Press "Enter" to skip to content

Sovuq urganda birinchi yordam: nima qilish mumkin-u, nima qilmaslik kerak

 

Ko‘pchilik Jyeyms Bond buyumlari haqida orzu qiladi: soatlar, o‘rnatilgan lazerga ega ko‘zoynaklar.

Albatta filmlardagi 007 josusiga aylanishimiz dargumon, biroq ularga xos bo‘lgan usullarni hayotda qo‘llashimiz mumkin. Masalan, yolg‘onni aniqlash uchun.
Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq josusi Jyeyson Xanson (Jason Hanson) o‘zining “O‘zingni maxsus xizmat uslubida himoya qil” kitobida kundalik hayotda josuslikning usullaridan foydalanish mumkinligi haqida yozadi. Masalan, yolg‘onni aniqlashni o‘rganish. Bu instrumentlar sizga haqiqatni aniqlash, yolg‘onchi, o‘g‘ri va ikkiyuzlamachilarning asl basharasini ochishda yordam beradi.
Yolg‘onchini topishdan oldin ushbu odam sokinlik holatida o‘zini qanday tutishini aniqlashingiz, keyin esa quyida keltirilgan usullardan foydalanishingiz mumkin.

1. Aniq bo‘lmagan javob

Yolg‘onning birinchi belgisi – savolga to‘g‘ri javob berishdan qochish. Masalan siz: “Ofisdan kompyuterni sen o‘g‘irladingmi?” – deb so‘raysiz va “Tushunmadim, sen mendan qanday qilib shubhalanishing mumkin?” degan javobni eshitasiz. Yolg‘onchi yana dunyodagi eng toza ko‘ngil inson ekani, universitetda starosta bo‘lgani va uchastka noziri uning do‘stiligini aytadi.
Rostgo‘y odam unga ishonishingiz uchun barcha sabablarni sanab o‘tirmaydi. Savolga javob beradi-qo‘yadi.

2. Din

Yolg‘on ustida qo‘lga tushgan odam din yordamida o‘zini oqlashga harakat qilishi mumkin. Masalan, agar o‘g‘ri “Qanday qilib buni men o‘g‘irladim degan fikrga keldingiz! Axir men mormonman-ku! Ular qo‘llarini o‘g‘rilik bilan kir qilishmaydi!” desa, ro‘parangizda ikki standartli mormon turgani ehtimoli katta.

3. Oyoqlar

Ko‘pchilik yolg‘onchini yuzidan aniqlab olish eng oson usul deb o‘ylaydi. Biroq odamning oyog‘i ko‘proq ma’lumot berishi mumkin. Sizda ham shunday holatlar yuz bergan bo‘lsa kerak. Bir kishi bilan yonma-yon o‘tirib, unga savol beryapsiz. Javob sifatida u oyog‘ini qimirlatishni boshlaydi. Bu uning yolg‘on gapirayotganini anglatish ehtimoli katta.
Biroq ba’zi odamlar suhbat vaqtida har doim oyoqlarini qimirlatishi haqida unutmang.
Oyoqlar bizni juda ko‘p hollarda “sotib qo‘yadi”. Poshna qaysi tomonga yo‘naltirilganiga qarab, odam qayerga ketishni istayotganini bilish mumkin. Agar biror kishi siz bilan suhbatlashayotganida oyoqlari eshik tomonga yo‘nalgan bo‘lsa, ehtimol u uyga ketishni istamoqda.
Bojxona xodimlarini ham oyoqlarni kuzatishga o‘rgatishadi. Agar suhbat davomida oyoqlar bojxona xodimi tomonga qarab yo‘nalgan bo‘lsa, yashiradigan narsaning o‘zi yo‘q. Oyoqlar chiqish tomonga qarab yo‘nalgan bo‘lsa, bojxona xodimi ish toza emasligidan shubhalanishi mumkin.

4. Harakatsizlik

Jyeyson o‘z kitobida yolg‘onchilar o‘zini toshbaqa kabi tutib, boshini toshi ostiga kirgizib, harakatlanmasligi haqida ham yozadi.

5. O‘ta samimiy nigoh

Ko‘pchilik agar odam ko‘zini polga qadasa, aldayotgan bo‘ladi deb o‘ylashadi. Bunday emas. Odamda pastga qarash uchun o‘nlab sabablar bo‘lishi mumkin. Masalan, uyalish.
Tasavvur qiling: boshlig‘ingizni sizni chaqirib, hisobotlar qayerga yo‘qolgani to‘g‘risida so‘rayapti. Siz ular qayerda ekanini bilmaysiz. Ko‘zingizni yerga qadaysiz. Holatning o‘zi shunaqa, bu siz uchun normal reaksiya. Ayniqsa sizni qo‘l ostingizdagi xodim emas, boshliq so‘roqqa tutayotgani hisobga olinsa.
Yolg‘onchini aksincha o‘ta samimiy nigoh “sotib qo‘yishi” mumkin. Agar odam ko‘zingizga o‘ta samimiy tikilsa, bu uning aldayotganini bildirishi mumkin.

