ta’lim resurslari” kanali orqali barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Qishki ta’tilingizda zamonaviy kasblarni onlayn tarzda mutlaqo bepul o’rganing va vaqtingizni samarali o’tkazing.

2.6K views09:11
2023-01-09 15:34:14

#Foydali_talim_resurslar #qishki_tatil

Uzaytirilgan qishki ta’tilni maroqli va foydali o’tkazish bo’yicha tavsiyalar

1. Kitob.uz mobil ilovasini yuklab oling va 3 mingdan ziyod elektron kitoblarni o’qing hamda 1000 dan ortiq audio kitoblarni bepul tinglang.

2. Kitob o’qishdan zeriksangiz Smart Land mobil ilovasini yuklab oling va o’yin ko’rinishidagi 1000ga yaqin interaktiv mashqlarni yeching va bilimingiz charxlang, kreativligingizni oshiring.

3. Farzandingiz dunyoqarashini oshirish uchun 100dan ortiq Edukids ilmiy-ommabop animatsion videoroliklarni ko’ring.

4. Agar darslarni sog’ingan bo’lsangiz ️Maktab.uz platformasiga kiring va 10 mingdan ziyod onlayn darslarni tomosha qiling.

5. Yuqori sinf o’quvchisi bo’lsangiz, YouTube’dagi Milliy ta’lim resurslari kanaliga obuna bo’ling va 30 dan ortiq kelajak kasblarini o’rganing, Sizni 700 dan ortiq o’zbek tilidagi bepul videodarslar kutmoqda.

Uzedu.uz maktab darsliklari

�� Ishonch telefoni raqami: (71) 202-09-09

✉️ E-mail: info@xtv.uz

About
Blog
Apps
Platform

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
98.9K subscribers
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service

Президент Шавкат Мирзиёев ижтимоий соҳаларга масъул раҳбарларни қабул қилди.

Президент Шавкат Мирзиёев принял руководителей, ответственных за социальные сферы.

22.2K views 17:01
Forwarded from “Taraqqiyot strategiyasi” markazi

Диққат жамоатчилик муҳокамаси!

2022–2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини “Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили”да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони лойиҳаси кенг жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди.

“Тараққиёт стратегияси” маркази барча фуқаролардан 2023 йилги Давлат дастури лойиҳасининг муҳокамасида фаол иштирок этиб, мамлакатимиз тараққиётига хизмат қиладиган таклифларни Марказнинг махсус 2023.strategy.uz ҳамда davlatdasturi.uz порталлари ёки ижтимоий тармоқлардаги @dscuzbekistan ва @YangiTaraqqiyotStrategiyasi телеграмм каналлари орқали билдиришларини сўраб қолади.

МУҲОКАМАЛАР 2023 ЙИЛНИНГ 6 ФЕВРАЛИДАН 17 ФЕВРАЛИГАЧА ДАВОМ ЭТАДИ.

18.3K views 04:39

14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bobur hayotida farzand tarbiyasi

Zahiriddin Muhammad Bobur yurtimiz va dunyo madaniyati tarixida ulkan iz qoldirgan yirik mutafakkirlardan biridir.

Buyuk Amir Temur sulolasining davomchilaridan biri bo‘lgan Bobur oilaviy an’analardan kelib chiqib farzand tarbiyasi va ularning yuksak bilimli insonlar bo‘lib kamol topishiga katta e’tibor bergan.

Uning shoh asari “Boburnoma”da Bobur o‘z farzandlarining ta’lim-tarbiyasiga doimo katta e’tibor bergan, saltanat ishlari va ijoddan bo‘sh vaqtlarida ularning ta’lim olishi, xulqi va tarbiyasini munatazam nazorat qilgan.

Bobur farzandlariga muhabbati kuchliligidan ular uchun alohida asarlar yaratgan, dunyoviy va diniy ilm, davlat ishlari va ijod haqida bolalari bilan maktublar yozishishgan. Xususan, farzandlari uchun kitob yozishni otalik va podshohlik burchi deb hisoblagan Bobur 1522-yilda o‘g‘li Humoyunga atab “Mubayyin” asarini yozadi.