6. Giperreaksiya

Yolg‘onchilarning ko‘pchiligini yolg‘onda ayblanganda kuchli hayajon bilan javob qilishadi. Giperreaksiyaning maqsadi shubhangiz uchun sizda aybdorlik hissini uyg‘otishga majbur qilishdan iborat.

7. Jinoyat va jazo

Mana bunday voqea yuz bergan. Restoran kassasidan 50 ming rubl o‘g‘irlangan. Kim o‘g‘irlaganini aniqlash uchun xodimlarga anketa berilgan. Unda “Bu odam qanday jazoga loyiq?” degan savol bor edi. Xodimlarning bari “Ishdan bo‘shatish” kabi javoblar yozishgan. Javoblarning faqat bittasi mana bunday bo‘lgan: “Odamlar ba’zida xato qiladi. Bunday holat boshqa takrorlanmasligi uchun o‘sha odamga qattiq ogohlantirish berish lozim”. Odatda aybdor kishilar jazo yengilroq bo‘lishi lozim, deb hisoblaydilar.
Yodingizda bo‘lsin, bu usullarning bari yolg‘onchini aniqlash bo‘yicha yuz foizlik kafolat bermaydi.
“O‘zingni maxsus xizmat usulida himoya qil” kitobi materiallari asosida

 

Sovuq urganda birinchi yordam: nima qilish mumkin-u, nima qilmaslik kerak?

Juda sovuq (-15°C va undan past) va shamolli ob-havo sharoitida odam 5 daqiqada ham muzlab qolishi mumkin.

Sovuq urganni qanday aniqlash mumkin?

Bir marta qizarib ketgan teri yana oqaradi, qattiq va mumsimon bo‘ladi. Ammo shu bilan birga, qotib qolgan barmoqlar, quloqlar, burun yoki yonoqlarda to‘satdan issiqlikni his qilish mumkin. Bu yaxshi belgi emas. Tana tashqi to‘qimalarning jiddiy xavf ostida ekanini tushunadi va ularni qutqarish uchun issiq qonning keskin oqimini ta’minlab, periferik tomirlarni kengaytiradi.

Agar o‘z vaqtida sovuqdan qochib qutulmasangiz, tanadagi issiqlikni tejash uchun terining tashqi qatlamlari isitish umidini yo‘qotadi va periferik tomirlarni yana yopadi. Endi bu haqiqatan ham xavfli.

Teri tobora mumsimon bo‘lib qoladi, mushak va bo‘g‘inlar qattiqlashishda davom etadi. Sovuqda bu o‘zgarishlar deyarli og‘riqsizdir. Ammo muzlash chuqur kirib boradi, qon aylanishining buzilishi to‘qimalarning o‘limiga olib keladi. Va issiqlikka qaytganda, vaziyat keskinlashishi mumkin: og‘riq va shish paydo bo‘ladi.

Bir necha soat ichida terida katta og‘riqli pufakchalar paydo bo‘ladi va uning ostidagi to‘qimalar qora rangga kirib, qattiqlashadi. Bu tananing sovuqdan ta’sirlangan qismi o‘lganini anglatadi.

Dastlabki muzlashda birinchi yordamni qanday ko‘rsatish kerak?

Sovuqning yengil shaklida isinish kifoya — masalan, issiq choy ichish. E’tibor bering: isitish asta-sekin bo‘lishi kerak. Muzlagan barmoqlaringizni issiq suvga tutmang: haroratning keskin isishi tomirlarga zarar yetkazishi mumkin.

Agar issiqlik uzoqda bo‘lsa, maksimal harakatchanlikni saqlang: tez yuring yoki hatto yuguring yoki joyingizda faol sakrang, qo‘llaringizni harakatlantirib, qarsak chaling, burningizni, yonoqlaringizni va quloqlaringizni ishqalang.

Yuzaki yoki qattiq muzlashda birinchi yordamni qanday ko‘rsatish kerak?

Agar odam yuzaki yoki qattiq muzlagan bo‘lsa, harakat yo‘nalishi o‘zgaradi.