O‘g‘li Komronga yozgan maktubida farzandining iqboli yo‘lida muhim fikrlarni bildira turib, “. umidim borkim, jami’i qobiliyat va salohiyat bobida komil va mukammal bo‘lub kamolg‘a yetgaysen”, deya uning kelajagiga katta ishonch bildiradi.

Bobur o‘g‘li Humoyunga yozgan maktubida farzandiga shunday tanbeh beradi: “Yana men degandek bu xatlaringni bitibsen va o‘qumaysen, ne uchunkim, agar o‘qur xayol qilsang edi, o‘qiy olmas eding. O‘qiy olmagandin so‘ng albatta tag‘ir berur eding. Xatingni xud tashvish bila o‘qisa bo‘ladur, vale asru mug‘laqtur…”

Anglanadiki, Bobur farzandlarining nafaqat ilmli va komil shaxs bo‘lishini, balki xatlarini imlo xatolarisiz, sodda va ravon tilda yozishga undagan.

Katta iste’dod va mukammal shaxs, mehribon ota va murabbiy qo‘l ostida kamolga yetgan farzandlar vaqt o‘tib yirik olim va ijodkorlar bo‘lib yetishishdi. Xususan, Boburning to‘rt o‘g‘li — Humoyun, Komron, Askariy, Hindol va qizi — Gulbadanbegim atoqli shoir, adib va olimlar sifatida ilmu san’at rivojiga katta hissa qo‘shib keldilar.

40.9K views edited 05:32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

Bobur she’riyati har yurakdan o‘zgacha yangraydi

Tabiatan olib qaralganda, inson atrofidagi axborotlarni ko‘zi va quloqlari orqali qabul qiladi. Ammo oramizda shunday insonlar borki, ular ko‘zi orqali tevarakni anglaydi, idrok etadi. Ammo qalbi bilan his qiladi, o‘z tuyg‘ularini yuragidan otilib chiqayotgan tug‘yon yordamida bayon etishga harakat qilishadi.

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan (kar) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 90-sonli maktab-internatida tahsil olayotgan 200 nafar o‘g‘il-qiz orasida bugungi kunda qisman eshitish baxtiga sazavor bo‘lgan o‘quvchilar soni ortib bormoqda.

“Zamin” Xalqaro jamoat fondining “Eshitishni xohlayman” loyihasi doirasida muassasa o‘quvchilariga taqdim etilgan eshitish apparatlari yordamida aksariyat bolalar atrofidagilar bilan muloqot qilishmoqda. So‘zlashish barobarida ustozlari yordamida musiqa va she’rlar eshitishib, ularni imkon qadar talaffuz qilishmoqda.

Muassasa o‘quvchilari va ularning ustozlari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligiga atab tayyorlangan videolavhani tomosha qilar ekansiz, bolalarning so‘z aytishga bo‘lgan ishtiyoqini yurakdan his etasiz. Qalbingizdan otilib chiqayotgan bir sado sizni ular bilan birga she’r aytishga, hayajonni birga tuyishga undaydi.

Va anglaysizki, eng mukammal ijro — qalbdan chiqayotgan sado, yurakning samimiy izhorlaridir.

Videolavhadagi qalb ijrolarini birgalikda eshitamiz.

29.7K views 07:46

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boʼlinmalari mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy hokimliklar masʼuliyatini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni loyihasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazish qayd etilgan va ushbu hujjat loyihasini tegishli vazirlik va davlat idoralar bilan kelishish uchun Аdliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — project.gov.uzga joylashtirilgan.

Shu oʼrinda taʼkidlash joizki, ushbu normativ-hujjat hozirda loyiha boʼlib, rasmiy kuchga ega emas. Аyni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Farmon loyihasidagi tegishli bandlar boʼyicha eʼtiroz bildirilib, Аdliya vazirligi bilan muzokaralar oʼtkazilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha soha xodimlari va keng jamoatchilik vakillarining xavotiriga oʼrin yoʼqligini maʼlum qilamiz.