Foto: Getty Images

To’lg’oq — alomatlari, nimalar qilish kerakligi, chin va soxta to’lg’oq farqlari, fiziologiyasi

Farzand tug’ilish muddati yaqinlashishi sayinhomilador ayollar bir savolga berilishadi: tug’ruq boshlanishi qanday qilib aniqlanadi? Havotir olmang, organizm o’zi ayolga nima bo’layotganini aytadi.

To’lg’oq — bachadon mushaklarining muntazam ravishda ixtiyorsiz qisqarishlari bo’lib, homilador ayol uni boshqara olmaydi. Chin to’lg’oqning eng qisqalari 15 daqiqalik pauzalar bilan 20 soniya, eng uzunlari 2-3 daqiqa pauza bilan 60 soniya davom etadi.

To’lg’oq fiziologiyasi

Tug’ruqdan oldin bachadonning mushak apparatida ma’lum o’zgarishlar yuz beradi.

Ushbu a’zo homiladorlikning turli davrlarida turli vazifalarni bajaradi. Homiladorlik paytida bachadon xomilalik tuxumning nidatsiyasi, uning rivojlanishi, ona va homila o’ratsida gaz almashinuvi va modda almashinuvi sodir bo’ladigan yo’ldoshning rivojlanishi uchun sharoit bo’lganda — homila uchun konteyner. Tug’ish davomida — bachadon mushaklarining davriy qisqarishlari orqali (to’lg’oq) homilani chiqarib yuborish funktsiyasi va tug’ruqdan keyingi erta bosqichlarda yo’ldoshning ajralishidan keyin bachadonning ochiluvchi arteriyalaridan qon ketishini oldini olish uchun spastik qisqarish.

Homiladorlik davrida bachadonning mushak apparatiga talab turlicha bo’lgani sabab, bachadon mushak hujayralarida (miositlarda) aktomiozin — qisqartiruvchi oqsil juda kam bo’ladi. Tug’ruqdan taxminan bir kun oldin, gormonlarning ta’siri ostida miositlarda aktomiozin jadal sintezlana boshlanadi, bunda miofilamentlarning fazoviy orientatsiyasi shunday bo’ladiki, miositlarning qisqarishida ularning kuch momenti to’g’ri keladi va qo’shiladi. Aktomiozin sintezi va uning tug’ilishda fazoiy orientatsiyasi buzilganida, tug’ruq kuchlarning zaifligi va diskoordinatsiyalari paydo bo’ladi.

Tug’ruq boshlanishidan biroz vaqt oldin homilaning yo’ldosh va gipofiz bezi muayyan moddalarni (xususan, prostaglandinlar va oksitotsin gormoni) ishlab chiqarishni boshlaydi, bu esa bachadon mushaklarining 5-10 soniya davomiylik bilan qisqarishiga sabab bo’ladi.

Dastlab, to’lg’oqlar o’rtasidagi vaqt yarim soat (ba’zan ko’proq) bo’ladi, asta-sekin ularning chastotasi, intensivligi va davomiyligi ortadi. Oxirgi to’lg’oqlar 5-7 daqiqalik intervallar bilan kechadi va mushaklarning kuchlanishli qisqarishiga o’tadi. Umumiy qilib olganda to’lg’oq birinchi marta tug’ayotgan ayollarda o’rtacha 12 soat, qayta tug’ayotgan ayollarda esa 8-10 soat davom etadi.

To’lg’oqlar tabiati va bachadon bo’yni ochilishi

Barcha ma’lumotlar o’rtacha ko’rsatkichlar bo’lib, ular har bir ayolda farq qilishi mumkin.

Boshlang’ich (yashirin, latent) faza

Faol faza

O’tish davri (sekinlashish fazasi)

To’lg’oq alomatlari

Ko’pincha tug’ruq yaqinlashishidan oldin homilador ayolning vazni kamayishi, qorni pastga tushishi, ishtahasining pasayishi kabi alomatlar kuzatilishi mumkin. Ammo farzand tug’ilishi vaqti yaqinlashganini bildiruvchi ikkita asosiy belgi mavjud.

1. Xomilalik pufagining (amniotik xaltaning) yorilishi

Bunga shunindek «qog’onoq suvlar ketishi» deb aytiladi. Xomilalik pufagidan sizib chiqadigan va qindan oqadigan shaffof amniotik suyuqlik miqdori juda turlicha bo’lishi mumkin. Suv birdan ketishi ham, tomchilab oqib chiqishi ham mumkin. Ajablanarlisi shuki, bu belgi ayollarning 25 foizidan kamrog’ida birinchi bo’lib kuzatiladi. Ba’zi ayollarda suv faqat tug’ruq paytida ketishi mumkin, undan oldin emas. Lekin agar suvlar oldindan ketgan bo’lsa, tug’ilish keyingi 24 soat ichida boshlanishi mumkinligi ehtimoli juda yuqori bo’ladi. Agar sizda suv ketishi kuzatilsa, bu haqda darhol shifokoringizga xabar bering. Suyuqlik chiqishi vaqti, rangi va miqdorini, shuningdek yoqimsiz hid mavjudligini eslab qoling.

2. Shilliq tiqinning ochilishi

To’lg’oq boshlanishidan bir yoki ikki kun oldin homilador ayol pushti yoki qonli ajralmalarni aniqlashi mumkin. Bu homiladorlik davrida servikal kanalga kirishni yopib turadigan shilliq tiqindir. Ayollarning hammasi ham tiqinning chiqishini sezmaydilar va ularning ba’zilarida tiqin ochilishi faqat to’lg’oq boshlanganidan keyin sodir bo’ladi. Esingizda bo’lsinki, shilliq tiqinning ajralib chiqishi homiladorlik davrida ginekolog huzurida vaginal tekshiruvdan so’ng kelishi mumkin bo’lgan jigarrang qonli ajralmalarga o’xshamaydi: bunday ajralmalar tashvishlanishga sabab bo’lmaydi.

Soxta (yolg’on) to’lg’oqlar

Homiladorlikning 20-haftasidan boshlab, ayrim ayollarda Brekston-Xiks to’lg’oqlari deb ham ataladigan yolg’onchi to’lg’oqlar kuzatilishi mumkin, tug’ruqqa 2-3 hafta qolganida esa elchi to’lg’oqlar sodir bo’lishi mumkin. Chin to’lg’oqlardan farqli o’laroq, bularning hech biri bachadon bo’ynining ochilishiga olib kelmaydi. Qorinning pastki qismida yoki belda tortuvchi hisslar seziladi, bachadon huddiki «tosh qotadi» — agar qo’l qoringa qo’yшдsa, buni aniq sezish mumkin. Xuddi shu belgi, aslida, chin to’lg’oqlarda ham yuz beradi, shuning uchun «Brekston-Xiks» va elchi to’lg’oqlar ko’pincha homilador ayollarni chalg’itadi. Xo’sh? Bola tug’ilishi chindan ham boshlanganligi va tug’ruqxonaga borish vaqti kelganini yoki bu soxta belgilar ekanligini qanday qilib tushunish mumkin?

Chin va soxta to’lg’oq farqlari

Brekston-Xiks to’lg’oqlari, chin (haqiqiy) to’lg’oqlardan farqli o’laroq, kam uchraydi va doimiy emas. Qisqarishlar bir daqiqaga qadar davom etadi, to’rt-besh soatdan keyin takrorlanishi mumkin.

Soxta to’lg’oqlar odatda og’riqsizdir. Yurish ko’pincha bachadondagi noqulayliklarni va kuchlanishini to’liq bartaraf etishga yordam beradi. Soxta to’lg’oqlarning roli oxirigacha o’rganilmagan. Ularning kuzatilishi bachadonning qo’zg’aluvchanligi oshishi bilan bog’lanadi, ular tug’ruqdan oldin bachadon bo’ynining yumshashiga va kaltalashishiga yordam beradi deb hisoblanadi.

Quyidagi jadvalda chin va soxta to’lg’oqlarning ba’zi farqlari keltirilgan.

 

Chin to’lg’oq Soxta to’lg’oq
To’lg’oqlar muntazam va oldindan aytib bo’ladigan vaqt oraliqlaridan so’ng sodir bo’ladi (masalan, 8 daqiqa). To’lg’oqlar nomuntazam va ularni oldindan aytib bo’lmaydi, sodir bo’lishi avval o’n daqiqa, so’ng olti daqiqa, so’ng ikki daqiqa va shu kabi betartib bo’ladi.
Keyingi dinamika kuzatiladi — to’lg’oqlar bo’la boshlaydi:
a) yanda tez-tez
b) yanda davomliroq
c) yanada kuchliroq.
Soxta to’lg’oqda muayyan bir dinamika kuzatilmaydi.
Homilador ayol har bir to’lg’oq belda boshlanishi, so’ng oldinga va chov sohasiga o’tishini sezadi. To’lg’oqlar qorin bo’shlig’idagi kuchlanish sifatida seziladi.
Ayol o’z holati yoki bajarayotgan ishini o’zgartirishi to’lg’oqlarni sekinlashtirmaydi va to’xtatmaydi. Ayol o’z holati yoki bajarayotgan ishini o’zgartirishi to’lg’oqlarni sekinlashtirishi va to’xtatishi mumkin.
Shilliqli tiqin ochilishi mumkin. Odatda shilliqli tiqin ochilmaydi.
Amniotik xalta yorilishi mumkin. Amniotik xalta yorilmaydi.
Shifokor yoki akusher bachadon bo’ynida o’zgarishlarni sezadi, jumladan uning yetilishi (yumshashi), silliqlanishi (ingichkalashishi) va kengayishi. Bachadon bo’ynida o’zgarishlar sodir bo’lmaydi.

 

To’lg’oq boshlanganda nima qilish kerak?

To’lg’oq boshlanishi bilan homilador ayolda dush qabul qilish, toza ich kiyim kiyish, tirnoqlarni olish va ulardan lakni yo’q qilish uchun oz vaqt bo’ladi. Ko’pchilik ayollar uchun tug’ruqxonaga kelganda oraliq tuklarini qirish eng yoqimsiz lahzalardan biri sanaladi. Biroq, bu muolaja zarur hisoblanadi, chunki bu tug’ruq davomida oraliq cho’zilishi darajasini baholash, uning yirtilishini oldini olish, jarohat holatida esa to’qimalarni bir-birga yaxshiroq birlashtirish imkonini beradi.

Noqulaylikdan qochish uchun ushbu qiyin bo’lmagan muolajani uyda bajarish mumkin. Buning uchun yangi ustara olish va teriga antiseptik yoki antibakterial sovun bilan ishlov berish kerak.

To’lg’oq vaqtida sekin, ritmik ravishda, chuqur nafas olish kerak. Nafas burun orqali olinib, og’iz orqali chiqariladi. Agar to’lg’oq juda kuchli bo’lsa, yuzaki nafas olish ham yordam beradi, bunda ham nafas burun orqali olininb, og’iz orqali chiqariladi. To’lg’oqning boshidanoq qorining pastki yarimini silash tavsiya etiladi. Belni umurtqaning har ikki tomonidan musht yoki ochiq kaft bilan dumg’azaning asosigacha tepaga-pastga massaj qilish mumkin. Shuningdek siydik pufagini muntazam bo’shatib turishni yoddan chiqarmang, bu to’lg’qon tezlashtirishi mumkin.

To’lg’oq vaqtida nimalar qilish mumkin emas?

Quyidagi holatlarda uyda qolib bo’lmaydi:

Bunday hollarda statsionarga imkon qadar tezroq yetib borishga harakat qilish kerak, ideal variant — tez yordam mashinasida.

Qachon shifokorga qo’ng’iroq qilish kerak

Agar tug’ruq jarayoni boshlanmoqda deb hisoblasangiz, shifokorga qo’ng’iroq qiling. Qo’ng’iroq qilayotganingizda yozuvlaringizni tayyorlang, shunda siz alomatlaringiz haqida aniq ma’lumot bera olasiz. Kunning yoki tunning har qanday vaqtida qo’ng’iroq qilishdan qo’rqmang. Tibbiy xodimlar to’lg’oqlar doim ham to’qqizdan beshgacha bo’lgan vaqt oralig’ida boshlanavermasligini tushunadilar, shuning uchun tug’ruq bo’limida sutkaning har qanday vaqtida qo’ng’iroqlarni kutishadi. Biroq, ular ayniqsa tungi vaqtga alohida e’tibor berishadi, chunki sutkaning aynan shu vaqtida tug’ruq faoliyati uchun mas’ul bo’lgan asab tizimi qismi faol bo’ladi.

Siz darhol shifoxonaga borishga hojat yo’qligini inobatga olishingiz zarur. Agar bu sizning birinchi farzandingiz bo’lsa, ko’pchilik shifokorlar va akusherlar sizni 5 daqiqali interval bilan to’lg’oq boshlanishiga qadar uyda qolishingizni taklif qilishadi. Agar bu sizning birinchi farzand dunyoga keltirishingiz bo’lmasa, tug’ruq tezroq boshlanishi mumkinligi sababli, ehtimol, sizdan tug’ruqxonaga ertaroq kelishni so’rashlari mumkin.

To’lg’oq boshlanganini sezganingizda, siz turli his-tuyg’ularni boshdan kechirishingiz mumkin: hayajon, quvonch, ishonchsizlik va qo’rquv. Diqqatni jamlashga va hotirjamlikni saqlab qolishga harakat qiling. Turmush o’rtog’ingiz yoki dugonangizdan alomatlarni yozib olish, sizni qo’llab-quvvatlash va kerak bo’lganda tug’ruqxonaga olib borishni so’rang. Va eng muhimi, bu dunyoga farzandingizni eson-omon keltirishga qodir ekaningizni unutmang!